Kecha va kunduz romani
Download 12.83 Kb.
|
jasurbek kitob matn
KECHA VA KUNDUZ ROMANI Kulmasdan chidab bo‘lmaydigan maqomlarda u ham kuladi, lekin u kulish kasal odamning kulishiday ogir, bir xil sovuq hazillarday malol keltiruvchi, yolg‘on xushomadlarday ko‘ngilga uruvchi bo‘lardi. Bir kun Zebining juda jiddiy bir chehra bilan: Otam kulmas ekanda deganini eshitib, Qurbonbibi koyib bergan edi. Shu haqiqatni aytgani uchun qizidan alayna-oshkor koyingan Qurvonbibi, bu haqiqatni o‘zi o‘z ko‘nglida necha marta takrorlagan boisaykin? Til bilan birovning aybini aytish oson, o‘z tili bilan o ‘z aybini aytadiganlar juda kam, Qurvonbibi har qancha so‘zga epchil xotin boisa ham, uni bu kamlar orasiga qo'shibbolmaydi. Qurbonbibi so‘zga qancha epchil bo‘lsa, Razzoq so‘fi shu qadar kamgap, indamas, damini ichiga solgan, ziqna odam edi. Tashqari olamda, ya’ni o‘z hovlisidan tashqarida uning doimiy va birdanbir vazifasi o‘zidan ulug‘va kuchlilar gapirsa hova-hova demak, o'zidan past va kuchsizlar gapirsa yo‘q yo‘q, degan ma’noda bosh chayqash bo‘lardi. Uyida vaqtida uning og‘zidan odam bolalari o‘rtasida yuraturgan tuzuk, manilik va gap desa bo‘ladigan bir so‘z chiqmas edi. Umuman, so‘fining bu bobda o‘ziga ko'ra asoli bir maslagi bor: u o‘zi maqtanib aytganiday, xotin-xalaj oldida og‘iz ochib til qaldiratishni ravo ko‘rmaydi. Bu til deydi sofii, doim xudoning zikri bilan qaldiraydi. Bu og‘iz hamma vaqt xudoning zikriga ochiladi. Og‘iz bilan til bandaning jismida eng aziz va tabarruk a’zolar. Ularni xotin kishiday pastmaxluq oldida xor qilinadimi? Bolmasam, haq taoloningbandalari it bilan ham gaplasha bersin! Yo'q xotin kishiga juda zarur gap aytiladi, u toifa bilan zarurat yuzasidangina gaplashiladi. Vassalom! Uyida vaqtida Razzoq sofi yo ariq bo'yidagi ko‘katlarni yulib, yo eshik va darvozalarning bo‘shalib qolgan zanjirlarini mahkamlab, yoki hovlida o‘tin qirqib, yo bo'lmasa ikki qoli orqasida, dam ichkariga kirib, dam tashqariga chiqib, dam hovliga o ‘tib, lablarini ari chaqqan odamday og‘iz ochmasdan, indamasdan yura beradi... Yoz faslida, ko‘proq kunduzi uxlaydi, kechalari, tong otguncha, o ‘zi yolg'iz, baland ovoz bilan «Oblohu!» aytib, o‘z oilasini va qo'ni-qo‘shnini uxlatmaydi. Eshon bobo bo‘lmagan kunlari salqin xonaqoda juda maza qilib uxlaydi, deydilar. Ba’zida boshqa muridlar uni ko'rpa-to‘shagi bilan hovuzga tashlar ekanlar. Uyda bo‘lsa, uni xonaqo singari salqin qildirib, undan keyin cho‘ziladi va peshindan keyin uyquga ketgan bolsa, shomga borib zo‘rg‘a turadi: shunda ham Qurvonbibining qichqirishlari bilan Namozgar, aksari, uyquga qurbon boMadi, shu orqada o'z xotinidan ko‘p ta’nalar ham eshitadi. Ammo bu xususda tili qisiq, indayolmaydi. Qish faslida bo‘lsa, kechasi uxlaydi. «Bir siqim kun bor, uxlab o‘tkazsam, Qash qardan ham olis qish kechasini qanday o'tkazaman? Uyqu umrning tanobi!» deydi bu buyuk falsafa loyiq va munosib kishilarga aytiladi. Bechora oila a’zolari, umuman, xotin-xalaj bu uyqu falsafasini bilishdan mahrum! Shaharda bo‘lsa, o‘z uyidan boshqa joyda bir kecha ham yotmaydi. Eshon boboning qaysi bir to‘yida, tong otishga yaqin, uyiga kelib yotgan ekan... Shahardan tashqariga yurishi kam. Faqat eshon bobo bilan birga (faqat o‘sha kishi bilan!) to‘ylarga, katta ziyofatlar, qovun va meva sayillariga boradi. Unda, albatta, beshto‘rt kun uyidagi ko‘rpa-to‘shagi sovuydi. Qurbonbibining so‘zicha, «dam oladi», Zebining ta’rificha, yayraydi. Otasi kirib kelganidan keyin Zebining ko‘nglida o‘ynagan iztirob va hayajonlar Razzoq sofining Nima bu qiyomat degan qiyomatidan qo‘rqinchliroq edi. Sovuq bir so‘fining nazdida, bu qadar vahimali bo‘lib ko‘ringan oddiy va tabiiy bir bolalik o ‘yini qafas darichasining ochilishini kutgan vaqtida darichaga kattakon bir qulf urilayotganini ko‘rgan bir qushning iztirobidan kam bo'larmidi? Ikkala qizning, ayniqsa, Zebining ko'nglidagi iztirob, zotan, so‘fi kirgandan so‘ng avj olishi kerak edi. Chunki, qizlar sho‘xlik va o‘yinga berilib ketib, hamma narsani esdan chiqargan emasmidilar? Qorong‘i qish kunlaridan qolgan dog‘lar, to ‘rt devor orasida yashashdan kelgan chiqindilar, otalardan o‘tgan ztrimlar, sovchilardan yetgan tashvishlar barham yemaganmidi? Yoshlikning quvvatli to‘lqinlari ularning barchasini bir bahor yomg'iri kabi yuvib ketmaganmi-di? Gaflatda qolganlarning boshiga tushadigan tayoq yomon zil ketadi, deydilar. Bu ikkala qiz o‘yin va sho'xlik havasi bilan g'aflatda edilar. Sofining og‘ir zarbi bilan o‘zlariga kelgach, oldilarida zo‘r bir tog‘ turganini ko‘rib, ixtiyorsiz cho‘chib ketdilar. Bu tog‘dan o‘tish kerak edi, holbuki, bu tog‘ — munaqa yosh bolalar o‘ta oladigan tog‘lardan emasdi. Ikkalasi ham iztirobning bu og‘ir yukini bir-birlarining ko'zlarida o‘qidilar. Sofining baqirishidan so‘ng bir oz shoshib turgach, ular yugurgancha uyga kirdilar va o‘zlarini eshikli derazaning panasiga olib, Razzoq sofining harakatlarini kuzata boshladilar. Ko‘zlari sofiida bo‘lsa, quloqlari Qurbonbibining og‘zida edi Download 12.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling