Hayot yo‘llarida yiqilsam nogoh, Dardimni aytmasdan bilasiz, onam


Download 31.9 Kb.
bet7/8
Sana01.03.2023
Hajmi31.9 Kb.
#1241765
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
sherlar

23-sentyabr, 2021-yil

Kirib keldi yana men tug’ilgan kun,


Armonlar bag’rida o’sha tanish his,
Oy-u yulduzlarga termulib har tun
Sirlashay deyman-u yonimda yo’qsiz.

Eslaysizmi kuzning so’ngi kunlarin,


Qorong’u qalbimga yoqqansiz chiroq,
Meni yo’qlamagan hech kim sizdayin,
Soat o’n ikkiga bong urgandayoq.

Gulim desam, sirli xayolga cho’mib,


Goh baxtga, goh g’amga to’lgan sodda qiz,
Sarob umidlarga ko’zingiz yumib
Yashayapsiz endi qay dunyoda siz?!
29-noyabr, 2021-yil

Keting

Sizdan shafqat so’raganim yo’q,


Do’stlik mehrin kutdim birgina,
Yurakka ishq solmasidan cho’g’,
Keting mayli, keting jimgina.

Kechiring men telba ojizni,


Qiynagim yo’q o’zimni sizni,
Bas, eritmang qalbdagi muzni,
Keting mayli, keting jimgina.

Halovatim olgandi Dildor,


Siz bu holni aylamang takror,
Sizsiz ham bu dunyo o’zi tor,
Keting mayli, keting jimgina.

Ketishingiz qoldirsa dardlar,


Qolmog’ingiz undan-da battar,
Bu alamli kunlar ham o’tar,
Keting mayli, keting jimgina.

Siz boshqa yo’l, men boshqa tomon,


Ko’zyoshlardan qoraygan osmon,
Armonlarsiz yashaylik shodon,
Keting mayli, keting jimgina…
2020


Sog’inyapman

Keting dedim, istab, istamay,


Qilmay dedim jonimga jabr,
Yashirmayman, yurakdan aytay,
Sog’inyapman sizni negadir.

Bilolmadim, bu qanday sog’inch,


Sizsiz kunim yuragim notinch,
Ko’ngil uzib ketolmadim hech,
Sog’inyapman sizni negadir.

Siz-ku asli qalbimda bahor,


Qiynoqlari shirinn, dilozor,
Aytgim kelar takror va takror,
Sog’inyapman sizni negadir.

Istasangiz, yuragim oling,


Telbaligim yuzimga soling,
Mayli, ketmang, qalbimda qoling,
Sog’inyapman sizni negadir.

Nigohingiz chizsam xayolan,


Nurga to’lib ketganday olam!
So’zimdan ham qaytdim tamoman,
Sog’inyapman sizni negadir.
Bilaman, bu muhabbat otli
Tuyg’uning har azobi totli,
Yana sevib qoldim nahotki,
Sog’inyapman sizni negadir…

Download 31.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling