Kechirganlari
Download 6.67 Mb. Pdf ko'rish
|
Tom Soyerning boshidan kechirganlari. Mark Tven
YIGIRMANCHI BOB
TOMNING YANA BIR JASORATI Polli xola Tomni o'pgan vaqtda uning chehrasi shunday ediki, uni ко‘rishi bilan Tomning ma’yusli- gi birdan yo'q bo lib ketdi, yuragida yaxshi hislar tuglla boshladi. U maktabga bordi va shu damdan boshlab uning ishlari o'nglanib ketdi. Tom yolda bir kolcalamzorda Bekki Techemi uchratdi. Tom har 164 doim shu ayni fursatdagi daqiqaning taassuroti bilan harakat qilar edi. U uzoq o“ylanib turmay Bekkining oldiga yugurib borib: - Men bugun juda yomon ish qildim, Bekki, keyin juda achindim. Bundan keyin bunday ishni hech vaqt qilmayman. Kel, endi yarashaylik, xo'pmi? - dedi. Qiz to'xtab, uning yuziga bir tikilib qaragandan keyin: - Mister Tomas Soyer, siz meni bundan keyin tinchgina o‘z holimga qoysangiz, sizdan juda min- natdor bolar edim. Men bundan keyin siz bilan so'zlashishni xohlamayman, - dedi. Qiz shu so‘zlar bilan boshini bir silkib, uning yonidan otib ketdi. Tom shunday achchiglangan ediki, hatto unga: «Qanday baxtsizlik-a, so‘zlash- masangiz undan nari!» deyishga ham ulgurolmay qoldi. U ma"yuslik bilan maktab hovlisida aylanib yurar ekan, Bekkining o‘g‘il bola bolmagani uchun mushtlashib undan o‘chini ololmaganiga afsuslanar edi. Shu vaqt Bekki uning yonidan olib boraturib, unga tegizib, alam qiladigan bir so‘z aytib o‘tdi. Tom ham shunday qo‘pol bir so‘z bilan unga javob qaytardi-yu, shu bilan bulaming orasi yana qay- tadan butunlay buzildi. Tomga nisbatan g'azab oti alangalanib ketib, Bekki tezdan yana dars boshla- nishini kutar, chunki kitobga siyoh toldlib buzilgani uchun Tomning tezroq jazolanishini istar edi. Shu paytgacha Alfred Templnmg siyoh tolckanini aytib bermoqchi bolib yurganrbolsa, endi Tomning shu daraja zaharli hazilidan keyin Alfred ustidan cha- qimchilik qilish fikri butunlay yo‘qolib ketdi. Bechora qiz! U o‘zining boshiga keladigan ba- lolardan mutlaqo xabarsiz edi. Maktab muallimi mister Dobbins, yoshi anchaga borgan bolsa ham, shu choqqacha qozongan obro‘ va e’tiboridan norozi edi. Uning ko‘p zamonlardan beri orzu qilib yurgan 165 narsasi doktorlik bolsa ham, biroq kambag‘alligi natijasida maktab o'qituvchiligidan nariga otolmadi. U har kuni sinfda otirgan vaqtida, bolalar darslar- ga javob bermay turganlarida yoki boshqa shunga o'xshash bo'sh vaqtlari bolib qolganda o‘zining stol yashigidan qandaydir sirli bir kitobni olib o'qishga berilib ketar edi. Bu kitobni har doim stoli yashigiga solib, qulflab qoVardi. Maktabda uning bu kitobini aqalli salgina bolsa ham ко‘rib, nima ekanini bilib olish orzusida bolmagan birorta ham bola yo‘q. Lekin buni ko'rish hech kimga muyassar bolmas edi. Bu kitobning qanday kitob ekani to‘g‘risida bolalaming har qaysilari o‘zlaricha har xil narsalar o'ylar edilar. Lekin haqiqatni topish mumkin emas edi. Bir kuni Bekki o‘qituvchining stoli yonidan olib borayotib, eshikka yaqin joyidan turib stol yashigining kaliti og‘zida qolganini ко “rib qoldi: o‘qituvchi kalitni unu- tib qoldirib ketgan edi. Shunday to‘g‘ri kelib qolgan qulay paytni qoldan berish mumkinmi? Qiz atrofga qaradi, hech kim ko'rinmadi. Oradan bir daqiqa o‘tar-o‘tmas, qiz kitobni qolida ushlab turar edi. Kitobning sarlavhasidagi «Anatomiya» degan so‘z unga hech narsani anglatmadi. Shuning uchun u kitobning ichini ochib varaqlay boshladi. Uning birinchi varag‘idagi chiroyli ranglar bilan ishlangan kishi suratiga ko‘zi tushdi. Shu vaqt kitobning betiga soya tushdi: eshik oldida Tom Soyer turar, uning ham ko‘zi kitobdagi rasmda edi. Bekki shoshilib kitobni yopar ekan, qo'pol harakati bilan o‘sha rasmlik bir varaqni yirtib yubordi. U darhol kitobni yashikka tashlab, kalitni buradi-da, uyat va achchigiga chiday olmasdan yiglab yubordi. - Tom Soyer! Bunday qiliq albatta sizdan boladi. Birovning orqasidan poylab, unga chuqur qazish qanday yomon ish! 166 - Nega poylab yurayin? Men qilayotgan ishingizni bilgan edimmi? - Uyaling, Tom Soyer? Siz endi, albatta mening ustimdan chaqimchilik qilarsiz, unda nima qilaman? Meni albatta kaltaklaydilar. Shu choqqacha maktab- da hech kaltak yemagan edim. U oyogl bilan yerga qattiq bir tepindi-da: - Boldi, mayli, kaltak yesam yerman, mening ham bilgan narsalarim bor. Qarab turing, hali ко‘rib qolarsiz, yaramas bola! - dedi-da, yiglab tashqariga chiqib ketdi. Tom, bu tariqa kutilmagan hujumdan hayron bolib, turgan yerida qotib qoldi. Keyin o‘z-o‘zicha: - Shu qiz bolalar ajab bir qiziq va ahmoq boladi- lar-da. Shu choqqacha maktabda hech kaltak yema gan emish. Kaltaklasalar nima bolar ekan. Bu qizlar hamma vaqt ham shunday qo'rqoq va nozik boladi. Albatta men bu ahmoqning qilgan ishlarini Dobbins cholga borib aytmayman-ku, shunday bolsa ham baribir, qolga tushib qoladi. Dobbins albatta kitobni kim yirtdi, deb so'raydi. Hech kim javob bermagach, u har safargidek, bolalaming hammasini birma-bir tekshirishga tutunadi-da, navbat aybdorga yetgan- da, so ‘ramay-netmay uning basharasidanoq bilib oladi. Qizlar har qanday ish qilsalar ham, ulami darhol basharalaridan bilib olish mumkin: ular hech narsani yashirolmaydilar. Shunday bolgandan keyin albatta u kaltak yeydi. Bekki Techer endi albatta qolga tushdi, u endi qutulolmaydi. Tom biroz oyianib turdi-da: - Ajab boldi! Agar men shunday bolib qolga tushsam, u xursand bolar edi, qani endi o‘zi bir ko‘rsin-chi! - dedi. Shundan keyin Tom hovlida о у nab yurgan bir to‘da bolalarga borib qo‘shildi. Birozdan keyin o‘qituvchi keldi-da, dars boshlandi. Tom dam-ba- 167 dam qizlar o'tirgan tomonga qaraydi-da, Bekkining chehrasi o'zgarishini ко‘rib, bezovtalana boshlaydi. U qizga rahmdillik qilishni mutlaqo istamas, lekin shunday bolsa ham unga rahm qilmay turolmas edi. U qancha urinsa ham, o‘zida zarracha shodlik his qila olmadi. Biroq, bir qancha vaqt otgach, o‘qituv- chi Tomning kitobidagi siyoh tolrilgan yerni ко‘rib qolishi bilanoq endi Tomning butun diqqati buyoqqa oglb ketgan edi. Bekki ham o'zining diqqatchiligini bir nafas esidan chiqarib, Tomning kitobi ustidagi ishga qiziqqanday boldi. U o‘z xayolida Tomning bu ishni o‘zim qilganim yo‘q, deb aytishi foyda bermas deb o^ylagan edi, xuddi shunday bo lib chiqdi. Tom- ning indamay turishi ishni chatoq qildi. Bekki shu ishga, ya’ni Tomning jazolanishiga shodlanaman, deb о “ylagan va shodlanishga urinib ham koVgan edi, lekin bu unchalik oson bolmadi. Bekki oVnidan irg‘ib turib, kitobga siyoh tolckan Tom emas, balki Alfred Tempi deb aytmoqchi ham bolgan edi, biroq u: «Baribir u kitobdagi suratni yirtdi, deb chaqim- chilik qilar-ku, mana endi men ham aytmayman». Tom o‘ziga yarasha jazosini tortib rosa kaltak yeb, o‘miga qaytib kelib oUrdi. U o‘z ko'nglida: «Balki buni o^nab yurgan vaqtimda, o‘zim toldb yuborib bilmay qolgandirman», deb o^ladi. Oradan bir soatcha vaqt o*tdi. 0 ‘qituvchi o‘zi- ning baland kursisida bolalarning dars takrorlab, gurunglashgan tovushlaridan uyqusi kelib otirar, ob-havoning o‘zi ham uyqu keltiradigan edi. Ni- hoyat, mister Dobbins qaddini to‘g‘rilab bir esnab oldi-da, keyin kitobni olishni ham, olmasligini ham bilmay qolini yashikka cho'zdi. Bolalardan ko'plari o'qituvchining bu harakatiga parvosizlik bilan qarab tursalar ham, lekin ulardan ikkitasi uning har bir harakatini diqqat bilan kuzatib turardttar. 0 ‘qituvchi kitobini olishdan ilgari yashik ichida ancha vaqtga- 168 cha u yoq-bu yoglni ag'darib ко‘rib, keyin qoliga oldi-da, uni o‘qish uchun kursiga otirdi. Tom Bekkiga qarab qo^ydi. Bechora Bekkining tusi shu vaqt butunlay o'zgarib, o‘zini yo‘qotgan, juda achinarlik holda, go^o ovchining nishoni ostida tur- gan quyonga o'xshar edi. Tom o'zining u bilan urish- ganini darhol unutib yubordi. Hozirdanoq buning ol- dini olib, bir minut ham kechiktirmay biror chorasini ko‘rish kerak! Biroq qoYqinchning muqarrarligi uni shoshirib qo^gan edi. Nihoyat xayoliga yaxshi bir fikr keldi. U hozir yugurib borib, o'qituvchining qolidan kitobni yulib oladi-da, qochadi. Lekin u birozgina oyianib qolgan edi, fursat otib ketdi-da, o'qituvchi kitobni ochdi. Qani, boy berilgan shu fursatni endi qaytarib bolsa! «Endi vaqt otdi, hozir Bekki uchun najot yo‘q!» der edi Tom o‘z-o‘zicha. Oradan yana biror daqiqa otishi bilan o'qituvchi sinfga ko‘z yugurtira boshladi. Uning dahshatli su- ratda tikilib qarashiga chidab turolmay, bolalaming hammasi ko'zlarini yerga qaratdilar. Uning hozirgi o'qrayib qarashi shunday ediki, hatto o'zlarida hech qanday ayb sezmagan bolalar ham qo‘rqib ketdilar. Orada ancha vaqt jimjitlik hukm surdi. Shu vaqtda o'qituvchi butun qahr-u zahrini sochishga tayyor- lanib turar edi. Nihoyat, so'zga ogiz ochib: - Kitobni kim yirtdi? - deb so‘radi. Hech kim churq etmadi. Maktab ichi shunday jimjit ediki, agar shu vaqt yerga igna tushib ketsa, o‘sha ignaning tovushi eshitilar edi. Jimjitlik davom etar, o'qituvchi aybdomi topish ilinjida bolalardan har birining yuziga birma-bir tikilib qarar edi. - Benjamen Rojers, kitobni sen yirtdingmi? Un dan: «yo‘q!» degan javob eshitilgandan keyin yana jimjitlik boshlandi. - Jozef Garper, sen yirtdingmi? Yana «yo‘q» degan javob olindi. Tomning tashvi- shi borgan sari ortib borardi. Bu savol va javoblar 169 Tom uchun go “уо sekin-asta bolayotgan qiynoqdek ko‘rinar edi. O'qituvchi o‘g‘il bolalardan so'rab boldi-da, qiz bolalarga qarab: - Emmi Lorens yirtdimi? - deb so‘radi. U boshini chayqab qoydi. - Gresi Millermi? U ham xuddi shunday qildi. - Suzanna Garper, bolmasa sen ekansan-da? Yana «yo‘q» degan javob olindi. Endi navbat Bekki Techerga kelib yetdi. Tomning oyoq-qollari, hatto butun a’zoyi-badani titray boshladi. - Rebekka Techer (Tom qizning yuziga qaradi: qiz qo'rqqanidan rangi oppoq bo lib ketgan edi), bu kitobni senyirtdingmi... yo'qdeysanmi... qani, men ga qara-chi (Bekki yalingansimon qolini kotardi)... kitobni yirtgan sen emasmi? Shu vaqt Tomning miyasiga xuddi yashin tezligida bir fikr keldi. U o'midan irglb turdi-da: - Kitobni men yirtdim! - dedi. Bolalaming hammasi odatdan tashqari jasorat ko‘rsatgan bu bolaga tikilib qoldilar. Tom o‘zi- ning chuvalgan fikrlarini yig'ishtirib olish uchun biroz to'xtab turdi-da, keyin jazoni tortish uchun burchakka qarab borar ekan, bechora Bekki ning ko'zida aks etib turgan hayronlik va undan minnatdorligi, uni yuz qamchi uchun bolsa ham mukofotlagandek ko‘rinar edi. 0 ‘zining bunday ja- sorati tufayli ortib ketgan qahramonligi bilan Tom bu ayovsiz jazoni churq etmay boshidan kechirdi va qo'shimcha jazo tariqasida darsdan keyin ikki soat maktabda yolg'iz qolish jazosini ham hech tashvishlanmay qabul qildi. U shunday jazolardan qutulib chiqqan vaqtda, hovlida kutib o‘tiruvchi kishilar bolar, shuning uchun, maktabda yolglz qolib zerikib otirish ham uning uchun ortiqcha bir mashaqqat qatoriga kirmas edi. 170 Tom shu kecha uyquga yotish oldidan Alfred Templdan qanday qilib o‘ch olishi to‘g‘risida juda uzoq va jiddiy oyianib otirdi. Chunki Bekki o'kinch va uyat aralash hamma voqeani, shu jumladan o‘zi- ning xiyonat qilganini ham so'zlab bergan edi. Biroq o‘ch olish rejasining о‘mini yoqimli, shirin xayollar egalladi va u ko'zi uyquga ketar ekan Bek kining: - Tom, qanday qilib sen shu qadar muruwatlik bolding? - degan so'nggi nidolari hamon quloqlariga jaranglab eshitilar edi. Download 6.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling