Kechirganlari


Download 6.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/63
Sana05.10.2023
Hajmi6.67 Mb.
#1692653
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   63
Bog'liq
Tom Soyerning boshidan kechirganlari. Mark Tven

O eN BESHINCHI BOB
TOM 0 ‘Z UYIGA YASHIRINCHA 
KELIB OLADI
Oradan bir necha daqiqa o'tgandan keyin Tom 
sayoz yerlarni kechib, Illinoys qirg‘og‘iga qarab 
jo'nagan edi. Daiyoning suvi qoq beliga yetganda u 
yolning yarmini bosib otgan, lekin suvning oqimi 
tez bolganidan, bundan nariga yurib bolmagani 
uchun Tom dadillik bilan suzib ketdi. Suvning na- 
rigi chetiga atigi yuz qadamcha keladigan masofa 
qolgan edi. U suvning oqimiga qarshi suzib borar, 
lekin suv uni kutganidan ortiq darajada pastga 
olib ketib borardi. Shunday bolsa ham u quruqqa 
chiqish uchun o‘ng‘ay yer topguncha, boyiab suzib 
bordi. Shu yerda u nimchasining cho'ntagiga qolini 
tiqib qaradi, po'stloq joyida turganini bilib, ko'ngli 
tinchigandan keyin kiyimlaridan suv oqib turga- 
niga ham qaramasdan, o'rmon boyiab yurib ketdi. 
Qishloqning qarshisidagi ochiqlikka chiqqanida soat 
o‘nga yaqinlashib qolgan edi; u yerda baland jar 
yonidagi daraxtlar ostida turgan katerga ko‘zi tush­
di. Tevarak-atrof jimjit edi. Tom yulduzlar yog'dusi 
ostida, daryoga diqqat bilan qaragani holda tovushini 
chiqarmasdan qirgbqdan yurib borib, daiyoga tushdi 
va suzib borib har ehtimolga qarshi kateming orqa 
tomoniga boglab qoyilgan qayiqchaga chiqdi-da, 
uning tagidagi kursi ostiga yotib oldi va qo'rquv 
ichida nafasini chiqarmay, nima bolishini kutib 
yotdi. Birdan jaranglagan qo'nglroq ovozi eshitilib,
130


kimdir: «Bo'shatib yubor», deb buyruq berdi. Yana 
bir minutdan keyin katerning borti qayiqcha us- 
tidan ancha baland kotarildi-da, ikkisi ham suzib 
ketdi. Tom muvaffaqiyatdan o‘zini baxtli sanar edi. 
Oradan kishini zeriktirarlik darajada o‘n besh yoki 
yigirma daqiqacha vaqt o‘tdi. Kater tobctadi. Tom 
qayiq ichidan chiqib, qoronglda qirg'oqqa qarab 
suzib ketdi. Tasodifan o'tib boruvchilarga duch 
kelib qolmaslik uchun, u o‘ziga kerakli joydan 
ellik qadam chamasi pastroqdan qirg'oqqa chiqib, 
kishi yurmas bir ko'chani tanlab, hovlima-hovli 
yurib borib xolasining uyiga yetdi. Devordan oshib 
tushib qaradi. Chiroq shulasi ko'rinar edi. Uy 
ichida Polli xola, Sid, Meri va Jo Garpeming onasi 
nimalar haqidadir so‘zlashib o'tirar edilar.
Tom eshik yoniga borib sekingina tambasini 
surdi-da, keyin sekin-asta eshikni itardi, eshik 
g'ijirladi, u har bir g'ijirlaganda qaltirab, shunday 
bolsa ham eshikni ohista ochishda davom etdi, 
eshik tizzasigacha sig‘arlik darajada ochilgandan 
keyin, sekingina boshini tiqib o‘zini uy ichiga oldi.
- Bu shamning shulasi nega birdan yelpinib 
qoldi? - dedi Polli xola Eshik ochilib qolgan bolsa 
kerak. Ha, aytmadimmi? Bor, Sid, eshikni yopib kel!
Tom o‘z vaqtida karavot ostiga sho‘ng‘igan edi. 
U biroz nafasini rostlab oldi-da, keyin o‘rmalab 
xolasining yoniga shunday yaqin borib qoldiki, 
uning oyog'iga tegib ketayozdi.
- Ha, men shunday der edim, - deb Polli xola 
so'zida davom etdi, - u badjahl, yaramas bolalar­
dan emas, faqat ko‘p sho'xlik qiladi, o‘g‘il bolalar 
malum, hammalari ham shunday toychoqdek bir 
yerda tinch turolmaydilar, axir uni ayblab bola­
dimi? U hech vaqt yomon niyat bilan biror ish 
qilgan emas, uning qalbi oltin edi.
Shu so‘zlarni aytib u yiglab yubordi.
131


- Mening bolam Jo ham xuddi shunday edi. 
Sho'xlikka, to‘polon qilishga birinchi edi. Lekin 
ko'nglida kiri yo‘q, judayoqimli bola edi. Xudoyo-xu- 
dovando, men gunohkorman, gunohimni о‘zing ke- 
chir, deyman. Men uni, qaymoqni ichib qo^gansan, 
deb urgan edim. Keyin о“у1аЬ qarasam, qaymoq achib 
qolgani uchun o‘zim to'kib tashlagan ekanman. Endi 
bolam bechorani bu dunyoda ко V olmayman. Esimga 
tushsa, yuraklarim ezilib ketadi!
Shu so'zlar bilan missis Garper ho‘ngrab yiglay 
boshladi, shunday ho'ngradiki, go у о uning yuraklari 
pora-pora bolib ketgandek tuyuldi.
- Tom uchun hozirgi joyi yaxshiroq bolsa kerak, 
deb umid qilaman, - dedi Sid. - Biroq u bu yorug‘ 
dunyoda ba’zi masalalarda...
- Sid! - deb baqirda Polli xola (Tom garchi xola- 
sining yuzini ko‘rmay turgan bolsa ham, lekin hozir 
uning ko'zlari qanday yarqirab o^nab ketganini 
sezgandek boldi). - Mening bolam Tom bu dunyoda 
yo‘q. Shuning uchun sen u haqida yomon so‘zlama. 
Oh missis Garper, men endi bunday alamga qanday 
qilib chidayolaman. Men to‘g‘ridan-to‘g‘ri uning shu 
tariqayo'q bolib ketishiga ishonolmayman. Garchi u 
mening keksa ko'nglimni ko'p ranjitgan bolsa ham.
- Shunday, bu oglr. Oh qanday oglr! 0*tgan shan- 
ba kuni bolam Jo o‘zining oyinchoq to'pponchasini 
olib kelib xuddi mening burnimning tagida otib 
joibordi, men uni urgan edim, u ag'darilib tushdi. 
0 ‘sha vaqtlarda uning olishini bilmagan edim-da, 
bilsam shunday qilar edimmi?
- Ha, ha, bolmasa-chi, missis Garper, men 
hissiyotlaringizni yaxshi tushunaman. Uzoq emas, 
xuddi kechagina mening Tomim ham mushukka 
dori ichirgan. Mushuk bechora shunday tipirchilab 
o‘zini u yoqdan-bu yoqqa urdiki men, uyda birorta 
butun narsa qolmas, deb oyiagan edim. Men ham
132


xudoyo tavba qildim, angishvona bilan urib, boshini 
teshayozdim. Oh, bolam, bechora marhumginarn, 
mana endi uning butun sho'xliklari ham, o‘zi ham 
yo‘q, Undan eshitganim eng so'nggi so'zlarim ham 
ta’na va kinoya boldi...
Tom Merining ham dam-badam uni yaxshi so'zlar 
bilan yodlab, yiglab otirganini xolasining qayg4isi 
unga qattiq ta’sir qildi, u hozir karavot ostidan yu­
gurib chiqib, bo‘ynidan quchoqlab olgisi kelar edi. 
Biroq shunday bolsa ham o'zini tutib, karavot os- 
tida tinchgina ulaming so'zlarini tinglab yotaverdi. 
Ularning aytishicha, bolalar hoynahoy cho‘milish 
uchun borib choldb ketganlar degan o^ga borish- 
gan. Keyinroq esa bolalardan biri o'rtoqlari, bizlar 
yaqin kunlarda butun shahami hayron qoldiramiz, 
deganini aytgan. Shundan keyin ko‘pchilik «bolalar 
yaqin o‘rtadagi shaharlaming biriga borish uchun 
solga tushib ketganlar», degan. Biroq solning 
shahardan atigi besh-olti milgina narida turgani- 
ni ко‘rib, butun umidlari puchga chiqqan. Agar 
ularning oliklari yakshanba kuni ertalabgacha 
topilmasa, u vaqtda hech qanday umid qilmay, 
yakshanba kuni ular uchun motam tutishmoqchi.
Tom bu so‘zni eshitar ekan, qoYqqanidan bir ses- 
kanib ketdi.
Missis Garper hammalari bilan xayrlashib, ho'ng- 
rab yiglagani holda eshikka qarab yo‘nalgan edi, 
yana to“xtadi va g'arib bolib qolgan bu ikki kampir 
to'satdan bir-birlariga tashlanib, ajralishdan oldin 
quchoqlashib, ancha yiglashib oldilar. Polli xola 
uyquga yotish oldidan Sid bilan Merini awalgidan 
ham katta muhabbat bilan o'pdi, shundan keyin Sid 
entikib jdgladi, Meri bolsa ko'zlari yoshga tolgan 
holda uxlash uchun ketdi.
Polli xola tiz choldb Tomni duo qila boshladi. 
Uning titroq ovozida naqadar cheksiz muhabbat
133


sezilib turar, uning duosi shunday qizgln va jozibali 
ediki, Tomning ko'zlari ham jiq yoshga toldi.
Polli xola o'miga yotgandan keyin ham ancha 
vaqtlargacha toqatsizlanib, u yoqdan-bu yoqqa 
ag‘darila bergani, tinmasdan yotalib yotgani va har 
zamonda qattiq uh tortib qotyganidan Tom ancha 
vaqtlargacha karavot ostidan chiqa olmadi. Nihoyat, 
kampir tinchigandek boldi, faqat uyqusida ingrab 
qotyardi. Tom karavot ostidan chiqib qoli bilan 
shamni panalab, ancha vaqtgacha kampirning 
yuziga tikilib qarab turdi.
U kam pirga chin ko'ngildan achinar edi. 
Cho‘ntagidan bir bolak po'stloqni olib stol ustiga, 
sham yoniga qo“ygan edi, keyinroq bir narsa esiga 
tushgandek bolib, biroz o^lanib turgandan keyin 
shoshilinch ravishda po'stloqni yana qaytib cho'nta- 
giga solib qoydi-da, engashib turib kampirning 
solgln lablaridan bir o'pdi. Keyin, sekingina chiqib, 
eshikni berkitdi.
U pristanga, kater turadigan yerga bordi. U yerda 
hech kim yo'qligini bilgandan keyin dadillik bilan 
sakrab kemaga chiqib oldi. Kemada qorovuldan 
boshqa hech kim yo'qligini bilar edi. Qorovul esa 
ko‘pincha kemaning ichkarisiga kirib uxlab yotar- 
di. Tom arqonni yechib, sekingina qayiqqa chiqib 
oldi-da, eshkaklami eshib, daryoning bosh tomoni- 
ga suzib ketdi. Bir mil chamasi yurganidan keyin, 
qarshisidagi qirg'oqqa tomon yol solib, daiyoni kesib 
o*tdi-da, qayiqni xuddi moljalga olib borib to'xtatdi, 
negaki u mazkur yerlarni endigina koVgan emas 
edi. Bu qayiqchani o'ziniki qilib olishga Tomning 
ishtiyoqi zoV edi, chunki qayiqcha ham o‘z navbatida 
suvdayurish quroli hisoblanganligi uchun qaroqchi- 
larga qonuniy olja bolar edi, shunday bolsa ham 
u kishilaming bu qayiqchani izlashlarini, balki bu 
orqali izlarini topib olishlarini bilar edi.
134


Shuning uchun u suv bo'yiga tushib, o‘rmonda 
otirib, yaxshigina damini oldi-da, uxlab qolishdan 
o‘zini zoYg‘a tutib, charchagan holda o‘rtoqlari yoniga 
qarab ketdi. Tong otib qolayozgan edi; u joyigayetib 
borganida, hammayoq yorishib qoldi. U yana biroz 
shu yerda otirdi-da, quyosh nurlari daryoning su- 
vini biroz isitgach, o'zini suvga tashlab suzib ketdi. 
Birozdan keyin butun ust-boshlari hoi holda turti- 
nib-surtinib lagerga kelarkan, xuddi Joning quyidagi 
so'zlari us

Download 6.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling