Keativlik va innovatsiyalarda fikrlash, motivatsita va ishtiyoqning roli
Download 32.43 Kb.
|
Keativlik va innovatsiyalarda fikrlash, motivatsita va ishtiyoqn
Keativlik va innovatsiyalarda fikrlash, motivatsita va ishtiyoqning roliKкeativlik (lot., ing. “crete” – yaratish, “creative” –yaratuvchi, ijodkor)-yangi g’oyalarni ishlab chiqarishga tayyorlikni tavsiflovchi va mustaqil omil sifatida iqtidorlilikning tarkibiga kiruvchi ijodiy qobiliyat. Shaxsda kreativlik (Ijodkorlik) sifatlarini rivojlantirish tushunchasining ma’nosini tushunib olish talab etiladi. Ijodkorlik qobilyatiga ta’sir ko’rsatadi va o’z navbatida ichki sezimni rivojlantiradi. Ijodkorlik qobiliyati, ichi sezim va umumimiy intellect kesishganda ijod mahsuli yaratiladi.Bu borada mutaffakir Abu Ali ibn Sino qarashlarida ham kreativlikni talqin etishimiz mumkin. Uning qarashlarida o’qituvchi o’z o’quvchilarining mayl, intilish, faolligi, qobilyati, iste’dodi va layoqatini aniqlamasdan turib, uni ijody fikrlashga yo’naltira olmaydi degan. Mutaffakir Jalolidin Davoniy “Axloq Jaloliy” nomli asarida insoniy fazilatlarda aqliy qobiliyat va aqliy iste’dodni tarbiyalash uchun zukko, zehnli, fahm-farosatli, ijodkor bo’lishi va bilimlarni tez eslab qolishi, ularni anglab yetish lozimligini ta’kidlagan. Mutaffakir Zahiriddin Muhammad Bobur qarashlarida ham kreativlikni ko’rishimiz mumkin: U inson shaxsining taraqqiy etishining asosiy yo’llaridan biri deb muammolivaziyatni, ijodkorlikni tushunadi va undan o’z faoliyatida unumli foydalangan. Suhbat. Suhbat metodi tabiatshunoslik darslarida hikoyaga qaraganda ko’proq qo’llaniladi. Bu metodning mohiyati shundaki, u o’qituvchiga o’quvchilarni yaxshiroq bilib olishga imkon beradi, ularni mustaqil fikrlashga o’ragtadi, jamoa ishiga (jonli va jonsiz tabiat jismlarini kuzatishga, darslik bilan ishlashga, kinofilimlarni ko’rishga va h.k) jalb qiladi.Suhbat yangi materialini o’rganishda, kuzatishlar yoki amamliy ishga yakun chiqarishda, ekskursiyalar o’tkazishda, o’rganilgan materialni takrorlashda, shuningdek tajribalarni qo’yish va namoyish qilishda, tabiiy, tasviriy hamda ekran vositalari, darslik, sinfdan tashqari o’qish uchun adabiyot bilan ishlahsda qo’llaniladi. Suhbatning bosh maqsadishundaki, bunda o’qituvchi rahbarligida o’quvchilar ongida tabiat jismlari hamda hodisalari haqida to’g’ri tasavvur va tushunchalar shakllansin.Tabiat bilan tanishtirishning birinchi bosqichida suhbat o’qituvchining savollar berishi va ularga chaqirilgan o’quvchilarning javob berishi shakllana boradi. Masalan, o’tkazilgan amaliy ish asosida sinfga savol berib, o’qituvchi bir savolning o’ziga o’quvchilardan har xil javoblar oladi; kim boshqacha o’ylaydi? Kim aniqroq aytadi? Kabi savollar bilan murojat qilib, ularni rag’batlantiradi. Natijada o’quvchilarda asta-sekin ijodiy faollikni rivojlanishi uchun zarur bo’lgan sifatlar shakllanib boradi. Bundan tashqari suhbat o’quvchilar ishidagi kamchiliklarini to’g’irlashga imkon beradi, yakka yondashish qoidasini amalga oshirish uchun keng imkoniyatlarni ochib beradi. Suhbatda savollar muhim ahamiyatga ega. Ular qisqa, aniq bo’lishi, javobni aytib turadiganxarakterda bo’lmaligi, birso’z (“ha” yoki “yo’q”) bilan javob berishni talab qilmasligi, ikkilantiruvchi ma’noga ega bo’lmasligi kerak. Masalan, fermer xo’jaligida ipak qurti ustida kuzatishlar o’tkazilgandan keyin bajarilgan ishlarga ushbu maqsadga yo’nalgan savollar yordamida yakun chiqarish kerak: tut ipak qurti qanday rivojlanadi? Uning tashqi ko’rinishi qanday? Qurtning tanasi qanday shaklda? U qanday harakat qiladi? Nima bilan ovqatlanadi? Qurt qanday qilib pilla o’raydi? Pilla o’rash qacha vaqt davom etadi? Pilla ichida nima bo’ladi? Kapalak qanday hosil bo’ladi? Kapalak pilladan qanday chiqadi? U qancha vaqt yashaydi? Kapalak hayoti qanday tugallanadi? Bunday savolar o’quvchilarning Mustaqil aqliy faoliyatini rivojlantiradi, chunki savollarga javoblar ishlab chiqarish kuzatishlari bilan boradi. Mavzuni tushuntirgach o’qituvchi albatta bilimlarni o’zlashtirish darajasini aniqlash uchun hikoya va namoyish qilinadigan qurol mazmuni bo’yicha suhbat o’tkaziladi. Suhbatning о‘quv jarayonida qanday o‘rin egallashi va didaktik maqsadni mo‘ljallanganligiga qarab quyidagi: kirish suhbati, takrorlovchi suhbat, bayon qiluvchi suhbat va yakunlovchi suhbat turlari farq qiladi. Kirish suhbatidan yangi bo‘lim yoki yangi mavzuni o‘rganish oldidan foydalaniladi. Uning maqsadi darsda o‘rganiladigan masala bo‘yicha tasavvurlami aniqlash yoki tiklashdir. Chu-nonchi 3-sinfda “Manzarali o‘simliklar” mavzusini o’rganishga kirisha turib, kirish suhbati vaqtida bolalarga ushbu savollarni berish kerak: Manzarali o’simliklarga misol keltiring? Ular qanday o’sadi? Siz qanday o’simliklarni bilasiz? Faqat shundan keyingina o’qituvchi yangi materialnitushuntirishga kirishadi. Takrorlovchi suhbat o’rganilgan materialni mustahkamlash va fahmlab olishga yordam beradi. U yangi materialni o’rganilgangan keyin shu darsning o’zida yoki mavzu yoki bo’lib o’rganilgandan keyin o’tkaziladi va 5 daqiqadan 20-25 daqiqagacha vaqt olishi mumkin. Takrorlovchin suhbat vaqtida ham mavzuni o’rganishdagio’sha ko’rgazmali qurol va tabiatshunoslik materialidan foydalaniladi. Bayon qiluvchi suhbst o’quvchilariningo’zlari tomonidan birliqning jism va hodisalarini kuzatishini nazarda tutadi. O’quvchi tomonidan yo’naltirilgan o’quvchilar o’zlari uchun yangi obyekt va hodisalar bilan tanishadilar. Tirik tabiat burchagidagi o’tkazilgan tabiat obyektlari va tajribalari kuzatishlar natijasida o’quvchilarda shaxsning har tomonlama rivojlanishi uchun kata ahamiyatga ega bo’lgan atrof olamga tadqiqiy yondashish shakllanadi. Bayon qiluvchi suhbat tadqiqiy xarakterga egadir, chunki u o’quvchilarning tabiiy obyektlarini kuzatishlariga asolanadi. Misol qilib, 3-sinfdagi “Maktab oldi maydonchasida bahorgi ishlar” mavzusi bo’yicha tabiatshunoslik darsni ko’rib chiqamiz. Dars maktab oldi maydonchasidagi amaliy ishlar asosida o’tkaziladi va tadqiqot unsurlariga ega bo’ladi. Agar shahar tipidagi maktablardamaktab oldi maydonchasi bo’lmasa, undan tadqiqy unsurlarga ega bo’lgan tajribani (masan, “yagonalashning ildizmevalilar hosiliga ta’siri”) tirik tabiat burchgi yoki tabiatshunoshlik xonasida o’tkazish mumkin. Qilingan tajriba yoki amaliy ish natijasida ushbu savollar bo’yicha tadqiqotlarning borishini yoritish mumkin. Yakunlovchi suhbat. Yakunlovchi suhbat o’quvchilar o’rganilgan mavzu bo’yicha xulosa chiqara olishlari uchun o’tkaziladi. Masalan, “Granit” mavzusi o’rganilgandan keyin quyidagi savollar bo’yicha yakunlovchi suhbat o’tkaziladi: Biz qanday mavzu bilan tanishdik? Qanday yangiliklarni bildik? Granit qanday tuzilishga ega? Granit rangi nimaga bog’liq? Granit tarkibiga nimalar kiradi? Granitdagi kvars qanday aniqlanadi? Granitning yemirilishi natijasida nimalar hosil bo’ladi? Tasviriy qurollarni ko’rsatish asosiagi suhbat. Tabiatshunoslik darslarida ko’pincha suratlardan foydalaniladi. Masan, “dashtlar” mavzusini (4-sinf) o’rganishda o’qituvchi “Bahorda dasht” nomli suratni iladi va uniong bo’yicha suhbat o’tkaziladi. O’quvchilar ushbu savollarga javob berishlari kerak: suratda nimalar tasvirlangan? Suratda qanday o’simliklarni ko’rayapsiz? (qum giyohi, lola, gulsapsar, saksovul). Nima uchun dashtda o’simliklar kam? Nima uchun dashtda baland daraxtlar yo’q? Suratda tasvirlangan hayvonlarni sanab bering? (burgut, ilon, kalxat, dasht qarg’asi, suvilon, qum quyoni). Bu hayvonlar nima bilan oziqlanadi? Yordamchi savollar bo’yicha suratni tahlil qilib, o’quvchilar yangi ma’lumot oladilar, chunki o’qituvchi o’quvchilarining javoblarini to’ldiradi, tushuntiradi va aniqlaydi. O’qilgan darslik maqolasi asosida suhbat. Suhbatning maqsadi – u yoki bu tabiat hodisasini bolalar tomonidan to’g’ri tushunilganligini aniqlash, tabiatshunoslik maqolasini o’qishdan olingan yangi bilimlarni mustahkamlash va sistemalashtirishdir. Shunday maqolalarni 1-sinfda o’qishda qisqa suhbat o’tkaziladi, unda bolalarning o’qilgan maqola mazmunini qanday tushunganliklarini aniqlashga yordam beruvchi 2-3 ta savol beriladi. Keyin maqola mantiqan tugallangan qismlar bo’yicha o’qiladi va o’qilganlarning mazmuni aniqlanadi. Shundan keyin o’quvchilargan o’qilgan qismda qancha jumla bo’lsa, o’shancha savol beriladi. Matn albatta o’qituvchi tomonidan sharhlab beriladi, uni hikoya, ko’rgazmali qurollarni, o’qitishning texnika vositalarini namoyish qilish bilan birga olib boriladi. Suhbat o’quvchi bilimlarini o’zlashtirish darajasini aniqlash bilan tugallanadi. Tabiatshunoslik o’qitishning ko’rgazmali metodlari. O’quv jarayonida ko’rgazmali metoddan foydalanish, bilimlarini puxta o’zlashtirish uchun alohoda ahamiyat kasb etadi. Ular ta’lim jarayonida ko’rgazmalilik prinsipi bilan bog’langanda yanada kengayadi va takomillashadi. Ma’lumki, ko;rgazma vositalar o’quv jarayonida turli didaktik maqsadlar bilan qo’llaniladi, xususan, o’qitish vositasi sifatida metodik qo’llanma, og’zaki metodda bilish imkoniyatini kuchaytiruvchi, amaliy ishlarda fikr uyg’otuvchi vosita sifatida qo’yiladi.Ko’rgazmali metodning esa vazifasi boshqacha bo’lib, o’quv jarayonida o’quvchilarga qarab turib, predmetlarini kuzatib va idrok qilib, sezgi organlari yordamida jism jarayonlari haqida ma’lum axborotga ega bo’ladilar, ularni taqqoslash va farqiy belgilarini toppish asosida fikrlaydilar, shu asosida muayyan bilimlar shakllanadi, keyinchalik so’zlar, ko’rstish va tushuntirish orqali qayta ishlanadi, fikrlaydilar. Ko’rgamali metod, shu bilan belgilanadiki, ularni qo’llash asosida yangi bilimlar olish maqsad qilib qo’yiladi. Bu jarayonda o’quv filmlaridan, diafilim va diapazitivlarning axborot matnlari (ostidagi sur’at) yozuvlar yangi bilimlar egallash uchun bilimlar manbai bo’lib xizmat qiladi. Ko’chilik tabiatshunoslik darslarida tabiiy jismlarda va turli xil kartina va jadvallar namoyish qilinadi.Ko’rgazmali metodni amalga oshirishda ko’rgazma vositalar asosiy o’rin tutadi. 2. Kreativ fikrlash – bu innovatsion (yangi, novator, original, nostandart, noodatiy va hokazo…) va samarali (amaliy, natijaviy, tejamli, optimal va hokazo) yechimlarni topish, yangi bilimlarni egallash, tasavvurni ta’sirchan ifodalashga qaratilgan g‘oyalarni ishlab chiqish, baholash va takomillashtirish jarayonida samarali ishtirok etish qobilyatidir. Kreativ fikrlash bizga muammolarni hal qilishda noodatiy yechim topishga yordam beradi. Biroq biz uni tanqidiy fikrlash bilan adashtirib yubormasligimiz, aksincha bizga imkonsiz muammolarni hal qilishda bir-birini to‘ldirib turuvchi yechimlarni topishda yordam beradigan “aka-ukalar”dek qarashimiz kerak.PISA tadqiqotlarida o‘quvchidan kreativ fikrlashni baholash modeliga ko‘ra ilmiy muammolarni yoki ijtimoiy muammolarni hal qilish, o‘z g‘oyalarni yozma yoki visual ifodalash talab etiladi. Kreativ fikrlashni baholashda turli g‘oyalarni ishlab chiqish, kreativ g‘oyalarni ishlab chiqish hamda g‘oyalarni baholash va takomillashtirish kompetentligiga e’tibor qaratiladi.Agar ibtidoiy odamlarning kreativ fikrlashi bo‘lmaganida edi, ikkita chaqmoqtoshni bir-biriga urib olovni, Tomas Edison elektr lampasini, Leonardo da Vinchi parashyutni ixtiro qilmagan bo’lar edi.Har bir o‘quvchida ta’lim olishga bo‘lgan istak bor. Faqatgina biz shu istakni nuqtasini topishimiz kerak va biz bunga 3 “E” EXCITE, EDUCATE, EMPOWER ya’ni ruhlantirish, ta’lim berish va rag‘batlantirish orqali erishamiz. Quyida Siz PISA xalqaro tadqiqotining kreativ fikrlash yo‘nalishiga oid topshiriq namunalari bilan tanishishingiz hamda tasavvuringizni boyitishingiz mumkin.Bugun dunyoda yuz berayotgan to‘rtinchi sanoat tamaddunining dvigateli — harakatga keltiruvchi kuchi kreativlikdir. Atrofga boqsangiz, har tomonda inson ijodkorligining beqiyos va hayratlanarli namunalariga duch kelasiz: elektron xizmatlar, virtual reallik, to‘rtburchak tarvuzlar, tuproqsiz hosil olish... Bularning barchasi inson tasavvuri, tafakkuri mahsuli. Bugun biz uchun odatiy tuyulgan kitob, musiqa, bino, samolyot, hatto lampalar ham qachonlar orzu va tasavvurda bo‘lgan, keyinchalik aql-idrok samarasi o’laroq yaratilgan. G‘ildirakning kashf etilishidan boshlangan yaratuvchanlik namunalari bugun koinotda kezib yuribdi. Innovatsiyalar kundalik turmushimizda qulayliklar yaratadi, og‘irimizni yengil, uzog‘imizni yaqin qiladi. Shu tarzda kreativlik taraqqiyotning ajralmas bo‘lagiga aylangan. Barcha sohada ijodiy fikrlovchi mutaxassislarga talab katta. Dunyoga mashhur dasturiy mahsulotlar, mobil telefonlar ishlab chiqaruvchi kompaniyalar mutaxassislaridan har kuni yangi g‘oya so‘raladi. Mehnat bozorida kreativ fikrlovchi mutaxassislarga talab oshib borayotgan ekan, ta’lim jarayonida o‘quvchi-talabalarning noodatiy fikrlash qobiliyatini shakllantirish, rivojlantirish dolzarb vazifadir. Haligacha ta’lim tizimida ko‘plab yondashuv va metodlar ijodiy fikrlash emas, talqin va tahlilga, ya’ni berilgan ma’lumotni tushunib, to‘g‘ri yetkazishga, nari borsa, bir necha axborotni umumiylashtirib, xulosa chiqara olishga yo’naltirilgan. Xo‘sh, ta’lim oluvchilarni qanday qilib kreativ fikrlashga o‘rgatish mumkin? Innovatsiya yaratish uchun tafakkurda qanaday o”zgarishlar kechishi lozim? Tasavvur bilimdan muhim(mi)? Shaxsda kreativlik sifatlarini rivojlantirish uchun dastlab bu tushunchaning mazmunini bilish lozim. Kreativlik inglizcha “create”dan olingan bo‘lib, yaratish ma’nosini bildiradi. Kreativlik deganda insonning yangilik yaratish, muammolarni yechishga qaratilgan ijodiy qobiliyati tushuniladi. Uning tagzamirida originallik, amaliylik, noodatiylik va erkinlik yotadi. Shuningdek, kreativ fikrlash muayyan masala yuzasidan har tomonlama fikrlash, bir nuqtaga turli rakursdan yondashishni anglatadi. Kreativlik shaxsni rivojlantiruvchi kategoriya sifatida inson tafakkuri, ma’naviyatining ajralmas qismi hisoblanadi, u shaxs ega bo‘lgan bilimlarning ko‘pqirrali ekanligida emas, balki yangi g‘oyalarga intilish, o‘rnatilgan stereotiplarni isloh qilish va o‘zgartirishda, hayotiy muammolarni yechish jarayonida kutilmagan va noodatiy qarorlar chiqarishda namoyon bo‘ladi. Ya’ni, berilgan bilimlarni takrorlash orqali kreativlikka erishib bo‘lmaydi, ijodiy fikrlash jarayonida yangi fikr, yangi g‘oyaning paydo bo‘lishi asosiy shartdir. Masalan, ingliz tilida so‘zlarni yodlab, grammatika qoidalarini “suv qilib ichib yuborgan” bo‘lsangiz ham, insho yozolmasangiz, barchasi bekor. Shuning uchun kreativ fikrlash jarayonida tasavvur muhim rol o‘ynaydi. Albert Eynshteyn “Tasavvur — bilimdan muhim” deganida aynan mana shu jihatni nazarda tutgan. Ko‘pincha noodatiy fikrlar, yechimlar kutilmaganda inson xayoliga keladi. Buning uchun, avvalo, fikrlash jarayonidagi bir xillikka, odatiylikka barham berilishi lozim. Qolibdan voz kechamiz.Inson miyasi o‘z ishini “yengillashtirish”, “qulaylashtirish” uchun shablon va stereotiplardan foydalanadi. Stereotiplar shu paytgacha ma’lum bo‘lgan va umumqabul qilingan fikrlardir. Ular asosida fikrlash bizga hech qanday yangi g‘oya bermaydi. Qoliplarning yuzaga kelishida jamiyatda ustuvor bo‘lgan ijtimoiy fikr, mediamahsulotlarda taqdim etilayotgan shakl va ko‘rinishlar ham yetakchi o‘rin tutadi. Inson ommadan ajrab qolmaslik nuqtayi nazaridan hammaning fikriga qo‘shiladi. Qolaversa, “oqim bo‘ylab suzish” mustaqil fikrlashdan ko‘ra oson tuyuladi. Stereotiplar orqali fikrlaganda muayyan mavzu bo‘yicha inson ongiga “so‘rov” berilganida odatiy ma’lumot va mulohazalar yuzaga keladi. Masalan, “yangi yil” deganda to‘kin dasturxon, reklamadan tushmaydigan gazli ichimliklar, archa va hokazolarni tasavvur qilish, bobo obrazida qo‘lida hassa tutgan, ko‘zoynakli cholni ko‘rish qolip asosida fikrlashning ko‘rinishi. Kreativ fikrlovchi insonlar odatiy manzaralardan o‘zgacharoq tasvirlarni ham tasavvur qilib, hech kim ilg‘amagan jihatlarni payqaydi, yangilik yarataoladi.Eng ajablanarli jihati, ta’lim-tarbiya jarayoni ham bolalarni bir xil fikrlashga o‘rgatib qo‘yarkan. Mashhur ixtirochi va kashfiyotchilarning aynan maktabdagi ta’lim jarayonidagi bir xillikka ko‘nikolmagani, qoliplarga sig‘maganini ko‘rish mumkin. Download 32.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling