Kechirganlari


YIGIRMA SAKKIZINCHI B O B


Download 6.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/63
Sana05.10.2023
Hajmi6.67 Mb.
#1692653
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   63
Bog'liq
Tom Soyerning boshidan kechirganlari. Mark Tven

YIGIRMA SAKKIZINCHI B O B  
HINDI JONING KULBASIDA
Tom bilan Gek o‘sha oqshomdayoq o^lagan 
xavfli ishlarini qilib ko'rmoqchi boldilar. Ular soat 
to'qqizgacha qovoqxonaning oldida aylanib yurdilar. 
Birovi katta ko'cha tomonidagi eshikni poylasa,
217


ikkinchisi boshi berk ko'chaga chiqadigan eshikni 
kuzatar edi. Torko'cha ichida hech kim ko‘rinmas- 
di. Oshxonaga kirgan va chiqqanlar orasida ana u 
ispaniyalikka obcshash kishi ko'rinmas edi.
Kecha bulutsiz boladigandek korinar edi. Tom, 
agar qorongl bolsa, oVtoglning derazasi yaqiniga ke­
lib miyovlamoqchi boldi-da, uyiga qarab ketdi. 0 ‘rtog‘i 
kelib miyovlab chaqirsa u chiqadi-da, ikkovlari borib, 
kalitlami solib koVa boshlaydilar. Lekin kecha oydin 
boldi, shuning uchun Gek soat 
0‘n ikkidan keyin 
kuzatuvchilik ishini yiglshtirib qoydi-yu, bo‘sh bir 
qand bochkasining ichiga kirib uyquga ketdi.
Seshanba kuni bolalaming ishlari yana o‘ngidan 
kelmadi. Chorshanba kuni ham shunday boldi. 
Ammo payshanba kuni kechasi juda qorong‘i 
boladiganga o'xshab turar edi. Tom qoliga xola- 
sining eski fonusini va uni yopib yurish uchun bir 
sochiq olib, uydan chiqdi. Fonusni Gek yotib yuradi- 
gan bochkaning ichiga yashirib qo^di-da, ikkovlari 
ham poylab yura boshladilar. Yarim kechaga bir 
soat qolganda, qovoqxonani berkitib, chiroqlarini 
o'chirdilar. Boshqa uylardagi chiroqlar bolsa allaqa- 
chon o‘chgan. Ispaniyalik ko'rinmas edi. Umuman 
hozirgi sharoit bular uchun juda qulay edi. Kecha- 
ning qoronglligidan hech narsani ко‘rib bolmasdi. 
Jimlikni har zamonda uzoqlardan eshitiladigan 
momaqaldiroqning gurullashigina buzar edi.
Tom fonusini oldi, bochkaning ichida yoqdi, 
sochiq bilan mahkam qilib o'radi, shu holda qah- 
ramonlarimiz qovoqxona tomonga qarab jo ‘nadi- 
lar. Gek qovoqxonaning katta ko‘cha tomonidagi 
eshigi yonida poylab qoldi, Tom bolsa paypaslab 
torko'chaning ichiga qarab yurib ketdi. Qorongllik 
va jimjitlik ichida Gekni dahshatli vahima bosib 
ketdi. U endi shunday qorongllik ichida fonus 
yorug‘ining bir marta yarqirab ko‘rinib ketishini 
istay boshladi. Garchi to'satdan chiroq yorug‘i
218


ko‘rinishi bilan u qo'rqib ketsa ham, lekin bu bilan 
Tomning hali tirik ekaniga ishongan bolar edi.
Tom yo‘q bolib ketganidan beri bir necha soatlar 
o‘tib ketgandek ko'rinar edi.
«Aftidan, uning uchun yomon bir narsa yuz bergan 
bolsa kerak. Balki u hayajonlanganidan va qo'rqqa- 
nidan olib ham qolgandir», - deb o^lar edi Gek.
Shunday tashvishli xayollar ichida Gek sekin-as­
ta torko'chaga yaqinlashib borar ekan, ko‘z oldiga 
har xil yomon narsalar koYinar va damba-dam 
biror falokat yuz berishidan xavfsirar edi. U zo‘rg‘a 
nafas olar, yuragi bolsa shunday qattiq urar ediki, 
Gek: «Yuragim yorilib ketadimi», deb o‘zidan-o‘zi 
qo'rqar edi.
Birdan chiroq yorugl ko‘rindi-da, oldidan Tom 
yugurganicha olib keta turib:
- Yugur, qochib qol, tezroq o‘zingni qutqar! - deb 
shivirladi.
Takrorlab otirishga to‘g‘n kelmadi. Tom so‘zini 
tamom qilmasdanoq Gek allaqachon shataloq otib 
qolgan edi. Bolalar shahaming narigi chekkasidagi 
eski qushxonaga yetgunlaricha to‘xt am ay yugu- 
rib ketdilar. Ular ayvon tagiga kirib yashirinishga 
ulgurmagan ham edilarki, birdan havo guldurab, 
chaqmoq chaqdi-da, jala quyib yubordi. Tom na- 
fasini biroz rostlab olgandan keyin so‘zlay boshladi:
- Oh, Gek, qanday qo'rqinchli bilsang. Men ka- 
litlardan ikkitasini solib ko‘rdim. Mumkin qadar 
tovush chiqarmaslikka tirishdim, biroq, shuncha 
ehtiyot qilishimga qaramay, ular sharaqlar edi. 0 ‘zim 
ham sezmasdan eshikni itarib yuborgan edim, eshik 
ochilib ketdi. U quluflanmagan ekan. Men sakrab 
turdim-da, sochiqni ham tushirib yuborib, keyin... 
hoy, buyuk Sezarning sharpasi...
- Xo'sh, keyin nima boldi, Tom?
- Gek! Men xuddi hindi Joning qoliga tushiV 
qolayozdim.
219


- Rostdanmi?
- Rost.
- U o'sha hujrada, qollarini ikki yoqqa tashlab 
yerda cho‘zilib uxlab yotgan ekan.
- Xo‘sh, keyin nima qilding uyg‘ondimi, u?
- Yo‘q, u hatto qimirlamadi ham. Aftidan mast 
bolsa kerak. Men sochiqni oldim-da, qochib qoldim.
- Shunday vaqtda sochiq esingga kelganini qara!
- Sochiqni yo'qotib qoysam, xolamdan kaltakka 
olardim.
-Menga qara Tom, sandiqchani-chi, sandiqchani 
koVmadingmi?
- Ana bu gapingni qara, Gek! Shunday vaqtda 
qarab turishga ftirsat boladimi? Yerda, hindi Joning 
yonida, bir tunuka quticha bilan bir bo‘sh shisha 
yotar edi, undan boshqa na sandiq, na xoch koVdim. 
Yana o‘sha uy ichida ikkita kichkina bochka bilan 
juda ko'p shisha ko'rdim. Endi u yerda qanday jinlar 
yurishini bildingmi?
- Xo'sh, qanday jinlar yurar ekan?
- Araqning jini-da! Balki Hushyorlik jamiyati- 
ga qarashli shunday yerlarda doimo shunday 
«jini bor» uylar boladigandir-da? Sen qanday deb 
oyiaysan, Gek?
- Shunday bolishi ham mumkin. Kim buni shun­
day deb oyiar edi. Tom deyman, hindi Jo mast bolib 
yotgan bolsa, hozir sandiqchani olish uchun juda 
qulay vaqt ekan-da!
- Borib ko‘r bolmasa...
Gek bir seskanib ketdi.
- Yo‘q, bormayman.
- Mening ham borgim yo‘q, Gek. Hindi Joning 
oldida birgina shisha yotgan bolsa, bu - oz. Uning 
oldida aqalli uchta shisha bo'shab yotgan bolsa, 
unda balki borsa bolar edi.
Ular anchagacha jim turdilar-da, keyin Tom:
220


- Bilasanmi, Gek, - dedi, - bu hindining shu 
uyda yo'qligini aniq bilmagunimizcha bu ishga 
urinmaymiz, negaki juda qo'rqinchli. Agarda har 
kuni kechasi poylab yursak, uning birdamas-birda 
uydan chiqib ketayotganini ко‘rib qolamiz. Shun- 
dagina biz darhol yugurib kirib, sandiqchani olib 
qochishimiz mumkin.
- Boldi bolmasa, men har kuni tong otguncha 
poylab yurishga ham roziman, faqat qolgan ishni 
bo'yningga olsang bolgani.
- Durust, men ham roziman. Faqat sen bizning ко- 
chadan ota turib, miyovlab qoysang boldi. Basharti 
anchagacha uyg'onmasam, derazaga ozroq qum so- 
chib yuborsang, men darhol sezib, yugurib chiqaman.
- Endi gap shu, bilib qoty, shartimizdan qayt- 
maymiz.
- Qani, Gek, momaqaldiroq va jala tindi, endi 
men uyga borayin. Tong otarga ham ozgina qoldi, 
ko‘p bolsa ikki soat qolgandir. Sen endi o‘sha yemi 
poylab yur, durustmi?
- Xo‘p, xo“p, men bu qovoqxonaning oldida bir 
yilgacha bolsa ham aylanib yuraveraman. Kunduzi 
uxlayman, kechalari bolsa poylab yuraman.
- To‘g‘ri, Gek. Biroq, sen qayerda yotasan?
- Men Rojers pichanxonasida yotaman. U men­
ga hech narsa demaydi. Ulaming negri Jek amaki 
ham menga indamaydi. Ba’zida o‘sha Jekka men 
suv keltirib beraman. Ba’zida u menga, ovqati bor 
mahalda, ovqat ham beradi. U juda yaxshi kishi-da, 
Tom, u meni juda yaxshi ko'radi, chunki men uning 
oldida tumshug'imni yuqori ko^arib, takabburlik 
qilavermayman. Hatto ba’zi vaqtda men u bilan bir 
tovoqdan osh yegan vaqtlarim ham boldi. Men un­
day takabbur emasman. Faqat sen buni hech kimga 
aytma. Ochlik bu yomon narsa, och, och qolsang 
shunday ishlami qilasanki, to‘q bolsang bunday 
ishlar yetti uxlab tushingga ham kirmas edi.
221


-
Yaxshi, Gek, men seni kunduz kunlari bezovta 
qilmayman. Agarda seni uyg‘otadigan bolsam, juda 
zarur vaqtlardagina uyg'otaman. Basharti sen ke­
chasi biror narsani sezib qolgudek bolsang, darhol 
derazaning tagiga kelib miyovlasang bas.

Download 6.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling