Kecha va kunduz ‘’ «Kecha va kunduz»


Download 48.97 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi48.97 Kb.
#1501564
Bog'liq
,, Kecha va kunduz \'\' asaridan 100 talik test



,,Kecha va kunduz ‘’
1.«Kecha va kunduz» romaniga tugal badiiylik baxsh etgan eng muhim omil shundaki, Cho‘lpon xalq hayotining badiiy tahlilini ham, ijtimoiy hayot haqidagi o‘zining mulohazalari va xulosalarini ham biron o‘rinda yalang‘och aytishga urinmaydi – bularning bari romanda jonli odamlar, ularning taqdiri, xarakterlari mantiqi vositasida ochiladi».
Yuqorida berilgan fikr muallifi kim?
A) Dilmurod Quronov B) Naim Karimov C) Ozod Sharafiddinov D) Fitrat
2. “Kecha va kunduz” romanida quyidagi “ikkiovlon” kimlar?
“… ikkalasi qo‘ltiqlashib ichkariga tomon yurdilar. Ikkala o‘rtoqning sharaq-sharaq gaplashgan, bir-birlariga sevinch bildirishgan quvnoq va baland ovozlari boshqa hamma unlarni bosib ketdi”.
A) Salti va Enaxon B) Zebi va Enaxon C) Zebi va Salti D) Poshshaxon va Xadichaxon
3. «Cho‘lponning ulug‘vorligi shundaki, u XX asr o‘zbek adabiyotini yangi pog‘onaga ko‘tarib, o‘zbek adabiy tilining shakllanishi va ravnaq topishiga ulkan hissa qo‘shibgina qolmasdan, xalqda «Vatan», «Millat», «Istiqlol» tushunchalarining teran ma’no kasb etishiga ham mislsiz darajada katta ta’sir ko‘rsatdi. O‘zga so‘zlar bilan aytganda, u xalqda hurriyat tuyg‘usini uyg‘otdi, uning ko‘zidagi g‘aflat pardasini olib tashladi, unda Vatanga muhabbat, kelajakka ishonch hislarini tarbiyaladi.
Uning fuqarolik jasorati xuddi shundadir»
Yuqorida berilgan fikr muallifi kim?
A) Dilmurod Quronov B) Naim Karimov C) Ozod Sharafiddinov D) Fitrat
4. “Kecha va kunduz’’ romanining kirishi qismi qaysi faslning yurtga kirib kelishi bilan boshlanadi?
A) kuz B) qish C) yoz D) bahor
5. “Kecha va kunduz’’ romanida tilga olingan ilk shaxs nomi nima?
A) Hamal B) Qumri C) Zebi D) Razzoq so‘fi
6. Quyida berilgan ta’rif kim haqida? “Halol-haromni ko‘p ham farq qilmayturgan bu odamning avrodda o‘tirish odatlari, hatto hammadan keyin qolib, machit shamlarini puflab chiqish rasmlari bo‘lardi”
A) Eshon B) Razzoq so‘fi C) Abdisamad mingboshi D) Zunnun
7. Salti (Saltanat)ning erta saharda munaqa halloslab kelishining sababi ne edi?
A) Safar, mehmondorchilik rejasini aytmoqchi edi
B) Sovchilariga rozilik javobini aytib, to‘y boshlatgani edi
C) Dugonasiga yordam berishib ketmoqchi edi.
D) Razzoq so‘fidan dadasining ishi bore di, chaqirgani kelgandi.
8. Yoyilma soyda kim istiqomat qilmaydi?
A) Enaxon B) Salti C) Xadichaxon D) Umrinisabibi
9. O‘z uyining qabristonlar qadar jimjit, xonaqohlar qadar unsiz, o‘z ko‘ngli qadar tund va xo‘mraygan
bo‘lishini istagan obraz kim?
A) Eshon B) Razzoq so‘fi C) Abdisamad mingboshi D) Zunnun
10. Fitna kim?
A) Sultonxon B) Poshshaxon C) Qurvonbibi D) Umrinisabibi
11. Asarda nima “piyoz to‘g‘rab yotgan kelinchakning ko‘zlariday, pirpirab yonardi” deyiladi?
A) oy B) eng yorug‘ yulduz C) quyosh D) sham
12. Asarda kim “Yosh qizlarning o‘zlarini yuborib, bo‘ladimi, qalay? Bitta-yarimtamiz birgalashmasak bo‘lmas? ” – deb o‘zining eslik xotin ekanini bildirgan obraz kim?
A) Saltining onasi B) Zebining onasi C) Qumrining onasi D) O‘lmasjonning onasi
13. Mehmonlarga qo‘lidan kelgancha yaxshi dasturxon solib, qo‘ni-qo‘shni qizlar va kelinchaklarni chaqirtirib, allaqaylardan tori uzilgan dutorlarni topdirib kelgan va ularni xursand qilmoq uchun tirishib-tirmashgan obraz kim?
A) Fazilat B) dehqonning qizi C) kundoshlar D) Enaxon
14. – Sovchining ko‘pligidan ostonasi yeyilib ketgan, deydilar... O‘lmasjon kimga ishora qilmoqda? A) Qumriga B) Zebiga C) Saltiga D) Enaxonga
15. «Qurvoni jaholat», «Qor qo‘ynida lola», «Novvoy qiz», «Oydin kechalarda»
asari Cho‘lpon ijodida qanday janrda yozilgan?
A) roman B) qissa C) drama D) hikoya
16. «…o‘zidan ulug‘ va kuchlilar gapirsa – «hovva-hovva», deb tasdiqlaydi; «o‘zidan past va kuchsizlar gapirsa – «yo‘q, yo‘q», degan ma’noda» inkor etib boshini chayqaydigan obrazni toping.
A) Razzoq so‘fi B) Akbarali mingboshi C) Hakimjon D) Qurvonbibi
17. Zebining yoshi necha yosh atrofida edi?
A) 18 B) 20 C) 13 D) 15
18. «Kecha va kunduz» romanida qaysi davr voqealari bayon qilinadi?
A) Somoniylar davri B) Bolsheviklar davri C) Temuriylar davri D) Rus podsholigi davri
19. “Kecha va kunduz”ning “Kecha”sidan oldingi parchaning matla’sini toping.
A) Hamal keldi, amal keldi. B) Muhabbatning saroyi keng ekan, yo'lni yo‘qotdim-ku
C) Har yil bir keladigan bahor sevinchi yana ko‘ngillarni qitiklay boshladi. D) Zebi, Zebi Zebonam!
20. Bu soddadil «sart» amaldori muningdek pichinglarga tushunmasa ham, piching qiluvchi to‘ralarning o‘zlari mashhur rus adibining «Yetti osilganlari»dan ham so‘zda, ham ishda juda yaxshi xabardor edilar... Belgilangan birlik haqida mantiqiy va ilmiy jihatdan to‘g‘ri fikrni toping.
A) qo‘shtirnoqdan chiqarilsa, mo‘ylov ma’nosi, chiqarilmasa, Andreyevning asari ma’nosi anglashiladi.
B) qo‘shtirnoqdan chiqarilsa ham, chiqarilmasa ham millat degan ma’noda keladi.
C) qo‘shtirnoqdan chiqarilsa, Andreyevning asari ma’nosi, chiqarilmasa, mo‘ylov ma’nosi
anglashiladi.
D) qo‘shtirnoqdan chiqarilsa quyi tabaqa, chiqarilmasa millat degan ma’noda keladi.
21. ̶ Bilasizmi, aylanay, bu kuyov shunday narsaki, har qanday xotin o‘zi xohlab borib bo‘yniga osilmasa... o‘zicha hech narsa qilolmaydi! O‘zi ham qarib, darmoni ketib qolgan... Nimaga hadeb uylana berar ekan, hayronman. ̶ Pul quturtiradi! — dedi Enaxon. Enaxonning suhbatdoshi kim?
A) Zebi B) o‘zining yangasi C) Umrinisabibi D) Salti
22. Quyida kimning o‘y-xayoli o‘rtaga tashlangan?
…Qanday esi past xotin ekanman men! Yana qaytib botqoqqa sakramoq uchun balandroqqa chiqibman... Balandroq yerga chiqib turib, xuddi dengizga o‘zini tashlaydigan hopituvchilar kabi, o‘zimni yana o‘sha xandaqqa tashlamoqchi bo‘libman! Bilmabman, o‘ylamabmanki, handaqning ichida turgan vaqtingda odam uning havosiga ko‘nasan. Faqat bir marta u yerdan chiqilgach, ochiq va sof havoga chiqilgach, tog‘ havosi kabi toza havoli tepalarga chiqilgach... qaytib xandaqqa tushib bo‘ladimi? Telbaman men! Telba! U puli ko‘p bir savdogar edi, shuni bilardim.
A) Sultonxon B) Poshshaxon C) Zebi D) Maria (Maryam)
23. O‘zbek yigitlariga soldat beshotari berilishiga kim ishonmaydi?
A) Miryoqub B) Hasanov C) Hakimjon D) O‘lmasjon
24. Umarali puchuq va Yodgor echkilarni bugungi kundagi qanday ataluvchi odamlarga o‘xshatsa bo‘ladi (Albatta, yaxshi ma’noda)?
A) “portalchi” B) “o‘rtakash” C) “tank” D) “virus yuqtiruvchi”
25. Akbarali mingboshini noyib to‘ra nima deb chaqirar edi?
A) posbon B) Akbar C) oqsoqol D) mingboshi
26. Asar bo‘yicha xo‘jasining tuzlug‘iga tupurib yuradigan (“yuradigan” so‘zini zamonaviylashtiring) qahramon berilmagan javobni ko‘rsating.
A) O‘lmasjon B) Miryoqub C) Zunnun D) Hakimjon
27. “Hozir bo‘lganlar o‘rtasida «bu sodda musulmon qizini uyaltirmaslik uchun» ko‘zini boshqa tomonga burib o‘tirganlar bilan birga ikki ko‘zini undan uzmagan va allanimalar deb o‘zicha so‘zlanib, lablarini tez-tez qimirlatganlar ham bor edi...” Bu jarayon qayerda sodir bo‘lgan?
A) sud zalida B) ot aravada C) noyib to‘raning uyida D) buzuqxonada
28. Zebi, Zebi, Zebona, Men ko‘yingda devona. Seni sotdi o‘z otang, Men bo‘layin sadag‘ang! Zahar qilib oshingni, Pirim yedi boshingni! Zebi, Zebi Zebonam! Qayda qolding, dilbarim?..
Ushbu she’rning asosi aynan qaysi manba?
A) “Kecha va kunduz” B) xalq kuyi C) “Yoriltosh” D) “Qora sochim”
29. «Men endi topdim baxtimni. Hammayog‘im shuniki. Boshqalarga besh-to‘rt tanob yerni tirikligimda o‘tkazib berib, qolgan davlatimni batamom shunga qoldiraman»...
Mingboshi yuqoridagi gapni kimga aytgan?
A) Xadichaga B) Miryoqubga C) Zunnunga D) Hakimjonga
30. Sultonxon bu qishda necha kishi bilan “qor xat” o‘ynab yutadi?
A) 2 B) 1 C) 3 D) 4
31. «Endi bir o‘q bilan ikki qushni ag‘darish kerak». Ushbu fikr kimga tegishli?
A) Xadicha B) Poshshaxon C) Sultonxon D) Zebi
32. Bu asarda tilga olingan baqqolning ismi nima?
A) Orif D) Sobir C) Dadaboy D) Hakim
33. «Mehmoningizni jo‘natgandan keyin chiqing. Kechgacha o‘ynashib o‘tiramiz», – degan obraz.
A) Xadicha B) Poshshaxon C) Sultonxon D) Zebi
34. «Bir meni o‘ldirganing bilan maqsadingga yetolarmiding? Bekor mening yosh jonimni juvonmarg qilganing qoladi». Ushbu o‘y kimning xayolidan o‘tyapti.
A) Xadicha B) Poshshaxon C) Sultonxon D) Zebi
35. Eshonning katta xotini rahmi kelganidan muridlarga buyurdi; ular jinni xotinni tutib, ichkaridagi katta tolga bog‘ladilar. Jinni xotin kim?
A) Xadichaxon B) Umrinisabibi C) Poshshaxon D) Qurvonbibi
36. Kim Zebiga suvni “tabarruk” qilib bergan edi?
A) Razzoq so‘fining eshoni B) baqqol C) Razzoq so‘fi D) Imom domla
37. – Ikkala boy bir bo‘lib eng yaxshi advokatga ikki quloch ariza yozdirishib, to‘ppato‘g‘ri hokim to‘raga tutibdilar. Hokim to‘ra telefon berdi, mendan bir oz koyidi. Arizani ko‘rdim. Yomon narsalar bor unda... Seni endi hech kim himoya qilolmas deb qo‘rqaman... Ikki boy qayerlik edi?
A) o‘rdukentlik B) rafqonlik C) qumariqlik D) oltiariqliq
38. “Soddasan, Akbarali. Podsholik hamma vaqt yurtning obro‘ylik odamlarini himoya qiladi. Obro‘y davlat bilan topiladi, muni bilasan. Undan keyin, qishloq odamlarining shunaqa o‘zboshimcha harakatlariga yo‘l qo‘yib bersak, oz vaqt ichida qishloqdan qo‘l yuvishimiz kerak bo‘ladi. Sen xomsan siyosatga...” Fikr egasini toping.
A) Hokim to‘ra B) Noyib to‘ra C) noyib to‘ra bekasi D) Zunnun
39. Akbarali mingboshining ikkinchi xotinining ismi qaysi javobda berilgan? A) Xadicha B) Poshshaxon C) Sultonxon D) Zebi
40. “Kecha va kunduz” asarining epigrafini toping. A) Hamal keldi, amal keldi. B) Muhabbatning saroyi keng ekan, yo'lni yo‘qotdim-ku C) Har yil bir keladigan bahor sevinchi yana ko‘ngillarni qitiklay boshladi. D) Zebi, Zebi Zebonam!
41. Zebi va Saltanatning bolalarcha quvlashmachoq o‘yiniga qadar o‘rtada nima “talashilgan” edi?
A) diydor B) o‘yinqaroqlik C) erk D) supurgi
42. Zindondagi bandini hech bir xayol surmaydi, deb kim aytadi? Gadoy podshoh bo‘lmoq istasa,
yomonmi? Yuqorida majoziy ma’noda so‘z o‘yini borligi ma’lum. Gadoy va podhsoh rolini bu o‘rinda ijro etmaydigan obrazni toping.
A) Enaxon B) Xolmatning xotini C) Xolmat D) Enaxonning onasi
43. Umrinisabibi kimdan qizi Bahri uchun zo‘r bir davlat qozonadi?
A) Poshshaxondan B) Fazilatdan C) noyib to‘raning xotinidan D) Sultonxondan
44. Kimga amaldagi laqabi “tor” kelgani bois unga boshqa bir munosib laqab topish lozim kelardikim, unday laqabni endi bu qishloq odamlari topolmasdilar, buning uchun Amir Navoiy yoki Mavlono Jomiy, yo bo‘lmasa, Shomashrabning tirilib kelishi darkor edi?
A) Miryoqubga B) Zunnunga C) Razzoq so‘figa D) Poshshaxonga
45. Bu chaqiriqni hovuz bo‘yida o‘tirib eshitgan Zebi ro‘molini pana qilib, eshik oldiga keldi. — Kimsiz? Nima deysiz? — deb so‘radi. U yoqdan sodda va bir oz dag‘al, lekin quvnoq bir erkak ovozi keldi: — Ha, Razzoq so‘fining ojizalarimisiz? Qalaysizlar, omon-eson bormisizlar? — Xudoga shukur, — deb qo‘ydi Zebi. — Men otangizni aytgali kelib edim... — Uxlab yotgan bo‘lsa kerak. Uyg‘otib beraymi? Zarurmi? Ushbu dialogga mos kelmaydigan hukmni toping.
A) Zebiga hukm chiqarish uchun ilk qadamlar sezilmoqda. B) Epaqaning topgan “tank”i “yurish”ni boshlagan edi. C) Razzoq so‘fining uyida hademay quyuq “tutun” (yeb-ichar) chiqishi kutilyapti, ammo ikki suhbatdosh ham buni anglamayapti. D) Sultonning rejasi bo‘yicha o‘ziga kundosh
harakari boshlangan.
46. Sizlarga qo‘shimcha savol beraman, diqqat qiling: “Alloh taolo shunday degan: “Nopok ayollar nopok erkaklar uchundir. Nopok erkaklar nopok ayollar uchundir”. (“Nur” surasi, 26oyat)”
Ushbu oyat naqadar rostligi qaysi qahramonlarning bir-biriga xiyonatlari yoki buzuqliklari orqali ko‘rsatib berilgan?
1) Poshshaxon; 2) Noyib to‘ra; 3) Miryoqub; 4) Akbarali mingboshi; 5) Xonim
A) 1,2,4 B) 1,2,3,4,5 C) 2,4,5 D) 1,3,4,5
47. — Shaytonsan, do‘stim, shayton! Yetti do‘zaxga kunda bo‘ladigansan!.. — dedi va teztez qadam qo‘yib, ko‘chaga chiqdi. Aslida, o‘zi shayton bo‘la turib (keyinchalik jadidchilikni yoqlab qolsa ham) jirkanch toifa odamiga haqli nom qo‘yayotgan obrazni toping.
A) xo‘jayin B) noyib to‘ra C) Miryoqub D) Akbarali mingboshi
48. «Eshagiga yarasha tushovi» maqoli kimning tilidan olingan?
A) Miryoqub B) Razzoq so‘fi C) Zunnun D) poyezddagi jadid
49. “Yotib qolguncha, otib qolayin” maqoli kimning tilidan aytilgan?
A) Poshshaxon B) Noyib to‘ra C) noyib to‘ra bekasi D) hokim to‘ra bekasi
50. Uyidagilar allaqachon yotgan edilar. Dovdiragancha qoqilib-yiqilib Zebining uyiga kirib bordi. Miyasi hech narsa anglamasdi, shunday bo‘lsa ham ertaga yo indinga bir ish qilib loaqal …ming so‘m pul topishga jazm qildi. Nuqtalar o‘rnini to‘ldiring.
A) 1 B) 2 C) 4 D) 3
51. “Balki, arizaning beoqibat qoldirilishini so‘rab, ariza berarlar”. Modal qatnashgan ushbu fikr kimga tegishli?
A) Miryoqub B) Noyib to‘ra C) noyib to‘ra bekasi D) Zunnun
52. Akbarali mingboshi vafot etgan vaqtda yurtda qaysi fasl hukmron edi?
A) qish B) bahor C) yoz D) kuz
53. Kimlar «to‘rt chaqaga arzimagan bu qurboni zamonni» (mingboshini) yangi fath etilgan «vahshiy» xalq orasidan yetishgan ziyrak, yetuk, toj-u taxtga sadoqatli siyosat arbobi sifatida ko‘rsatmoq istaydilar. A) vatanfurushlar B) dunyo hamjamiyati C) qishloq odamlari D) chor ma’murlari
54. Zebi chaqirilgan sud zalida qayerdan keltirilgan kursilar qator-qator qilib tizilgan edi?
A) Venadan B) Berlindan C) Moskvadan D) Toshkentdan
55. Sudga kirib kelgan Zebining qay holati yaltiragan yalang‘och qilichlardan ko‘ra qo‘rqinchliroq edi?
A) ikki konvoyning o‘rtasida kelishi B) beayb-u, lekin xuddi aybdordek kirib kelishi
C) boshdan oyoq qora kiyimda kirib kelishi D) “…paranjini yechmayman”, - deb qilgan xarxashasi vaqti
56. “Zebi o‘rta asrlardagi … inkivizitsiya mahkamalarining qora aboli va sirli kardinallariga o‘xshardi...” Nuqtalar o‘rnini to‘ldiring.
A) Italiya B) Vizantiya C) Avstriya D) Ispaniya
57. Sud zalida kim tovuqning qaqaqlaganiga o‘xshash ovoz chiqarib kulib yuborgan edi?
A) garnizon boshlig‘i B) imom domla C) pop D) zakunchi
58. Nega sud hay’ati Zebining yuzidan paranjisini olib qo‘yishni talab qilishadi?
A) yolg‘on so‘zlamayotganini yuz-ko‘zidan bilib turish uchun
B) aybdor o‘rniga boshqa birov sudga kelgankelmaganini bilib turishlari uchun
C) tarso sudlari oshkoralikka asoslangani uchun D) o‘sha davrdagi yangi chor konstitutsiyasi buni qat’iy talab qilardi
59. Asarda kim “ichidagi tergovchi” bilan rosa uzun dialog quradi, sirlari oshkor bo‘ladi?
A) Miryoqub B) Akbarali mingboshi C) Maryam D) Eshon
60. Ahmadboy Husainov kim?
A) “jadidlarning otasi” B) mingboshi C) hokim to‘raning yordamchisi D) kotib
61. “Kecha va kunduz” romanidagi ayol ismi qaysi dostondagi erkak ismi bilan bir xil?
A) “Alpomish” B) “Kuntug‘mish” C) “Ravshanxon” D) “Rustamxon”
62. Asarda qaysi mingboshi jadidparvar deya madh etiladi?
A) Akbarali mingboshi B) Umarali puchuq C) Abdisamat D) Ahmadboy Husainov
63. Miryoqubga jadidlik tushunchasi qayerda juda yoqib qoldi?
A) poyezdda B) noyib to‘raning uyida C) Moskvada D) Qumariqda
64. Yevdokiya Zaxarovna Kobilina(yangi nom, eskisi— Mariya Stepanovna Ostrova)ga kelganda “itlik” qilmagan obraz kim?
A) nomer xo‘jayini B) mingboshi C) Akbarali mingboshining “ma’naviy otasi” D) bank xodimi
65 …Ayb Sadriddin cho‘loqning o‘zida edi. Tevarak-atrofdan ko‘p sovchi chiqdi bu qizga. Hammasini qaytardi. Ba’zilariga qiz o‘zi ham roziydi, onasi ham yo‘q demasdi. «Yo‘q, — dedi Sadri cho‘loq, — ikki qizimni qishloqiga berdim, bittasini shaharlikka beraman. Juda loyiq, qobil joyini topib, badavlat, obro‘lik odamga beraman!» Qizning yoshi o‘n yettidan o‘tganda, ona tashvishlandi: «Nimaga shaharlikka beraman, deysiz? Qizning yoshi o‘n sakkizga ketdi. Bekor qaritib qo‘yasiz!» Bunga qarshi o‘jar cho‘loq: «Avval quda qilib, keyincha o‘zim ham shaharga ko‘chmoqchiman», deb javob berdi.
O‘ziga baxt izlab bolasini baxtsiz qilgan obraz kimning otasi edi?
A) Poshshaxon B) Zebi C) Xadichaxon D) Sultonxon
66. «Lekin, bachchag‘ar kofir, bir narsani bilmasdan aytmaydi. Nimaga desangiz, u «zakon» kitobini ko‘p o‘qigan, hamma vaqt o‘risning ichida qaynaydi, o‘ris tilini suv qilib ichib yuborgan... Kattalarimiz o‘rus-da, axir! O‘ris bo‘lganidan keyin musulmonga yon bosmaydi. Bu rost! » Tagiga chizilganlar bo‘yicha kim haqida fikr bildirilmoqda?
A) Miryoqub B) Hakimjon C) Zunnun D) Hasan abziy
67. Quyida kimning xonadonidagi holat bo‘yicha fikr bildirilmoqda? “… bu siqiq muhitda, u kishanli jamiyatda va u «mamnu’ o‘lka»da yashovchilarning hammasi bir-birini aldashga, bir-birini «ahmoq» qilib qoldirishga urinadi va o‘zi muvaffaq bo‘lgach, boshqa hammani «ahmoq» sanaydi. Yashash
uchun qurash borayotgan bo‘lsa, odatda kuch bilan yengolmagan odamlar hiyla bilan yengadilar: bu juda tabiiy narsa”
. A) Xonadon emas, rus sudi haqida gap ketmoqda B) Akbarali mingboshining C) Noyib to‘raning D) Eshon boboning
68. — Bo‘lmasa, o‘zingni bozorga olib chiqib sot! Ko‘ngildagidek mehmon qila olasan...
Ushbu gap egasini ko‘rsating. A) Zebi B) Saltanat C) Bahri D) Enaxon
69. “Kofir bilan itning farqi yo‘q. Itdan qochmaysizmi? Shunday bo‘lsa, kofirdan ham qochmasangiz bo‘ladi”. Ushbu fikr kimga tegishli?
A) zakunchiga B) tilmochga C) imom domlaga D) popga
70. “Biz sart xalqiga allanechuk beparvolik bilan qarab o‘rganganmiz: «Qo‘yday yuvosh, ular!»– deymiz. Albatta, ularning mamlakatlarini qon to‘kib olgan fotihlar sifatida bu qarashimiz bir nav to‘g‘ri ham bo‘la biladi. Faqat bizga endi bu noto‘g‘ri qarashni tashlash kerak! Durust, sart xalqining ko‘pchiligi muazzam davlatimizga, sevimli podshohimizga sodiq... Eslik, tajriba ko‘rgan katta savdogarlar qishloqning obro‘yli boylari; ayniqsa, ulamo toifasi «yosh sartlarning nufuzini qirqish uchun zo‘r bermoqdalar; bularni bilaman. Lekin haddan tashqari ehtiyot bilan, sergaklik bilan ish olib bormasak bir kun emas, bir kun haligi ko‘pchilikning «yosh sartlar» bayrog‘i ostida bosh ko‘tarishi juda mumkin narsa”. Fikr egasini toping.
A) hokim to‘ra B) pop C) prokuror D) noyib to‘ra
71. “O‘ldirilgan odam Rusiya davlatiga va podshoga sadoqati bilan tanilgan odam edi”.
Fikr egasini toping. A) hokim to‘ra B) politsiya boshlig‘i C) prokuror D) tilmoch
72. Zebi necha yil Sibirga surgun qilingan?
A) 5 B) 7 C) 6 D) 8
73. Imom domla ushbu asarda kimga eshoni mirza deb bir-ikki marta murojaat etadi? A) zakunchiga B) tilmochga C) prokurorga D) sud raisiga
74. Sud tugagach, kim maktabidan «ozod» bo‘lgan eski maktab bolalari singari o‘zini eshikka urdi va o‘sha onda ko‘zdan yo‘q bo‘ldi? A) hokim to‘ra B) politsiya boshlig‘i C) imom domla D) tilmoch
75. Asarda kim “berib o‘rganmagan, olib o‘rgangan” deya ta’riflanadi?
A) imom domla B) Razzoq so‘fi C) zakunchi D) eshon
76. Foniy dunyo be-esh kundir, be-esh kundir, ho-ov, So‘filik ahdi-in sindur, ahdin sindur, ho-ov. Billur qada-ahlar birla may so‘ngil, soqe-e, Xonaqo qaro-o tundur, qaro-o tundur, ho-ov... Buni kim qo‘shiq qilib aytib yuboradi? (“Kecha va kunduz”)
A) Qurvonbibi B) Razzoq so‘fi C) Zebi D) eshon
77. Asarda kimning yurishi “Oyoqlari xuddi tovut ko‘tarib borayotgan musulmonning oyog‘iday bir-biriga tegmasdi”,-deya aytib o‘tiladi?
A) Qurvonbibi B) Razzoq so‘fi C) imom domla D) eshon
78. – Ham joniga, ham moliga qasd qilgan ekan, bachchag‘ar! Fikr egasini toping.
A) murid B) fitna C) so‘fi D) imom domla
79. “…umri to‘rt devor orasida o‘tayotgan, na tirikchilikdan, na erdan yalchigan” Diqqat kimga qaratilgan? A) Qurvonbibiga B) Poshshaxonga C) Xadichaga D) Zebiga
80. — Aylanay, mehmon, kimdan xafa bo‘lib tushdingiz? Kim ozor berdi sizga? Ayting! Qovog‘ingizni ochsangiz-chi! Yorug‘ dunyoga keldingiz! Shukur qiling! Sevining! Mundoq bir kuling! Kulimsirang! Iljaying!.. Razzoq so‘fining go‘daklik chog‘ida kim unga yuqoridagicha hazilsimon gap qotgan?
A) Eshonning xotini B) Folbin C) Hamro ena D) Enaxonlarning uyidagi kampir
81. “… topilmaydigan qiz... Bir rahmdil, bir oq ko‘ngil, bir ilinchakki, bu zamonning yoshyalangi orasida kam topiladi” Xolmatning uyida aytilgan ushbu fikrlar kimning madhi edi (muallifi emas)? A) Xolmatning onasi B) Zebi C) Sultonxon D) Salti
82. Kimning fikricha, mingboshiga «irim» qilgan edilar. Endi uni darhol “qaytarma” qildirish kerak?
A) Razzoq so‘fi B) Miryoqub C) Saltanat D) Xadichaxon
83. Toza guruchlar bilan bo‘rdoqi qo‘ylarning palovlarini yemoqdan quyuq yog‘lar me’dasiga urdi... Yog‘liq qo‘llarini arta bermoqdan so‘fining eski bedana mahsisi oynaday yaltirab ketdi. “Yemoqning qusmog‘i bor”, deyishadi xalqimiz. Yuqoridagi gapga moslab berilgan maqolning to‘g‘riligi qaysi javobda isbot etilgan?
A) Miryoqubning rus ayoli bilan qochib ketishi o‘z ayolini beva qilib tashlab ketishi
B) eshonning o‘ldirilishi va bir qizning tuhmatga qolib surgun bo‘lishi, qolaversa, bir onaning telbabo‘lishi
C) katta mol-mulkka egalik qilish hissi ila otilgan o‘qning xato ketishi
D) mingboshining o‘zi istagan qizga sohib chiqishi va Hakimjonning “oshig‘i olchi” bo‘lishi
84. «Bu qanday ovoz? «Itlik» asari bormi shu ovozda? Shu ovoz bilan … chaqirib bo‘ladimi? O‘xshamaydi-ku sira! Boyagi bir tush edi... bir bosiriq kelib kechdi... U og‘ir bosinqirashdan uyg‘onmoq uchun shu qushchaning sayrashiga ehtiyoj bor ekan! Ana, sayrayotir! O‘zi bilgan, o‘zi tanigan, o‘ziga yoqqan ovoz! O‘ziga yoqqani uchun va’da berib, va’da olgan!..» Bu o‘rinda yoqimli ovoz egasi kim?
A) Zebi B) Maryam C) ichki nido D) xonim
85. Akbarali mingboshi Miryoqub yozgan xatda ko‘rsatilishicha, biron muammo bo‘lsa, kimga murojaat qilsa, bitkazib beradi?
A) xonim B) noyib to‘ra C) ikki boy D) Zunnun
86. Asar bo‘yicha kim 24 yoshda? A) Hakimjon B) Zunnun C) Zebi D) Mariya (Maryam)
87. «Islom va turk millati», deb «turk» degan toifani ham qo‘shib qo‘ydi. Men chidayolmadim: «Yo‘q, dedim, musulmon odamdan «millating nima?» deb so‘ralsa,\ «Millatim Ibrohim Halillullo» deb javob berishi vojib. Dinimiz — islom, millatimiz — millati Ibrohim Halillullo. «Turk» degan toifa O‘zgan taraflarida bor, o‘zlari elatiyadan, bizning sartiyadek kasiruladad (ko‘p sonli) emas, uning millatga hech bir dahli yo‘q!» dedim, deyotgan kim?
A) jadid muallim B) Abdisamat C) poyezddagi jadid D) masjid imomi
88. Zebining ovozi qaysi payg‘ambarning ovoziga qiyoslangan?
A) Muso (a.s) B) Iso (a.s) C) Sulaymon (a.s) D) Dovud (a.s)
89. Miryoqub g‘ururining kaltaklanishidan kelgan bir zaharxanda bilan kuldi, … esa burungi kular yuzini ham no‘qtalab oldi. … o‘rniga mos javobni ko‘rsating.
A) xonim B) noyib to‘ra C) mingboshi D) injener
90. Qurvonbibining eriga aytgan yolg‘oni qaysi gapi sabab “rost”ga aylandi?
A) Eshonoyi chaqirtiribdi B) qo‘shiq aytmaydi C) Salti yonida bo‘ladi D) nazoratchi kampir qo‘yamiz
91. Birdan ortiq qizi bo‘lgan obrazni toping.
A) Akbarali mingboshi B) Sadriddin cho‘loq C) Razzoq so‘fi D) Umrinisabibi
92. Asarda Zebiga haqiqiy oshiq kim?
A) Akbarali mingboshi B) sud zalidagi amaldor C) O‘lmasjon D) Qumrining akasi
93. Noyib to‘raning sarkotibi kim?
A) Zunnun B) xotini C) Aleksandr Vasilevich D) Ignatyuk
94. — «Chorasiz dard yo‘q», deydi bizning hakimlar... «O‘lim bilan ishqdan boshqa hamma dardning chorasi bor» deydilar. Yuqorida kimning fikrlari berilgan?
A) Maryam B) Miryoqub C) Zunnun D) Hakimjon
95. Miryoqubga qarata aytilgan “aziyat” so‘zi qanday ma’no anglatadi? A) ozor beruvchi B) ozg‘in
C) osiyolik D) oziga ko‘nuvchi
96. Kimning “Uzun-uzun arg‘amchi-yo...” qo‘shig‘iga qizlar ...Halinchakka, Chakan ko‘ynak yarashar Kelinchakka. Chakan ko‘ynak yengiga Tut qoqaylik..., deya davom misra aytishdi?
A) Zebi B) Qumri C) Salti D) O‘lmasjon
97. «Echkiga o‘lim, qassobga yog‘!» maqoli kimning tilidan olingan? A) Fitna (Qurvonbibi) B) Xolmatning onasi C) Razzoq so‘fi D) Epaqa (Miryoqub)
98. Miryoqub kursini yaqinroq jildirdi, chiroyli bir chinayoqqa (chashka) samovardan quyuqqina choy quygach… Chinayoq kimning uyida bor? A) Akbarali mingboshining B) noyib to‘raning C) buzuqxona (nomer)da D) o‘zining
99. «Otaxonimning ko‘p uzoq yashayolmasligini yaxshi bilardim. Yuragida kasali bor... So‘ng vaqtlarda qiynalibroq nafas oladi...» Yuqorida kimning kim haqida fikri berilgan?
A) so‘fining o‘z piri, ya’ni eshoni haqida B) noyib to‘raning hokim to‘ra haqida
C) Sultonxonning Sadriddin cho‘loq haqida D) Miryoqubning Akbarali mingboshi haqida
100. Nechta ota Akbarali mingboshidan o‘z qizini ayirib olish, talog‘ini so‘ratish uchun vakil jo‘natgan?
A) 1 B) 3 C) 0 D) 2

Download 48.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling