Hayot yo‘llarida yiqilsam nogoh, Dardimni aytmasdan bilasiz, onam
Download 31,9 Kb.
|
sherlar
2017
Soy bo’yida Mayin yellar siypalab yuzin, Soy bo’yida o’tirar bir qiz, Xayol surar uzundan uzun, Xayollari ko’nglidek nafis! Kapalaklar o’ynar qoshida, Shivirlaydi g’unchaday labi, Balki dardin suvga fosh etar, Bir dardkashga tashnadir qalbi?! Qaldirg’ochday qoshlarin kerib, Ko’z tashlaydi gohida har yon, Bitta, bitta sara gul terib, Borsammikan yoniga shu on?! Sezib qoldi kelganim bexos, Meni ko’rib ketdi uyalib, “Qiziiim” dedi yangroq bir ovoz, Shu atrofda ekan uylari. Qiz jim qarab turardi menga Pirpiratib shahlo ko’zlarin, Chaqirganin eshitmas nega, Onasining achchiq so’zlarin? Boshga o’rab ro’molin sekin, “Labbay” deya uyiga shoshdi, Menda edi xayoli lekin, Bir tabassum qildi-yu qochdi! O’zi bilan olib ketdi qiz, Mening telba xayolimni ham, Yurakda ishq otmoqda ildiz, Bosolmam lek unga bir qadam! Borolmayman ortidan izlab, Begonadir menga bu qishloq, Ketolmayman ham qo’lim siltab, Qaytsa deyman o’sha qizaloq!!! 2019 Birinchi sevgimga Bolalik damlarim eslaganda jim, Qo’msayman siz bilan o’tgan har onim, Nogoh ko’zingizga tushganda ko’zim, Meni eslaysizmi, Solihabonu? Bilgansiz, qalbimni ezgan dardlarim, Ko’changizda sarson kezgan paytlarim, Qayta-qayta o’qib yozgan xatlarim, Meni eslaysizmi, Solihabonu? Sizga bo’lgan sevgim qoldi ichikib, Dilga ishq gullarin ketdingiz ekib, Tunlar shirin xayol bilan entikib, Meni eslaysizmi, Solihabonu? Yillar o’tgan sayin dillarda armon. Yurakda o’rningiz bilinar hamon, Birinchi muhabbat sog’inchi yomon, Meni eslaysizmi, Solihabonu? Download 31,9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling