Kechirganlari
Download 6.67 Mb. Pdf ko'rish
|
Tom Soyerning boshidan kechirganlari. Mark Tven
YIGIRMA OLTINCHI B O B
QAROQCHILAR XAZINANI 0 ‘G‘IRLAB KETDILAR Ertasi tushga yaqin, bolalar o‘z asboblarini olib kelish uchun o‘sha qurigan daraxt yoniga bordilar. Tom bolsa, ichida jinlari bor uyga tezroqyetib olmoq- chi, Gek esa bu ishga uncha oshiqmas edi. - Tom deyman, - deb so‘z boshladi Gek, - bugun . kun nima, bilasanmi? Tom o‘z ichida sekin-asta bir haftaning hamma kunlarini sanab chiqdi-da, hayron bolib darhol o‘rtog‘iga qaradi. - Voy, voy, voy! Esimdan chiqarib qoyibman-ku, Gek. - Men ham buni о‘ylamaganman va bugun juma ekani hozirgina esimga tushdi. - Obbo qurib ketsin-ey! Mana shunday ishda ehtiyot bolish kerak, Gek. Biz bu ishni juma kuni qilib qoyib baloga qolayozgan ekanmiz. - To'g'ri, shunday bolar edik. Albatta baloga yoliqar edik, degin. Balki baxtli kunlar bordir, lekin harholda juma kuni emas. - Buni har qanday ahmoq biladi. Buni bilgan faqat sengina emas, Gek. - Buni faqat men bilaman dedimmi? Gap faqat juma kunining o'zida ham emas-da! Men bugun kechasi juda yomon tush ko‘rib chiqdim... Tushimda kalamushlami ko'rdim. - Bee. Bu juda yomon tush. Kalamush ko‘rding, albatta bir falokat boladi. Nima qildi, kalamushlar bir-birlari bilan urushdilarmi? - Yo‘q. - Ha. Unday bolsa durust. Basharti kalamushlar bir-birlari bilan urushmasalar, demak yuz beradi- gan falokatning yaqin o'rtada bolmasligini bildiradi. 203 Faqat falokatga yo liqib qolmaslik uchun juda ehtiyot bolish kerak. Kel, bugun shu ishimizni qoyaylikda, biroz oynaylik. Gek, sen Robin Gudni bilasanmi? - Yo‘q, Robin Gud deganing kim? - U Angliyada bir zamonlar yashagan eng ulug‘ kishilardan biri... ya’ni, masalan, eng yaxshi qa- roqchi edi. - Ha, ha, qani men ham o'shanday bo Is am! Xo‘sh, u kimlarni talar edi? - Faqat domlalami, sud amaldorlarini va podsho hamda boylarnigina talab, kambag'allarga hech tegmas edi. Kambag'allami ko‘rganida qoldan kel- ganicha ulami sevib, yordamlashib yurar edi. - Juda ham yaxshi kishi bolgan ekan-da. -Yaxshiligini ta’riflab bitirib bolmaydi. Unday saxiy kishi dunyoda hech bolmagan. Hozir bolsa bunday kishilar mutlaqo yo‘q, mening so'zimga isho- naver. U bir qoli orqasiga boglanib qoyilgan holda faqat bir qoli bilan butun Angliya halqi orasidan xohlagan kishisini urib yiqita olar edi. O'zining kamo- ni bilan bolsa bir mil uzoqlikda 0‘n sentlik chaqani urib tushirar edi. Agar o‘qi chaqaning bir chetroglga tegib qolgan bolsa, xafa bolib yiglar edi. Ana shun day qilib hozir Robin Gud 0‘yinini oynaymiz. Bu juda yaxshi о “yin, men senga o'rgatib qoyaman. - Durust, men ham roziman. Bular kun boyi Robin Gud oyinini oynadilar. Oyinda davom etar ekanlar, damba-dam ajinalar bor uyga ko‘z tashlab qoyar va ertasi ulami nima kutib turgani to'g'risida oyiamas edilar. Kun botishga ya- qinlashganda, ular uylariga qarab jo^nadilar. Yolda daraxtlaming uzun-uzun kolankalarini bosib ota- o'ta, o'rmon ichiga kirib ko'zdan g‘oyib boldilar. Shanba kuni, tushdan keyinroq bolalar yana o'sha qurigan daraxt oldiga keldilar. Ular daraxtlar kolankasida biroz yotib, so‘zlashib, tamaki chekishib oldilar-da, keyin, biror narsa topishga ishonchlari 204 bolmasa ham, kavlangan chuqur ichini biroz timirs- kilab turdilar. Tomning aytishicha, ba’zi bir kishilar shu tariqa dunyo axtarib, yemi kavlab-kavlab zerik- kanlaridan keyin xazinaning chiqishiga oz qolgani- ni bilmay, tashlab ketar ekanlar. Keyin bulaming orqasidan boshqa bir kishi kelar ekanda, bir marta kerki urish bilan besh-olti qarich chamasi yerdan haligi xazinani topib olar ekanlar. Biroq bolalaming bu galgi g‘ayratlari ham bekorga ketdi, ular kerki va belkuraklarini yelkalariga tashlab, jo‘nab ketdilar. Ular nazarlarida baxt bilan hazilkashlik qilmay, xazinani axtarib topish yolidagi bor shartlaming hammasini halollik bilan bajarganliklarini о У lab borar edilar. Nihoyat, ular o‘sha «ajinalik» uy yoniga ham yetib ketdilar. Bu ayni tush vaqtidagi jimjitlik ular uchun qoV- qinchli bolib ko'rindi. Ular sekin-asta eshik yoniga yaqin borib, qo'rqib-qaltiraganlari holda ichkariga qaradilar. Uyning ichida taxta pol oVniga otlar о‘sib yotar, derazalarining oynasi yo‘q, zinalari sinib ket gan edi; ship va devorlarining hammasini oVgimchak uyalari qoplagan edi. Bolalar o‘zlarini dadil tutib, ichkariga kirdilar. Ular o‘zaro sekingina shivirlashib so‘zlashar, yuraklari o*ynab, har bir tiq etgan to- vushni diqqat bilan tinglar edilar. Biror narsaning tovushi quloqqa chalinib qolsa, qochib qolish uchun ham tayyor edilar. Biroq, sekin-asta bu yeming sharoitiga ko‘nikib, qo‘rqmaydigan bolib qoldilar. Ular qiziqib, uy ichi ni tomosha qilib yurar, shu bilan o'zlarining botir- liklariga hayron qolar va buning uchun faxrlanar edilar: keyin ular yuqorini ham chiqib ko'rmoqchi boldilar. Bu bilan ular o‘zlarining qochish yollarini to‘sar edilar, biroq ular bir-birlariga dalda berib, ni hoyat kutganlariday natija kelib chiqqanday bolib, qollaridagi asboblarini bir burchakka yiglshtirib qo’ydilar-da, yuqoriga chiqdilar; unda ham xuddi 205 pastdagidek xarobaga duch keldilar. Ular uyning bir burchagida kichkina bir hujra ко‘rib, unda biror g'animat bordir, deb ishongan edilar, biroq kutgan- lariday bolib chiqmadi. Hujra bo‘sh edi. Endi ular juda dadil, hech narsadan qo'rqmay yurardilar. En- digina pastga tushib, ish boshlamoqchi bolib turgan edilar, Tom birdan: - Tss! - deb qo^di. - Nima gap? - dedi Gek, qoVqqanidan rangi oppoq oqarib. -Tss! Anovi joyda... eshitayapsanmi? - Ha, ha. Voy-bo-y-y! Kel, qochaqolaylik. - Qayoqqa qochar eding, tinch tur, nafasingni chiqarma, ular eshikka yaqinlashib kelayotirlar. Bolalaming ikkalasi ham eshik yorigldan biror narsa ko'ramizmi deb yerga cho'zilishib, qoVqqan- laridan damlarini chiqarmay yotar edilar. - Ana, to‘xtadilar... yo‘q... tag‘in yurib kela yotirlar... ana, kelib qoldilar. Bijirlay bermasang-chi, Gek, - eshitib qoladilar. Oh, qayoqdan ham shu yerga kelib qoldim. Eshikdan ikki kishi kirib keldi. Ulardan biri so‘nggi vaqtlarda har zamon-har zamonda shaharda ko'rinib qoladigan ispaniyalik jingalak chol edi, ikkinchisini bolalar tanimadi. «Ikkinchi»si iflos, ust-boshlari uvada, koVimsiz bashara, juda ham chirkin bir vujud edi. Ispa niyalik chol bir plashga o‘ralib olgan, soch-soqollari oqargan va hurpaygan, keng yoyiq qalpogl ostidan oppoq uzun jingalak sochlari osilib tushib turar, kolc ko'zlari ko'zoynak bilan qoplangan edi. Ular kirib kelayotganlarida, «ikkinchi»si o‘z oVtoglga ni- malamidir pichirlab so‘zlab kelar edi. Ikkovlari ham orqalarini devorga o'girib, yuzlarini eshikka qaratib otirib oldilar. Gapirib kelayotgan odam hikoyasida davom etdi. Sekin-asta u ehtiyot bolishni ham unu- tib, tovushini baland qo'yib so'zlay boshladi. 206 - Yo‘q, - der edi u, - men hammasini о у lab qara- dim, bu ish menga ma’qul emas. Bu juda xavfli ish. - Xavfli emish, - dedi bolalami juda hayron qoldi- rib «jingalak», - о‘zing ham juda shaltoq ekansan-da! Bu tovushni eshitar ekan, bolalar qoVqib qichqirib yuborayozdilar. Bu tovush Joning tovushi edi. Ik kovlari ham biroz jim turganlaridan keyin, Jo yana: - Ana unisi qanday qoVqinchli edi, shunday bolsa ham otib ketdi-ku, - dedi. - U butunlay boshqacha edi. Unisi - bu yerdan ancha uzoqda, daryoning bosh tomonida. - Bu yerga kunduz kuni kelishning o‘zi naqadar qoVqinchli, bizlarga har qanday kishining ko‘zi tushi- shi bilanoq, darhol shubhalanadi. - Bilaman, bilaman! Lekin shunday ahmoqona ishni qilib qoVganimdan keyin darhol yashirinish uchun yaqin o‘rtada qulayjoy topolmadim-da! O'zim- ning ham umuman bu yerda qolishga tobim yo‘q. Bu yerdan kecha kechqurunoq chiqib ketar edim, lekin birovga sezdirmay chiqib ketish to‘g‘risida o^lash ham mumkin emas edi, negaki anavi juvonmarg ikkita bola xuddi uyning oldidagi tepada o^nab otirishardi. Hindining bu so‘zlarini eshitar ekan, «juvonmarg ikki bolaming badanlari jimirlashib ketdi. Oyiagan ishlarini juma kuni qilmay, bir kunni kutmoqchi bolganlari ham juda yaxshi bolgan edi. Bular o‘z ko'ngillarida shu ishlarini biror yil orqaga qoldirma- ganlari uchun achinar edilar. Haligi daydilar xaltalaridan ovqat olib yeya bosh ladilar. Hindi Jo ancha vaqt oyianib otirganidan keyin: - Menga qara, hoy bola, - dedi, - sen qaytib o‘sha suv boyiga bor, sening uchun eng qulay yer o‘sha. 0 ‘sha yerga borib mendan bir xabar bolishini kutib tur. Men bolsam, farsatni topib, shahar ichiga kirib, undagi ahvolni bilib chiqaman. Awal hamma yemi 207 yaxshilab tekshirib g‘ovur-g4ivur bosilganini bilgan- dan keyin, bu qoVqinchli ishni boshlasak boladi. Un dan keyin ikkovimiz Texasga qarab qochib qolamiz. «Ikkinchi» kishi bu gapdan juda mamnun boldi. Keyin ikkovlari ham ogizlarini katta ochib esnay boshladilar, hindi esa sherigiga qarab: - Poyloqchi bolaverib olgudek uyqim kelayapti, endi navbat seniki, - dedi. U yerda о‘sib yotgan ot ustiga g'ujanak bolib yotib oldi-da, darrov xurrak ota ketdi. 0 ‘rtog‘i uni bir-ik- ki marta turtib qolgan edi, xurragi bosildi. Keyin poylab otirgani ham tumshuglni pastga egib uxlab qoldi, endi bulaming ikkovi ham xurrak tortishardi. Bolalar endi biroz erkin nafas oldilar. - Endi biz qutuldik! - deb shivirlardi Tom. - Yur endi tezroq! - Yo‘q, yo‘q, - dedi Gek. - Agar ular uyg‘onib qol- salar, men turgan joyimda qotib qolaman. Tom yalinar, Gek esa sira ko'nmas edi. Oxiri, Tom sekingina o'rnidan turib, yolg‘iz o‘zi keta boshladi. Lekin u birinchi qadam qotyishi bilanoq oyog'i ostida bir narsa qattiq g'ijirlab ketdi. Tom qo‘rqqanidan o‘shayeming o‘zida otirib qolib, yana qaytib qo‘zg‘alishga jur’at qilolmay qoldi. Daqiqalar judayam sekin o‘tib borardi. Bolalarning nazarida go^o vaqt butunlay to^xtab, abadiylik davri bosh- langandek edi. Nihoyat ular quyoshning botayot- ganini ко‘rib, shodlanib ketdilar. Endi xurrak tortuvchilar ikki kishi emas, faqat bittagina edi. Hindi Jo boshini kotarib o‘tirdi-da, atrofiga ko‘z tashladi. Keyin o‘zining o'rtog'iga ko‘zi tushdi. Uning boshi egilib, tizzasiga tegib turardi. Jo uni ко‘rib, zaharxanda qilib qoydi. Keyin uni oyogl bilan bir tepib qo^di-da: - Tur o'mingdan! Zap poyloqchi ekansan-ku!.. - Nahotki men Uxlab qolgan bo lsam-a? 208 -Xayr, gunoh qilishgaqilding. Qani, do'stim, endi yolga tushishimiz kerak. Bizda hali ozgina zapas ham borku! Pulni nima qilamiz. - Bilmadim, har safargidek shu yerda qoldirib ketsak qanday bolar ekan? Biz janubga qarab jo'nagunimizcha, u bizga kerak bolmaydi-ku! Olti yuz ellik dollar kumushni doim yelkamizda kotarib yurish tagln qiyin. - Shunday... lekin yana qaytib shu yerga kelib yurishga tobim yo‘q... - Hech gap emas, har safargidek bir kuni kechasi kelib ketamiz-da... shunday qilganimiz yaxshi. - Bu to'g'ri, lekin bunda bir gap bor, do'stim: biz anavi ishimizni balki tezda bitirmasmiz, qayoqdan bilasan, hali nimalar boladi. PuUarimiz bolsa yaxshi- gina yashirilgan emas. Kel, undan ko'ra pullarimizni yaxshilab chuqurroq yerga ko‘mib qoVaylik. - Yaxshi maslahat, - dedi oVtogl va uyning na- rigi tomoniga otdi-yu, tiz choldb, o‘choqning orqa tomonidagi glshtdan bittasini kotarib, uning ichi- dan bir qop oldi. Qopning ichidan yoqimli kumush tovushi eshitildi. U qop ichidan o'ziga yigirma-olliz dollar oldi va o‘rtoglga ham o'shancha olib berdi-da, qopni hindiga uzatdi. Hindi uyning bir burchagida tiz choldb, pichogl bilan yemi kavlay boshladi. Bolalar buni ко‘rib qo'rquvni eslaridan chiqarib yubordilar. Ular o‘sha ikki kishining har bir haraka- tini sinchiklab kuzatib turar edilar. Axir, qanday baxt! Bunday dunyo, bunchalik pullarni bular xa- yollariga ham keltirmagan edilar. Olti yuz dollar-a! Bu pul shularga o'xshagan bolalardan oltitasini boy qilib yuborishga ham yetadi. Xazinaning o‘zi to‘ppa-to‘g‘ri qolga kirib turardi. Endi qayemi kav- lash kerakligini о у lab o'tirishning ham hojati yo‘q. Bolalaming ikkalasi ham tirsaklari bilan dam- ba-dam bir-birlarini turtib qoyardilar va har qaysisi 209 bu turtkilaming: «Наг qalay endi, bu yerga kelgani- mizga xursand boldingmi?» degan ma’noni anglat- ganini tushunar edi. Hindining pichogl qandaydir bir qattiq narsaga borib tegdi. - Eha! - dedi u. - Nima bor ekan bu yerda? - deb so'radi 0‘rtog‘i. - Chirik taxta shekilli... Yo‘q, sandiqchaga o'xshaydi. Buyoqqa kel, olishib yubor! Ko‘rayIik-chi, nima ekan. To^ta, to'xta, men uning ustini teshib yubordim. U, qolini yashikka tiqdi-da, darhol tortib oldi. - Menga qara, bu hammasi pul ekan-ku! Qollariga bir hovuch tillani olib, ikkalasi ham en- gashib qarab turishardi. Buning hammasi oltin edi. Bolalar yuqoridan qarab turib, bu ikkala daydidan ham ortiqroq hovliqar edilar. - Sandiqchani tezroq kavlab olish kerak, - dedi Joning 0‘rtog‘i. - Men boya ana u burchakda, ко “к otlar orasida, zang bosgan bir eski kerki koVgan edim, borib o‘shani olib kelayin. U yugurib borib bolalar qo“yib ketgan kerki bilan belkurakni olib keldi. Hindi kerkini qoliga olib, sinch- kovlab unga qarab chiqdi, boshini chayqab qoydi va o‘zicha bir narsa deb mingilladi-da, kavlay boshladi. Tezlikda sandiqni kavlab oldilar. Sandiqcha un- cha katta emas, usti temir bilan qoplangan, juda pishiq bolsa ham, lekin ko‘p zamonlar yer ostida yotib chirib ketgan edi. Bu ikkala daydi bir necha daqiqa davomida shodliklari ichlariga sig‘may, topgan dunyolarini tomosha qilib o‘tirdilar. - Do‘stim, buning ichida juda pul ko‘p, - dedi hindi Jo, bir necha ming dollar bor. - Kishilarning aytishlaricha, bir zamonlar shu yerlarda Merrel degan shayka tentib yurar ekan, - dedi «ikkinchisi»... 210 - Men ham shunday deb eshitgan edim, bu xazinalarni shu yerga o‘shalar yashirib ketgan bolsalar kerak. - Endi sen ana u ishingni qilmasang ham boladi. Hindining qovogl solinib ketdi. - Sen meni bilmaysan yoki shu ishning boshidan oyog'igacha tushunib yetmagansan. Bunda gap o‘g‘rilikda emas, gap o‘ch olishda. - Shu so‘zlar bilan uning ko'zlarida g‘azab o‘ti yonib ketdi. - Ana shu ishni tamom qilsak, keyin Texasga qarab ketaveramiz. Endi sen uyingga, xotining Nensi va bolalaring oldiga borib mendan xabar kutib tur. - Durust, sening aytganingcha bolsin. Buni-chi, buni nima qilamiz, yana ko‘mib qo^amizmi? - Ha. - (Yuqorida bolalar shodlanib ketdilar). - Yo‘q, ulug‘ saxem nomi bilan qasamyod qi- lamanki, yo‘q, - (Yuqoridagilarni zo‘r qayg4i bos- di). - Mening esimdan chiqayozgan: belkurakda yangigina qazilgan tuproq belgisi bor. - (Bolalar qo ‘rqqanlaridan ko'zlarining oldini qorongllik bosib ketdi.) - Bu belkurak bilan kerki bu yerdan nima qilib yotibdi? Undagi yangigina qazilgan tuproq yuqi qayerdan tekkan? Bularni kim bu yerga olib kelgan va olib kelgan kishining o‘zi qayoqqa ketgan? Sen bu yerda hech kimni ko‘rmading va eshitmadingmi? Endi yana bu pullarni shu yerga ko'mamizmi? Biror kishi kelsin-da, yerning yangi gina qazilganini ко‘rib, kavlab olib ketsinmi? Yo‘q, biz buni mening g‘orimga olib borib qoVamiz. - To‘g‘ri, to‘g‘ri! Men bu haqda oyiab ham ko‘r- mabman. Qaysi g‘orga? Birinchi g‘orgami? - Yo‘q, ikkinchi g‘orga, xoch ostiga ko'mamiz. Birinchisi bolmaydi, juda ko‘zga tashlanib turadi. - Yaxshi. Endi qorongl bolib qoldi. Boraversak ham boladi. Hindi Jo o^midan turib, u derazadan bu deraza- ning yoniga borib atrofga ko‘z solib qaradi. 211 - Bu kerki bilan belkurakni bu yerga kim olib keldi ekan? Sen nima deb o^laysan, yuqorida birov yo'qmikan? Bolalaming kayflari uchib ketdi. Hindi Jo qolini pichog'iga qo'yib, bir nafas qat’iyatsizlik bilan tur- di-da, keyin zinaga qarab yurdi. Bolalar bolaxonada kichkina hujra borligini eslariga tushirgan bolsalar ham, lekin o'rinlaridan qo‘zg‘alishga yuraklari dov bermadi. Joning ogir qadamlari ostida narvonning bosqichlari glrchillab ketdi. Bolalarda yuz bergan chidab bolmaslik qoVquv, nihoyat ularda jur’at tug‘dirdi: ular endigina hujraga qarab qochmoqchi bolib turgan edilar, birdan chirib qolgan narvon Joning oglr gavdasini kotarolmay qarsillab sinib ketdi, hindi Jo narvonning may- da-chuyda bolaklari bilan yerga dumalab tushdi. U ingrab va soldnib o‘midan turdi, oVtog'i esa unga qarab dedi: - 0 ‘sha yoqqa chiqishning nima keragi bor edi? U yerda birov otirgan bolsa, otiraversin, bizning nima ishimiz bor? Agar o‘sha yerdan o‘zini tashlab, yiqilib olmoqchi bolsa, unga ham qarshiligimiz yo‘q. Chorak soatdan keyin juda qorongl bolib qoladi, o'shanda orqamizdan quvishni istasa, quvaversin. Men shunday deb o'ylayman, bu narsalami olib kelgan kishilar, bizlami ko‘rishib, shaytonlarmiyoki jinlarmi deb jonlari boricha hanuz qochib ketayotgan bolsalar kerak. Jo biroz mingllladi-da, o'rtoglning: «Endi axtarib otirishga vaqt yo‘q, kunning yorug£ vaqtidan foyda- lanib yolga chiqish kerak» degan maslahatiga rozi boldi. Ko*p otaiay, гл1аг uydan sekingina chiqdilar-da, qalinlashib kelayotgan qorongllik pardasi ichida qim- matbaho sandiqchani olib, daiyo bo^iga jo'nadilar. Tom bilan Gek uzoq yotganlaridan va qo‘rq- qanlaridan badanlari bo'shashgan holda o'rinlaridan 212 turdilar va endi biroz erkin nafas olib, uyning yog'och devorlari orasidan moValab, haligilaming orqasidan qarab qoldilar. Ulaming orqalaridan poylab borish kerak edimi, deysizmi? Uni asta so'zlamang. Bizning qahramonlarimiz botyinlari uzilmay, sog-salomat pastga tushib olganlariga shodlanar edilar. Ular te- palikdan oshib uylariga qarab johadilar. Yolda ketar ekanlar, ular ko*p so‘zlashmas edilar, ikkovlari ham aqlsizliklari uchun o'zlaridan o'zlari ranjib borardi- lar. Belkurak bilan kerki olib kelib qoyganlari ham bularga katta zarar boldi, agar shu asboblar ko'rin- masa, hindi Jo bu yerdan hadiksiramas edi. U o‘z oltin-kumushlarini yana shu yeming o‘ziga ko‘mib qotyib, birovdan «o‘ch olish» uchun ketar edi-yu, qay tib kelmas edi. Shu yerga keltirib qo'yishlari yomon boldi-da. Bular ispaniyalik kishi shahar ichiga kirib, undagi ahvolni bilib, keyin o‘zining o‘ch olish ishi- ni yuzaga chiqarish uchun muvofiq payt topishini ta’qib etishib, so*ngra uni o'zlari aytgan ikkinchi sonli g‘orgacha kuzatib bormoqchi bolgan edilar. Birdan Tomning xayolida qo‘rqinchli bir fikr tuglldi: - Gek deyman, bulaming o‘ch olaman, degan ki- shilari biz bolmaylik tagln? - Q°y, qoy, so‘zlama! - dedi Gek, qo‘rqqanidan taxta bolib. Bular hamma narsani mulohaza qilib koVdilar va shaharga yaqinlashib qolganlarida hindi balki boshqa kishidan shubhalangandir, yoki Tomning o'zidangina shubhalanishi mumkin, chunki unga qarshi guvohlik bergan faqat Tomning o‘zi edi, degan qarorga keldilar. Xavf faqatgina Tomgagina tegishli degan fikr uni ovuntirmas, ko‘pchilik bilan bolsam unchalik xavf-xatarda qolmas edim, deb oyiar edi Tom. 213 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling