Kechirganlari
Download 6.67 Mb. Pdf ko'rish
|
Tom Soyerning boshidan kechirganlari. Mark Tven
o‘z
yuragining urganinigina eshitar edi. Te- paning ustidan bir boy о‘g lining mash’um tovushi keldi. Biroq ulaming oyoq tovushlari eshitilmas edi. Nahotki mehnatlarim bekor ketgan bolsa? Gek endigina qaytib ketmoqchi bolib turgan edi, birdan o'zidan ikki qadam chamasi yerda birov 228 yotaldi. Gekning nazarida, joni go У о halqumiga irg‘ib chiqqandek boldi. Biroq u o'zini bosib olib, o‘midan qo‘zg‘almay turaverdi. Hozir u o'ziga go^o birdaniga isitma bezgak kelib yopishgandek, butun tanasi bilan qaltirar edi va shunday bo‘shashib ketdiki, o'zini hozir xuddi yiqilib tushadigandek sezar edi. U hozir turgan yerini tanib oldi; hozir u beva xotin Duglasning hovlisi atrofidagi devordan besh qadam narida turar edi. «Yaxshi, - dedi u, - shu yerga ko‘mib qoyaversin- lar, harholda qidirib yurishga to‘g‘ri kelmaydi». Keyin hindi Joning tovushi eshitildi: - Arvoh urguming mehmoni bor shekilli, uyida shu vaqtgacha chiroq yonib turibdi, - dedi. - Qayerda chiroq ко‘r ding? Menga ko'rinmay- di-ku! Ikkinchi tovush - hindning oVtoglniki edi. Bolalar uni sihrli uy yonida koVgan edilar. Geklberri Finning butun tanasini qaltiroq bosib ketdi. Bulaming o‘ch olmoqchi bolgan kishilari shu ekan-da! Uning bi- rinchi rejasi shu ondayoq qochib ketish edi, keyin u beva xotin Duglasning unga ko'p yaxshiliklar qilgani esiga tushdi. Bu kishilar balki uni oldirish maqsa- didadirlar? U beva xotinning oldiga borib, uni bu to'g'rida ogohlantirib qo‘yolmasligi uchun achinar, o'zining bu ishga botinolmasligidan jahli chiqardi. Hindi oVtoglga javob berib ulgurmaguncha Gekning xayolidan mana shular va boshqa ko‘p narsalar otib ketdi, keyin hindi o'rtoglning so'ziga javob berib: - Senga butazorlar yorug'ni pana qilayotgan- dir, beriroqqa kel, mana bu yerga, ha, ana endi ko'rdingmi? - Ha, endi ko'rdim. Uyida mehmonlari borga o'xshaydi: shu ishni qo'yaqolsak bolmaydimi? - Men bu yerlardan butunlay ketmoqchi bo lib turibman. Bundan keyin shunday qulay fursat 229 to‘g‘ri keladimi, yo'qmi, bu ishni qoldirib boladimi? Men senga awal aytganimdek, yana takrorlayman: menga uning puli kerak emas, agar kerak bolsa, pulni sen olaqol. Lekin uning eri meni juda ko‘p xafa qilgan, u xalq sudyasi bolib turib, meni bir necha marta qamoqxonaga qamagan. Baxti bor ekan, u mening qolimga tushmay olib ketdi, biroq men endi alamini uning xotinidan olaman. - Oldirish deysanmi? Men senga uni oldira- man dedimmi? Agar u bolganda edi, men uning o‘zini oldirar edim, lekin uning xotinini oldirmay- man. Xotin kishidan o‘ch olmoqchi bolgan kishi uni oldirmaydi. Oldirish nimaga kerak? Uning basharasini buzib, bumini majaqlab, cho‘chqani- kidek quloqlarini kesib qo^sang bolgani... - Azbaroyi xudo, bu ishing... - Sen ko‘p menga aql o'rgataverma, joningdan umiding bolsa tinch o'tiraver! Men uni karavotga boglab qo'yaman, agar u shunda qonsirab olsa, bu mening aybim boladimi? Agar u olib qolsa, mening parvoyimga ham kelmaydi. Sen bolsang, menga yordam berasan, bu yerga kelishingning sababi ham shu. Men yolglz udda qilolmay qolarman. Agar qo'rqoqlik qilsang, awal boshlab seni biryoq- lik qilaman, bildingmi? Agar men seni oldiradigan bolsam, u vaqtda u xotinni ham oldiraman, shun- day qilsam, keyin bu ishning kim qilganini hech kim bilolmaydi. - Sen shuni xohlasang men nima ham der edim, qilsak qilamiz-da, qancha tez bolsa shuncha yax- shi. Badanlarimni titroq bosib ketdi. - Nima deysan? Hozir qilamiz deysanmi? Meh- monlar-chi? Yo‘q, biz chiroq o'chguncha kutib turamiz, shoshilish kerak emas. Gek endi bu qonxo‘rlaming o‘zaro suhbatlari- dan nafasini ichiga yutib, bir qadam orqaga tisa- 230 rildi. Buning uchun bir oyog'ini yerga qo“yib turib, ikkinchi oyog‘i bilan oldin o‘sha oyoq qo'yadigan yemi paypaslab-moljallab oldi. Shunday ehtiyotlik bilan orqasiga qarab ikkinchi, uchinchi qadamni qoydi. Keyin yana va yana qo“ya boshlagan edi, bir- dan uning oyogl ostida bir shoxcha qirsillab ketdi. Gekning nafasi ichiga tushib ketgan edi. Hech to vush yo‘q, jimjitlik. U sevingandan nihollar orasidagi tor yoldan orqasiga burildi-da, tovush chiqarmay oyoqlarini ehtiyotlik bilan qo'yib tez-tez yurib ketdi. Tosh qaziydigan yerga yetib olgandan keyin, endi qo‘rquv yo‘qligiga ishonib, kuchining boricha chopib ketdi. Tepalikdan pastga qarab yeldek uchib borar- di. Yoldagi fermer cholning uyiga yetib olib, uning eshigini mushti bilan ura boshladi. Choi bilan uning ikkita azamat o‘g*illari derazadan boshlarini chiqarib: - Nima shovqin? Kim u, taqillatgan? Nima kerak senga? - deb baqirdilar. - Meni tezroq ichkariga kirgizinglar, men ham- masini aytib beraman. - О‘zing kimsan? - Geklberri Finnman, tezroq kirgizinglar. - Geklberri Finn emish, uning so‘zini qaranglar. Geklberri Finn bolsa, lining oldida hamma eshik- lar ochila berishi shart emas. Shunday bolsa ham bolalar, sizlar eshikni ochib uni ichkariga olinglar, qani koVaylik, unga nima bolgan. - Xudo xayr bersin, mening aytajak so'zlarimni hech kimga so'zlamanglar, bolmasa mening holim xarob boladi. Lekin beva xotin menga har doim yax- shilik qilar edi, shuning uchun men sizlarga so‘zlab berayin. Shu so'zlami meni aytdi, deb aj^tmaslikka so‘z bersalaringiz, men sizlarga aytib beraman... - Bolalar, buning so‘zlari bejiz emas, bir narsani biladiganga o'xshaydi, - dedi chol. - Qani, bolam, so‘zlayver, biz hech kimga og'zimizdan chiqarmaymiz. 231 Oradan ueh daqiqa vaqt o'tishi bilan chol va uning o ‘g ‘illari yaxshi qurollanganlari holda tepalikning ustiga chiqib va to'pponehalarini o‘qtalib, chakalakzor orasidagi yoldan bitta-bitta yurib borar edilar. Gek ulami o‘sha tor yolakka olib borib qo“ydi-da, o‘zi bormadi. O'zi bir katta toshning orqasiga o'tib olib, kuta boshladi. Uzoq va entiktiruvchi jimlik hukm surdi. Keyin birdan ustma-ust o‘q ovozlari va kishilaming shovqinlari eshitildi. Gek buning davomini kutib turmadi. 0 ‘rnidan irg‘ib turib va tepalikdan pastga qarab, oyoqlari yerga goh tegib, goh tegmay bor kuchi bilan chopib ketdi. Download 6.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling