Kechirganlari
Download 6.67 Mb. Pdf ko'rish
|
Tom Soyerning boshidan kechirganlari. Mark Tven
izi
kabi bo lib ketgan, kishini adashtiradigan juda ко*р tor yolchalardan iborat edi. Kishilarning aytishlaricha, bu son-sanoq- siz kovaklar va tor yer osti yollari ichida kecha-kun- duz yurib g‘or ichidan chiqib ketishga yol topolmay yuraverish mumkin ekan. Chunki u yollar borgan sari pastga tushib borar va har bir joyda ustma-ust, kishi adashadigan poyonsiz yollar joylashgan; bu g'oming ichki yollarini yaxshi bilaman, deb biror kishi ham maqtana olmas va uni bilib olish mumkin ham emas edi. Odat bo'yicha yoshlar uning kichikroq bir qismi bilangina tanishib chiqar edilar-da, o'zla- riga tanish bolgan shu yerdan nariga otmas edilar. G‘omi boshqalar qanday bilsalar, Tom Soyer ham shunchalik bilar edi. Bolalar to'dalashib bosh yolak Ьо*у1аЬ chorakam bir milga yaqin yol yurdilar, keyin to‘da-to‘da va juft-juft bolib bolindilar-da, ikki tomondagi tor yolaklarga kirib keta boshladilar. Shu tor yolaklar ichida aylanib yurib, yolaklarning qo'shilishgan yerlarida bular ham bir-birlariga duch kelishib qolar edilarda, yana ajralishib ketar edilar. Bunda g'oming hammaga «malum» qismidan nariga chiqmay turib ham yarim soatlab bir-birlarini ko'rolmay yurish mumkin edi. Bolalar sekin-asta to‘da-to‘da bolishib, hansira- shib, charchagan va shodlangan holda boshlaridan oyoqlarigacha mo In tomchilari bilan qoplanib va 226 ust-boshlari tuproq bo lib, sayohatlarining muvaf- faqiyatli bolganidan quvonishib, birin-ketin g‘ordan chiqib ketar edilar. Tashqarida kun endi kech bolib qolganini ko‘rgan bolalar, vaqtning qanday tez otib ketganiga hayron qolar edilar. Kemadagilar orqaga qaytishga tayyorlanib, bulami yarim soatdan beri qo'nglroq chalib chaqirib yotar edilar. Kema bu quv- noq bolalami olib, daiyo qirg'og'idan jo‘nab yolga tushar ekan, kema kapitanidan boshqa hech kim yo'qotgan vaqtlari uchun zarracha achinmas edi. Kemaning chiroqlari pristan yonidan koVinib otib borayotganda Gek allaqachon o'zining poyloqchiligi- ga chiqib turgan edi. Kemadan tovush eshitilmadi, bolalarning hammasi charchaganliklaridan jim bolishib, so‘zlashmasdan ketib borar edilar. Gek bu kema kimniki ekan va nima uchun pristanda to'xta- may olib ketdi, deb biroz hayron bolib turdi-da, keyin uni esidan chiqarib yuborib, butun diqqatini o‘z vazifasiga qaratdi. Soat o‘nga borib zang urdi, ko‘chada shaldirab o'tayotgan arava tovushlari ham bosildi: har yer-har yerda tarqoq holda ko'rin- gan chiroqlar ham bora-bora ko‘zdan g'oyib boldi. Shaharcha ham mudrab, kichkina soqchimizning yolglz o‘zi qoldi. Soat o‘n birda qovoqxonaning ham chirogl o'chdi. Endi butun atrof qorong'ilik qo‘yni- ga kirdi. Gek o‘z nazarida juda ham uzoq vaqtlar kutib turgandek boldi, lekin hech qanday hodisa yuz bermadi. Uning ishga bolgan ishonchi susaya boshlagan edi. Bu ishlar o‘zi nimaga kerak? Poylab o‘tirishga arziydimi? Bochka ichiga kirib olib uxlay berish yaxshi emasmi? Uning quloglga qo'qqisdan yengilgina sharpa eshitildi. U o‘zini hushyor tutib, diqqat bilan ting- lay boshladi. Eshik sekingina yopildi. Gek g'ishtin devorli saroy oldiga jmgurib otib oldi. Oradan biror daqiqa o‘tar-o‘tmas, uning oldidan ikki kishi o'tdi. 227 Ulardan binning qoltig'ida bir narsa borga o'xshab ko'rindi, o'sha sandiqcha bolsa kerak. Bular endi o‘sha boylikni olib ketayotgan ekanlar-da! Endi nima qilish kerak. Tomni chaqiraymi? Men Tomni chaqirib kelgunimcha bular sandiqchani olib ketib qoladilar, keyin qayerdan axtarib topib boladi? Yo‘q, u shularning orqasidan poylaydi. Gek o'zicha shunday mulohazalarga borib, joyidan sekin-asta chiqdi-da, sichqonni poylagan mushukdek hali- gilaming orqalaridan bitta-bittayurib ketdi. U oyoq yalang holda ulardan biroz uzoqroq, lekin ulaming qorasini yo'qotmay yurib borar edi. Ular daryo yoqalab borib, keyin chap tOmonidagi bir ko'ndalang ko'chaga burildilar-da, tepalikka chiqib ketadigan so'qmoq yolga yetguncha to‘ppa- to‘g‘ri yurib bordilar. Ular oyianib turmasdan, tepa yon-bag‘ridagi uyni ham bosib otib, yarim yolda yuqoriga qarab chiqishda davom etdilar. «Ha, ha!» - deb o^ladi Gek o'zicha, «bular pullami eski tosh qaziydigan yerga ko'mmoqchi ekanlar-da». Biroq ular tosh qaziydigan yerning oldida ham to'xtamadilar, undan nariga jruqorilab yurib bo rar edilar, keyin yana bir torgina egri-bugri yolga tushib olib, biroz yurganlaridan keyin tor, quyuq chakalakzorlar orasiga kirib ko'zdan yo'qoldilar. Gek qadamlarini ildamroq tashladi, chunki ular buni ko'rmas edilar. U ba’zan yugurib chopib ketar edi-da, keyin sekinroq yurar edi. Yana bir necha qadam yurgandan keyin butunlay tobctab quloq sola boshladi. Hech bir tovush chiqmadi. Gek faqat Download 6.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling