Kecha va kunduz
Download 72.86 Kb.
|
2-сон 2021 йил Хакимов Х. 88
Хорижий филология №2, 2021 йил
uning akasi o‗rtasidagi suhbatda ham 92 ko‗rishimiz mumkin. “ - Shaharni tashlang! Bu hovlini soting! Shaharda hovli-joyni yaxshi pulga oladi. Qishloqdan kichkina bir hovli olamiz – muning yarim puliga yoki uchdan biriga. Qolganiga asbob olamiz. O„z yerimiz yoni- beridan bir parcha yana yer topamiz... Uni ham olamiz. Hali bardamsiz, birgalashib ishlaymiz. Durustmi? So„fi indamasdi; oq do„ppisini boshidan olib, buklab o„ynardi... - Qani bir narsa deng! So„fi hech narsa demay, o„rnidan turdi. Yana damini chiqarmasdan, ichkariga tomon bir-ikki qadam bosdi. Keyin yana orqasiga qayrilib, dedi: - Men salla-to„nimni kiyib chiqay. Jumani xonaqoda o„qiymiz. Kech qoldik... ” [2,16 b.] Ushbu hurmat, ham parchada ham kattalarga kichiklarga izzat munosabati ifodasini birga uchratamiz. Akasining so‗figa, ya‘ni o‗z ukasiga ―siz‖lab murojat qilishi, masalani har tomonlana mukammal tushuntirishga urinishi hamda masalani takror va takror bayon etishga yetgan sabr-toqati uning timsolida o‗zbek xalqiga xos kichiklarga izzat munosabatini ifodalasa, so‗fining akasining taklifiga rad javobini berolmay ―Yo‗q‖ so‗zini aytishga tili ko‗rsatishga urinishi va katta aylanmasligi, buni xatti-harakatlar orqali inson gapirganda sukut saqlashi uning kattalarga bo‗lgan hurmat munosabatini ifodalaydi. Asarda xislatlari izzat-ikrom va hurmat qo‗shnilar o‗rtasidagi munosabatlarda ham namoyon bo‗ladi: “... Oshdan so„ng qishloq qizlaridan o„ziga durustroq bir dehqonning qizi o„rnidan turib: - Ertaga mehmonlarni biz kutamiz, - dedi. Shundan keyin mingboshining kichik xotini Sultonxon katta kundoshining qizi bilan gapni bir joyga qo„yib, o„rnidan turdi va Enaxonga tomon yuzlanib: - Bo„lmasa, mehmonlaringiz indinga biznikida bo„lishadi, - dedi, - tuzukmi? Endi bizga ruxsat! ” [2, 44-45 b.] Barchamizga ma‘lumki, o‗zbek xalqi qadimdan mehmondo‗st xalq hisoblanadi. Hattoki, qo‗shnisining mehmoniga ham izzat- ikrom ko‗rsatadi. Yuqorida keltirilgan parchada, hozirgi paytda yo‗qolib borayotgan qo‗shnilar o‗rtasidagi chiroyli bir an‘anani ko‗rishimiz mumkin. Bu an‘ana qo‗shnisining uyiga kelgan mehmonni o‗z uyiga chaqirtirish uni o‗z mehmonidek kutib olish va uni izzat- ikrom bilan kuzatishdir. Bilamizki, o‗sha vaqtlarda oddiy xalq anchagina qiyinchilik bilan hayot kechirgan, lekin shunday bo‗lsada, ular bu an‘anaga amal qilishgan. Enaxonlarnikiga kelgan mehmonlarni dastlab shu qishloqdagi durustroq bir xonadonning qizi taklif qilgan bo‗lsa, undan keyin ularning yaqin qo‗shnisi, kelin bo‗lib kelganiga endigina besh oy bo‗lgan Sultonxon taklif qiladi. Bunday taklifdan Enaxon va uning oilasi juda sevinadi. Sababi, Enaxon do‗stlari uchun to‗kin dasturxon yozishni xoxlardi. Sultonxonning esa bunga qurbi yetar edi. Ammo uning o‗zi ham mehmonlarni qo‗lidan kelguncha yaxshi kutib olishga urindi. Biz buni quyidagi parchadan bilishimiz mumkin: “Mehmonlarga qo„lidan kelguncha yaxshi dasturxon solib, qo„ni-qo„shni qizlar va kelinchaklarni chaqirtirib, allaqaylardan tori uzilgan dutorlarni toptirib kelgan va ularni xursand qilmoq uchun tirishib- tirmashgan” [2, 35 b.] Cho‗lpon Enaxon timsolida o‗zbek xalqiga xos mehmondo‗stlik fazilati bilan bir qatorda mehr-oqibat ifodalagan. Enaxonning tuyg‗usini ham mehmonlar yoniga qo‗ni-qo‗shni qizlar va kelinchaklarni chaqirishi o‗sha davrda insonlar o‗rtasidagi mehr oqibatni hamda go‗zal xulqni namoyon etadi. Asarda shuningdek, o‗zbek qizlariga xos odob-axloq, go‗zal xulq namunalari Xadichaxon va uning qizi Fazilat, Zebi va notanish kishi o‗rtasidagi suhbatlarda qiziqarli ko‗rinish kasb etadi: “Dasturxoni muncha yomon ekan, sen chaqirmabsanda, mehmonlarni. Biz bu yerda qiyomat qilib kuzatardik... -Shuni ayting-a! – dedi Poshshaxon. - Men sizdan so„roqsiz chaqirishga botinolmadim. Ikkovimiz maslahat qilishdik, Download 72.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling