Laboratoriya jumislari boyinsha qollanba


Download 1.23 Mb.
bet1/24
Sana23.04.2023
Hajmi1.23 Mb.
#1389088
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
Электромагнетизм KK


O’zbekistan Respublikasi xaliq bilimlendiriw ministrligi


A’jiniyaz atindag’i no’kis ma’mleketlik pedagogikaliq instituti

Fizika-matematika fakulteti




«Uliwma fizika» kafedrasi



Laboratoriya jumislari boyinsha qollanba.
(Elektr ha’m magnetizm)


N o’ k i s

m a z m u n i

















Laboratoriya jumisi

1

Texnika qa’wipsizlik qag’iydalari

2

Laboratoriya jumisi

2

Elektr maydani ha’m jumisi

4

Laboratoriya jumisi

3

Elektr siyimlilig’in aniqlaw

4

Laboratoriya jumisi

4

Turaqli tok nizamlarin u’yreniw

4

Laboratoriya jumisi

5

Kirxgoff qag’iydalarin u’yreniw

4

Laboratoriya jumisi

6

Kontakttag’i elektr qubilislari

4

Laboratoriya jumisi

7

Yarimo’tkizgishler

4

Laboratoriya jumisi

8

Elektron emissiya

4

Laboratoriya jumisi

9

Eritpelerdin’ elektrlik qa’siyetleri

4

Laboratoriya jumisi

10

Toklardin’ magnit maydani

4

Laboratoriya jumisi

11

Zatlardin’ magnitlik qa’siyetleri

4

Laboratoriya jumisi

12

Faradeydin’ elektromagnit induktsiyasi

4

Laboratoriya jumisi

13

O’zgermeli tok nizamlari

4

Laboratoriya jumisi

14

Elektromagnit tolqinlardin’ qa’siyetleri

4










54



Du’ziwshi: O. Yusupov
Talabalarga maslahat va ko`rsatmalar.
Elektr va magnetizm haqidagi ta`limot qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishi uchun muhim ahamiyatga ega. Ilmiy-texnika taraqqiyotining yutuqlarini qishloq xo`jaligiga joriy qilishda ishlab chiqarishni kompleks mexanizatsiyalashtirish, avtomatlashtirish va elektrlashtirish yo`nalishlarini birinchi galda amalga oshirish lozim. Lekin bu yo`nalishlarning har qaysisining asosida fizik jarayonlar va nizamlar yotadi.
Hozirgi kunda qishloq xo`jaligi texnika vositalari bilan ta`minlanishi darajasi bo`yicha sanoat korxonalaridan qolishmaydi. Shuning uchun qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishi sohasida muvaffaqiyatli ishlash uchun oddiy ishchidan tortib yuqori malakali agronomlargacha, qishloq xo`jaligi texnikasi va texnologiyasini, ayniqsa o`zi ishlayotgan tarmoqdagi intensiv texnologiya yo`nalishlarini, elektr o`lchov asboblarini va umuman elektrik qurilmalar bilan muomala qila bilishi, undan to`g`ri foydalanishi, qishloq xo`jaligini elektrlashtirish haqida puxta bilimlarga ega bo`lishlarn kerak. Shuning uchun ham bo`l`usi mutaxassislar "Elektr va magnetizm" bo`limidan qo`yilgan laboratoriya ishlarini qunt bilan bajarishlari kerak bo`ladi. Oliy maktabni isloh qilish yo`nalishlarida talabalarning mustaqil tayyorgarligini oshirish ta`kidlanadi. Fizikadan laboratoriya ishlarini bajarish talabalarning fizik nizamlarni chuqurroq o`rganishiga, o`lchov asboblari bilan ishlash malakasini oshirishiga, o`zlashtirilgan nazariy bilimlarini ongli ravishda amalda qo`llashga yordam beradi. Talabalar laboratoriya ishlarini bajarish jarayonida fizik nizamlarning ob`ektivligini o`zlari tekshirib ishonch hosil qiladilar. Mazkur bo`limdan laboratoriya ishlarini bajarish ma`ruzalar jarayonida o`tilmagan, ammo amaliy ahamiyatga ega bo`lgan materiallarni o`rganish, talabalarni elektr va magnit kattaliklarni o`lchashning asosiy usullari, shuningdek eng sodda elektr zanjirlari bilan ishlash malakasini hosil qilishni nazarda tutadi.
Fizikadan laboratoriya mashg`uloti vaqtida "Elektr va mag­netizm" bo`limidan talaba muayyan ishni bajarishdan oldin ishning mazmuni bilan tanishishi, kerakli asboblarni tanlashi va o`rganishi, olingan ishda berilgan printsipial sxemaga binoan elektr zanjirini tuzish qoidalarini puxta bilishlari talab etiladi.
Printsipial sxema bo`yicha elektr zanjirini tuzishda quyidagi qoydalarga rioya qilish zarur:
1. Talaba har qaysi ishda berilgan sxema bo`yicha elektr zanjirini tuzishni mustaqil bajarishlari shart.
2. Elektr zanjiriga oid sxemani yig`ishni tok manbaining biror qutbidan boshlab, oxirini boshqa qutbi bilan tugatish lozim. O`qituvchi tuzilgan elektr zanjirini tekshirmaguncha talaba o`zining tuzgan zanjirini tok manbaiga ulashga ruxsat etilmaydi. Ishni bajargandan so`ng zanjirni yig`ishtirib qo`yishda dastlab mazkur zlektr zanjirini tok manbaidan uzish kerak.
3. Elektr sxemani tuzish ulash simlari yordamida amalga oshiriladi. Bu simlar butun va izolyatsiyasi shikastlanmagan hamda oxirgi uchlari yaxshilab tozalangan bo`lishi lozim.
4. Zanjirning barcha qismlaridagi ulash joylarida kontaktlar zich bo`lishi lozim. Ulash simlarining buralib qolishiga yo`l qo`ymaslik kerak.
5. Mazkur ishda o`lchashlarni boshlashdan oldin reostatlarni maksimal qarshilikka qo`yiladi. Zanjirni uzishda kalitlar uzuq holda bo`lishi ta`minlanadi.
6. Zanjirni tok manbaidan uzishda simdan ushlab tortib ajratmasdan, balki vilkadan ushlab tortish kerak.
7. Zanjirni ochiq (izolyatsiyasi yo`q) simlar bilan tok manbaiga ulash mutlaqo ta`qiqlanadi.
8. Talabalar o`zlari tuzgan zanjirni o`zgaruvchan yoki o`zgarmas tok manbaining qaysi biriga ulash kerakligini juda yaxshi bilishlari kerak.
Laboratoriya mashg`uloti vaqtida elektr zanjirlari bilan ishlashda xavfsizlik texnikasining qoidalariga rioya qilish zarur. Elektr qurilmalari bilan ehtiyotsizlikda ishlagan shaxslar jiddiy shikastlanishi mumkin.
Elektr kundalik turmushda va mehnat faoliyatimizda yaxshi yordamchidir, ammo u bilan noto``ri yoki mensimay munosabatda bo`lsak, hayot uchun xavfli bo`lib qoladi.
Organizmdan o`tgan tok kuchi, qo`yilgan kuchlanishga va inson badanining tok o`tayotgan qismi qarshiligiga bog`liq, qarshilikning o`zi esa o`z navbatida terining holatiga bog`liq. Masalan, toza yoki iflos, quruq yoki ho`l qo`llarning qarshiligi ham har xil bo`ladi.
Biz odatda elektrik o`lchashlarda 50 Gts chastotali o`zgaruvchan tokdan foydalanamiz. Uning xavfsiz deb qaraladigan eng katta qiymati 10 mA ga teng. Agar 50 mA tok o`tayotgan ochiq simga qo`l tegsa, uni shikastlangan kishining o`zi ajratib ololmaydi. Laboratoriyalarda 10 V dan oshiq bo`lmagan kuchlanishni xavfsiz deb qarash mumkin. Yuqoridagilardan ko`rinadiki, elektr zanjirlari bilan ishlashda talabalar ehtiyot bo`lishlari shart va quyidagi xavfsizlik qoidalariga rioya qilishlari kerak:
1. O`qituvchining ruxsatini olmasdan kalit va rubil`niklarni ulash mumkin emas.
2. Zanjir bilan ish boshlashdan oldin sxemada kuchlanishning yo`qligiga ishonch hosil qilish kerak.
3. Elektr sxemasi bilan ishlashda qo`llar doimo quruq holda bo`lishi shart.
4. Zanjir kuchlanishda bo`lganda sxemaning qismlarini o`zgartirish yoki o`tkazgichlarni o`zgartirib ulash mutlaqo man etiladi.
5. Sxemani tuzishda klemmalar, ochiq simlarning ulangan joyi va ba`zan zanjirning ayrim qismlari izolyatsiyalanmagan bo`lishi mumkin. Ochiq simlarga va klemmalarga qo`l tekkizish mumkin emas.
6. Sxemani o`zgartirish lozim bo`lsa, uni dastlab tok manbaidan uzib qo`yib, keyin bajarish kerak.
7. Elektr zanjiridan tok o`tib turganida, uni nazoratsiz qoldirish mumkin emas.
8. 220 V kuchlanishli elektr zanjirlarida o`lchash ishlari o`qituvchi ishtirokida bajariladi.
9. Zanjirda o`ramlari ko`p g`altaklar yoki kondensatorlar hamda tok transformatorlari bo`lganida juda ham ehtiyot bo`lish kerak. Ketma-ket ulangan induktivlik `altagi va kondensatordan tashkil topgan o`zgaruvchan tok zan-jirlari bilan ishlashda ayniqsa ehtiyot bo`lish lozim, chunki ba`zi hollarda zanjirdagi kuchlanish manba kuchlanishidan oshib ketishi mumkin.
10. Laboratoriya jumisini bajarayotganda o`lchov asboblari ishlamay qolganda, ayrim asboblarning qizishi yoki tutun hidi sezilganda yoki o`lchov asbobining strelkasi shkaladan chiqib ketganda zanjir darhol tok manbaidan uziladi.
Har bir talaba asboblarni ishlatayotganda biror kamchiligini yoki xavfsizlik texnikasi qoidalari buzilganini sezsa, darrov o`qituvchini xabardor qilishi kerak.
Har qaysi Laboratoriya jumisini bajarishda kuzatish va o`lchash natijalari alohida daftarga yozib boriladi. So`ngra har bir mavjud bo`lgan asosiy formulaga kiruvchi kattaliklarning o`lchangan son qiymatlarini qo`yib hisoblashni bajaradilar.
O`lchash va hisoblash natijalarini o`qituvchi tekshirib, mazkur Laboratoriya jumisining to``ri bajarilganligini tasdiqlaganidan va ish bo`yicha xisobot topshirilganidan keyingina boshqa ishni bajarishga o`tish mumkin.



Download 1.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling