Yangi turlar hosil bo‘ishida duragaylashning ahamiyati


Download 45 Kb.
bet1/2
Sana19.06.2023
Hajmi45 Kb.
#1608321
  1   2
Bog'liq
Yangi turlar hosil bo


Yangi turlar hosil bo‘ishida duragaylashning ahamiyati
Simpatrik usulda tur hosil boMishidagi yana bir usul har xil turlarga mansub organizmlarning chatishishi hamda duragay organizm xromosomalari to‘plamining ikki hissa ortishidir. Taxmin qilinishicha qachonlardir Janubiy Amerikada o'sayotgan g‘o‘zaning G. raimondi turi hozir Afrika g‘o‘zasi deb atalgan G. nerbaceum turi bilan tabiiy sharoitda chatishib, nasi bergan. Bu duragay organizmlarning xromosomalar nabori ikki hissa ortishi hisobiga tabiiy ravishda G. nirzutum va G. barbadene turlari hosil boMgan. Aytilgan usulda yangi turlar hosil boMishi mumkinligi ba’zi o‘simliklarda tajriba asosida isbotlangan. V. A. Ribin tyem olcha — R. spinosa (2n-32) bilan tog*olcha — R. divariato (2n-16) ni chatishtirib, 48 xromosomali, nasi beruvchi formani yaratdi. U tashqi ko‘rinishidan olxo'riga aynan o'xshash. Bunday amfidiploid formalar g‘o‘zalarda ham olingan. Sun’iy yoM bilan hosil qilingan turiar, albatta, tabiiy sharoitdagi turlarga aynan o'xshash boMmaydi. Chunki sun’iy sharoitda olingan turlar sun’iy tanlash natijasi hisoblanadi. Lekin shunga qaramay, poliploid formalami sun'iy usulda olish ba’zi bir turlar qanday yoM bilan yaratilganini aniqlashda katta ahamiyatga ega. Tamaki, malina, shuvoq, gulsapsar va boshqa o‘simliklaming ba’zi turlari har xil turlaming o‘zaro chatishishi va keyinchalik duragay organizmlarda xromosomalar to‘plamining ikki hissa ortishi tufayli kelib chiqqanligi ehtimoldan xoli emas.
Hayvonlarda birinchi boMib B.L.Astaurov tut ipak qur-tida amfidiploid formalar olgan, U xromosomalar to‘plami 56 tadan boMgan tut ipak qurtining Botbux mori va Bovbux mandarine turlarini o‘zaro chatishtirib, so‘ngra ularning xromosomalar to‘plamini ikki hissa oshirishga va 112 xromosomali formalar olishga muvaffaq boMdi.
Yuqorida bayon ctilganlardan ko‘rinib turibdiki, sim­patrik yoM bilan turlar paydo boMishi har xil usul bilan amalga oshadi. Shunga qaramay, ularning hammasida o‘xshashlik bor. Bu o ‘xshashlik quyidagilardan iborat.
Birinchidan, simpatrik usulda allopatrik usuldagiga nisbatan tur nihoyatda tez hosil bo‘ladi. Agar allopatrik usul ma’lum davrni talab etsa, simpatrik usulda yangi tur hosil bo'lishi uchun organizmlarning bir necha bo'g'ini yetarli, xolos.
Ikkinchidan, simpatrik usul bilan hosil bo'lgan turlar morfologik-fiziologik belgi-xossalari bilan ajdod turga juda yaqin turadi. Poliploidiya yo'li bilan tur hosil bo'lganda or­ganizmlarning umumiy hajmi ortsa ham, tashqi tuzilishi saqlandi. Ekologik-mavsumiy usulda vujudga kelgan formalar ham morfologik jihatdan bir-biridan kam farq qiladi.
Har bir tur evolyutsiya jarayonida sifat jihatdan farq qilnvehi markaziy bosqich hisoblanadi. Har bir turda alohi- dalashgan xilma-xil mexanizm mavjud. Shu sababli, u boshqa gcnofondlardan genlar o'tishini bartaraf etuvchi himoyalan- gan genofondga ega.
Tur, bir tomondan, evolyutsiya natijasi sifatida bir butun, ma’lum muhitga moslashgan, boshqa turlardan genetik jihat­dan chegaralangan turg'un sistema bo'lsa, ikkinchi tom ondan, evolyutsiya jarayoni bosqichi sifatida u dinamik noaniq chegaraga ega va o'zgaruvchandir. Bu qarama-qarshilik dialektik xarakterda bo'lib, o 'z mohiyati bilan obyektiv reallikni ifodalaydi.
Tabiatda har bir tur populatsiyalaiga bo'Iinib ketadi. Ular­ning har biri u yoki bu biotsenozga kirib, oziq zanjiri hamda energiya almashinuvida ma’lum rol o'ynaydi. Lekin go'yo mustaqil, o'zining evolyutsion taqdiriga ega bo'lgan populatsiyalar o'zaro genetik iplar bilan bog'liq, vaqti-vaqti bilan genetik material orqali o'zafo almashinib turadi. Bu genetik munosabat populatsiyalarni yagona turga birlashtiruvchi jipslikni tashkil etadi. Mabodo, populatsiyalar o'rtasidagi bunday munosabatlar, evolyutsion genetik «ko‘prik»lar buzilsa, u holda uzoq muddatdan so'ng ular zaminida yangi turlar paydo bo'ladi.

Download 45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling