Kechirganlari


Download 6.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/63
Sana05.10.2023
Hajmi6.67 Mb.
#1692653
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   63
Bog'liq
Tom Soyerning boshidan kechirganlari. Mark Tven

YIGIRMA IKKINCHI BOB 
TOM KO‘KDAN JAZO KUTADI
Tom yangi bir jamiyatga, ya’ni «Hushyorlikning 
yosh do'stlari» jamiyatiga kirdi, chunki bu jami- 
yatning a’zolariga juda g'alati nishonlar berar edi­
lar. Undan hech vaqt tamaki chekmaslik, yomon 
so'zlar bilan soTdnmaslikka va’da oldilar. Shundan 
keyin u yangi bir haqiqatni kashf qildi: agar biror 
kishining bir ish qilishini istasang, o'sha kishi 
bu ishni umr bo^i qilmaslikka va’da bersin. Bu 
juda to‘g‘ri yol. Qizig'i shundaki u odamda o‘sha 
ondayoq ichkilik ichish va so‘kishishga kuchli 
istak tuglladi. Undagi bu istak borgan sari о‘sib 
boradi, uni faqat tezdan qip-qizil ro'molga o'ralib 
xalq oldida ko‘rinish umidigina to'xtatib turar, 
bolmasa u albatta Hushyorlik jamiyatidan chiqib 
ketib qolar edi. To'rtinchi iyul20 yaqinlashib kelar- 
di, biroq hushyorlik ishonchxonasida tura bosh- 
laganining uchinchi kuniyoq u bu kun to‘g‘risida 
о “ylamaydigan bolib, o‘zining butun umidini Frezer 
degan qari sudyaga boglagan edi. Bu sudya shu 
vaqtda olim to'shagida yotardi. U olganidan keyin 
ko‘mish marosimi ham juda dabdabali bolsa ke­
rak, chunki u xiyla obroli kishi. Tom uch kun qa- 
torasiga sudyaning sogligl to‘g‘risida juda qiziqib 
yurdi, u sabrsizlik bilan dam-badam borib uning 
olgan-olmaganligini so'rab turar edi. Ba’zida 
Tomning umidlari shunchalik zo'rayib ketardiki, u 
qaysarlik bilan borib komoddan o'zining nishonla- 
rini olib, ko'zguga solib ko'rar edi. Biroq sudyaning 
sogligl goh yaxshi, goh yomon bolib turar edi. Ni­
hoyat, sudyaning ahvoli awalgidan ancha yaxshi, 
keyin esa butunlay tuzalib ketayotir, degan xabar
20 
To'rtinchi iyul - Amerika Qo'shma Shtatlarida nishonlanadigan 
Amerika mustaqilligining bayrami (1776-yil).
179


tarqaldi. Тош juda diqqat boldi, uning nazarida 
sudya uni masxara qilgandek bolardi.
Tom o‘sha ondayoq «iste’fo» berdi. Jamiyatdan 
o‘zicha chiqdi. Biroq nima boldi? Sudya o‘sha kuni 
kechasi qattiq kasal bolib birdan olib qoldi. Tom 
bundan keyin hech bir kishiga ishonib bolmas 
ekan, degan qarorga keldi. Olikni 
ko‘mish
marosimi 
juda tantanali boldi. Hushyorlik jamiyatining yosh 
a’zolari janoza marosimida shunday ulugVorlik bilan 
qatnashdilarki, ularning sobiq o'rtoqlari rashkiga 
chiday olmay, yuragi yorilib olayozdi.
Biroq Tom hozir qushdek erkin - bu ham ancha 
katta gap-ku! U istaganicha o‘z erki bilan tamaki 
ham chekadi, soldsha beradi ham. Biroq shunisi 
qiziqki, u endi bunday narsalami qilishni xohla- 
maydi. Gap shundaki, unga hech kim to‘sqinlik 
qilmagani uchun uning shu tariqa ishlarga urinishi 
yo‘qolib ketdi.
Tomning shuncha orzu qilib yurgani ta’til kunlari 
ham unga malol kela boshladi. Tomning o‘zi ham 
buni sezib hayron boldi. U kundalik daftar yurgiz- 
moqchi bolgan edi, biroq uch kungacha hech qanday 
arzirlik voqea yuz bermagani uchun bu ishni ham 
yiglshtirib qoydi.
Biroq shaharchaga negrlaming orkestri kelib, 
katta shov-shuv boldi. Tom bilan Jo Garper ham 
o'zlaricha bir to‘da muzikacbilami to'plab, bular ham 
ikki kungacha o‘zlarini baxtli sanab yurdilar.
Hatto mashhur va shonli To‘rtinchi iyul kuni ham 
muvaffaqiyatsiz otdi: yomglr yoglb turgani uchun 
marosim qilib bolmadi, dunyoda eng ulug‘ odam 
sanalgan (Tomning fikricha shunday) va Qo‘shma 
Shtatlarning chinakam senatori bolgan mister 
Bentonning ham hafsalasi pir boldi, chunki и bo tyi 
yigirma besh futlik pahlavon bolmay, pak-pakana 
bir kishi bolib chiqdi.
180


Ot oyini keldi. Bolalar shundan keyin uch kun- 
gacha yirtiq gilamlardan tikilgan chodirlar ichida 
tomoshalar ko'rsatib, unga kirish uchun o‘g‘il 
bolalardan uchtadan, qiz bolalardan ikkitadan 
to‘g‘noglch olib turdilar, biroq keyinchalik borib bu 
ham jonlariga tegdi.
Keyin gipnozchi keldi.
Ba’zida o‘g‘il va qiz bolalar uchun kechalar o'tka- 
zilar, biroq bunday kechalar shunchalik kam bolar 
va shunchalik ko*p shodlik keltirar ediki, ulaming 
orasidagi cho'zilib ketgan vaqt go У о kishining tanasi- 
dagi og‘riqdek sezilib turar edi.
Bekki Techer yozni otkazib kelish uchun, ota- 
onalari bilan birga tugllgan shahri - Istanbulga 
jo‘nab ketdi; ujo'nab ketgandan keyin turmushning 
butun shodlik va lazzatlari ham yo‘qoldi.
Odam oldirishning dahshatli siri Tom uchun 
qutulib bolmaydigan bir baxtsizlik edi. U go У о yi- 
ringlagan yaradek tinmay azob berar edi.
Keyin qizamiq degan kasal paydo boldi.
Tom ikki haftacha tutqundek yotdi. Kasali juda 
oglr, uni hech narsa qiziqtirmas edi. Nihoyat uning 
ahvoli biroz yaxshi bolib, birinchi marta oyoqlarini 
zo‘rg‘a sudrab shahami aylangani chiqqanida, u qa- 
yerga bormasin va nimani ko'rmasin, hamma narsa 
uning ko'nglini qoldirar edi. U Jo Garpeming oldiga 
borgan edi, biroq u Injilni o'rganmoqda ekan, Tom 
xafa bolib, bunday ko'ngilsiz tomosha oldidan tezroq 
ketishga shoshildi. U Benn Rojersni qidira boshla­
gan edi, Benn savatga diniy kitobchalami toldirib 
olib, eng kambag‘al kishilaming uylarini aylanib 
yurar ekan. Nihoyat u Jim Xollisni izlab topgan edi, 
u Tomga qarab: - Senga o‘z gunohlaringga tavba 
qildirish uchun kolcdan qizamiq balosi keldi, - deb 
aytdi. Unga uchragan yangiliklarning har bittasi uni 
ezib yotgan oglrlikka battar oglrlik qo‘shar edi. Shu
181


ishlardan keyin u tola umidsizlikka berilib, o‘zi 
uchun Geklberri Finn yonidan panoh istagan edi, 
biroq u ham Tomni Injil oyatlari bilan qarshi oldi. 
Tom bunga sira chidab turolmadi, uning yuragi 
yorilib ketgan edi: u oyoqlarini sudray-sudray uyi- 
ga zo'rg'a yetib kelib, o‘zini karavotga tashladi va 
endi o'zini butun shaharda halokat chuquri yoniga 
borgan birdan-bir gunohkor deb hisoblay boshladi.
Kechasi qattiq bo‘ron turdi, havo guldirab, 
chaqmoq chaqdi-da, qattiq yomg'ir yog'di.
Tom boshini ko'rpaga burkab, hayajon ichida 
o'zining halokatini kutar edi. Bu g‘avg‘o-to‘polonlar- 
ning hammasi uning tufayli bolganiga hech shubha 
qilmas edi. U o‘z gunohlari bilan Xudoning ham 
sabr-toqatini tugatgan va endi omon qolmasligiga 
qattiq ishongan edi. Basharti biror kishi kana- 
ga qarshi artilleriya batareyasini qatorlashtirib 
qo^ganida, Tom buni behuda kuch va o‘q sarf qi- 
lish deb hisoblar edi, biroq shu Tomdek arzimas bir 
hasharotni halok qilish uchun osmondan shunday 
qimmatbaho guldurak va yashinlaming tushib ke- 
lishiga u hech ajablanmas edi.
Sekin-sekin bu gulduraklar tarqalib, o'zining 
asosiy vazifasini bajarmay ketdi. Bolalaming bi­
rinchi istaklari, xudoga shukr qilish va bundan 
keyin o‘zlarini tuzuk tutishga harakat qilish, 
ikkinchi istaklari - biroz sabr qilib turishdan ibo- 
rat edi, chunki havoning qaytadan ayniydigan va 
dovul-bo'ronlar qo‘zg‘aladigan avzoyi yo‘q emas edi.
Ertasi yana doktor chaqirishga to‘g‘ri keldi, 
chunki Tom tagln kasal bolib qolgan edi. Chalqan- 
chasiga yotib o'tkazgan uch hafta bu gal unga 
bir necha yildek tuyulgan edi. Nihoyat u uydan 
tashqariga chiqar ekan, ajaldan omon qolganiga 
xursand ham bolmadi. U so'nggi vaqtlarda qan­
day yolglzlik bilan yashaganini unutgani yo‘q. U,
182


atrofga qaramay, ko‘chada to‘ppa-to‘g‘ri ketib borar 
edi, u birdan Jim Xollisga duch kelib qoldi; Jim 
bir mushukni qiynab oldirgan bir to‘da bolalar 
ichida bosh sudyalik qilib otirar, aybdomi qotil- 
likda ayblar edi. Shu yeming o'zida oldirilgan bir 
qushcha ham yotar edi. Bir burchakda Jo Garper 
bilan Geklberri Finn o‘g‘irlab olgan qovunlarini yeb 
otirar edilar. Bechoralar! Yaqinda Tomda bolga- 
nidek bularning ham eski kasallari qo‘zg‘alibdi.

Download 6.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling