Kbk: 84(5O‘zb)7


Download 0.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/33
Sana09.01.2022
Hajmi0.68 Mb.
#260913
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33
Bog'liq
Қизлар дафтарига (3)

Birovning baxtiga bo‘lmagil baxil, 
Baxtiga baxt qo‘sh-u, bo‘l doim ahil. 
Baxillik bir zangki, bag‘ringni yeydi, 
Ranging ham sarg‘aytib, qiladi zahil!
degan donolar. Siz bo‘lsangiz, qo‘shningizning 
uyidagi bisotini ko‘rib hasad o‘tida yonasiz. Lekin 
u kishi zamonamizga, xalqimizga, jamiyatga, 
jumladan, sizga ham, sizning bola-chaqangizga 
ham keltirayotgan ma’naviy foydasini ko‘rmaysiz! 
Bugungi yutuqlari mizning ko‘pginasida olim-
larning ham hissalari bordir? Bor. Siz buni 
ang lamaysiz-da! Keling, bu gaplarni bir yoqqa 
qo‘yaylik. Sizga aytadigan ikki og‘iz gapim bor, 
ayta-yu, xayrlashaylik. Xalqimizda: «Ig‘vogarning 
o‘zi yomon, o‘zidan ham so‘zi yomon», degan maqol 
bor. Eshitgandirsiz? Yo‘q? E, afsus! Bo‘lmasa 
qozoq maqolini eshiting: «Sassiq so‘z sassiq 
og‘izdan chiqadi». Qarang, yalang‘och badanga 
vizillatib urilgan qamchi zahriday achchiq. Ha, 
ovsin, ishonavering, o‘shanaqa og‘izdan o‘shanaqa 
so‘z chiqadi!
Men aytar so‘zimni aytib, qayrilib ketdim. U 
or qam dan mulzam bo‘lib qarab qoldi. Hayron 
qolasan odam, jamiyatimizda o‘sha g‘iybatchi 
xotin vaysab qoralayotgan odamga o‘xshash 
o‘ziga to‘q, madani yatli kishilarimiz kammi? Yo‘q, 


191
istagan shahringizda, hatto, qishloqlarimizda 
bunaqa ma’mur oilalar xohla ganingiz qadar bor. 
Bir mahallar rus adabiyo tida «Kambag‘allik ayb 
emas» degan kitob ham paydo bo‘lgan ekan.
Yorqish kulimsirab opoqiga qaradi.
– Ha, Ostrovskiyning pyesasida.
– Ha, barakalla. Ostrovskiy shunaqa deb pyesa 
yozgan ekan. Mana, zamon o‘zgarib, odamlar 
chin baxt og‘ushiga yetib kelibdi-yu, maqol 
ham choponini o‘zgartirishga majbur bo‘libdi. 
Endi kambag‘allik ayb emas, deyish o‘rniga 
kambag‘alchilikni ayb hisoblay digan bo‘lib qoldik. 
Nima uchun? Shuning uchunki, qizlar, bizning 
sadag‘ang ketay davri-davronimizda ishlayman 
desang – ish qat-qat, mehnat qil – og‘zingda qand. 
To‘qlik-mo‘llikni, boyagi g‘iybatchi xotin iborasi 
bilan aytsak, jir bog‘lashni mehnat keltiradi. 
Demak, o‘ziga to‘q odamlar astoydil mehnat-
lari orqasida shu darajaga yetishgan. Shuning 
uchun ular unaqa bo‘lib ketishdi, bunaqa bo‘lib 
ketishdi, deb orqalaridan g‘iybat toshi otish – o‘zi 
hech narsaga arzimaydigan tanbal, ishyoqmas, 
tepsa-tebranmas odamlarning g‘alamisligi, xolos. 
Ha, g‘alamisligi!
Saodat buvi terlab ketdimi, dastro‘molchasi 
bilan peshanasini artib, biroz sukut etdi. Endi u 
choydan ho‘plab o‘tirib so‘zini davom ettirdi:
– Qadimgilarning: «Iloho, bevaqt o‘limdan, 
quruq tuhmatdan saqla!» degan iltijolari bor. 
Agar tuhmat o‘lim yonida tilga olingan bo‘lsa, 
demak, bu ham o‘lim bilan baravar ekan-da! 
Xuddi shu mazmunda qoraqalpoq xalq maqoli 
ham bor. «Tog‘-u toshni shamol vayron qilsa, odam 
bolasini tuhmat vayron qiladi», deydi. Albatta, 


192
haq gap. Tuhmat balosi nimaligini, tuhmatdan 
keladigan jabr-u jafoni shu qurib ketgur tuhmatga 
uchragan jabrdiydalardan so‘rash kerak. Buning 
jafosi dog‘-u hasrat bo‘lsa, oqibati umr xazoni! 
O‘nglanib olishing qiyin. Tuhmatchi qilar no-
ma’qulchiligini qilib ketaveradi. Azobini, dardini 
nohaq tuhmatga uchragan begunoh tortadi. 
Keyin har qancha oqlan – foydasi yo bo‘ladi, yo 
bo‘lmaydi. Lekin yuzingga tuhmat bosib ketgan 
qora tamg‘a uzoq vaqt, balki butun umr sharaf 
yo‘lingda g‘ov bo‘lib yotadi. Sen undan o‘tishga 
harakat qilarsan, qilishing kerak ham, lekin o‘tish 
hamisha ham nasib bo‘lavermaydi. Shunday hollar 
ham bo‘ladiki, ishlab turgan joyingdagi rahbar 
odil bo‘lishi kerakligini esidan chiqarib qo‘ysa, 
jamoangga qilinadigan davlat va jamoat iltifotidan 
seni chetga surib qo‘yishi mumkin. Bu oshkor 
ilg‘ash boshqalarni hayratga solsa, seni ruhan 
ezadi. Ha, tuhmatdan, fitnadan, fisq-u fujurdan, 
shunaqa yomon illatlarni tug‘ diradigan hasaddan, 
ichi qoralikdan nari bo‘linglar, jon qizlarim! Ha-ha, 
nari bo‘linglar! Xonadoningizdagi odamlarni ham 
bu balo kasridan saqlang lar. Ayniqsa, bo‘lg‘usi 
bolalaringizni bu falokat changalidan omon 
asranglar, o‘zgalar ko‘z yoshini daryo qiladigan bu 
marazdan hazar qildiringlar. Shu pok ruhda, shu 
insoniy ruhda, toza dil kishisi ruhida tarbiyalanglar 
bolalaringizni! G‘iybatdan o‘zini tiygan odam eng 
avval o‘zini, keyin g‘iybat qurbonini balo-qazodan 
asrab qoladi. O‘tmish olimlaridan Faridduddin 
Attor ham xuddi shuni ta’kidlaydi:
Kim tilin g‘iybat qilishdin saqladi, 
Ul o‘zin ofat-balodin saqladi!


193
Saodat buvi oldida yozig‘liq qog‘ozlarni taxlab 
jildga soldi. Keyin ko‘k muqovali bir kitobni ochib, 
nimalarnidir o‘qidi.
– Suhbatimizning davomini xalqimizning: «Qo‘l 
yugurikligi – oshga, til yugurikligi – boshga», degan 
dono maqolidan boshlaymiz. Haqiqatan ham, tili 
uzun, tili achchiq, tili zahar – qumortqi odam hech 
qachon obro‘ topgan emas. Tilim bor deb har xil 
bo‘lar-bo‘lmas narsalarni og‘izga olish, boshqalarga 
ozor berish, shanqish, qarg‘ash, shallaqilik qilish 
– ayol qadrini qora yer qiladigan ko‘p xunuk qiliq. 
Shoirlar aytganidek, ko‘ngil mahzanining qulfi til 
bo‘ladigan bo‘lsa, uni ochguvchi kalit – so‘zdir. 
Modomiki, yaxshi so‘z ham, yomon so‘z ham bitta 
og‘izdan chiqar ekan, nima uchun hech kimga 
ozor bermaydigan yaxshisini ayta qolmaymiz? 
Axir, bundan eng avvalo o‘zimiz foyda ko‘ramiz-
ku! Odamning tili, ayniqsa, ayol kishining tili 
qanaqa bo‘lsa, undan topadigan foyda-zarari 
ham tiliga yarasha bo‘ladi. Shuning uchun, jon 
qizlarim, og‘izlaringizga qarab so‘zlanglar, keyin 
lab tishlab qolmaysizlar. Til durini yaxshi joylar, 
yaxshi paytlar uchun saqlanglar, bo‘lar-bo‘lmas 
joylarda behuda to‘kmanglar. Ya’ni kam gapiring, 
jonga malham gapiring. Tilingizdan zahar emas, 
bol tomsin – buning hikmati katta, jon bolalarim! 
Shu boisdan bo‘lsa kerak:
Tiling zahar bo‘lsa, yeganing zahar, 
Tiling shakar bo‘lsa, yeganing shakar.
deydilar. Axir, odamni sevdiradigan ham, bez-
diradigan ham til bo‘lgandan keyin, qani endi 
undan faqat bol tomsa, bulbul go‘yosi yog‘sa! Biz 


194
yuqorida yol g‘onchilik, chaqimchilik, aldoqchilik, 
g‘iybatchilik, tuhmatchilik, fisq-fujur, fitna, hasad 
kabi yaramas illatlarni qoralab gapirdik. Xo‘sh, 
bu yaramas illatlarning begunohlarga otadigan 
o‘qi, chopadigan qilichi qanaqa? Til emasmi? 
Ming-ming afsuski, til! Ammo Laylolar, Zuhrolar, 
Shirinlar,  Kumushlar sevgisi izhor etilgan pok 
til – bu til emas! Bu sehrgarlar, jodugarlar, 
bag‘ritoshlar, yalmog‘izlar, yosumanlar, sotqinlar, 
imonsizlar, vijdonsizlar tili! Bu qabih tilning inson 
tiliga sira-sira aloqasi yo‘q! Navoiy hazratlari ham 
odamlarni shirin til bilan gapirishga da’vat etib, 
deydilar:
Har kim chuchuk so‘z elga izhor aylar, 
Har nechaki ag‘yor durur, yor aylar.


195

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling