Qo‘ltiq terlashiga qarshi ta muhim maslahat Foydali maslahatlar 06/04/2016 Shukhrat Sattorov


Download 117.5 Kb.
bet1/6
Sana24.03.2023
Hajmi117.5 Kb.
#1292133
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Колтык терлеу



Qo‘ltiq terlashiga qarshi 5 ta muhim maslahat
Foydali maslahatlar  06/04/2016  0  Shukhrat Sattorov
Huzurbaxsh bahorning salqin kunlari ortda qolgani sayin ko‘pchiligimizni bir muammo tashvishga sola boshlaydi – terlash. Ayniqsa, qo‘ltiqning terlashi ko‘pincha bizni noqulay ahvolga solib qo‘yishi mumkin.
To‘g‘ri, bugungi zamonaviy gigiyena vositalari bu kabi noxush holatlarning oldini olishga xizmat qiladi. Ammo ulardan juda ko‘p foydalanish ham teri kasalliklarini keltirib chiqarmoqda.
Aslida insonning terlashi tabiiy holat. Tibbiyotning ma’lum qilishicha, 1 sutka davomida tanadan 1 litrgacha ter ajralib chiqar ekan. Terning asosiy vazifasi shundaki, u tana haroratini bir maromda ushlab turib, uni qizib ketishdan asraydi. Shuningdek, modda almashinuvini faollashtiradi. Organizmdagi toksinlar ham ter bilan birga chiqib ketadi. Ya’ni, terlash inson salomatligi uchun foydali. Ter teshikchalari yopilib qolishi esa sog‘ligimizga xavf tug‘diradi.
Qo‘ltiqni bakteriyalardan himoya qilish, quruq va sog‘lom saqlashning ham tabiiy usullari mavjud. Quyida sizga bu bo‘yicha tavsiyalarni beramiz.

  1. Tozalik va gigiyena qoidalariga rioya qilish:

Issiq kunlarda kun davomida ikki marotaba dush qabul qilish teridagi bakteriyalarga qarshi eng samarali kurash hisoblanadi. Hech bo‘lmaganda qo‘ltiqni kun davomida ikki marotaba antibakterial sovun va iliq suv bilan yuvish kerak bo‘ladi. Terlash asosan teri yaxshi gafas ololmagan vaziyatda paydo bo‘ladi. Shu tufayli issiq kunlarda ipak, paxta kabi tabiiy matodan tikilgan havo o‘tkazuvchi kiyimlarni kiying.

  1. Taomnomaga diqqatli bo‘lish:

Tarkibida kofein moddasini saqlovchi mahsulotlar, ya’ni qahva, qora choy, kakao ter ishlab chiqaruvchi apokrin bezlarini faollashtiradi. Shu sababli, bu kabi mahsulotlardan vaqtincha o‘zingizni tiying. Shuningdek, garmdori va boshqa achchiq mahsulotlarni, spirtli ichimliklarni, to‘yintirilgan yog‘-moyga boy mahsulotlarni, shakar va shirinliklarni tanovul qilish, tamaki chekish tavsiya qilinmaydi.


  1. Download 117.5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling