Hayot yo‘llarida yiqilsam nogoh, Dardimni aytmasdan bilasiz, onam


Download 31.9 Kb.
bet4/8
Sana01.03.2023
Hajmi31.9 Kb.
#1241765
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
sherlar

2019
Qaldirg’ochginam

Sensiz to’ldi bog’larga xazon,


Go’yo nursiz qolgandek osmon,
Yuragimga to’ldirding armon,
Qayda qolding qaldirg’ochginam?

Ko’kka boqib ko’zlarim toldi,


Ko’rmagandim bundayin holni,
Bahorlarim huvillab qoldi,
Qayda qolding qaldirg’ochginam?

Ayvonimda charx urib nogoh,


Baxt-iqboldan etarding ogoh,
Zog’lar bilan to’ldiku chorbog’,
Qayda qolding qaldirg’ochginam?

Yo ko’nglinga yetdimi ozor,


Yomonlardan bo’ldingmi bezor,
Gulzorlarim etib tikonzor,
Qayda qolding qaldirg’ochginam?

Uchib ketdi go’yo qalb qushim,


Ko’rganlarim bo’lsaydi tushim,
So’zlab beray senga kechmishim,
Qaytaqolgin qaldirg’ochginam…
2018

Sovchi qo’yaman

O’zim sevib, sevdirolmay kuyaman,


Lek barchasin yaxshilikka yo’yaman,
Nima bo’lsa bo’lar endi, yaxshi qiz,
Uyingizga erta sovchi qo’yaman!

Sevib qolgan yuragimdan o’pkalab,


Qalbim ochay onamga bir erkalab,
Qachongacha yuray dardni yelkalab?!
Uyingizga erta sovchi qo’yaman!

Atirgul ham bo’lmaydi hech tikansiz,


Sodda desam, qaysargina ekansiz,
Ota-onam rozi bo’lsin degansiz,
Uyingizga erta sovchi qo’yaman!

Sochingizda rayhonlarning xush isi,


Dildan umid kelmas sira o’chgisi,
Onamning ham bo’lar endi uch qizi,
Uyingizga erta sovchi qo’yaman!
2019-yil, 5-noyabr
Sog’inmaysiz demang

Sog’inmaysiz demang, sog’inganimni


Bir men-u bir Xudo bilar, dilbarim,
Yillar unutolmay og’ringanimni
Aytib turibti-ku mahzun ko’zlarim.

Sog’inmaysiz demang, sog’inganimdan


Esladim, yig’ladim gunohga botib,
Sizni o’chirolmay lahza yodimdan,
Charchadim hijronning zahrini totib.

Sog’inmaysiz demang, bilmaysiz-da siz,


Armonim jamlasam, misoli bir tog’,
So’rang, so’zlarimni yolg’on desangiz,
Bizni uchrashtirgan o’rikzor guvoh…

…Qarang, ayriliqda o’tibdi besh yil,


Eslasam dilimga armonlar qo’nar,
Afsus, endi sizga yetmaydi butkul,
Bir vaqtlar sochingiz silagan qo’llar…

Download 31.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling