Kechirganlari


Download 6.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/63
Sana05.10.2023
Hajmi6.67 Mb.
#1692653
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   63
Bog'liq
Tom Soyerning boshidan kechirganlari. Mark Tven

0 ‘TTIZINCHI B O B  
TOM BILAN BEKK1 G‘ORDA
Yakshanba kuni ertalab, tong yoriy boshlashi 
bilanoq, Gek kelib fermer cholning eshigini taqil- 
latdi. Uydagilaming hammasi hali uxlab yotishgan 
bolsalar ham, kechasi tortgan tashvishlari tufayli 
tiq etgan tovushga ham uyg'onadigan darajada 
hushyor yotar edilar. Derazadan qarab:
- Kim? - deb baqirdilar.
Gek qo'rqqan tovush bilan:
- Xudo xayr bersin, meni ichkariga kirgizinglar, 
men Gek Finnman, - deb javob berdi.
- Bu ism oldida bizning eshigimiz har doim
- kechasi bolsin, kunduzi bolsin, ochiq turadi. 
Marhamat qilsinlar! - dedi.
Hamma vaqt har qayerda daydib yuruvchi bola- 
ga bu so'zlar juda ajoyib ohangda eshitildi. Bunday 
yoqimli so'zlami u umrida hech eshitmagan, hatto 
qachon bolsa ham biror kishining unga «marha­
mat qilsinlar!» deb aytganini eslayolmasdi.

232


Tezda eshik ochilib, Gek ichkariga kirdi. Unga 
joy ko'rsatdilar. Choi bilan uning ikki o‘gli bolsa 
shoshilinch favishda kiyinishda davom etardilar.
- Xo‘sh, bolam, sen juda och qolganga o'xshay- 
san, ammo bizning nonushtamiz birozdan keyin, 
quyosh chiqishi bilan tayyor boladi, bundan xotir- 
jam bol. Bolalarim bilan men bolsam, sen qaytib 
kelib, shu yerdayotib qolarsan deb о у lagan edik.
- Men juda qo'rqib ketdim, - deb so'zlay boshladi 
Gek. - Sizlar o‘q ota boshlaganlaringizdan keyin 
men kuchim boricha chopdim, uch mil yergacha 
orqamga qaramay qochdim. Endi men sizlardan 
shu ishlarning qanday bolganini bilish uchun, 
atayin yana shu la’natilaming garchi oligiga bolsa 
ham duch kelib qolmayin, deb juda erta keldim.
- Shunday bolam, bildim. Sening basharangdan 
butunlay uxlamaganing bilinib turibdi. Lekin bu­
ning zarari yo‘q. Ana, o‘rin tayyor, ovqatni yegan- 
dan keyin yotib uxlayverasan. Kechagi hodisaning 
natijasi bolsa, uncha yaxshi emas, bolam, ular 
olganlari yo‘q, bizga shunisi alam qilib turibdi. 
Bilasanmi, ish mana shunday boldi: sening tu- 
shuntirishing bo'yicha biz ularning qayerda ekan- 
liklarini bilib olgan edik. Bizlar ohistalik bilan 
bitta-bitta qadam qo'yib, ular turgan yerga juda 
yaqin bordik. 0 ‘sha yolglz so'qmoq yol, butalar- 
ning orasi yertoladek qorongl emasmi? Biz borib 
to'xtadik, aftidan, ular bilan bizning oramizda ko‘p 
bolsa besh qadamcha bolsa kerak. Birdan aksirib 
yuborsam boladimi? Juda ham noqulay ish boldi- 
da! O'zimni bir iloj qilib to'xtataman, desam ham 
bolmadi, a;ksirganim-aksirgan, to'pponchamni 
o'qtalib hammadan oldinda borar edim. Aksirib 
yuborishim bilanoq o‘g‘rilar o'rinlaridan turib, 
qocha boshladilar. Men bolalarimga «otinglar,
233


bolalar!» - deb baqirdim-da, o‘zim ham o‘q uzdim, 
bolalarim ham otdilar. Lekin uchovimizning ham 
o‘qimiz tegmay o‘tib ketgan bolsa kerak. 0 ‘g‘rilar 
qochib ketdilar. Ular oVmon oralab qochdilar, biz 
orqalaridan quva boshladik. Keyin ular to‘xtab, bizga 
qarab o‘q otdilar, lekin ulaming o‘qlari bizga zarar 
yetkazmay, yonimizdan vizillab otib ketdi. Keyin 
ulaming oyoq tovushlari ham eshitilmay qoldi. Biz 
ham ulami quvishdan to^ctab, tepalikdan pastga 
tushib politsiyalami ishga soldik. Ular bir necha 
kishiniyuborib suv bo^ini poylatib qoydilar; ertalab 
tong otgandan keyin sherif o'rmonchini tintishga 
buyurdi. Shunda mening bolalarim ham birga bor- 
dilar. Sen bizga ulaming qay tusda ekanliklarini 
tasvirlab bersang yaxshi bolar edi. Bu bizga ancha 
yordam berardi. Ammo sen qoronglda ularning 
tuslarini ham aniqlab ololmagandirsan?
- Yo‘q, men ulami oldin shaharda ко‘rib, keyin 
orqalaridan tushgan edim.
- Juda yaxshi! Qani, aytib ber bolmasa, ulaming 
tuslari qanday?
- Ulardan biri so'nggi vaqtlarda shahami oralab 
yuruvchi jingalak ispaniyalik chol, ikkinchisi bolsa 
ust-boshlari uvada, chirkin ko'rinishli bir kishi...
- Boldi, boldi, azizim, shu aytganlaringning o‘zi ki- 
foya... Biz ulaming kimlar ekanini bilamiz. Biz kecha 
ulami oVmonda koVgan edik, ular beva xotinning uyi 
oldida tentirab yurar edilar, bizni koVishlari bilan 
qochib ketdilar. Qani, bolalar, endi tezroq sherifning 
oldiga boringlar, ovqatni bolsa keyin yersizlar.
Cholning bolalari o‘sha ondayoq chiqib ketdilar. 
Ular eshikning oldiga qarab jo'naganlarida Gek 
ulaming orqalaridan yugurib borib:
- Xudo xayr bersin, bulami sizlarga xabar beruv- 
chi men ekanimni ularga bildirmanglar. Xudo xayr 
bersin. Sizlardan otinchim shu! - dedi.
234


- Durust, agar sen buni istamas ekansan, biz bu 
gapni ularga bildirmaymiz, ammo sen hech qanday 
yomon ish qilganing yo‘q-ku.
- Yo‘q, yo‘q, Xudo xayr bersin, sira ayta koYmang- 
lar.
Bolalari chiqib ketganlaridan keyin chol Gekka 
qarab:
- Ular aytmaydilar, men ham aytmayman. Lekin 
nima uchun buning oshkora bolishini istamaysan?
Gek: «Agar buni aytib berganimni bilsalar, ular 
meni albatta oldiradilar», dedi.
Chol bu simi hech kimga bildirmaslikka yana bir 
marta va’da berib, Gekdan yana:
- Bolam deyman, ulaming orqasidan poylab yu- 
rish sening xayolingga qayoqdan keldi? Nima boldi, 
ular senga juda shubhali bolib ko‘rindilarmi? - deb 
so'radi.
Gek o‘z sirini sezdirib qoymaslik yolida turli baho- 
nalar qidirib, ancha vaqt indamay turgandan keyin:
- Bilasizmi, mening turmushim juda yomon, 
o‘zim ham juda xarob bolib qolgan bir bolaman. 
Harholda mana shunday ahvollarim hammasi 
bunga qarshilik qilmasligi uchun dalil bo la oladi. 
Ana shuning uchun men ba’zida kechalari uxla- 
may, qanday qilib bolsa ham boshqacha turmush 
kechirsam ekan deb, o*ylab yotaman. 0 ‘tgan ke- 
cha ham xuddi shunday boldi. Uyqim kelmadi. 
Butunlay bu haqda o'ylab, yarim kechagacha 
ko'chada aylanib yurdim, qovoqxona yonidagi eski 
glshtin saroy oldidan o'tib borar edim, devor yoni- 
da o'ylanib turib qoldim. Birdan ikki kishi chiqib 
o‘tib qoldi, bittasining qoltiglda bir narsa bordek 
ko‘rindi. Men buni, albatta biror yerdan o‘g‘irlab 
olib ketayotgandirlar, deb o^ladim. Ulardan biri 
papiros chekib borar edi. Ikkinchisi ham mendan 
ikki qadam yerda to'xtab papiros chekdi, papi-
235


rosdan chiqqan yoruglik tufayli men ulardan biri 
o‘sha novcha, ispaniyalik kishi ekanligini bildim,
- men uni faqat chekkalariga qo^ilgan oq soqol- 
laridan tanidim. Ikkinchisi esa o'sha usti-boshi 
uvada, iflos kishi edi.
- Shu papirosning yorug‘ida sen uning uvada- 
larigacha ко‘rib oldingmi?
Gek bir nafas uyalib, indamay turdi.
- Qanday bolganini bilmadim, harholda shuni 
anglab olgan bolsam kerak.
- Xo‘sh, shunday qilib ular ketdilar, sen nima 
qilding?
- Men ulaming orqalaridan ketdim. Hammasi 
shunday bolib ehiqdi. Men ulaming nima ish qilib 
yurganlarini bilmoqchi boldim. Ular borgan sari 
yuqoriga chiqib borar edilar, men ham ular beva 
xotinning devori yoniga yetib borgunlaricha orqalari­
dan chiqib bordim. Keyin o‘sha yerda, qorongilikda 
quloq solib tura boshladim. Usti-boshi uvada kishi 
beva xotinni yoqlar edi. Ispaniyalik esa uni burdalab 
tashlayman, deb qasam ichar edi. Buyoglni men 
sizlarga aytib bergan edim...
- Nechuk! Shulaming hammasini o‘sha jingalak 
so'zladimi?
Gek har narsa qilib bolsa-da, ispaniyalikning 
kim ekanini chol xayoliga ham keltirmasligi uchun 
harakat qilar. U bir necha marta o‘zini o'nglab olish- 
ga urinsa ham, chol undan ko'zini olmay turar va 
u damba-dam so‘zida yanglishar edi. Nihoyat, chol:
- Bolam, mendan qoYqmay so‘zlayver. Men hech 
vaqt seni tutib berib, sharmanda qilmoqchi emas- 
man. Aksincha, men seni himoya qilmoqchiman. Bu 
ispaniyalik emas, sen bilmay so‘zlab qo^ding-da, 
endi so'zingni qaj^tib ololmay turibsan. Sen shu is­
paniyalik to'gVisida biror narsa bilsang ham, aytmay 
turibsan, shundaymi? Kel, endi menga ishonaqol,
236


hammasini aytib ber, men hech kimga og‘zimdan 
chiqarmayman.
Gek cholning adl ko‘zlariga tikilib turdi-da, keyin 
engashib, uning quloglga shivirlab:
- U - ispaniyalik emas, u kishi - hindi Jo! - dedi.
Chol otirgan kursisidan ag‘daiilib tushayozdi.
- Boldi, endi hamma gap malum boldi, endi tu- 
shundim, - dedi u. - Sen quloqlarini va burunlarini 
kesish to‘g‘risida so'zlaganingda, bu gaplami o‘zing 
to‘qigandirsan deb о У lagan edim. Lekin hindi Jo 
bolsa, albatta, tamom boshqa gap.
Nonushta ustida ulaming suhbatlari davom etdi. 
Shu bilan birga chol o'shalaming orqasidan chiqib 
ketayotgan vaqtda fonus yoqib, devoming ustini va 
qo'shnining yerlarini qon izi yo‘qmi ekan, deb qarab 
chiqqanini so‘zladi. Qon izlari yo‘q edi, ular bir katta 
tugun topib oldilar...
- ICHIDA NIMASI BOR EKAN?
Bu so'zlar bolaning oqarib ketgan lablaridan 
o'qdek otilib chiqqan edi. U o'zini yo'qotib qotyib, 
ko‘zlarini javdiratgan holda zo‘rg‘a nafas olar va 
javob kutib, cholning og‘ziga tikilib qarab turar edi. 
Chol ham o‘z navbati bilan javob berishdan oldin 
uch, besh, o‘n soniya chamasi unga tikilib qarab 
turdi-da, keyin:
- Tugun ichida o‘g‘rilaming asboblari bor edi. 
Lekin senga nima boldi?
Gek shu so'zlardan ancha yengil tortib, o'zini 
kursining orqa suyanchiglga tashlab, yengil nafas 
ola boshladi. Chol unga jiddiy ravishda va qiziqib 
qarab turar edi.
- Ana shunday, bir boylam o'g'rilar asbobi ekan. 
Bu gap, aftidan, seni ancha tinchlantiradiganga 
o'xshaydi. Lekin sen nima uchun bunday qoVqib 
ketding? Ulaming topib olgan narsalarini nima deb 
oyiagan eding?
237


Gek nima deb javob berishini bilmay, juda xijo- 
latda qoldi. Bola shu vaqt birorta o'rinli javob topish 
uchun, bor-yo‘glni berishga rozi, lekin uning o‘yiga 
hech narsa kelmas edi. Cholning sinovchan o^kir 
ko'zlari bolsa, borgan sari uning yuragiga kirib 
borayotgandek sezilar edi. Eng bolmag^ur bir javob 
to‘g‘ri kelib qoldi, lekin uni o“ylab o‘tirishga vaqt 
bolmaganidan, Gek oyiab turmay:
- Men sizni... yakshanba kungi maktabda o‘qila- 
digan kitoblami topib olgandirsiz, deb otylagan edim,
- dedi.
Bola bechora juda xafa bolganidan, yuzida jilma- 
yish alomati ham sezilmadi, chol bolsa shodlik bilan 
qattiq xoxolab kulib yuborganidan, uning butun oglr 
gavdasi tebrandi. Nihoyat, toyguncha kulib bolgani­
dan keyin, «bunday kulgi, kishiga ancha iqtisodiy 
jihatdan foydali bolib, kishini doktor va dorivorlarga 
boladigan chiqimlardan qutqazadi», - dedi.
- Bola bechora-ey! - der edi u, - sen juda char- 
chab qolgansan, ranglaring oqarib ketgan, an- 
chagina tobing yo‘q bolsa kerak. So‘zingdan biroz 
yanglishayotganingning sababi ham shu. Ha, bular 
hech gap emas, yaxshi bolib qolasan. Uxlab dam 
olsang, hushyor bolib qolasan.
Gek o‘zining ahmoqligi va o‘zini-o‘zi tuta bilma- 
ganligi uchun oldnar edi, - axir u yovuz-o'gVi odam- 
laming gaplaridan, o'sha joyda, ya’ni tepalikdagi 
so'qmoq yol oldida ular beva xotinni uchratganlilda- 
rini va qovoqxonadan keltirgan tugunlarida hech 
qanday xazina bolmaganligini fahmlagan edi-ku! 
Ammo u faqat bir gumon bolib, buni Gek tushunmay 
o‘sha sandiqchadir, deb o^lab, hovliqib ketgan edi.
Harholda u endi tugundagi narsaning nima ekani- 
ni bilib, juda tinchlandi. Aftidan, hamma ish ham 
joyida edi. Sandiqchalar hozirgacha ham ikkinchi 
nomerda bolsa kerak, o'g'rilaming bolsa, bugun
238


ikkovlarini ham ushlab oladilar, shu bugun kechasi 
bolsa u bilan Tom birga borishib, bemalol va qo“r- 
qishmasdan sandiqchani ko'tarib kelaveradilar.
Ular endigina nonushta qilib bolgan edilar, 
eshikni birov qoqdi. Gek tezlikda biror yerga 
yashirinmoqchi boldi, chunki kechasi yuz bergan 
voqeaga qanday bolsa-da aloqasi borligidan biror 
kishining ham gumonsiramasligini xohlar edi. Chol 
eshikni ochganidan keyin, uyga beva Duglas bilan 
bir necha yosh erkak va xotinlar kirib keldilar. 
Beva Duglasning hovlisiga qarash uchun bir to‘da 
bolalar tepalikka tirmashayotganliklarini ko‘rdilar. 
Bu voqea hammaga oshkor bolgan edi.
Chol kelgan kishilarga kechasi yuz bergan vo- 
qeani so'zlab berdi. Beva xotin o‘zining olimdan qu- 
tulib qolgani uchun unga minnatdorlik bildirar edi.
- Xonim, bu to‘g‘rida menga biror so‘z ham ayt- 
mang! Boshqa bir kishi bor, mendan ham, mening 
o'glllarimdan ham, hammamizdan ham o‘shanga 
ko'proq minnatdorchilik izhor qilgaysiz. Biroq u 
menga o'zini bildirishimga ijozat bermadi. Agarda 
o‘sha bolmaganida, siznikiga borish bizning xa- 
yolimizda ham yo‘q edi.
Albatta, o‘z-o‘zidan malum, uning bu so'zlari 
kampimi shunday qiziqtirdiki, uning so'zlaridagi 
eng asosiy voqealar ham orqaga surilib qoldi va 
ko‘p olmay bu gapni bilish yolidagi qiziqish butun 
shahargayoyildi. Lekin o‘z mehmonlarining sabrsiz- 
liklariga cholning rahmi kelmadi va bu simi oshkora 
qilmadi. Bundan boshqa xabarlaming hammasini 
bilib olgandan keyin, beva xotin:
- Men karavotda kitob o‘qib yotib, uxlab qolib- 
man va butun kecha bemalol, juda tinch uyquda 
yotgan ekanman. Nima sababdan kirib meni uyg‘ot- 
madingiz?
239


- Buni sizga aytib yurmaylik, dedim. Bu la’natilar 
endi yo qaytib kelar, yo kelmas, deb o'yladim. Ular 
o'zlarining butun asboblarini eslaridan chiqarib 
qoldirib ketganlar, bir narsa qilmoqchi bolganlarida 
ham asbobsiz hech ish qilolmas edilar. Shunday 
bolgandan keyin sizni uyg‘otish nimaga kerak? 
Sizni qo'rqitish uchunmi? Bundan tashqari mening 
uchta negrim tunning butun qolgan qismini sizning 
uyingiz atrofini poylab otkazdilar, ular hozirgina 
qaytib keldilar.
Bu mehmonlar ketib, yana boshqa kishilar keldi. 
Shu zayilda chol uch soat davomida o‘z hikoyasini 
qayta-qayta takrorlash bilan mashg4il boldi.
Shu kuni ertalab maktabda odatdagidek, yak- 
shanba kungi mashg4ilotlar bolmadi, lekin shun­
day bolsa ham bu voqeani yaxshilab so'zlashib 
olish uchun cherkovga yig'ilishdilar. 0 ‘g‘rilami topa 
olmaganlarini hamma bilib qolgan, xalq o'rtasidagi 
so'zlar tamom bolganidan keyin Techeming xotini 
xalq o'rtasidan oralab missis Garperning oldiga 
otib borib:
- Nima gap, qizim Bekki bugun kuni bo^i uxlay- 
dimi deyman? O'zim ham uni juda charchab qolar, 
deb о У lagan edim.
- Sizning Bekkingizmi?
- Ha, mening qizim-da! - u ajablanib qaraydi- 
Bugun siznikida yotib qolgani yo‘qmi?
- Yo‘q-a!
Missis Techeming rangi о‘chib, cherkov kursisiga 
o‘tirib qoldi. Xuddi shu vaqt Polli xola o'zining o‘rtogl 
bilan nimalar to‘g‘risidadir so'zlashib, otib borar edi.
- Esonmisiz, missis Techer! - dedi Polli xola -
Salomatmisiz, missis Garper. Mening bolam tag'in 
yo'qolib qoldi-ya. Men Tomni sizlaming birortan- 
giznikida yotib qolgan bolsa, mendan qo'rqqanidan
240


endi cherkovga bormay otirgandir, deb о У lagan 
edim.
Missis Techer sekingina boshini chayqab qoydi- 
da, rangi awalgidan ham ortiqroq о‘chib ketdi.
- U biznikida yotgani yo‘q, - dedi missis Garper. 
Endi u ham tashvishlana boshladi.
Polli xolaning chehrasida ham tashvish alomat- 
lari sezildi.
-J o Garper, bugun ertalab bolam Tomni ko‘rgan 
edingmi? - deb so‘radi u.
- Yo‘q, ko‘rganim yo‘q.
- Sen uni so‘nggi dafa qayerda ko‘rgan eding.
Jo buni esiga tushirish uchun urinsa ham hech
narsa deb javob bera olmadi. Cherkovdan chiqib 
kelayotganlar to'xtab, bularning so'zlariga quloq 
sola boshladilar. Xalq o‘zaro shivirlashar, ularda 
tugllayotgan bezovtalik alomatlari basharalaridan 
sezilib turar edi. Bolalarga har tomondan har xil 
savollar tushar edi. Sayildan qaytib kelayotganlari- 
da kemada Tom bilan Bekkining bor-yo‘qligini ular­
dan hech kim bilmas ekan. Qorong‘ida ulami hech 
kim ko‘rmagan va bolalaming hammasi tugalmi, deb 
hech kim surishtirib ko'rmagan ham. Bolalardan biri 
chidab turolmasdan:
- Demak, ular g'oming ichida qolgandirlar! - dedi.
Missis Techer hushidan ketib yiqildi. Polli xola
bolsa o'zining qollarini qayirib, faryod solib yiglar 
edi.
Bu vahimali xabar oglzdan-oglzga, bir to‘dadan 
ikkinchi to'daga, bir ko'chadan ikkinchi ko'chaga 
otib yura boshladi. Oradan besh daqiqa otgandan 
keyin butun qo'nglroqlami jaranglatib, xalqni cha- 
qira boshladilar. 0 ‘g‘rilar butunlay esdan chiqib 
ketdi. Otlami egarlab qayiqlami yecha boshladilar. 
Katta kemani olib kelish uchun kishilar yubordilar,
241


yarim soatdan keyin ikki yuzga yaqin kishi daryo va 
quruq yol bilan g‘or tomonga qarab jofradilar.
Shahar ichi kun bo*yi olik bir tus oldi, - u tamo- 
man huvillab qolgan edi. Missis Techer bilan Polli 
xolaning oldiga kun bo*yi qo‘ni-qo‘shnilar kirishib, 
ulami yupatmoqchi bolishar va ular bilan birgala- 
shib yiglashar edilar, bu esa har qanday yupotuvchi 
so'zdan ham yaxshiroq bolib chiqar edi.
Shahar ichidagilar butun tun entikib, xabar kut- 
dilar, lekin ertalab tong yorishishi bilanoq g'ordan 
yurgan kishilarga ovqat va sham olib ketish uchun 
kishi keldi. Missis Techer bilan Polli xolaning tash- 
vishlari son-sanoqsiz edi. Sudya Techer bularga 
ancha dadillik beradigan xat yuborsa ham, bu 
xatlar tinchlantirmas edi. Ertasi kuni, glra-shira 
tong paytida fermer chol butun ust-boshlari yog' va 
loyga bo^algan holda uyiga qaytib keldi. U, Gekni 
o‘zlari yotqizib ketgan o'rindan topdi. Bola isitma- 
lab va dovdirab yotar edi. Doktorlaming hammasi 
xalq bilan birga g‘orda yurganliklari uchun kasalga 
beva xotin Duglasning o‘zi qaray boshladi. U xoh 
yaxshi bolsin, xoh yomon bolsin, qarovsiz qoldirib 
boladimi, uning uchun kuchim yetganicha harakat 
qilaman, der edi. Chol esa Gekni yaxshi bola dedi. 
Beva xotin buni ma’qulladi:
-
Siz judayam to'gVi aytasiz. Xudo tomonidan 
yaratilgan har bir maxluqqa tamg‘a qo'yilgan. Xudo 
tomonidan yaratilgan har bir jon egasi uning ne’mati- 
ga sazovor bolmasdan qolmaydi.
Kun tushga yaqinlashganda, yo‘qolgan bolalami 
izlashib ketgan kishilar ulami topishdan umidlari- 
ni uzib, nihoyat charchab, birin-ketin qaytib kelar 
edilar; ulaming orasidagi ba’zi bir g'ayratliroqlari 
hamon qidirishda davom etardilar. Qaytib kelgan- 
lardan qoniqarli javob eshitmadilar, ular faqat g‘or- 
ning har bir burchaklarigacha borib qaraganlarini,
242


uzoqlarda ot alangasi koVganliklarini, kishilaming 
baqirishganlarini va miltiq tovushlari eshitganlikla- 
rini so'zlar edilar. Bir yerda, odatda sayohatchilar 
boradigan yerlardan nariroqda, bir toshga sham 
tutuni bilan iz solinib: «Bekki va Tom» degan ikki 
so‘z yozilganini ko‘rgan emishlar va xuddi o'sha 
yerdan yog‘ tomchilariga belanib yotgan bir bolak 
lenta topib olib kelganlar. Missis Techer lentani tanib 
yiglab yuborgan. Ba’zilariningaytishlaricha, kishilar 
ba’zan uzoqda miltillab yongan chiroqni ko‘rishib, 
hammalari shodlanishib o‘sha tomonga yugurib 
borishar, u yerda bolalar o'miga o‘z sheriklaridan 
biror kishining yurganini bilishib, xafa holda qaytib 
kelishar ekanlar.
Shu ravishda uch kecha va uch kunduz dahshat 
bilan otdi. Soatlar ham birin-ketin salmoqli va qay- 
g4ili bo lib otib borar, nihoyat, butun shahar xalqi 
qandaydir bir umidsiz xayolga g‘arq bo lib yotar edi. 
Hech kimning qoli ishga bormas, qilayotgan ishlari 
qollaridan tushib ketar edi. «Hushyorlik jamiyati» 
oshxonalaridan birining egasi o‘z nomerlaridan bitta- 
sida yashirincha araq saqlaganligi to'gVisidagi yangi- 
gina tarqatgan xabari ham hech kimni ajablantirmas 
edi. Gek o'zining ahvoli durustroq bolgan vaqtlarda 
oshxona to‘g‘risida so‘z ochdi va biror yomon xabar 
eshitishdan qoYqa-qo'rqa: «Men kasal bolib yotgan 
vaqtimda, jamiyatning oshxonasidan biror narsa 
topdilarmi», - deb so'radi.
- Ha, topgan emishlar, - deb javob berdi beva 
xotin.
Gek beva xotin Duglasga ko'zlarini chaqchaj^tirib, 
o‘midan irglb turib otirdi.
- Nima? Nima topgan emishlar?
- O^kir ichkiliklar. Araq topgan emishlar... Osh­
xona ham berk ekan... Yot bolam. Sen meni juda 
qoVqitib yubording!
243


- Men faqat shuni aytib beringlar, faqat shunigi- 
na aytsalaring bas. Ulami kim topgan? Tom Soyer 
topganmi?
Beva xotin o‘zini tutolmay yiglab yubordi.
- Qoy endi, bolam, ko'p urinaverma: men senga 
aytdim-ku, senga ko‘p so'zlashish yaramaydi. Sen 
juda kasalsan.
«Demak, araqdan boshqa hech narsa topmagan- 
lar, basharti pullami topib olganlaxida, butun sha- 
har ichi ostin-ustun bo lib ketar edi. Demakki, o‘sha 
boylik qoldan ketgan, abadiy yo‘qolgan... Ammo u 
nima uchun yiglaydi? Juda qiziq! Uni yiglatadigan 
hech bir sabab yo‘q-ku?».
Gekning xayolida mana shunday fikrlar aylanib 
yurar edi; u shunday fikrlardan charchab, nihoyat 
uxlab qoldi.
- Bola bechora endi uxladi-ya, - dedi o‘z-o‘zicha 
beva xotin. - «Tom Soyer topib olgan emish!» Qani 
endi, Tom Soyemi borib topib ol-chi! Tom Soyeringni 
axtarish uchun jasorati va kuchi yetadiganlar endi 
kamdan-kam qoldi.

Download 6.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling