Kechirganlari
Gek Fin va Tom Soyer biz ikkimiz qasam ichamizki
Download 6.67 Mb. Pdf ko'rish
|
Tom Soyerning boshidan kechirganlari. Mark Tven
Gek Fin va Tom Soyer biz ikkimiz qasam ichamizki,
shu ish to‘g ‘risida churq etmay miz, agar bir og‘iz so‘z ayta qolsak, o‘ligimiz shu yerda qolsin. Tomning bunday tez yozishga ustaligi va uslu- bining yuksakligidan Geklberri hayratda qoldi. U yoqasidan bir to'glioglch olib qoliga sanchmoqchi bolgan edi Tom uni to'xtatdi: -To'xta! Unday qilma. To'g'noglch misdan ishlan- gan. Unda yar12 bolishi mumkin. - Yar dedingmi? U nima? - U bir xil zahar, o'shandan ozgina yutib ko'rsang, keyin bilasan. 12 Mis asboblarning ustiga zangga o'xshash qo‘nib qoladigan narsa; bu juda kuchli zahar boladi. QO Tom o'zidagi ignalardan binning ustiga oValgan ipini chiqarib oldi-da, keyin ikkovi ham navbat bi lan o‘z barmoqlariga sanchishib, bir tomchidan qon chiqardilar. Tom shu tariqa bir necha marta qon chiqarib va qalam о‘miga jimjiloqdan foydalanib, yozuvning os- tiga o'z ismining bosh harflarini chizdi. Geklberrini G va F harfini yozishga o‘rgatdi-da, shuning bilan shartnomaga qo‘l qo^ilgan boldi. Ular tantanali ravishda har xil so'zlar va duolar bilan tarashani xuddi devoming yoniga ko'mib qoldilar va shuning bilan o‘zlarining tillari abadiy quffianib, kaliti juda uzoqlarga tashlanib yuborilgan hisobladilar. Yarim xaroba binoning narigi boshidagi teshikdan esayashirinib turgan nomalum bir kishining gavdasi ko‘zga chalindi, lekin bolalar uni sezmadilar. - Tom, - dedi Geklberri shivirlab, - endi shundan keyin biz o‘z og'zimizdan ilinib, gapirib qo ymasligirniz- ga ishonasanmi? - Albatta ishonaman, endi har nima bolsa bolsin, bizning og'zimizdan biron so‘z ham chiqmaydi. О‘zing bilasan-ku, agar biz aljirab, biror oglz so‘z aytib qoysak, xuddi shu yeming o'zida olamiz-ku! Buni unutdingmi? - Bu-ku shundayku-ya... Ular bir qancha vaqt o'zaro shivirlashdilar. Birdan ulaming yaqinginalarida, o'n qadamcha yerda bir it- ning uzundan-uzoq, ko'ngilsiz uvfflagan tovushi eshi tildi. Bolalar qo‘rqib, bir-birlariga yopishib oldilar. - U kimga hurayotir? - dedi Geklberri, hallos- laganidan bo'gilib. - Sengami yoki mengami? - Bilmadim... yoriqdan qara-chi. Tezroq bolsang- chi! - Yo'q, sen qara! - Yo'q, yo'q, men qaray olmayman, Gek. 94 - Tom, qara endi, baraka topgur, yana tagln to vush kelayotir. - Eh, Xudo, men judayam xursandman! - deb shivirladi Tom. - Boldi, itning bu uvillashini men bildim: bu Bull Garbizon itining tovushi. - Xudoga shukr! Bilasanmi, qo'rqib jonim chiqib ketayozdi. Men, dalalarda yurgan daydi itlar hurayot- gan bolsa kerak, deb o'ylagan edim. Shu vaqt it yana uvilladi. Bolalaming yuraklari yana orqalariga tortib ketdi. - E, yo‘q, bu Bull Garbizonning iti emas-ku, - deb shivirladi Geklberri. - Yana bir qarasang-chi, Tom! Tom qo‘rqqanidan qaltirab, itoat etgandek gapga quloq soldi-da, ko‘zini yoriqqa qo'yib qaradi va to vushi eshitilar-eshitilmas darajada shivirlab: - Hoy Gek, bu daydi it ekan, - dedi. - Qara, qara, Tom, u kimga qarab hurayotir? - Ikkalamizga qarab hurayotgan bolsa kerak. Ikkalamiz ham bir yerda turibmiz-ku!.. - Oh, Tom, holimiz xarob boldi. Endi mening bir baloga yoliqishim aniq, men shunday gunohkor bir bolaman... - Men-chi? Men bolsam, o‘qish o‘rniga doim oVnab yuraman, meni nimadan qaytarsalar, men o‘shaishni qilaman... Albatta, men xohlasam Sidga o'xshab juda yaxshi va itoatli bola bolar edim. Biroq bunday bolishni xohlamadim. Shu gal omon-eson qutulib ketsam, yakshanba kungi maktabga borib juda zehn qoyib o‘qir edim. Tomning o'pkasi to lib, sekin-asta yiglay boshladi. - Sen gunohkormisan? - deb so'radi Geklberri va u ham piqillab yiglay boshladi. - Qanday gunohing bor? Menga qaraganda sen chinakam farishtasan-ku! Tom ko‘z yoshini ichiga yutar ekan: - Gek, uni qara! U bizga orqasini o'girib turipti-ya! - dedi. 95 Gek shodlanib yoriqqa ko'zini qotyib qaradi. - Chindan ham orqasini o‘girgan-a!.. Awal ham shunday turgan edimi? - Albatta. Men ahmoq bunga e’tibor qilmabman. Juda soz! Biroq u kimga qarab hurar ekan? It uvlashdan to'xtadi. Tom diqqat bilan tinglay boshladi. - Ts! Bu nimasi? - deb shivirladi Tom. - Xuddi cho‘chqaga o'xshab xurillaydi-ya! Yo'q, Tom, bu birovning xurrak tortgan tovushi... - Xurrak tortayapti, deysanmi? Qayerda xurrak tortayotir, Gek? - Saroyning narigi chekkasida bolsa kerak. Xurrak tovushi xuddi o'sha yerdan kelayotganga o'xshaydi. Otam goho shu yerda cho‘chqalar bilan birga tunab qolar edi, biroq u xurrak tortganda kishini ag‘darib yuboradigandek bolar edi. Meningcha, u endi bu shaharga yana qaytib kelmasa kerak. Bolalaming qalbida botirlik jo‘sh ura boshladi. - Gek, agar senga yur desam, borasanmi? - Yo‘q, Tom. Birdaniga u yerdan hindi Jo chiqib qolsa nima boladi? Tom ikkilanib qoldi. Lekin borish havasi juda kuchli bolganidan, borib ko'rmoqchi va borishlari bilan xurrak tortishi to'xtasa, darhol orqalariga qaytmoqchi boldilar. Ular bir-birlarining orqala ridan bitta-bitta qadam qo^ib, uxlab yotgan kishi yoniga yura boshladilar. Unga uch-to‘rt qadam qolganda, Tom oyoq ostida yotgan bir kaltakni bosib olgan edi, kaltak qarsillab sindi. Uxlab yot gan kishi ingrab yonboshiga ag‘darildi. Shu vaqt uning yuziga oyning shulasi tushgan edi, uning Meff Potter ekani malum boldi. Uxlayotgan kishi qo‘zg‘algani-da, bolalaming tomirlaridagi qonlari qotgan va turgan yerlarida o‘zlari ham qotib qolgan edilar. Biroq endi ulardagi xavf-xatar tugagan edi. 96 Ular sekin-asta oyoq uchlari bilan yurib, devoming teshik joyiga yetdilar (unga qoqilgan taxtalar sinib, oralari ochilib qolgan ekan); keyin bu joydan ham otib ketdilar. Biroq shu vaqt yana o'sha mash’urn uzundan-uzun uvlagan tovush eshitildi. Bolalaming ikkalasi ham birdan orqalariga bu- rilib qararkanlar, xuddi Potter yotgan yerdan ikki qadamcha narida tumshuglni yuqori kotarib turgan bir begona itga ko'zlari tushdi. - Bu it o‘shanga qarab hurayotgan ekan-da! - dedi bolalaming ikkalasi birdan. - Bilasanmi, kishilaming aytishlaricha, Jonni Milleming uyi oldida xuddi yarim kechada bir daydi it uvlagan, bu ish bundan ikki hafta ilgari bolgan, xuddi o'sha kuni kechasi haligi uyning devorida boyqush ham sayragan emish, biroq o'sha uyda hozirgacha hech kim olmagan. - Uni bilaman. Xo'sh, undan nima natija chiqar- moqchisan? O'sha voqeadan keyin, ya’ni shanba kuni Gresi Miller o'choqqa yiqilib kuyib qolmadimi? - Kuyishga kuygan-u, lekin olmagan. Kuyib olish u yoqda tursin, aksincha, hozir ancha tuzalib qolayapti. - Ha, yaxshi, to'xtab tur, nima bolishini ko'rasan. U tuzalib odam bolmaydi, Meff Potter singari uning ham holi xarob. Buni negrlar aytadilar, ular esa bil- masdan so'zlamaydilar. Shundan keyin bolalar bir-birlaridan ajrashdilar. Tom qaytib kelib, haligi derazadan uy ichiga tushayotganida, tong yorishib qolayozgan edi. U tovush chiqarmay sekin-asta yechindi-da, tungi sayohatidan hech kimning xabardor bolmaganidan shodlanib, dartrol uyquga ketdi. U uyga qaytib kelgan vaqtda Sid sekin-asta xurrak otayotgan bolsa ham, aslida u uxlamay, bundan bir soat ilgari uyg'ongan edi. Tomning esa bundan xabari yo'q edi. 97 Tom ko'zini ochganida Sid allaqachon o'rni- dan turgan va kiyinib chiqib ketgan edi. Running yorugligidan vaqtning ancha kech bolib qolganligi bilinib turardi. Tom hayron bolib qoldi. Nima uchun bugun uni uyg‘otmaganlar, nima sababdan har safargidek joniga tegib «tur-tur», deb mashmasha qilmaganlar? Uni vahima bosdi. U qandaydir bir yomon ish yuz berishini kutgandek edi. Garchi hali uyquga toymagan, juda horiganligi sezilib turgan bolsa ham, darrovda kiyinib pastga tushdi. Uydagi butun oila gavjum bolib, stol atrofida о Шаг, lekin ertalabki taomni yeb bolgan edilar. Tomga hech kim hech narsa demadi. Hech kim biror so‘z aytib undan o‘pkalamadi, lekin xolasining ko‘z qarashidan uning hamma narsadan xabardor ekani bilinib turardi. Hammalari jimjit otirishar va ham- malarining yuzlarida shunday tantanali ko'rinish aks etar ediki, o‘zini aybli sezgan Tom buni ко‘rib, yuragi orqasiga tortib ketdi. U stol yoniga borib otirdi-da, hech narsadan xabari yo'qdek chehrasini ochiq qilib ko‘rsatmoqchi boldi, lekin bu harakati behuda ketdi. Uning qiziqchiligidan biron kishi ham kulmadi. Shu bilan uning yuragi orqasiga tortib ketganday bolib, jim qoldi. Nonushtadan keyin xolasi uni bir chetga yetak- lab olib ketdi. Buni ко‘rib Tom endi ish kaltak bilan cheklanadi-yu, shu bilan qutulib qolarman, degan xayol bilan sevinganicha borar edi, lekin ish unday bolib chiqmadi. Xolasi undan zorlanib: qarigan choglmda yurak-bag‘rimni shunchalik ezishga qan day jur’at qilding, endi xohlagan ishingni qilaber. 0 ‘zingni-o‘zing xarob qilasan. Qarigan chog'imda meni uyat va nomusga qoldirasan. Oxir-oqibat meni qabrga tiqasan. Seni inson qatoriga kiritaman, deb urinishdan hech qanday natija chiqmas ekan. Endi bu yolda o‘zimni sira koyitmaganim bolsin, deb yigladi. 98 Bu har qanday kaltakdan ham yomon boldi. Tom yiglab yubordi. Xolasidan uzr so “ray boshladi va bundan keyin yaxshi bola bolish uchun juda ko‘p va’da berdi-da, nihoyat, bo‘shadi. Lekin u o‘z gunohlarini xolasi hali batamom kechib yubor- maganligini va endi o'ziga bolgan ishonchning yo'qolganini sezgan edi. U uydan tashqariga chiqar- kan, o'zini shunchalik baxtsiz his qilar ediki, bu to‘g‘rida chaqimchilik qilgan Siddan o‘ch olish ham uning xayoliga kelmadi. Sidning qo'rqib, shoshilga- nicha orqa eshikdan qochib ketishi ham behuda edi. U juda xafa va qovoqlari solingan holda maktabga kirib keldi-da, kecha maktabga kelmaganligi uchun Jo Garper bilan birga kaltak yedi. U o‘z o‘rniga qaytib otirgandan keyin, qollarini taxta ustiga va boshini qollari ustiga qoyib, kaftini tishlagani holda devorga qattiq tikilib qoldi. Tirsagi esa qandaydir bir qattiq narsaga tiralib, juda yomon og‘ridi. Biroq u o'tirgan joyidan qo'zg'almadi va bir entikib nafas olgandan keyin, haligi tirsagiga tegib turgan narsani olib qoydi. U narsa bir qog‘ozga oValgan edi. Tom uni ochdi. Shu vaqt u to‘satdan chuqur va og‘ir bir xo‘rsinib - yuragi dukillab ura boshladi. Qog'ozga oValgan narsa - uning qizga xarid qilgan mis soqqasi edi... Download 6.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling