Hayot yo‘llarida yiqilsam nogoh, Dardimni aytmasdan bilasiz, onam


Download 31.9 Kb.
bet3/8
Sana01.03.2023
Hajmi31.9 Kb.
#1241765
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
sherlar

2018
Guliruxsoraga

Gulim o’zing, Gulim, Ruxsorim o’zing,


Gulimni asragan bahorim o’zing,
Qalbim ayvonida har kun, har sahar,
Tonglarim yoritgan nahorim o’zing!

Yurgan yo’llarini sochi supurgan,


Mening g’amlarimni shodlikka burgan,
Majnuntol bag’riga o’zini urgan,
Kulgulari go’zal anhorim o’zing!

Ko’zimga tikilib qolsa ko’zlaring,


Bilmam, qanday xayol ichra suzarding,
Menga qiyo boqqan o’zga go’zalning
G’araz nigohiga qalqonim o’zing!

Sening muhabbating qilsam sarhisob,


Ishqiynoma bo’lar ming bitta kitob,
Sevgisi umridek boqiy, behisob,
Ming yilga yetgulik chinorim o’zing!!!
2019


Boshizda qolsin

Sevgimizga soldingiz soya,


Ishq daraxti bermadi hosil,
Qilmas bo’lsa mehrim kifoya,
Erka qizizi boshizda qolsin!

Siz ko’kdagi bulutsiz qator,


Quyosh yuzin to’sgan necha bor,
Ko’rmaganman sizdayin beor,
Erka qizizi boshizda qolsin!

Shundog’am dard yutgan onamni,


Yuragini ezganim kami?
Eh, chuquri ko’rsin yelkamni,
Erka qizizi boshizda qolsin!

Bu muhabbat bo’ldi menga dars,


Siz o’ylagan g’arib men emas,
Boy qizini qilmadim havas,
Erka qiziz boshizda qolsin!!!
2019

Gulbahor

Kuz shamoli ochirmas ko’zim,


Quvonchimga beryapti barham,
Sog’inganman bilsang, yulduzim,
Sen sog’ingan bahorni men ham!

Sen gul bo’lsang, men asalari,


Quchog’ingda berkinib yotsam,
Armonlarim ketardi nari,
Sevgi degan bolingdan totsam!

Ko’ngling kabi tiniq soylardan


Kaftimda suv tutsam to’ldirib,
Qalbing sohillarin bo’ylardim,
Ko’zinga yosh kelsa kuldirib!

Ikkimizni bu bahor fasli


O’z bag’riga qilsaydi tutqun,
Men ham seni sevarman asli,
Sen bahorni sevganing uchun!!!

Download 31.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling