Kechirganlari


Download 6.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/63
Sana05.10.2023
Hajmi6.67 Mb.
#1692653
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   63
Bog'liq
Tom Soyerning boshidan kechirganlari. Mark Tven

YIGIRMA BIRINCHI BOB 
OLTIN SUVI YUGURTIRILGAN GUMBAZ
Ta’til kunlariyaqinlashib qolgan edi. Azaldan o'zini 
jiddiy tutadigan o'qituvchi hozir yana ham jiddiyroq 
va talabchan bolib qolgan edi: u imtihon vaqtida o‘z 
maktabining begona odamlar oldida afzalroq bolib 
ko'rinishini istardi. Uning jazvar taxta bilan xivichi 
ayniqsa kichik sinflarda kamdan-kam turar, faqat 
kattaroqyoshdagi bolalar va o'n sakkiz-yigirmalarga 
borib qolgan qizlargina bu kaltakdan chetda edilar. 
Mister Dobbins bolalami juda yomon urardi, chun­
ki u o'zining butunlay sochsiz yarqiragan boshini 
sun’iy soch ostiga yashirib yurishiga qaramay, o‘zi 
unchalik qari emas va mushaklari ham hali ancha 
kuchli edi. Ulug‘ kun yaqinlashib qolgan sayin uning 
ichida yashirinib yotgan, ya’ni arzimagan gunohlari 
tufayli bolalami qiynashga qaratilgan zoV ishtiyoq 
yana jo'sh ura boshlagan edi. Bechora kichik bo­
lalar kunduzlarini badanlarida hosil bolgan ogViq 
va kaltak yeyish xavfi ostida otkazsalar, kechalarini 
o‘qituvchidan o‘ch olish yolida reja tuzish bilan otka- 
zar edilar. Ular o‘qituvchiga yomonlik qilish yolida 
to‘g‘ri kelgan fursatni qoldan bermas edilar. Biroq
171


bolalar uning bilan tenglasholarmidilar? Maktab bo- 
lalarining qila olgan shu xildagi har qanday yomonlik 
ishlari tufayli ularga shunday yomon va dahshatli 
jazo berar ediki, natijada har doim bolalar yengilib, 
sharmanda bo lib chiqar edilar. Nihoyat, bular ham- 
malari so'zni bir yerga qoyib, yana qaytadan o‘ch 
olish rejasini tuzdilar va bu plan ularga muvaffaqi- 
yatli g'alaba va’da qilar edi. Ular lavha yozuvchi bir 
boyoqchining o‘glini topib, unga o‘z sirlarini bildir- 
dilar va uni shu ishda yordam berishga ko'ndiradilar. 
Buni eshitib u bola ham juda shodlandi. O'qituvchi 
hamma vaqt o‘sha bolaning otasinikida ovqatlanib 
yurar va shu tufayli bola ham ko‘p sabablar bilan 
uni yomon ko‘rar edi. 0 ‘qituvchining xotini, xuddi 
qasd qilgandek, uch-toVt kun turib kelish ilinjida 
o‘z tanishlarinikiga mehmondorchilikka bormoqchi 
bo lib qoldi. Demak o‘ch olishga halal beradigan hech 
narsa yo‘q edi. 0 ‘qituvchi ichkilikni ko‘p ichadigan 
araqxo‘r odam edi, shuning uchun haligi bo“yoqchi- 
ning o‘gli oVtoqlariga va’da berib, imtihon boladigan 
kuni kechasi o'qituvchi ichkilikni ichib, o‘z kursisida 
uxlab qoldi deguncha «ishni to‘g‘rilab», o‘zi qochib 
ketmoqchi boldi.
Hamma ish xuddi moljallangandek bo lib chiqdi. 
Belgilangan kuni kechqurun soat sakkizda mak­
tab binosi chiroglar bilan yoritilgan, har xil gullar 
va kolcatlar bilan bezatilgan edi. 0 ‘qituvchi baland 
kursida otirar, orqa tomonida qora taxta bor edi. 
0 ‘qituvchining basharasidan vinoga xo‘p to^ib 
kelganligi sezilib turardi. Uning qarshisidagi oltita 
va ikki tomonidagi uchtadan oltita kursilarda sha- 
haming amaldorlari va bolalaming ota-onalari o'tirar 
edilar. Chap tomonda tomosha qilib oUrganlaming 
kursilari orqasida vaqtincha o‘rnatilib qo Qilgan 
keng va baland taxta ustida bu kungi imtihonda 
qatnashishlari lozim bolgan bolalar otirardilar. U
172


yerda yuz-qollari toza yuvilgan, har kungi rasmiy 
kiyimlaridan o‘ng‘aysizlik sezgan va ust-boshlari 
yangilangaii bolalar, undan keyin yana bir qatorda 
kiyimbosh va boshqa tomonlariga uncha e’tibor qil- 
magan o'xshovsiz, shaltoq o'smir bolalar, nihoyat, 
yana bir qatorda turli-tuman batis, doka va shunday 
kiyimlar kiyib, yasanib olgan yosh va bo'yi yetgan 
qizlar, ko'rinishlaridan o'zlarining yalangbch bilak- 
lari, boyinlariga taqib olgan buvilarining maijon va 
munchoqlarini, boshlaridagi ochpushti va havorang 
gul va lentalarini bir daqiqa ham eslaridan chiqarmay 
otirar edilar. Qolgan oVinlarda imtihonda qatnash- 
maydigan maktab bolalari otirardilar. Ish shundan 
boshlandiki, pastgina boyii bir bola o‘midan turib, 
titragan tovush bilan shunday o'qidi:

Download 6.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling