Davlat tuzilish shakli reja: kirish Davlatning tuzilish shakli tushunchasi


Download 197.5 Kb.
bet2/8
Sana18.06.2023
Hajmi197.5 Kb.
#1587911
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Davlatning tuzilish shakli kurs ishi oxirgi

2. Davlatning tuzilish shaklining turlari

Tuzilish tarkibiga ko‘ra davlatlar oddiy – unitar hamda murakkab – federativ yoki konfederativ davlatlarga bo‘linadi. Davlatning tuzilish shakli nafaqat ommaviy hokimiyat bilan, balki davlatning yana bir muhim xususiyati – aholining hududiy tashkiloti bilan ham chambarchas bog‘liqdir.


Unitar3 davlat – oddiy tuzilishga ega yaxlit davlat bo‘lib, to‘la siyosiy birligi bilan boshqalardan farq qiladi. Unitar davlatlarning aksariyati muayyan ma’muriy-hududiy bo‘linishga ega, ya’ni tumanlar, viloyatlar, kantonlardan iborat bo‘ladi. Mazkur ma’muriy-hududiy bo‘linmalar davlat suvereniteti alomatiga ega emas. Unitar davlatlarda butun hudud bo‘yicha yagona oliy organlar tizimi va yagona qonunchilik tizimi mavjud bo‘ladi. Unitar davlatlarning tuzilishi oddiydir.
Unitar davlatlarning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri shundaki, ularda markazlashtirish turli shakllarda va turli darajada bo‘ladi. Ba’zi unitar davlatlarda maxalliy organlar bo‘lmaydi va ma’muriy-hududiy bo‘linmalar markaziy hokimiyat vakillari tomonidan boshqariladi. Maxalliy organlar tashkil etilgan unitar davlatlarda esa, ular markaziy hokimiyat nazorati ostida bo‘ladi. Markaziy hokimiyat mahalliy organlar ustidan nazoratning qanday turini amalga oshirishiga qarab, markazlashgan va markazlashmagan unitar davlatlarga bo‘linadi.
Bundan tashqari ba’zi unitar davlatlarda ma’muriy-hududiy bo‘linmalarning ayrimlariga boshqalarga qaraganda imtiyozliroq huquqiy maqom berilishi mumkin. Bunday unitar davlat nisbiy ma’muriy mustaqil muxtoriyat (avtonomiya)ga ega bo‘ladi. Muxtoriyatlar mustaqilligi markaziy hokimiyat belgilagan doiradagina bo‘ladi.
Unitar davlatlar hududida boshqa mustaqil davlatlar bo‘lmaydi. Unitar davlatdagi ma’muriy-hududiy bo‘linmalar faqat mahalliy masalalarni hal qilish huquqiga ega, markaziy yagona davlat hokimiyati kuchi davlatning barcha hududiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Unitar davlatlarga ko‘plab misollar keltirish mumkin. Masalan, Italiya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Ukraina, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi ham unitar davlat hisoblanadi.
Jumladan Italiya Konstitutsiyasining 5-moddasiga binoan Italiya Respublikasi - yagona va bo‘linmasdir, lekin mahalliy avtonomiyani tan oladi va rag‘batlantiradi. Italiya Respublikasining hududiy tuzilishi Konstitutsiyaning 5-bo‘limi 114-133-moddalarida batafsil yoritib berilgandir. Unga ko‘ra respublika - viloyatlarga, provinsiyalarga va kommunalarga bo‘linadi. Kommunalar - shaharlar yoki ularning bo‘laklarini va qishloq aholi punktlarini yoki ularning guruhlarini o‘z ichiga oladi. Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan siyosiy-ma’muriy birliklar ma’lum bir doirada avtonomiya ega. Asosan viloyatlarning avtonomiyasi kengdir.

Download 197.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling