- О‘zbekiston Respublikasi Oliy va О‘rta maxsus ta’lim vazirligi
- TOSHKENT KIMYO TEXNOLOGIYA INSTITUTI
- «Analitik, fizikaviy va kolloid kimyo kafedrasi»
- Ma’ruzachi: dotsent X.S. Talipova
- KIMYOVIY TERMODINAMIKA.
- TERMODINAMIKANING 1 QONUNI.
- TERMOKIMYO
- REJA:
- 1. Kimyoviy termodinamika va uning asosiy tushunchalari.
- 2. Termodinamikaning 0 va 1-qonunlari va ularni turli jarayonlarga tadbiqi.
- 3. Termokimyo. Jarayonlarning issiqlik effektlari.
- Gess qonuni va xulosalari.
- Issiqlik effektini (reaksiya entalpiyasining) haroratga bog‘liqligi. Kirxgoff qonuni
- Termodinamikaning katta yutuqlaridan yana biri kimyoviy tajribalar o’tkazmasdan turib kimyoviy muvozanatni hisoblash mumkin bo’lganligidir. Alohida reagentlarning termodinamik xossalari haqidagi ma’lumotlarga asoslanib reaksiya mahsulotlarining unumini oldindan aytib berish imkoniyati paydo bo’ldi. Shundan keyin termodinamika nazariy kimyoda mustahkam o’rin egalladi va har qanday fizikaviy kimyo kursining birinchi qismi bo’lib qoldi.
- Termodinamika fani - harorat, issiqlik va issiqlik bilan ishning bir-biriga aylanishi haqidagi fandir:
- “termo” – issiqlik
- “dinamik” – kuch, ish.
- “Termodinamika” atamasini birinchi bor 1854 yili Tomson taklif qilgan.
- Kundalik turmushda bir turdagi energiya ikkinchi bir boshqa tur energiyaga aylanadi. Masalan,
- -metall parmalanganda parma qiziydi – mexanik energiyaning bir qismi issiqlik energiyasiga aylandi;
- -elektr toki motorni harakatga keltiradi – elektr energiyasi mexanik energiyaga aylandi;
- kо‘mir yonganda issiqlik ajralib chiqadi – kimyoviy energiya issiqlik energiyasiga aylandi va x.z.
- Ammo bunda bir turdagi energiyaning qancha miqdori ikkinchi turdagi energiyaga aylanganligini bila olmaymiz. Buni bilishda termodinamika yordam beradi.
- Demak, termodinamika – issiqlik energiyasi bilan boshqa tur energiyalar orasidagi munosabatlarni о‘rganadi.
- Termodinamikaning muhim vazifasi – tartibsiz harakatni iloji boricha tartibli harakatga aylantirish, issiqlik yordamida qanday qilib kо‘p ish bajarish mumkin – shuni hal qilish.
- Test: Kimyoviy termodinamikani kamchiligi – moddaning ichki tuzilishi va borayotgan jarayon mexanizmi haqida hech qanday xulosa qilinmaydi.
- Termodinamika uch bо‘limdan, aniqrog‘i uch qonun va ularning tadbiqidan iborat. Bu qonunlar postulat xarakteriga ega.
- Termodinamikada о‘rganiladigan obyekt sistema deyiladi.
- Sistemaning termodinamik parametrlari intensiv va ekstensiv parametrlarga bо‘linadi.
- Jarayon sistemaning bir holatdan boshqa holatga о‘tishidir.
- T = const – izotermik jarayon
- P = const – izobarik jarayon
- V = const – izoxorik jarayon
- Q = const – adiabatik jarayon
Do'stlaringiz bilan baham: |