Kechirganlari
Download 6.67 Mb. Pdf ko'rish
|
Tom Soyerning boshidan kechirganlari. Mark Tven
tidan
chiqib qoldi: - Yo‘q, Gek, Tom ishonchli o‘rtoq. U qochib ket- maydi, albatta qaytib keladi. U qochoq nomini olishni istamaydi. Qaroqchi uchun qochib ketishning uyat ekanini biladi. U qandaydir biror narsa о“ylagan bolsa kerak, biroq men uning oyiagan narsasi ni- maligini bilishni istarman. - Durust, narsalari-chi, narsalari harholda bizniki boladi-ku! - Bizniki boladi, Gek, biroq butunlay emas. U xatida: «Agar men ertalabki nonushtaga yetib kel- masam, narsalarimni sizlar olinglar», degan. Shu vaqt to'satdan Tom o‘zini kotsatib: - Ana o‘zi ham kelib qoldi! - deb baqirib yubordi. Bu juda kam uchraydigan ta’sirli voqea boldi. Tezdan ular go‘sht va baliqlardan ovqat hozirladi- lar. Ovqat ustida Tom o'zining tungi sarguzashtlarini (orttirmay va kamitmay, qanday bolsa shunday) oYtoqlariga so‘zlab berdi. Tomning hikoyasi oxiriga yetganida, bolalaming kibrlari haddan oshib ket di. Qorinlari to^gandan keyin, Tom uxlash uchun kolankaga borib yotdi, boshqa qaroqchilar bolsa, orolning atrofini tekshirib kotish va baliq ovlab ke- lish uchun chiqib ketdilar. 135 0 ‘N OLTINCHI BOB BIRINCHI TRUBKALAR. - «MEN PICHOG‘IMNI YO'QOTDIM» Tushlik ovqatdan keyin qaroqchilar to'planishib, toshbaqa tuxumlarini qidirib suv bo^iga ketdilar. Bolalar qollarini qumga tiqib ko'rdilar, qumning bo‘sh yeri uchrasa darhol tizzalari bilan chokkalab osilib, o‘sha yerni qollari bilan chuqulay boshlardi- lar. Shunday chuqurchalaming ba’zilaridan ellik-olt- mishtalab tuxum topib olardilar. Toshbaqa tuxumi yum-yumaloq, oppoq, yong'oqdan sal kichikroq bolar ekan. Qaroqchilarning shu kungi kechki ovqat- lari - juda yaxshi va mazali boldi. Ertalabki ovqatdan keyin bolalar suv botyida yugurishib, sakrashib, oynashib, bir-birlarini quv- lashib, yurgan yollarida kiyimlarini yechib о yin va sho'xliklarini suv ichida ham davom etdirar, suv oqimi esa ba’zida ulami ag‘darib yiqitar va shu bi lan shodliklarini yana ortdirar, qollariga suv olishib bir-birlarining yuzlariga sepishar, yuzlarini chetga burar edilar. Ulaming bu oyinlari kurash bilan tamom bolar, ya’ni bir-birlariga oValishib, bitta yum-yumaloq kop- tokdek bolishar, g'olib maglubning boshini suvga tiqib, sho'nglshga majbur etar, baqirishib kulishar, oglzlari bilan suv purkishib, qichqirishar, entikib zo‘rg‘a nafas olar edilar. Uzoq о ynashganlaridan keyin butunlay mador- lari qurigan holda suvdan chiqib, qizib yotgan qum ustiga o'zlarini tashlardilar; unda cho'zilishib yotib, qumga o'zlarini ко “mar, keyin yana suvga tushar, yana qum ustiga chiqib yotar edilar. Bu о “yin shu tartibda uzoq davom etardi. Nihoyat, ular o‘z tanla- rining rangini bir xil triko rangiga o'xshatardilar, qum ustida doira chizib, ot o^ini qilardilar. Bu ot oyinida 136 birdaniga uchta masxaraboz bolardi, chunki bu- lardan birortasi ham bu qiziq rolni birovga berishni xohlamas edi. Keyin ular marmar soqqalarini topib olib, to ze- rikkunlaricha soqqa otynay boshlardilar. Shundan so'ng Gek bilan Jo yana cho'milishga ketishdi, Tom bolsa quruqlikda qolaverdi, negaki u chalvorini yech- gan chog'da bogichi qochib ketgan, unga boglan- gan tumori yo‘qolgan edi. Bu sehrli tumorsiz qolib, o'zining changak dardiga uchramaganiga ajablandi. Tumorini topmaguneha cho‘milishga bormaydigan boldi. Bechoraning o'rtoqlari cho'milishdan juda horib-charchab, yastanib yotish uchun qirg‘oqqa chiqqan edilar. Ular sekin-asta har qaysisi har to monga tarqalishib, xayolga cho'mgan holda tugllib o'sgan yerlari, uzoqdan ko'rinib va quyosh nurlariga ko‘milib yotgan shaharcha tomonga xafalik bilan qa- rardilar. Tom o‘zi ham sezmagani holda qum ustiga katta-katta harflar bilan «Bekki» deb yozar edi. U o'zini jinoyat ustida tutib olib, darhol qum ustiga yozilgan yozuvni o'chirib tashladi va o'zining bo'shli- gi uchun xafa boldi. Biroq, chidab turolmay o‘sha ismni yana qaytadan yozdi. Yana o'chirib tashladi. Keyin yana shunday vasvasalarga berilib ketmaslik uchun o'rtoqlariga borib qo'shildi. Ammo Jo umidsizlanib, ruhi butunlay tushib ketgan edi. U uyini soglnib shunday qaygtarar ediki, ko‘z yoshlarini zo‘rg‘a to'xtatib turardi. Gek ham juda ma’yus edi. Tom tetiklashgan, uning ko'nglida bir sir bor edi, bu simi vaqti soati kel- maguncha oYtoqlariga aytmaslikka qaror qilgan edi. Biroq endi oYtoqlariga hozirdanoq aytib bermoqchi boldi va yuzaki qaraganda o‘zini g‘amsiz ko‘rsatib, o‘rt6qlarini alday boshladi: - Bilasizlarmi o‘rtoqlar, men garov oynaymanki bu orolda bizlardan ilgari ham qaroqchilar bolgan. Qani yuringlar, uni yana bir marta aylanib chiqaylik. 137 Shunda biror yerda yashirib qo Qilgan dunyo bolsa topib olamiz. Ha, biz oltin-kumush bilan tola chiri- gan bir sandiq topib olsak nima deysizlar? Biroq uning bu taklifi unchalik shodlik tug'dirmadi. Tom yana bir-ikki xil qiziqtiruvchi gap qilib koYgan edi, lekin bulaming hech qaysisi ham ularga kor qilmadi. Keyin u juda bo'shashib tushdi. Jo ma’yus holda qolidagi tayoglni qumga tiqib tu rar, ko‘rinishidan juda xafa edi. Nihoyat u so‘z ochib: - Oh, o'rtoqlar, shu ishlarimizni tashlasak bolar edi! Uyga ketgim kelayapti. Bu yer meni juda ham zeriktirdi. - Qoysang-chi, Jo, unday dema, bora-bora o'rga- nib qolasan, - der edi Tom. - Bu yeming baliq ovi qanday yaxshi, ко'rayapsanmi? - Menga hech qanday baliglng kerak emas. Men uyga ketishnigina istayman. - Cho'milish-chi, cho'milish uchun shunday yax shi yemi qayerdan topasan? - Menga cho‘milish ham yordam bermaydi. Meni chotailishdan hech kim qaytarmas ekan, choVnilisb- ni ham xohlamay qoldim. Uyga ketishni xohlayman! - Ana bemazachilik! Yosh bola onasining oldiga borishni istar emish! - Albatta, onamning oldiga borishni istayman, agar sening ham onang bolsa, sen ham onangning oldiga borishni istar eding. Men kichkina bola emas- man. Ikkalamizning yoshimiz teng. Shu so'zlar bilan Jo ho'ngrab yiglay boshladi. - Ha yaxshi, bolmasa qo^aver, bu yigloqi bola uyga onasining oldiga ketaversin, biz uni jo'natib yuboramiz, shundaymi, Gek? Bechora, onasini soglnib qolgan ekan. Ketsa ketaversin. Senga bu yer ma’qul-a Gek? Ikkovimiz shu yerda qolamiz, a? - Ha, - dedi Gek beparvolik bilan. 138 - Endi sen bilan o‘rtoq emasman, umr boyi sen bilan gijillashib otaman, shuni bilib qoy, - dedi Jo va o'midan qo‘zg‘alib, nariroqqa borib kiyina boshladi. - 0 ‘rtoq bolmasang, g‘am yermidim! - dedi Tom. - 0 ‘rtoq bolmasang, bolmay qoyaqol, sening bu yerda hech kimga keraging yo‘q. Bor, uyingga jo'na, ham- maga kulgi bol. Juda yaxshi qaroqchi ekan, desinlar. Gek bilan men senga o'xshash yigloqi emasmiz. Ik- kalamiz shu yerda qolamiz, shundaymi, Gek? Ketsa ketaversin, usiz ham tirikchilik qila olamiz. Jo uning so‘zlariga javob bermay, qovoqlari so- lingan holda kiyinar, Tom bolsa o'zining yuzaki vazminligiga qaramay, ichidan juda xafa, buning ustiga Joning yigishtirinayotganini ко‘rib, qovoqla- rini solib turgan Gekning qiyofasi uni yanada tash- vishga solar edi. Jo kiyinib boldi-yu, xayrlashmay va biror so‘z ham aytmay, Illinoys qirg‘og‘iga qarab ketdi. Tom ko‘ngli juda g‘ash tortib Gekka qarab qoydi. U buning qarashiga chidab turolmay yerga qaradi-da, keyin: - Men ham ketay deyman, Tom. Kishi juda zerikib qoldi, bundan keyin yana zerikamiz, yur Tom, biz ham ketaqolaylik, - dedi. - Ketsang ketaver, men ketmayman, shu yerda qolaman. - Bolmasa men keta qolayin, Tom. - Boraver dedim-ku, seni birov ushlayaptimi? Gek sochilib yotgan narsalarini yiglshtira boshlar ekan: - Tom, yo‘q dema birga keta qolaylik, oyiab ko‘r! Biz seni suv boyida kutib turamiz, - dedi. - Uzoq kutib qolasizlar-da! Gek xafachilik bilan yolga tushdi. Tom uning orqasidan qarab turar ekan, o‘zining kibr-havosini yig'ishtirib qoyib, o'shnalaming orqasidan ketishni orzu qilar edi. U bolalami to'xtar, deb umid qilar, 139 bolalar bolsa sekin-asta uzoqlashib borardi. Tom birdan o'zining izzat-nafsini yengib, o'rtoqlari orqa sidan yugurib borar ekan: - To'xtanglar! Tobctanglar! Sizlarga aytadigan so‘zim bor! - dedi. Ular to'xtab, orqalariga burildilar. Tom ularga yetib olib, o‘z sirin so‘zlay bosliladi; ular qiyofalarini o‘zgartirmay uning so'zlarini tingladilar. Tomning aytadigan so‘zining ma’nosini tushunib olgunlaricha ular shu holda turdilar, so‘zlariga yaxshi tushunib olganlaridan keyin, shunday shodlandilarki, agar shu so‘zlami burunroq aytganingda, biz ketmagan bolar edik, dedilar. Bolalar shodlanishib va yana qaytib kelishib, awalgidek o'yinlari bilan shug4illana boshladilar. Bular hamma vaqt Tomning oyiab topgan ajoyib o'yinlari haqida so‘zlab, uning aqliga qoyil qolar edilar. Tuxum bilan baliq go'shtidan tayyorlangan shirin ovqatdan keyin, Tom endi tamaki chekishni o‘rganmoqchi bolganini bildirdi. Jo ham bu fikmi ma’qul topib, men ham chekib koVaman, dedi. Gek trubkalami tayyorlab, ulami tamakiga toldirdi. Bu ikkala yangi kashanda hozirgacha tok bargidan qi- lingan sigaralami chekishar, biroq bunday sigaralar tilni achitar va umuman erkak kishilar uchun arzi- maydigan bir narsa edi. Ular yerga cho'zilishib va tirsaklariga tayanib yo tib, uncha ishonmaganliklari holda, sekin-asta tu- tunni ichlariga torta boshladilar. Tutunning mazasi yomon bolib, ulami biroz bo‘g‘ar edi. Shunda Tom: - Bu juda oson ekan-ku! Bundayligini bilganimda, allaqachonlar tamaki chekkan bolar edim, - dedi. - Men ham, - dedi Jo. - Buni chekish hech gap emas ekan! - Men hamma vaqt boshqalaming tamaki chek- kanlarini ко‘rib: «Men ham o'rganib olsam», deb 140 yurar edim, lekin uddasidan chiqa olmasman deb oyiardim. Men hamma vaqt shundayman, to‘g‘rimi, Gek? Sen buni mendan eshitgansan-ku! Mana Gek aytib bersin. - Ha, ko‘p aytgansan, - deb tasdiqladi Gek. - Shunday, yuz marta aytganman. Esingda bormi, shu bir marta qushxona yonida bolgan edi, unda Bob Tanner, Jonni, Miller va Jeff Techer ham bor edi. Esingda bormi, Gek, men o‘sha mahalda nima degan edim? - Ha, esimda bor. Sen buni men koptogimni yo‘qotgan kunim aytgan eding. Yo‘q, undan bir kun burun ekan. - Ana, Gekning esida bor ekan. - Meningcha, shunday trubkani men kuni bo'yi cheksam ham ko‘nglimni behuzur qilmas edi, - dedi Jo. - Meni ham! - dedi Tom. - Men kuni bo^i bolsa ham chekib otiraverar edim. Biroq, garov boglasha- manki, Jeff Techer shunday chekolmas edi. - Jeff Techer deysanmi? Unga y o l bolsin! U aqalli ikki marta ham tortolmaydi. Qani chekib ko‘rsin-chi! - Albatta tortolmaydi, Jonni Miller ham shun day. Jonni Miller qanday chekar ekan, shuni ко Yearn edim. - Jonni Millering nimaga yarar edi, u hech nar- saning uddasidan chiqolmaydi. U birinchi tortishi- dayoq bolganicha bolib qoladi. - Sening gaping to‘g‘ri Jo, menga qara: mana, oYtoqlarimiz bizlami hozir bir ko'rishsa edi. - Oh, koshki edi! Menga qaranglar oYtoqlar, hech kimga oglzlaringdan chiqarmanglar. Keyinroq, bo- lalaming hammasi yigilishib turganlarida, sening oldingga boraman-da: Jo, trubkang bormi? Tamaki chekkim kelayotir, - deyman. Sen bolsang, parvo 141 qilmay, go “уо oddiygina bir narsa to‘g‘risida so'zla- yotgandek: «Ha, bor, mening eski trubkam ham bor, yana boshqa bitta trubkam ham bor, faqat tamaki unchalik yaxshi emas», - deysan. Men esam: «Ha, baribir, ish qilib kuchli bolsa boldi», - deyman. Shunda sen trubkani yoningdan chiqarasan-da, ikkalamiz ham tamaki chekamiz, ana shunda ular ко‘rib, havaslari kelsin. - Juda qiziq boladi-da Tom! Men shu ishning hozir bolishini xohlar edim. - Men ham! Biz ularga: «Tamaki chekishni shun day qaroqchilik qilib yurgan vaqtimizda o‘rgangan- miz» desak toza hayron boladilar-da. - Albatta, hayron qoladilar! Bunga hech shubha yo‘q! Bularning suhbatlari shu xilda davom etardi. Lekin sekin-asta suhbat susayib, bolinib-bolinib, oradagi jimlik borgan sari kuchayardi. Tamakiga yangi o'rgangan bu ikkala kashanda- ning ranglari oqarib, qiyofalari achinarli tus oldi. Joning bo'shashgan qollaridan trubkasi tushib ketdi. Tomniki ham xuddi shunday boldi. Nihoyat, Jo zaif tovush bian: - Men pichoglmni yo‘qotdim, borib qidirishim kerak, - dedi. Tom lablari qaltirab, tovushi bolinib-bolinib chiq- qan holda: - Men senga yordamlashayin. Sen mana bu to- monga bor, men ana u yoqqa borayin. Yo‘q, Gek, sen orqamizdan yurma, o'zimiz topib olamiz, - der edi. Gek ulami bir soatdan ortiq kutdi. Keyin zerikib, o'rtoqlarini izlab ketdi. U o'rtoqlarini orinon ichidan, bir-birlaridan uzoq ikki joydan topdi: ulaming ik kovlari ham ranglari o'chgan va qattiq uyquda edilar. Shu kuni kechki ovqat vaqtida ikkovlari ham so'zlashmay, ko‘z qarashlari ham go^o biror nar sadan qo'rqib turgandek bolib o'tirishdi. Kechki 142 ovqatdan keyin Gek o‘zi uchun trubkaga tamaki joylab, ularga ham taklif qilganda, ular buni mut- laqo qabul qilmadilar. Tushki ovqatda biror yoqma- gan narsa yeb zaharlangan bolsak kerak, tobimiz yo‘qroq, deb bahona qildilar. Yarim kechaga yaqinlashganda Jo uyg'onib, o‘rtoqlarini ham uyg‘otdi. Havo judayam dim edi. Kechaning issiq bolishiga qaramay, bolalar olov yoniga yaqin kelib, bir-birlariga tiqiHshib otirdilar. Ular atrofga quloq solib otirardilar. Gulxanning orqa tomoni ko‘z ilg'amas qorongllik. Birdaniga bir narsa yilt etib, yaproqlami xira- gina yoritib, yo‘q boldi. Keyin yana awalgidan yorug'roq yarqirab, yana yo‘q boldi va yana tak- rorlandi. Keyin daraxt butoqlaridan eshitilar- eshitilmas ingrash tovushi keldi, bolalar yuzla- riga kimningdir nafas olgandek yengilgina hovri tekkanini payqab qoldilar. Birozdan keyin birdan yana haligidek mash’um, yarqiragan chaqmoq chaqnab, odatdan tashqari ravshanligi bilan yerdagi otlami va gulxan yonida otirgan uch bolaning yuzla- rini yoritdi. Osmon boyiab momaqaldiroq guldurab, uzoqlarga borib yanada yangrab ketdi. Sovuq shamol esib daraxt yaproqlarining ham masini birdaniga shildiratib, gulxan atrofidagi kuUar- ni sovurib yubordi. Yana chaqmoq chaqib, xuddi shu onning o'zida osmon gulduradi. Bu guldurashdan go у о daraxtlar ag‘darilib, boshlariga ustiga tushib kelayotgan- dek ular bir-birlariga mahkam tiqilishib oldilar. Yomg'irning birinchi katta-katta tomchilari daraxt yaproqlari ustida shatirlay boshladi. - Tezroq bolinglar, chodirga qarab yuguringlar! - deb baqirdi Tom. Ular har yoqqa sochilgan holda yowoyi toklar- ning tomirlariga qoqilib-qoqilib yugura boshladilar. 143 О4!-!]!©]! ichida dahshatli bo‘ron ko'tarilib, uning zarbidan tevarak-atrofdagi butun narsalar qasirlar va egilardi. Ko‘zni olarlik darajada yorqin chaqmoqlar birin-ketin uzluksiz yarqirab о tar, har qaysisining ketidan osmon quloqni kar qilguday guldurab turar- di. Yomglr ham chelaklab quygandek yog‘a boshladi. Bolalar qichqirishib bir-birlarini chaqiradilar. Biroq qattiq shamolning boldrishi va havo guldu- rashining zoYidan ulaming tovushlari bo'gllib, yo‘q bolib ketar edi. Bolalaming usti boshlari ivib, o'zlari sovuqyeb, yuz-qollari timdalangan holda birin-ketin chodirga yetib keldilar-da, o'zlarini panaga oldilar. Bolalar bunday baxtsizlikka duchor bolganliklaridan shodlanar edi. So‘zlashishning iloji yo‘q, chunki te- palaridagi eski yelkanning shatirlashi shu darajada dahshatli ediki, birovga gap uqtirib bolmas edi. Bo Yon borgan sayin kuchaymoqda. Nihoyat, qat tiq shamol yelkanni ham yulqib olib, pirpirak qilib uzoqlarga olib ketdi. Bolalar bir-birlarining qollari- dan ushlashib dam-badam turtinib-surtinib, ham ma yerlarini kolcartirishib, panoh izlab qirg'oqdagi katta qayin daraxtining tagiga qarab yugurib ket dilar. Endi boYonning dahshati tamom kuchaygan. To'xtovsiz yarqirab turgan yashin engashgan daraxt- lar, ko'piribyotgan daiyo, narigi qirgbqdagi motalab turgan baland jarlar qoYqinch bilan ko‘zga tashla- nardi. OYmon ichidagi zo‘r-bahaybat keksa daraxt- lar, atrofdagi yosh daraxtlami yer bilan yakson qilib, dam-badam vahima bilan qulab tushmoqda, havoning guldurashi ham dahshatlar, uzuq-uzuq portlashlar bilan bolinib eshitilar edi. Pirovordida bo Yon quturib shunday kuch oldiki, go у о orolni parcha-parcha qilib, yondirib, daraxtlami tomiri bilan yulib, yer yuzidan supurib tashlaydiganday коYinar edi. Boshpanasi yo‘q bu uch bola uchun o‘sha kecha eng dahshatli kecha boldi. 144 Nihoyat bu ola-g‘ovur pasayib, tabiat kuchlari tinchlana boshladi. Havoning guldurashlari ham sekin-sekin pasayib, o‘rmon ichida yana jimjitlik hukm surdi. Bolalar anchagina qo‘rqqan holda o‘z lagerlariga qaytdilar. Ulami Xudo bir saqlagan edi, chunki har doim yotadigan yerlari katta anjir da- raxtini yashin urgan, shu kecha o‘sha daraxt ostida yotgan bolsalar, albatta yashin tegib hammalari olar edi. Lagerda hamma narsa butunlay ivib qolgan. O t o'chgan. Bolalar o‘tni o‘chirmay, saqlab qolish yolida hech qanday chora ko‘rmagan edilar. Bu juda ko'ngilsiz bir hoi edi, chunki ular uchovlari ham butunlay ivib, sovuq yeb qaltirashardi. Keyin qarasalar, o t yoqilgan yerdagi katta to‘ngakning kavagida uch-toVtta cho‘qqa nam tegmay qolgan edi. Bolalar darhol ishga kirishib, daraxt shoxlarini va to‘ngaklaming kovaklari orasidagi nam tegmay qolgan po'stloqlarni topib olib, zo‘r chidam bilan harakat qilishlari natijasida otni yondirib yubor- dilar. Uning ustiga katta-katta shoxlardan qalab, katta gulxan qilib, yana ruhlari коЧагШЬ ketdi. Ivib qolgan go‘shtlami olovda pishirib, ovqatlanib olganlaridan keyin gulxan yoniga davra qurib, boya- gi dahshatlami ertalabgacha so‘zlashib otirdilar. Baribir uxlashga imkoniyat yo‘q, chunki atrofda bir parcha ham quruq yer qolmagan edi. Quyoshning birinchi nurlari bilan bolalar mudray boshladilar; ular suv botyida, hoi qum ustida yotib qoldilar. Quyosh bularni yetarli darajada qizdira boshlagandan keyin ular otinlaridan turib, mayus- lik bilan o'zlariga ovqat tayyorlay boshladi. Biroq ertalabki ovqatni yeb bolganlaridan keyin ham ularning charchogl tarqalmagan, butun a’zolari zirqirab og‘rib turar, dillarida yana xafachilik, uyla- rini soglnish hissiyoti paydo bolgan edi. Tom buni 145 payqab, oVtoqlarining xafachiliklarini yozish uchun qolidan kelgan ishlaming hammasini qilib koYdi. Biroq bularni endi soqqalar ham, ot oyini ham, cho‘milish ham ovuntira olmas edi. Tom o‘zining kat ta sirini ulaming esiga tushirgan edi. Shundan keyin ular biroz quvondilar. Tom bundan foydalanib, ulami yangi bir narsa bilan qiziqtirishga shoshildi va yan- gilik tariqasida qaroqchilikni vaqtincha yiglshtirib qoyib, bir necha vaqtgacha hindi bolishni taklif qildi. Bu fikr ulami qiziqtiradiganday bo Tib ko'rindi. Ular bir damdayechinib, boshlaridan oyoqlarigacha qora balchiqqa belanib, yowoyi otdek chovkar bolib oldilar. Har qaysilari ham o'zlarini yolboshchi deb sanadilar, keyin hammalari birga ingliz qishloglni bosish uchun o'rmonga qarab jo'nadilar. Ular bir-birlariga dushman bolgan uncha-mun- cha uchta qabilaga ajralib, jangovar shovqinlar bilan pistirmalar orqasidan chiqib, bir-birlariga hujum qi- lishar, minglab dushmanlarini oldirib, bosh terilarini shilib olar edilar. Urush juda qizgln bolib, bundan bolalar mamnun bolishdi. Kechki ovqat vaqtida ular och bolsalar ham, o'zlarini baxtli sezganlari holda lagerga yig'ilishdi. Biroq bunda bir qiyinchilik tuglldi. Dushmanlik qil gan hindilar awal o£z o'rtalarida sulh tuzmay turib, birga otirib non ushatolmas va uning uchun esa bir trubka chekishmasalar sira iloji bolmas edi. Ular busiz sulh tuzilganini hech bir eshitgan emaslar. Ulardan ikkitasi qaroqchi holicha qolmaganlariga qariyb pushaymon edilar. Biroq boshqa iloj yo‘q edi, o'zlarini mumkin qadar xursand qilib, navbat bilan trubkani tortishar edilar. Nihoyat ular o'zlarining hindi bolganlariga sevindilar, chunki ular biroz foyda ko‘rar edilar: ular endi pichoglmni yo‘qot- dim, topib kelay deyishga ham ehtiyoj qoldirmay trubkani uncha-muncha chekadigan bolib oldilar. 146 Garchi ular uchun bu narsa biroz behuzurlik kel- tirsa ham, buni hech bir o‘ng‘aysizlik deb bolmas edi. 0 ‘z-o‘zidan malumki, ular bunday qulay sha- roitdan foydalanishga shoshilib, kechki ovqatdan keyin tajriba uchun bu ishlarini ancha muvaffaqiyat bilan yana takrorladilar. Shuning natijasida o'sha kechasi ham juda ko'ngilli bolib o‘tdi. Ular shodla- nib, g^ururlanar va bu yangi o“ylab topgan hunarlari bilan o'zlarini shunday baxtli sanar edilarki, go У о bular birdaniga hindi qabilalaridan oltitasining kalla terilarini shilib olgandek bolar edilar. Endi biz hozircha ulami tinch qoyib turaylik. Bular trubka- larini chekib: vaqillashib, maqtanib otiraversinlar. Vaqti kelguncha, biz ularsiz ham ish ko‘ra olamiz. Download 6.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling