Kechamizdan bugunimizni farqi qolmadi.
Asta umir o’tib bormoqda nogoh,
Dengiz ko’pigiday ko’paymoqda gunoh.
Kiyimda bolmagay ammo nomimizda dog’
Kechamizdan bugunimizni farqi qolmadi.
Qilgan ishlarimizdan hatto shayton ham hayron,
Aql dunyo matosi bilan ovvora, Qalb esa vayron.
Bir birlarimiz ustimizdan kulgaymiz har on,
Kechamizdan bugunimizni farqi qolmadi.
Dunyoda o’rnimiz topish uchun yugurdik yeldik,
Oxirat uchun zarra ish qilmay maqtanib ko’krak kerdik.
Odamlar nima deydi deb isrofga kongil berdik,
Kechamizdan bugunimizni farqi qolmadi.
Hayot beshavqat biz esa mehmon,
Haq yo’ldan ozdirur iblisu shayton.
Biz esa ketkaymiz bir kun ohirat tomon,
Kechamizdan bugunimizni farqi qolmadi.
(Islombek Raxmonberdiyev)
Do'stlaringiz bilan baham: |