Davlat tuzilish shakli reja: kirish Davlatning tuzilish shakli tushunchasi


Download 197.5 Kb.
bet6/8
Sana18.06.2023
Hajmi197.5 Kb.
#1587911
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Davlatning tuzilish shakli kurs ishi oxirgi

Toshkent viloyati - respublikamizning shimoliy-sharqida joylashgan. 1938 yil 15 yanvarda tashkil etilgan. Maydoni, Toshkent shahri maydonidan tashqari, 15,6 ming kv. km. Viloyatning ma’muriy, iqtisodiy va madaniy markazi - Toshkent shahri.

  • Farg‘ona viloyati - respublikamizning sharqida, Farg‘ona vodiysining janubida joylashgan. 1938 yil 15 yanvarda tashkil etilgan. Maydoni 7,1 ming kv. km. Viloyatning ma’muriy, iqtisodiy va madaniy markazi - Farg‘ona shahri.

  • Xorazm viloyati - respublikamizning shimoliy-g‘arbida joylashgan. 1938 yil 15 yanvarda tashkil etilgan. Maydoni 6,3 ming kv. km. Viloyatning ma’muriy, iqtisodiy va madaniy markazi - Urganch shahri.

  • Qashqadaryo viloyati - respublikamizning janubiy-sharqida joylashgan. 1969 yil 7 fevralda qayta tashkil etilgan. Maydoni 28,4 ming kv. km. Viloyatning ma’muriy, iqtisodiy va madaniy markazi - Qarshi shahri.

    Tuman – O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy-hududiy bo‘linishi pog‘onalari ichida o‘rta bo‘g‘in bo‘lib, qishloq joylaridagi iqtisodiy, xo‘jalik va ijtimoiy-madaniy xayotga bevosita rahbarlik qiladi.
    O‘zbekiston ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi, yangi tabiiy resurslarni o‘zlashtirish hamda aholi sonining o‘sishi bilan ma’muriy-hududiy bo‘linmalar chegarasidagi o‘zgarishlar, avvalo, qishloqdagi tuman bo‘g‘inlari hisobiga ro‘y beradi.
    Hozirgi vaqtda O‘zbekiston Respublikasida 161 ta tuman mavjud.
    O‘zbekiston Respublikasiing Toshkent, Samarqand va Buxoro shaharlarida shahar tumanlari ham mavjud.
    Ma’muriy-hududiy bo‘linishning yana bir bo‘g‘ini bo‘lib - shaharlar hisoblanadi. Madaniy va ilmiy markaz bo‘lib hisoblangan shaharlar aholisining soni, iqtisodi va sanoatining rivojlanganligi, maldaniy, ilmiy va o‘quv maskanlarining mavjudligiga harab farqlanadi. O‘zbekiston Respublikasi hududida respublika, viloyat va tumanga bo‘ysunuvchi shaharlar tizimi mavjud. O‘zbekiston Respublikasining 1996 yil 30 avgustdagi «O‘zbekiston Respublikasida ma’muriy-hududiy tuzilish, toponimik ob’ektlarga nom berish va ularning nomlarini o‘zgartirish masalalarini hal etish tartibi to‘g‘risida»gi qonun6da ushbu shaharlar aholisi soni, ishlab chiqarish va sanoatiga qarab toifaga ajratish tartiblari ko‘rsatib o‘tilgan.
    Viloyat va respublikaga (Qoraqalpog‘iston Respublikasiga) bo‘ysunuvchi shaharlar turkumiga kamida 30 ming aholisi bo‘lgan, muhim sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgan istiqbolli iqtisodiy va madaniy markaz hisoblangan shaharlar kiradi. O‘zbekiston Respublikasida bunday shaharlar 51 tadir.
    Tumanga bo‘ysunuvchi shaharlar toifasiga sanoat korxonalari, kommunal xo‘jaligi, davlat uy-joy fondi, rivojlangan ijtimoiy-madaniy muassasalari, savdo umumiy ovqatlanish, maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalari mavjud bo‘lgan hamda aholisi 7 ming kishidan kam bo‘lmagan va uning uchdan ikki qismini ishchi, xizmatchi hamda ularning oila a’zolari tashkil etgan shaharchalar va boshqa aholi manzillari kiritiladi. Bunda mazkur aholi punktining ma’muriy ahamiyati va rivojlanish istiqbollari e’tiborga olinadi. O‘zbekiston Respublikasida 66 ta ana shunday shaharlar mavjud.

    Download 197.5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling