Kechirganlari


Download 6.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/63
Sana05.10.2023
Hajmi6.67 Mb.
#1692653
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   63
Bog'liq
Tom Soyerning boshidan kechirganlari. Mark Tven

O'TTIZ IKKINCHI BO B  
CHIQINGLAR! ULAR TOPILDILAR!
Mana seshanba kuni ham keldi. Vaqt tushdan 
otib, gira-shira qorongllik tusha boshladi. Sankt-Pe- 
terburg shaharchasi bolsa hali ham motam ichida: 
у о‘qolgan bolalardan haligacha hech darak yo‘q. 
Ulaming salomat qutulib kelishlarini tilab cher- 
kovlarda duolar o'qidilar. Ayrim kishilaming chin 
yuraklaridan chiqqan tilaklar ham oz emas, g'ordan 
bolsa hanuzgacha hech bir xushxabar kelmas edi. 
Bolalami axtarib ketgan kishilardan ко‘plan, bolalar 
endi topilmasa kerak, deb o‘zlarining kundalik ish- 
lariga qaytib kelganlar.
Missis Techer esa juda qattiq betob bolib, ko‘p 
vaqtini behushlik bilan otkazardi. Uni ko'rgan kishi- 
lar: «Uning qizi yo'qolganligini eshitib, dam-badam 
boshini kotarganini va uzoq vaqt quloq solib tur- 
ganini, keyin esa qattiq uh tortib, boshini yostiqqa 
qoyganini ко‘rib kishining yuragi ezilib ketadi», der 
edilar. Polli xolaning ham turgan-bitgani g‘am bilan 
to lib, awalda koldmtir tusli bolgan sochlari hozir 
oppoq oqarib ketgan edi. Seshanba kuni kechqurun 
shaharcha har qanday umid va ishonchlarini yo‘qo- 
tib, qayg\i ichida og‘ir uyquga cho'mdi.
Yarim kechada to‘satdan shovqin-suron ko'tarilib, 
ko'chalar bir damda yarim yalong'och kishilar bilan 
to lib ketdi. Ular jonlari boricha baqirib: «Chiqinglar! 
Hoy, chiqaveringlcir! Ular topildilar! Topildilar!» der 
edilar. Cherkovlarning qo‘ng‘iroqlarini chalishar, 
tunuka idishlami jaranglatishar, kamaylar chali­
shar, shahaming butun xalqi bolalami qarshi olish 
uchun daiyo bo^iga yugurishib borishar edilar. 
Sevinchga tolgan odamlar bolalami usti ochiq ara- 
valarga otqizishib, o'zlari tortib borar edilar. Alamon
257


aravalami o‘rab olib, uni uyigacha kuzatib qoyar
keyin «ига» deyishdan to'xtamay, ko'chadan tantana 
bilan о “tar edilar.
Rang-barang chiroglar yoqdilar. Endi hech kim- 
ning uyqusi kelmasdi. Bunday ajoyib kechani sha- 
harcha bir umrida ko'rmagan edi. Yarim soat ichida 
sudya Techeming uyiga qariyb butun shahar xalqi 
kelib-ketdi. Ular qutulib kelgan bolalami mahkam 
quchoqlab o'pishar, missis Techeming qollarini siqi- 
shar va so'zlashishga shuncha urinsalar ham so'zlay 
olmay uy ichini ko'z yoshlari bilan toldirardilar.
Polli xola baxt-saodatning eng cho'qqisida, mis­
sis Techer ham qariyb o'shanday shod-xurram edi. 
Missis Techeming eri g'orga ketgan bolib, hozir 
uning orqasidan bir kishi sevinchli xabar olib ket­
gan, basharti и ham tezroq qaytib kelib qolsa, missis 
Techer tola baxtiyor bolar edi.
Tom divanda yotib, diqqat bilan tinglab otirgan 
kishilarga o'zining kechirgan ajoyib voqealarini hi- 
koya qilar va hikoyasini chiroylik chiqarish uchun 
o'zidan ham ко“р narsalami qo'shib so'zlardi. Hi- 
koyasining oxirida и Bekkini yolglz qoldirib, boshqa 
yolaklami tekshirib ко‘rib kelishga chiqqanini va 
yolaklardan uchtasini ко‘rib chiqib, endi orqasiga 
qaytmoqchi bolib turganida birdan uzoqda go У о 
yer ustidagi yoruglikka o'xshagan oppoq tog' ko'rin- 
ganini, qolidagi arqonini tashlab, shu oqargan 
narsaga tikilib qaraganini, undan keyin boshi bilan 
yelkasini kichikroq bir teshikdan chiqarib qarab, 
o'zining oldida keng, yojdlib oqqan Missisipining 
tekis yuzini ko'rganini so'zlab berdi. Ctylab turgan- 
da shunisi bir ajab ishki, agar shu ishlar kechasi 
bolsa, и oqargan dog'ni ham ko'rmas, yolakning 
boshigacha borish uning xayoliga ham kelmas 
edi. Keyin и Bekkining oldiga qaytib kelib, shun­
day xushxabami bildirganida, Bekki, sen menga
258


bolmag'ur so'zlami aytaverma, men endi juda char- 
chadim va tezdan olimim yaqinlashib kelayotganini 
bilib turibman va buning uchun xursandman, 
deb javob bergan. Keyin u Bekkini qanday qilib 
ishontirganini, qiz esa haqiqatan ham yer yuzidan 
tushib turgan yoruglikni ко‘rib, shodligidan yuragi 
yorilgudek bolganini, u o‘zi osilib, o'sha kovakdan 
qanday qilib chiqqanini, keyin Bekkiga yordamla- 
shib uni ham chiqarganini, undan yer yuziga chiqib 
olib shodliklaridan ikkovlari otirib yiglaganliklarini 
so‘zladi. Shu vaqt ulaming oldidan bir qayiq otib 
borar ekan. Tom qayiqda ketayotganlami chaqirib 
olib, o'zlarining g‘or ichidan yura-yura shu yerdan 
kelib chiqqanliklarini va juda ham och qolganlikla- 
rini so'zlaganini aytib berdi.
Baliqchilar oldin buning so'zlariga ishonmay, 
bulaming hozir otirgan yerlari g‘or turgan vodidan 
besh mil pastda ekanligini so‘zlaganlar. Keyin 
baliqchilar bularni qayiqlarga o‘tirg‘izib olib, bir 
uyga olib borganlar. U yerda ovqat berib, qorinlarini 
toVg'azib, bolalar bir-ikki soat damlarini olganlikla- 
ridan keyin ulami uylariga olib borib tashlaganlar.
O'sha kecha tong otmay turib, sudya Techemi va 
uning bilan birga borgan kishilami o'zlari bellariga 
boglab tushgan arqonlar yordami bilan g'ordan 
chiqarib olib, ularga sevinchli yangi xabami yetkaz- 
ganlar.
Tom bilan Bekki ikkalasining g‘or ichida uch 
kecha-yu uch kunduz och va xavf-xatar ichida 
yurishlari (keyin ular buni tezda sezgan edilar) be- 
kor ketmagan. Butun chorshanba va payshanba 
kunlari ular ko‘rpa-to‘shak qilib yotdilar; ulaming 
charchash va quwatsizliklari borgan sari ortib bo- 
rayotgandek ko'rinar edi. Tom payshanba kuni biroz 
boshini kotardi, juma kuni shaharga chiqib aylanib 
yurib, shanba kuni butunlay sog‘ayib o‘ziga keldi.
259


Bekki bolsa xuddi yakshanba kunigacha uyidan 
chiqolmay, chiqqanda ham uning rangi og‘ir kasalda 
yotgan kishilaming rangiga o'xshar edi.
Tom Gekning kasal bolib yotganini eshitib, juma 
kuniyoq uni ko‘rishga borgan edi, lekin uni o‘sha 
kunigina emas, hatto shanba va yakshanba kunlari 
ham kasalning oldiga kirgizmadilar. Keyinroq uni 
har kuni kirgizadigan boldilar, lekin uni Gekning 
oldida, g‘or ichida bolgan voqealami so‘zlamasligi 
to‘g‘risida ogohlantirib, kirgizar edilar. Buning to‘g‘ri 
bajarilishini kuzatish uchun beva xotin Duglas har 
doim ulaming oldidan qo‘zg‘almay otirar edi. Tom 
uyiga kelgandan keyin beva xotinning uyini o‘g‘ri 
urib ketayotganini va o‘g‘rilardan bittasining jasa- 
di daiyoda kemalar to'xtaydigan yerda topilganini 
eshitdi: aftidan, u quvg'indan qochib qutulaman
deb daryoga cholcib olgan bolsa kerak.
G‘ordan qutulib chiqqanidan ikki hafta otgach, 
Tom Gekni ко‘rib kelmoqchi boldi. Gek ham endi an- 
cha quwatga kirib, har qanday so‘z bolsa so‘zlasha- 
veradigan bolib qolgan edi. Sudya Techeming uyi yol 
ustida bolgani uchun, Tom yol-yolakay Bekkini ham 
koVib ketmoqchi boldi. Sudyaning uyida mehmonlari 
bor ekan, ular Tomni gapga soldilar, o'rtalaridan bin 
qiziqchiMk qilib undan: «0‘sha g'orga yana bir marta 
borishni istamaysanmi?» deb soVadi. Tom unga, ho- 
zir bolsa ham borishga tayyorman, deb javob berdi.
- Tom, hech shubham yo‘qld, senga taqlid qiluvchi 
boshqa kishilar ham bolar edi, - dedi sudya. - Lekin 
biz bu yolda tegishli chora ko‘rdik. Endi bundan 
keyin u g'orga hech kim bormaydi.
- Nima uchun? Nega bunday?
- Chunki men bundan ikki hafta ilgari uning eshi- 
giga temir qoplab, uch qavat qulf soldirib, kalitlarini 
o‘zim olib qoyganman.
Tom oppoq dokadek oqarib ketdi.
260


- Hoy bola, senga nima boldi? Hoy, birortang bu 
yoqqa kel, mana bu bolaga bir piyola suv beringlar!
Suv olib kelib Tomning yuziga sepdilar.
- Mana, endi hammasi o“tib ketdi. Tom, nima 
boldi senga?
- Oh, sudya, o‘sha g'orning ichida... hindi Jo 
yotadi, - dedi.

Download 6.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling