Hayot yo‘llarida yiqilsam nogoh, Dardimni aytmasdan bilasiz, onam


Download 31.9 Kb.
bet5/8
Sana01.03.2023
Hajmi31.9 Kb.
#1241765
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
sherlar

2018


11-aprel

Umr shamol, silar sochimiz,


Tanishgandik yetti yil avval,
Bola edim, siz chiroyli qiz,
Yonardingiz ko’zimda yal-yal.

Aytmasam ham sevardim chindan,


Qoshingizda bo’lib parvona,
Telba edim, rosti gap jinday,
Jim sevardim, so’zsiz, pinhona.

Menga orzu edi yashamoq,


Uzun kipriklaringiz bilan,
Qalbi qaynoq, ko’zlari chaqnoq,
Ko’ngli tiniq suvdek qiz bilan.

Qachonlardir bo’lgandim sarson,


Yoningizdan jilmayin yiroq,
Yuragimday menga qadrdon,
Siz tug’ilgan shu ona tuproq…

Yopolmadim ishqim kitobin,


Xayol bilan yurdim izma-iz,
Topolmadim ko’ngil oftobi
Dilga yoqqan sizdayin bir qiz.
Siz baxtlisiz, sizda yo’q armon,
Ko’paygandir sochingiz qori,
Mening esa yodimda hamon
O’n birinchi aprel bahori…
2020


Yashayapman

Hijron qiynog’iga chap berolmayman,


Sog’inchim daryo-yu, bilmaydi hech kim,
Endi kelmasliging bilib ataydan
Qaytishingni kutib yashayapman jim.

Bir oh ursam, titrab ketsa bu olam,


Yuraginga o’qdek sanchilsa nolam,
Uzun kokillaring silab xayolan,
Qaytishingni kutib yashayapman jim.

Kecha go’zal edi sen bilan bahor,


Musaffo qalbi bor, qorako’z dildor,
G’amlardan yog’ildi sochlarimga qor,
Qaytishingni kutib yashayapman jim.

Yuragimni o’rtab boryapti armon,


Men seni sevardim, sevaman hamon,
Qizg’ondi-ya seni zolim Andijon,
Qaytishingni kutib yashayapman jim.

Sen ketding, dil ketdi, ketdi bolalik,


Bir shirin tush kabi o’tdi bolalik,
Ko’zlaringa boqsam qolarman tirik,
Suratingni quchib yashayapman jim…
2020-yil, 19-avgust

Ko’zlarimga ko’rinmang, bo’ldi,


Tushimga ham kirmang, iltimos,
Qaramayman, sochingiz yoyib,
Qilsangiz ham ming marta pardoz!

Boshingizga yoqqanida do’l,


Eslabsiz-da qadrimni bilib,
Menga desa ko’zyoshingiz ko’l,
Daryolarga ketsin qo’shilib.

Sevganingiz ketdimi tashlab,


Ishqingizga ko’zlar tegdimi,
Muloyim so’z, o’tli qarashlar
Menga nasib bo’ldi. Endimi?

Kimdir mehr bermagan bo’lsa,


Qiynamoqlik nechun boshqani?
Sizda yurak erigan bo’lsa,
Menda esa qotdi tosh kabi.

Bu taqdirning ishi, avvalo,


Gul bahorga, xazon kuzniki,
Qaytishingiz ayni muddao,
Endi qiynash gali bizniki!!!

Download 31.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling