Kechirganlari


  Qadimdan shunday bir ishonch bor ekan: go“yo olikning


Download 6.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/63
Sana04.11.2023
Hajmi6.61 Mb.
#1747444
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   63
Bog'liq
Tom Soyerning boshidan kechirganlari. Mark Tven

14 
Qadimdan shunday bir ishonch bor ekan: go“yo olikning 
yoniga uni oldirgan kishi yaqin kelsa, olikning yaralangan 
joyidan qon oqar emish.
103


Tomning dahshatli siri va undagi vijdon azobi, 
ko“p bolmasa ham, aqalli bir hafta uni kechalari 
uxlatmay qoydi. Shuning uchun bir kuni ertalab 
nonushta mahalida Sid:
- Tom, sen kechalari ко*р qimirlab va alaxsirab 
hech uxlatmaysan... men kechaning yarmisini uy- 
qusiz o'tkazdim, - dedi.
Tomning rangi о‘chib, yerga qaradi.
- Bu juda yaramas hoi, - dedi Polli xola jiddiy 
ravishda. - Tom, boshingda qanday oyiar bor?
- Hech qanday о У yo‘q, mutlaqo yo‘q!
Ammo bolaning qollari shunday qaltirar ediki, u 
qolidagi choyni toldb yubordi.
- Aytadigan so'zlaring ham allaqanday bemani 
narsalar, - deb so‘zida davom etdi Sid. - Bu kechasi 
ham: «Bu qon, bu qon bildingmi?» deding va har safar 
shu bir so'zning o'zini takrorlayverasan. Keyin: «Meni 
bunchalik qiynayvermanglar, o'zim aytib beraman», 
deysan. Aytib berasanmi? Nimani aytib berasan?
Tomning ko‘z oldilari qorongllashib, hamma nar­
sa go “уо aylanib ketayotgandek boldi. Shu paytda 
buning oqibati nima bolishini aytish qiyin edi, lekin 
uning baxtiga Polli xolaning chehrasidagi tashvish 
alomatlari yo'qolib, garchi o‘zi voqeadan xabardor 
bolmasa ham Tomga yordamlasha boshladi.
- Oh! Bulaming hammasi o'sha dahshatli odam 
oldirishdan. Har kuni deyarlik mening tushimga 
kiradi. Ba’zan tushimda go у о uni o‘zim oldirgan 
bolib chiqaman.
Meri ham shunday ahvolni boshidan kechirgan- 
ligini so'zlab otdi. Sid bunday izohotlardan mamnun 
bolgandek ko'rinar edi.
Tom, dafatan to‘g‘ri kelgan bir narsani bahona 
qilib, uydagilar oldidan chiqib ketishga shoshildi. 
Shundan keyin kechalari yana alaxsirab chiqmas- 
lik uchun tish og'riglni bahona qilib, jag*ini ro'mol
104


bilan boglab yotadigan boldi. U, Sidning kechalari 
jo'rttaga uxlamay yotishidan xabarsiz edi; Sid esa 
kechalari Tom jag‘ini boglagan ro‘molni bo‘shatib, 
uning so'zlariga quloq solar va keyin tagln mahkam 
boglab qoyar edi.
Tom vijdon azobidan sekin-asta foriq bola bosh­
ladi; u tish og‘rigldan zorlanishdan ham zerikib, 
kechalari jag‘ini boglamaydigan boldi. Agar Sid 
uning kechalari uyqusirab aytadigan so'zlaridan 
uncha-muncha narsalarni anglagan bolsa ham, u 
bulami hech kimga so‘zlamay, sir saqladi.
Shu orada Tomning o'rtoqlari yangi bir ermak 
topib oldilar: ular olik mushuklar ustidan tergov 
yurgizadigan boldilar: ulaming bu ermaklari Tom- 
ga dam-badam o‘sha mudhish voqeani eslatar edi. 
Sid ko'rdiki, garchi Tom dastlab har bir o^inda 
birinchi rolning berilishini talab qiladigan bolsa 
ham, bu o'yinda u hech bir bosh tergovchi rolini 
olib chiqmadi. Tom hatto guvohlik rolidan ham 
bosh tortmoqda edi. Sid buni ham o‘sha vaqt- 
dayoq sezgan va bu unga qiziq tuyular edi. Sid yana 
shunday ahvolni sezdiki, Tomga bu o'yinlar umu­
man yoqmas va picha imkoniyat tugllishi bilanoq 
qochib qolishga urinar edi. Sid bu g‘alati sirlar us- 
tida boshini qotirar, biroq hech bir so‘z aytmas edi. 
Ko‘p o'tmay bu o^inlaming hammasi eskirib qoldi 
va shu bilan Tomning vijdoni ham azoblan-may- 
digan boldi.
Shunday oglr kunlarda Tom har kuni yoki kun 
oralab qulay payt topib, «qotil» qamalib yotgan 
qamoqxonaning temir panjaralik kichkina derazasi 
yoniga kelib, o‘zi topa olgan har xil shirin narsalardan 
yashirin ravishda berib ketar edi. Qamoqxona uncha 
katta bolmay, shahaming bir chekkasidagi botqoq- 
likka qurilgan va glshtdan ishlangan bir bino edi. 
Unda qorovul ham yo‘q, negaki qamaluvchilar ham
105


juda kam bolar edi. Bu hadyalar kichkina bolsa ham 
Tomning ko‘nglini ancha tinchitar edi.
Shaharcha xalqining metis hindi Joni olik o‘glr- 
lagani uchun qora moyga bulg‘ab, keyin tovuq pati- 
ga ag'natib, shu holda shahardan haydab chiqarib 
yuborishga ishtiyoqlari zoY edi. Lekin u kishilami 
shu qadar qo'rqitar ediki, bu ishni boshlash uchun 
jur’at qila oladigan kishi topilmadi. Ikkala so‘roqda 
ham metis so‘zini to‘ppa-to‘g‘ri mushtlash bolgan 
yerdan boshlab, olikni o'glrlash to‘g‘risida hech 
narsa demadi. Shuning uchun sudda bu masalani 
hozircha qo‘zg‘atmaslik lozim topildi.

Download 6.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling