Mikrofon
|
Tovush tebranishlarini elektr tebranishlariga aylantirib beruvchi asbob. Ikki so‘zdan: mikros— kichik va phone — tovush so‘zlaridan olingan.
|
Tovushning
tarqalish
tezligi
|
Tovush tarqalishi uchun muhit zarur. Gazlarda tarqalish tezligi 0°C da 200-350 m/s, suyuqliklarda 1100-2000 m/s, qattiq jismlarda 3000—6500 m/s oralig‘ida bo‘ladi.
|
Tovush
qattiqligi
|
Tovushning birlik yuzaga to‘g‘ri kelgan energiyasi bilan belgilanadigan kattalik. Chastotasiga ham bog‘liq. Birligi detsibel (dB). Tovush balandligining yuqori og‘riq sezish bo‘sag‘asi 130 dB ga teng.
|
Tovush
balandligi
|
Tovush chastotasi bilan belgilanadi. Erkak kishilar gapirganda uning tovushida 100 dan 7000 Hz gacha, ayollarnikida 200 dan 9000 Hz gacha tebranishlar bo‘ladi.
|
Tovush tembri
|
Tovushdagi obertonlar soni va obertonlar kuchi hamda tovush balandligi bilan belgilanadigan kattalik. Tovush tarkibidagi eng kichik chastota vQ ni asosiy ton deyiladi. 2v0, 3v0 va h.k. chastotali tebranishlarni obertonlar deyiladi.
|
Aks sado
|
Tovushning tarqalishida uchragan to‘siqdan qaytib kelishiga aytiladi. To‘siqlar joylashishi tovush manbaidan uzoqligiga qarab, aks sado ko‘p marta takrorlanishi mumkin.
|
Exolot
|
Dengiz va okeanlar chuqurligini tovush aks sadosidan foydalanib oMchaydigan asbob.
|
Tovush yutish koeffitsiyenti
|
Materiallarga yutilgan tovush energiyasining tushgan tovush energiyasiga nisbati.
|
Me’morchilik
akustikasi
|
Binolarning akustik kattaliklarini o‘lchash, ularda tovush tarqalish xususiyatlarini o‘rganish va tegishli tavsiyalar ishlab chiqish bilan shug‘ullanadigan fan sohasi.
|