Kechirganlari


Download 6.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/63
Sana05.10.2023
Hajmi6.67 Mb.
#1692653
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   63
Bog'liq
Tom Soyerning boshidan kechirganlari. Mark Tven

O lN UCHINCHI BO B
QAROQCHILAR SHAYKASI 
YELKANNI KO‘TARADI
Tom qat’iy bir qarorga keldi. Uning ko'nglida 
g‘ashlik va umidsizlik tolib toshar edi. U o'zini 
yolglz, hech kim qaramay tashlab qolgan, hech 
kim suymas bir kishi deb hisoblardi. Keyinroq borib 
kishilar uni qanday xafa qilganliklarini bilsalar, bal­
ki rahmlari kelib achinarlar, degan o y bilan o'zini 
hamma vaqt yupatib yursa hamki, unga hech kim 
yordam bermas edi. Agar ular albatta undan qu- 
tulishni istasalar, nimayam qila olardi? U ketadi, 
keyin uni xohlaganlaiicha so “ка bersinlar. Nimaga 
solanasinlar? Hech kim qaramay qo^ygan yakka-yu 
yagona bir bola shikoyat qilishga haqlimi? Nihoyat, 
uni jinoyat qilishga majbur etdilar... Boshqacha yol 
yo‘q... Shunday xayollar ichidau kolcalamzor may- 
donning narigi boshiga borib yotgan edi, maktab- 
dan bolalami tushdan keyingi darsga chaqiradigan 
qo‘ng‘iroq tovushi eshitildi. Tom o‘ziga yaxshi tanish 
bolgan bu qo'nglroq tovushini endi bundan keyin 
sira eshitmayman, degan fikr bilan yiglab yubordi. 
Bunga ko'nikish qiyin bolsa ham majbur edi. Uni 
hammalari o'zlaridan chetga siltar, nima bolsang, 
shu bol deb o‘z taqdiriga tashlab qoyar ekanlar
bunga albatta boysunish kerak. Biroq Tom uning 
bu qilgan ishlarini kechiradi.
113


To‘m awalgidan ham ortiqroq ho‘ngrab yiglab 
yubordi.
Xuddi shu paytda u o'zining eski qadrdon do'sti 
Jo Garperga duch kelib qoldi. Ko‘rinishdan u ham 
juda xafa bolib, ko'nglida esa buyuk va achchiq 
bir qat’iyat yetilib qolgandek tuyulardi. Bular, 
shubhasiz, ikkovlari ham «xuddi bir xil fikr bilan 
tolg'angan ikki jon» edilar. Tom yengi bilan ko‘z 
yoshini artarkan, o‘rtog‘iga hasrat qilib, unga o‘z 
uyida hech kim xayrixohlik qilmasligi va yomon 
muomalada bolishlarini aytib, uyidan butunlay 
ketmoqchi va bundan keyin sira qaytib kelmasligini 
aytdi. Piravordida u: «Jo meni hech esdan chiqar- 
maydi», deb ishonch bildirdi.
Suhbat davomida Joning ham bu haqda Tomdan 
so‘ramoqchi bolgani xuddi shunday masala bolib, 
xuddi shunday maqsad bilan uni qidirib yurganligi 
malum boldi. Onasi uni qaymoqni sen yeb qoVgan- 
san, deb urgan, u esa haqiqatda hech qanday qay- 
moq ko‘rmagan ham. Aftidan, u onasining joniga 
tekkan, onasi ham uni yo‘qotib qutulmoqchi bolgan 
bolsa kerak, agar shunday bolsa Jo uchun faqat 
uning tilagini bajo keltirishdan boshqa chora yo‘q. 
Onasi uni yo'qotib, o'zining baxtli bolishiga va o‘z 
bolasini azob-uqubatlar tortib olib ketishi uchun 
shu sovuq dunyoga tashlab qoyganiga achinmas- 
ligiga ishonadi.
Bolalar to olim kelib, ulami jabr-mashaqqatlar- 
dan qutqazmaguncha bir-birlaridan ajralmay aka- 
ukadek bolib yurishga va’dalashib, sekin-asta qay- 
g4a-hasrat bilan yolga tushib jofaadilar. Keyin ular 
o‘zlaricha rejalar tuza boshladilar. Jo o‘z xayolida 
bu dunyo maishatlaridan butunlay kechib, birorta 
g'oming ichiga kirib, qotgan nonlar yeb sovuqdan, 
muhtojlikdan, qayg4i-kulfatiardan olib ketishga rozi 
bolgan edi. Lekin Tomning bunday ishdan ko‘ra
114


jinoyat yoliga kirish ancha foydaliroq, degan masla- 
hatiga quloq solib, qaroqchi-o‘g‘ri bolmoqchi boldi.
Shaharchadan uch mil nariroqda, Missisipi dar- 
yosining kengligi bir milga yetadigan yerda, uzundan 
uzoq cho'zilib ketgan daraxtzor bir oral bolib, uning 
qumloq bosh tomoni makon uchun juda qulay yer 
edi. Bu orolda odatda kishi zoti yo‘q, o‘zi daiyoning 
narigi tomonidagi qalin o'rmonlarga yaqin. Biroz 
nari-beri oyianib turganlaridan keyin, qahramon- 
larimiz shu Jekson orolini o'zlari uchun makon qilib 
olmoqchi boldilar. Keyin ular Geklberri Finni topib 
oldilar, u ham jon-dili bilan ularga qo'shildi. Gekka 
har qanday ishning farqi yo‘q edi. Ular - qishloqdan 
ikki mil yuqoriroqda - suv bo^idagi xilvat yerda 
o'zlarining yaxshi ko‘rgan vaqtlari, ya’ni yarim ke­
chada topishmoqchi bolishib, ajralishib ketdilar. 
O'sha yerdayog‘ochdan ishlangan bir sol bolib, ular 
o'shani egallab olmoqchi, o'zaro shartlashib, har qay- 
silari mumkin qadar qaroqchilarga xos nomalum va 
qorayollar bilan ilgaklar, qarmoqlar va oziq-ovqatlar 
topib olib kelmoqchi boldilar; o‘sha kuni tush vaqti 
bolmasdanoq har qaysisi o‘z o'rtoqlari orasida: «Tez 
vaqtlarda shahardan bir narsa eshitsalaring kerak» 
degan va kishini qiziqtiradigan xabar tarqatishga 
ulgurdilar. Bu tumanli xabar ishorasini eshituvchi 
kishilaming hammasini «bu so‘zni oglzlaridan chiqa- 
rmasliklari» to‘g‘risida ogohlantirgan edilar.
Yarim kechaga yaqin Tom qolida bir bolak pish- 
gan to'nglz go'shti va yana boshqa xil oziq-ovqatlami 
kotarib kelib, qalin otlar orasiga yashirib qo*ydi. 
Bu bir tepalik ustida bolib, shu yerdan ulaming 
uchovlari uchrashadigan yerlari ko'rinib turar edi. 
Qudratli, katta daiyo ham go У о uyquga cho'mgan 
singari tolqinlanmasdan tinch turar edi. Tom atrofga 
quloq soldi, hech qanday tovush yo‘q. Sekingina uzun 
hushtak chalib qolgan edi, unga qalin oVmon orasi-
115


dan javob eshitildi. Tom yana ikki marta hushtak 
chaldi, u yoqdan ham xuddi shunday «javob» keldi. 
Shundan keyin kimdir tovushini o'zgartiribroq:
- Kim kelayotir? - deb so'radi.
- Ispan dengizining qora Qasoskori Tom Soyer. 
O'zlaringiz kimsizlar? Ismlaringizni aytinglar!
- Gek Finn - Qonli qol va Jo Garper - Dengizlar 
Dahshati.
Bu laqablarni Tom o'zining sevikli romanidan 
yodlab olgan edi.
- Хо*р, qani parolni aytinglar!
Kechaning sukunati ichida ikki kishi xirillagan 
tovush bilan birdaniga:
- «Q о n!» degan javobni berdilar.
Tom tepalikdan turib oldin go'shtni yumalatib 
yubordi, orqasidan o‘zi sirpanib tushdi. Bu tepalik­
dan suv bo'yiga tushadigan tep-tekis, juda yaxshi 
yol bolsa ham, biroq u chin o‘g‘ri sifatida yomon va 
xavfli yoldan yurishni afzal ko'rgan edi.
Dengizlar Dahshati ham o‘zida bor cho'chqa 
go‘shtini zo‘rg‘a kotarib olib keldi. Finn - Qonli Qol, 
qayerdandir bir qozoncha hamda o'zidan boshqa 
hech kim tamaki chekmaydigan bolsa ham, bir das- 
ta tamaki yaproqlari bilan trubka qilish uchun bir 
necha jo'xoripoya topib kelgan edi. Qora Qasoskor, 
agar ot bolmasa, yolga tushishning ham hech bir 
ma’nosi yo‘qligini bildirdi. Bu juda yaxshi fikr edi: gu- 
gurt u vaqtlarda juda kamdan- kam malum bolgan 
bir narsa edi. Bolalar ikki yuz qadam chamasi daiyo 
oqimidan yuqoridagi bir solda olov borligini bilib, 
sekin-asta borib, undan bir chalani o‘glrlab keldilar.
Keyin ular yolga tushdilar. Tom yonidagilarga 
buyruqlar berib borar edi. Gek eshkaklami eshib 
borar, Jo bolsa solning dum tomonida otirardi. Tom 
go “уо o'zini kapitan his qilar edi. Achchiqlangan bolib
116


qovoqlarini solib, qollarini kolcragiga qovushtirib 
dahshat bilan komanda berib borar edi:
- Shamolga to‘g‘rilab yuringiz!
- Xo'p, ser!
- To‘gYiga yur, to‘g‘riga!
- Xo'p, ser!
- Biroz bo‘shat!
- Xo'p, ser!
Biroq sol daiyoning o‘rtasida ketib borayotganligi 
uchun bunday komanda berish shunchaki bolib, 
haqiqatda bundan hech bir foyda yo‘q edi.
- Yelkanlarning qaysilari kotarilgan? - Pastki- 
lari, ser!
- Hammalaringiz palubaga chiqinglar! Qani, 
chaqqonroq!
Azamatlardan oltitasi for-machtaga chiqsin. 
Qani, tez-tez qimirlanglar!
- Xo‘p, ser!
- Katta yelkanni yoyib yubor. Qani, ha yigitlar, 
chaqqon bolinglar!
- Xo‘p, ser!
- Rulni shamolga to‘g‘rilab ushla! Bir chek- 
kaga bur. Qarshidan kelayotgan urush kemasini 
ko‘rdingmi? Chapga yur, chaproqqa! Yashanglar, 
azamatlar! Birgalikda harakat qilinglar! Chapga 
yuringlar!
- Xo‘p ser!
Sol daryoning oqimiga chiqib oldi. Bolalar uni 
qo'yib yuborib, eshkaklardan qollarini bo‘shatdilar. 
Daiyodagi suv ko'p bolmaganidan, oqimi ham kuch- 
li emas edi, oqish tezligi - soatiga ikki-uch milcha 
kelardi. Bolalar qirq minut chamasi bir-birlari bilan 
hech so‘zlashmay bordilar. Sol bular tugllib o‘sgan 
shaharcha yonidan suzib o‘tib ketdi. Shaharcha 
tinch uyquda edi. Ahyon-ahyonda ikki-uch o t kott- 
nib, shahaming qayerdaligini taxmin qilish mumkin
117


edi. U shaharcha ко led a yulduzlar zumrad kabi 
yarqirab turgan bepoyon va tuman bilan qoplangan 
daryoning teparoglda edi. Butun aholi shu paytda 
bolayotgan bu buyuk voqeadan xabarsiz, tinch 
uyquda yotardi. Ispan dengizining Qora Qasoskori 
hanuzgacha solning o‘rtasida tikka turgani holda, 
ilgari yaxshi yashagan va so'nggi vaqtlarda ko‘p 
azoblar chekkan shaharga so‘nggi daf a ko‘z tashlar, 
olimdan qo'rqmasdan, unga tikka borar, lablarida 
qandaydir tumanli tabassum bilan o‘zining olimga 
qarshi kelayotganini boshqalar ko'rishsin, deb bun­
day tolqinli katta daiyo ichida borardi. Taassurotni 
biroz kuchaytirish bilan Jekson oroli ham juda 
poyonsiz uzoqliklarga siljib ketgandek boldi. Tom 
ham yuragi ezilgan, lekin mamnun holda o'zining 
tugllib o'sgan shahariga yana bir bor qarab qoydi. 
Uning o‘rtoqlari ham shaharga tikilib qaray-qa- 
ray, oroldan o'tib ketayozgan edilar, lekin ular 
qoYqinchni vaqtida bilib qolib, uning oldini oldilar. 
Kechasi soat ikkilar bolganda, sol ular to'xtamoq- 
chi bolgan yerdan ikki yuz qadam chamasi yerdagi 
sayozlikka borib to*xtadi va ular o'zlarining bor 
narsalarini o'sha yerga tashib olgunlaricha ancha 
vaqt borib-kelib yurdilar. Shu orada ular solning 
yelkanlaridan birini olib kelib, oziq-ovqatlaming us- 
tini yopib qoydilar-da, o'zlari xuddi qaroqchilardek, 
ochiq havoda yotmoqchi boldilar.
Ular o'rmonning yoqasidan yigirma qadamcha 
nariroqda o t yoqib, kechki ovqat uchun biroz go‘sht 
qovurdilar-da, o'zlari bilan birga olgan zog'ora non- 
larining yarmisini yedilar. Bunday erkinlikda, qalin 
o‘rmonlar yonida, kishi ko'rmagan yerlarda ovqat- 
lanib otirish - hayron qolarlik darajada qiziq edi-da! 
Bolalar ham o'zaro so'zlashib o'tirib, bundan keyin 
«madaniy turmush» sari hech qaytib bormaslikka 
va’dalashdilar. Yongan o t ularningyuzlarini yoritib,
118


katta yo‘g‘on daraxtlaming tanalariga va chirmashib 
yotgan tok yaproqlariga qizg'imtir nur sochmoqda 
edi. Oldilaridagi go'sht va nonlami tamom yeb bitir- 
ganlaridan keyin bolalar lazzat va rohat bilan maysa 
otlar ustiga cho‘zilishdilar. Ular bundan boshqa ham 
salqinroq joy topa olar edilar, lekin shunday chiroyli 
manzaradan o‘zlarini mahrum etkilari kelmadi.
-X o ‘sh, ayting-chi, shu o‘tirishimiz ko‘ngilli emas- 
mi? - dedi Jo.
- Juda ko'ngilli, - deb javob berdi Tom.
- Shu otirishimizni boshqa bolalar ko'rsalar nima 
der edilar?
- Nima deyishar edi, deysanmi? Ular rashkdan 
yuraklari yorilib olar edilar. Shunday emasmi, Gek?
- To‘g‘ri, - dedi Geklberri, - boshqalami bilmay- 
man, lekin o‘zim juda xursandman. Menga bundan 
ortiq va bundan yaxshi hech narsa kerak emas. 
Boshqa vaqtda odat bo^icha qornim to“yib ovqat 
ham yemayman. Undan keyin bu yerga birov kelib, 
bizlami bolar-bolmasga tutib olib uravermaydi ham.
- Men xuddi shunday turmushni yaxshi ko‘ra- 
man-da, - dedi Tom. - Ertalab erta turish ham kerak 
emas, maktabga borish ham kerak emas, yuz-qol 
yuvib va boshqa shunday har xil bemaza ishlami 
ham qilib yurmaysan. Bilasanmi Jo, qaroqchilar 
qirg'oqdaliklarida rohiblardan koVa yaxshiroq tur- 
mush kechiradilar, hech ish qilmay qol qovushtirib 
otiradilar. Rohib esa ibodat qilishga majbur, vaqti- 
choglik qilish mumkin emas. Shu sababli u hech 
kimga aralashmay yolglz turishga majbur.
- Bu to'gVi, - dedi Jo. - Ilgari bu haqda о у lamas 
edim, endi qaroqchi bolganimdan keyin qaroqchilik 
ancha oson ish ekanligini sezdim.
- Bilasanmi, - dedi Tom, - hozir rohiblar ilga- 
rigidek obroli emas, qaroqchilami esa kishilar ко*р 
hurmat qiladilar. Rohiblar doim juldur kijnmlar kiyib,
119


toshlar orasida boshlarini kulga bulab yotishlari
yomglrda turishlari lozim...
Gek Tomning so'zini bolib:
- Nima uchun boshlarini kulga bulaydilar va nima 
uchun juldur kiyimlar kiyadilar? — degan savolni 
berdi.
- Bilmadim... Ulardagi tartib shunday bolsa ke­
rak, rohiblar xohlashsa va xohlashmasalar ham shu 
ishni qilishga majburlar.
- Men bolsam bunday qilmas edim, - dedi Gek.
- Nima qilar eding?
- Bilmayman. Xohlamayman der edim, xolos.
- Yo‘q, Gek, so'zingga quloq ham solmayman. 
Shunday qoida bolgandan keyin, uni qanday qilib 
buza olar eding?
- Qochib ketar edim.
~ Sen u vaqt rohib emas, bema’ni bir odam bolar 
eding, butun umring sharmandalik bilan otar edi.
Qonli Qol javob qaytarmadi, negaki u boshqa ish- 
lar bilan band edi. Jо‘xoripoyasining ichini tozalab, 
unga qandaydir bir owning qalin poyasini biriktirar, 
uchiga qadar tamaki barglar toldirib, xuddi shu 
daqiqada uning ustiga gulxandan cho‘g‘ olib qo“yar 
edi. Xushbo^ tutunlami pag‘a-pag‘a chiqarib, xo‘p 
huzur surayotgan edi. Boshqa qaroqchilar rashk bi­
lan unga tikilishib, zimdan bu go'zal odatni o‘zlashti- 
rishga qaror qildilar. Gek yana Tomga murojaat qilib:
- Unday bolsa, qaroqchi-o'glilar nima ish qiladi- 
lar? - deb so'radi.
- ОЪо‘, ular juda ko‘ngilli hayot kechiradilar: 
kemalami qolga tushirib olib, ulami kuydiradilar, 
pullarini bolsa, o‘z orollariga olib kelib, jin va shay- 
tonlar oralab yuradigan biror qoVqinchli yerga ko'mib 
qoyadilar. Matros va yolovchilami bolsa oldirib, 
suvga tashlab yuboradilar.
120


- Xotinlami oldirmaydilar, - dedi Jo so‘zga arala- 
shib, - ular xotinlami o‘z orollariga olib ketadilar.
- Ha, shunday, - dedi Tom uning so'zini quwat- 
lab, - ular xotinlami sira oldirmaydilar, chunki ular 
olijanob kishilar boladilar. Undan keyin, xotinlar 
o‘zlari ham juda chiroylik boladilarda.
- Ulaming ustlaridagi kiyimladni aytmaysanmi, 
hammasi oltin-kumush va yoqutlar M an tolgan! -
dedi Jo hayajonlanib.
- Kimniki? - deb soYadi Gek.
- Qaroqchilamiki-da.
Gek Finn ustidagi kiyimlariga parishonlik bilan 
qarab qoydi.
- Mening kiyimlarim qaroqchilaming kiyimlariga 
sira o'xshamaydi, - dedi u qayg4ili tovush bilan, -
biroq, nima qilay, shundan boshqa kiyimim yo‘q-da.
Bolalar uning ko'nglini ko'tarib: yaxshi kiyimlarga 
tez kunlarda ega bolib olish qiyin emas, biz bosqin- 
chilik qila boshlashimiz bilan oltin-kumush ham, 
kiyim-kechak ham, boshqa narsalar ham boladi; 
odat boyicha, o‘g‘rilar o'zlariga bir sidra yaxshi ki­
yim-kechak g'amlab oladigan bolsalar ham, lekin 
ish boshlashimiz uchun, ustimizdagi uvadalarimiz 
ham bizga bolib turar, der edilar.
Sekin-asta bu kichkina qaroqchilaming ko'zlari 
qisila boshlab, so'zlari tugab, uyqulari kela boshladi. 
Qonli Qolning barmoqlari orasidan trubkasi tushib 
ketib, u qari kishilardek bir zumdayoq uxlab qoldi. 
Dengizlar Dahshati bilan Qora Qasoskor uxlamadi- 
lar. Uyqu oldidagi ibodatlarini yotgan holda yashirin 
ravishda qildilar, chunki tiz choldb bor ovoz bilan 
o'qitishga majbur qiluvchi kishi yo‘q edi.
Ochig‘ini aytganda, ular butunlay ibodat qil- 
moqchi emas edilar, biroq xudo chaqmoq yuborib, 
ulami shu yerdayoq halok qilishi xavfidan qo'rqar 
edilar. Tez vaqt ichida ular uyquga keta boshladilar.
121


Ammo shu vaqt vijdon deb ataluvchi chaqirilmagan 
mehmon kelib ulaming ko‘nglidan joy oldi. Ular 
uydan ketib qolishlari bilan yomon ish qilganlikla- 
rini sezib, qo‘rqa boshladilar. Keyin o'glrlab ketgan 
go‘shtlarini esga olib, chinakam azob torta boshladi­
lar. Ular bundan awallari ham o‘n martalab uydan 
somsalar va olmalar o‘glrlab yurganliklarini eslab, 

Download 6.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling