Hayot yo‘llarida yiqilsam nogoh, Dardimni aytmasdan bilasiz, onam


Download 31.9 Kb.
bet1/8
Sana01.03.2023
Hajmi31.9 Kb.
#1241765
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
sherlar


Onam

Hayot yo‘llarida yiqilsam nogoh,


Dardimni aytmasdan bilasiz, onam,
Mening g‘amim yeysiz doimo, e voh,
Siz qachon o‘zingiz o‘ylaysiz onam?

Dunyo tashvishlari tugamaydi hech,


Shunda ham bolam deb yashaysiz, onam,
Betob bo‘lib qolsam, boshda parvonam,
Siz qachon o‘zingiz o‘ylaysiz onam?

Yo‘limni intizor bo ‘lib kutasiz,


Kelsam, “bolajonim” deb erkalaysiz,
Lek o‘z dardlaringiz ichga yutasiz,
Siz qachon o‘zingiz o‘ylaysiz onam?

Siz bilan bu dunyo o‘zi bir Jannat,


Ortimdan ergashib yurar doim baxt,
Menga umr tilab Xudodan har vaqt,
Siz qachon o‘zingiz o‘ylaysiz onam?

Qadringiz bilinar menga shu damda,


Onajon, men uchun asrang o‘zingiz,
Mehringiz qo‘msayman har bir nafasda,
Sizni yaxshi ko‘rar erka o‘g‘lingiz!!!
2017
Saodatim

Bir zamonlar sizga jonim berar edim,


Kuydurardi yurakdagi haroratim,
Siz deb hatto ko’kdan yulduz terar edim,
Saodatga yetolmadik, Saodatim…

Yuragimga sevgi o’tin solib zumda,


Olov bo’lib, otash bo’lib yondim kunda,
Ko’zim giryon qolib ketdi Qashqaqumda,
Saodatga yetolmadik, Saodatim…

Ko’nglim og’rir eslasam goh u damlarni,


G’iybatlari qursin o’sha odamlarni,
Ko’ksimizga ko’mib qo’yib alamlarni,
Saodatga yetolmadik, Saodatim…

Men kuysam ham sizni deya kuydim, gulim,


Siymoingiz yuragimga o’ydim, gulim,
Ayting, netay sog’inchlardan to’ydim, gulim,
Saodatga yetolmadik, Saodatim…

Kunlar o’tdi, oylar o’tdi, o’tdi yillar,


Bir-birini qo’msar hamon mushtoq dillar,
Ikkimizdan bo’lak buni kim ham bilar,
Saodatga yetolmadik, Saodatim…
2017


Aka
Do’stim Jasurga

Farishtalar ters burib yuzin,


Yo’latmaydi aslo jannatga,
Bir kuni ko’r bo’lmasin ko’zing,
Ey, singlisin ranjitgan aka!

Senga g’amni ko’rmaydi ravo,


Dardlaringa izlaydi davo,
Buni senga aytolmas ammo,
Ey, singlisin ranjitgan aka!

Ko’ngling yoritguvchi quyoshing,


Onang kabi silaydi boshing,
To’kmagin hech ko’zidan yoshin,
Ey, singlisin ranjitgan aka!

Tirgak bo’lgin yiqilgan chog’i,


Mehringdan nur olsin qarog’I,
Bo’lib qolma dildagi dog’I,
Ey, singlisin ranjitgan aka!

Download 31.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling