Hayot yo‘llarida yiqilsam nogoh, Dardimni aytmasdan bilasiz, onam


Download 31.9 Kb.
bet6/8
Sana01.03.2023
Hajmi31.9 Kb.
#1241765
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
sherlar

2020-yil, 4-noyabr
So’xlik qiz

Chiroylisiz so’xlik qiz,


Turolmaysiz sho’xliksiz,
Sho’x bo’lsangiz ham ammo,
Siz aslida ko’hliksiz.

Charchamaysiz kulgudan,


Go’zalsiz har kungidan,
Meni yaxshi ko’rasiz,
Sezayapman so’ngi dam.

Dugonangizdan kecha


Ko’nglingizni so’radim,
Kitobingiz ichidan
Topgan emish suratim.

Menga zimdan termulgan


Ko’zlaringi qaro tim,
Bir kun ko’rinmay qolsam,
Bo’larmishsiz xavotir.

Meni ko’rgan chog’ingiz,


Qizarib yanog’ingiz,
Nur sochadi to’satdan,
Qor sochgan qovog’ingiz.
Bir gap aytay deyman-u,
Dil qiynalar iymanib,
Sizni gapga qo’yishga
Ko’zlarim hech qiymadi.

Garchi olis oramiz,


Bag’ri keng Farg’onamiz,
Onamni olib bir kun
Uyingizga boramiz!

Qizbolaning nozi bor,


Mayli qiling imtihon,
Lek sizdek kelinga zor
Ona shahrimiz Qo’qon!!!
6-aprel, 2019


Yashayvering

Yuragimni armonlarga ko’gan qiz,


Begonaday ko’rmay turing buguncha,
Sizdan ayrilmadim, shunchaki olis
Yashayvering men dunyodan o’tguncha.

Siz-chi, sog’ingansiz boshqa yurakni,


Eslamaysiz mendek telba, tentakni,
Bugun sizga tilay bitta tilakni,
Yashayvering men dunyodan o’tguncha.

Mayli, quving dildan alam, ozorni,


So’ldirmang hech ko’ngildagi gulzorni,
Ko’p ko’rasiz hali go’zal bahorni,
Yashayvering men dunyodan o’tguncha.

Ko’nglingizga sig’masligim bilaman,


Bilib turib dilni yana tilaman,
Bu bahorga yetmay balki o’larman,
Yashayvering men dunyodan o’tguncha.

Ko’zingizda oftob nigohi porlar,


Bormikan-a, yana sizday dildorlar,
Ko’rishguncha, nasib qilsa diydorlar,
Yashayvering men dunyodan o’tguncha…

Download 31.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling