Kechirganlari
Download 6.67 Mb. Pdf ko'rish
|
Tom Soyerning boshidan kechirganlari. Mark Tven
0 ‘N YETTINCHI B O B
QAROQCHILAR 0 ‘ZLARINING KO'MISH MAROSIMLARIGA ISHTIROK ETADILAR Shanba kunlarining tinchgina kechki paytlari... Polli xola, Meri, Sid va missis Garpeming barcha oilasi qayg4i-hasrat va ko‘z yoshlariga ko'milib, mo- tam kiyimlari kiyib olganlar. Bu yer awaldan ham uncha to‘polon joy bolmagani uchun, hozir ayniqsa jimjit bolib qolgan. Bu yerda yashovchilar xayollari parishon holda o‘zlarining odatdagi ishlarini bajarib yurar va dam-badam xoYsinib qoyar edilar. Bolalar bolsa, shanba kungi dam olishni ham o‘zlari uchun oglr bir narsa deb sanaydilar. Oyinlar ham odat- dagidek qovushmay, kam-kam bolib, nihoyat ular oynashni ham batamom yigishtirib qoydilar. Kechga yaqin Bekki Techer yolglz edi, maktab hovlisida o‘zini hech narsa bilan ovuntirolmay, o‘z-o‘zicha so'zlab otirar edi: - Hech bolmasa, u menga hadya qilgan mis soqqa bolsa-chi! Hozir qolimdaxotirlaydigan hech narsa yo‘q. 147 Bekki bir olcsib qoydi-yu, yana davom etdi: - O'sha uchrashuvimiz xuddi mana shu yerda bolgan edi. Oh, qani o'sha uchrashuvimiz yana takrorlansa, men endi unga hech bir yomon so‘z aytmagan bolar edim. Biroq u endi yo‘q va men uni endi hech vaqt ko‘rolmayman. Shunday fikrlar uning yuraklarini ezar edi. Ko‘zlari jiqqa yoshga to lib ketdi. Keyin bir to‘da o‘gll va qiz bolalar - Tomning mak- tabdoshlari kelib, hammalari devor yonida to'xtab, halok bolganlarga hurmat yuzasidan tovushlarini sekin chiqarib, Tomning qilgan ishlarini va Joning aytgan so‘zlarini yodlashardi. Ulami eslovchilardan har qaysilari yo‘qolgan bolalaming turgan yerlarini aniq ko‘rsatib: «Men hozir qanday turgan bolsam, o‘sha vaqtda ham xuddi shunday turar edim, u mana bunday qilib kulimsirab qolgan edi, o‘shanda men buning ma’nosini bilmagan edim, hozir tushunib turibman», - der edi. Ulami eng so‘nggi va tirik vaqtlarida koVganlar kimlar degan mavzuda suhbatlashib ketdilar. Qa- chonki, o‘sha halok bolgan o'rtoqlarini hamma- dan keyin ko‘rib, so‘zlashib qolganlar kimlar ekani aniqlanganda, ular gtirurlanar, boshqalari esa bu- larga rashk nazari bilan qarab turar edilar. Bolalar dan biri boshqa durustroq so‘z topolmay, sezilarlik bir kibr bilan: - Tom Soyer meni bir kuni olgidek do‘pposlagan edi, - dedi. Biroq uning bu tariqa shuhrat qozonishi o‘rinli bolib chiqmadi. Bolalar halok bolgan qahramonlami ehtirom bilan yodlay-yodlay tarqalishdilar. Ertasi kuni ertalab maktabda mashgtilotlar tamom bolgandan keyin, odatdagi shoshilish va jaranglagan tovush o‘miga, qo‘ng‘iroq sekin-asta og‘ir va uzoq tovush bera boshladi. Оtgan-ketganlar 148 birin-ketin cherkov eshigiga to^lanishib, bu qayg'uli voqea to‘g‘risida shivirlashib so'zlashar edilar. Bu kichkinagina cherkovning qachon bolsa ham shun- chalik tola bolganini hech kim eslayolmaydi. Birdan hamma yoq jimib qoldi. Cherkovga Sid bilan Merini ergashtirib, Polli xola, uning orqasidan Garperlar oilasi kirib keldi. Hammalari qop-qora motam ki- yimiga o‘ralgan. Cherkovdagilaming hammalari bir kishidek, shu jumladan keksa domla ham hurmat bilan o'midan turib, halok bolganlaming qarindosh- lari oldingi qatordagi kursilarga borib otirgunlaricha tikka turdilar. Keyin yana tinchlik hukm surdi va bu tinchlikni bo‘g‘iq ho‘ngragan yigl tovushlarigina buzib turar edi. Nihoyat, domla qollariniyozib ta’ziya marosimini boshladi. Kishiga qattiq ta’sir qiladigan va’z va ancha duolar о‘qildi. Domla halok bolgan bolalaming xususiyatlari, kam uchraydigan qobiliyatlari va boshqachalikla- rini shunday ochiq va ravshan tasvirlab berdiki, cherkovda o'tirganlar ichida halok bolgan bechora bolalaming yaxshiliklaridan ko‘z yumib, faqat ular- ning kamchilik va nuqsonlarinigina ко “rib kelganlari uchun vijdonan azoblanib o‘z ichida oldnmagan biror kishi ham qolmadi. Domlaning so'zlari borgan sari ta’sir eta bor di. Yiglndagilarning ko‘ngillari tobora yumshab, hammalari bolalaming qarindoshlariga qo'shilib birdan ho'ngrab yiglay boshladilar. Hatto domlaning o‘zi ham chidab turolmay, yiglab yubordi. Xalq ichidan qandaydir bir shovqin chiqdi, lekin bunga hech kim e’tibor qilmadi. Oradan biror daqiqa otishi bilan, tashqari eshik gljirladi. Domla, yoshga tolgan ko'zlaridan ro'molchasini olib, boshini kotarib qaragan edi, hayratidan surat bolib qotib qoldi. 149 Buni ко‘rib otirgan kishilardan biri, keyin ikkin- chisi, so'ngra uchinchisi, to‘rtinchisi qaradi va bir damda cherkov ichida oUrgan butun xalq o'midan turib qaray boshladi. Ko'rsalarki, oldi deb hisoblan- gan bolalaming uchalasi ham domla turgan meh- robga tomon yurib kelmoqda edilar. Oldinda Tom, undan keyin Jo, eng orqada o'zining uvada bolib ketgan kiyimlariga qaray-qaray Gek kelar edi. Bular ko‘p vaqtlardan beri o'zlarining motamlarini eshitib otirgan edi. Polli xola, Meri va Garperlar o'zlarining tirilib kel gan sevikli bolalari oldiga yugurib borib, ulami o'pib quchoqlay boshladilar. Biroq bechora Gek shuncha tikilgan ko‘zdan qayoqqa qochishini va o‘zini qayoq- qa urishni bilmay, uyalib qarab turar edi. U atrofga qaray-qaray endi qochmoqchi bolib turganida Tom uning qolidan ushlab olib: - Polli xola, bunday qilish yaramaydi. Gek uchun ham kim bolmasin birov shodlanishi zarur-ku! - dedi. - Ha, albatta, bolam. Men shu yetim bechorani koYganim uchun butun vujudim bilan sevinchlarga tolaman. Shu so‘zlar bilan Polli xola Gekka qarab, uni awal- gidan ham ortiqroq uyaltiruvchi, erkalovchi so‘zlar yog‘dira boshladi. Keyin hammalari birdan ashula aytib yubordilar. Qadim zamonlardan qolgan tashakkur duosining ashulasi bu choqqacha eshitilmagan darajada g‘oyat jaranglab eshitilar, dengiz qaroqchisi Tom Soyer bolsa o‘ziga rashk bilan tikilib turuvchi o‘rtoqlariga qarar ekan, ko'nglida umrining eng yaxshi daqiqa- larini kechirayotgandek his qilar edi. Kelgan kishilar uy-uylariga tarqalishar ekanlar, bir-birlari bilan so'zlashib, garchi o'zlarini uyatsizlarcha aldatgan bolsalar ham, ammo bunday ajoyib bajarilgan tari- 150 xiy munojotni yana eshitish uchun tagin bir karra ahmoq bolishga rozi edilar. Shu kuni Tom Polli xolaning kayfiyatiga qarab shuncha о‘pish va shuncha chertmoqlar oldiki, agar hisoblasa, ular bir yilga yetarlik edi. Download 6.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling