Kechirganlari
Sherif - shu okrugda sudya va politsiya boshlig'i vazifasini
Download 6.67 Mb. Pdf ko'rish
|
Tom Soyerning boshidan kechirganlari. Mark Tven
13
Sherif - shu okrugda sudya va politsiya boshlig'i vazifasini bajaruvchi amaldor. 100 ham: «Bizning ko‘z qarashimizdan birov biror narsa sezmadimikin?» deb o‘z-o‘zlariga savol berar, lekin boshqalar o‘sha yerdagi dahshatli manzara bilan mashg\il edilar. «Oh, bechora!» «Baxtsiz yosh yigit!» «Mana bu ish olik o'glrlovchilar uchun saboq boldi!» «Meff Pot- temi ushlab olsalar, uni albatta osadilar», - dedilar hammalari birdan. Domla esa o‘z fikrini shunday bayon qildi: - Taqdiri xudoning qolida. Qanday jazo berishni janoblaming o‘zlari bilishadi. • Tom shu yaqin o‘rtada turgan hindi Joning g‘amgin yuzini ко ‘rarkan, boshidan oyoglgacha titroq bosib ketdi. Shu vaqt butun xalq orqaga chekinib: - Anavi o'shaning o‘zi! 0 ‘z oyogl bilan kelayotir! - degan tovushlar eshitila boshladi. Yigirma kishi birdaniga: - Kim, kim? - deb soVashdi. - Meff Potter! - Qaranglar, to‘xtadi. Ehtiyot bolinglar, qochib ketishga urinayapti. Ushlanglar, bolmasa qochib ketadi! Tomning ro'parasidagi daraxt shoxlariga chiqib otirgan tomoshachilar: «U qochmoqchi emas, faqat hayron bolib, nima qilishini bilmay turipti», - deb xabar berdilar. - Qanday uyatsizlik! - dedi xalq oVtasidan birov. - 0 ‘zining qilgan yomonliklarini tomosha qilgali kel gan va bu yerda kishilar bor, deb oyiamagan bolsa kerak... Xalq orqaga chekindi. Sherif dabdaba bilan Pot- teming qolidan yetaklab, qabr yoniga olib keldi. Bechoraning rangi о‘chib ketgan, ko'zlarida qoVquv alomatlari sezilib turar edi. Olikni ko'rar ekan, uning butun tanasini qaltiroq bosdi va yuzini qollari bilan berkitib, ho'ngrab yiglab yubordi. 101 - Do‘stlarim, buni men oldirganim yo‘q, - der edi u ho'ngrab yiglagani holda, - azbaroyi xudo men oldirganim yo‘q. Oradan birovning: - Seni kim ayblayotir? - degan tovushi yangradi. Otilgan kamon nayzasi mo Ij alga borib tekkan edi. Potter boshini yuqoriga kotarar ekan, kishiga ta’sir qilarlik darajada umidsizlik bilan tevaragiga bir qarab qo^di va hindi Joni ko‘rar ekan: - Hoy, hindi Jo! Sen menga va’da qilgan edingki, hech vaqt... - deb baqirdi. Sherif uning so'zini bolib va qotil qurolini xuddi uning tumshugl oldiga keltirib: - Bu pichoq siznikimi? - deb so'radi. Shu vaqt kishilar kelib, Pottemi qolidan ushlab, sekin yerga otirgizmaganlarida, u albatta yiqilib tu- shar edi. Keyin u: - Menga xuddi bir narsa: agar sen o'sha yoqqa bormasang va...ni topmasang, deb aytgandek bolgan edi... - u seskanib ketdi va umidsizlik bilan qolini siltab: - Jo, endi shularga aytib beraqol, endi yashirishning nima keragi bor, - dedi. Geklberri bilan Tom hayajon ichida tillari so'zga kelmay qolib, qotilga tikilib qarab turar edilar; bu vijdonsiz yolg‘onchi esa hech bir uyalmay-netmay o‘zi о У lab topgan olim manzarasini hikoya qilar edi. Bolalar minut sayin: «Mana hozir ochiq-oy- din kunda havo guldirab, yashin chaqnab, qotil- ning ustiga xudoning balosi yogllar, deb kutar va xudoning g'azabi bunchalik kechikishiga hayron bolib turar edilar. U hikoyasini tamom qilgandan keyin ham hech narsa bolmay, salomat qolganini ko‘rganlaridan keyin ulaming o‘z ahdlarini buzib, gunohsiz ayblangan Pottemi halokatdan qutqarib qolish orzulad ham yo‘qoldi. Aftidan, bu yaramas Jo o‘z jonini shaytonga sotgan bolsa kerak, endi biror 102 ishga shayton oraladimi, boldi, unga odamzodning qadam qo^ishi mumkin emas, agar ozgina aralash- sa ham, yaxshilik ko'rmaydi. Kimdir Potterdan: - Sen nega qochib ketmading? Nega bu yerga kelding? - deb so'radi. - Boshqa iloj topa olmadim... mumkin bolma- di! - dedi Potter. - Qochmoqchi bolgan edim, lekin mening o‘z oyoqlarim bu yerga olib kelib qoydi-da! - Shu so'zlami aytarkan yana yiglab yubordi. Oradan bir necha minut otgandan keyin hindi Jo ham qasam bilan so‘roqda tinch va osoyishta- lik holda o'zining awalgi aytganlarini takrorladi. Bolalar ham buning shunday yolg‘onchiligi uchun osmondan balo yog‘ilmaganligini ко‘rib, metisning o‘z jonini shaytonga sotganligiga qat’iy ishondilar. Bolalar undan juda qo‘rqar edilar, shu bilan birga u bolalar uchun dunyodagi hamma narsadan ham xunuk ko'rinar edi, shuning uchun bolalar undan ko‘zlarini olmay tikilib turar edilar. Bolalar qanday bolsa ham bir iloj qilib, uning dahshatli xo'jayinini ко‘rib olish tilagida uni kechalari kuzatib yurishga o'zlaricha qaror berdilar. Hindi Jo oldirilgan kishining tanasini yerdan kotarib olish va tezroq olib ketish uchun aravaga solishga yordamlashdi. To'plangan xalq vahimaga tushdi. Ular shivirlashib, xuddi shu damdayaradan qon tomchilab oqqanini so‘zlar edilar.14 Bolalar: «Bu qulay voqea xalqqa chinakam qotilni ko‘rsatib berar», deb oyiagan edilar, biroq ulaming bu umidlari puch- ga chiqdi, chunki kishilar shu yeming o‘zidayoq: - Bu voqea yuz berganda, MefF Potter olikdan uch qadam narida turgan edi, deb aytgan edilar. Download 6.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling