Kegl cc pechat indd


Download 175.39 Kb.
bet95/103
Sana07.01.2023
Hajmi175.39 Kb.
#1081290
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   103
bo£lganligidan, uning yetib

« 1 km.

Topish kerak

kelish vaqtini hisobga ol-




l=?

maymiz.

Javobi: l~ 1

l.Nima uchun ovozni hovliga nisbatan xonada eshitish osonroq?
2.Suv ostida bo‘lgan ikkita suvosti kemasi bir-biri bilan qanday aloqa qilishi mumkin?
3.Aks sado zararli bo‘lgan hollarni uchratganmisiz?
4.Insonga nega ikkita quloq kerak?
•Aks sado eng ko‘p marta qaytariladigan joylar: Angliyadagi Vudstok qasrida 17 marta, Galbershtad yaqinidagi Derenburg qasri xarobalarida 27 marta, Adersbax (oldingi Chexoslovakiya) yaqinida 7 marta, Milan yaqinidagi qasrda 40—50 marta. Aks sadoning
hosil bo£lishi tovushga ham bog‘liq. Bolalar va ayollarning yuqori tondagi ovozi erkaklar ovoziga nisbatan ko‘proq aks sado hosil qilishi mumkin. Eng qulayi qo£lda qarsak chiqarish.
•Dunyoning ko£pgina joylarida shunday imoratlar qurilganki, unda ma’lum bir joyda shivirlab so£zlashish undan ancha uzoqda baralla eshitilgan. Sitsiliya orolida qurilgan Jirgenti soborida shu xususiyat bo£lgani ko£p janjalga olib kelgan. Chunki tasodifan soborning aynan shu joyiga tavba-tazarru eshituvchi joylashgan. Soborning boshqa nuqtasida uni boshqalar ham eshitishgan.
61-MAVZU
MUSIQIY TOYUSHLAR VA SHOYQINLAR. TOVUSH VA SALOMATLIK. ME’MORCHILIKDA TOVUSH
Yuqorida aytganimizdek, biz tovushlar olamida yashaymiz. Bu tovushlar yoqimli bo£lsa, musiqiy ta’sir qildi deymiz. Yoqmasa, buncha shovqin deymiz. Yig£layotgan chaqaloqning ovozi onasiga yoqimli bo£lsa, begona kishiga shovqin bo£lib tuyuladi. Kimgadir nog£oraning ovozi musiqiy tuyulsa, kimdir uni shovqin sifatida qabul qiladi. Shu sababli ularni qat’iy chegaralash qiyin. Latifani eslaylik. «Nasriddin bir kuni musiqachi tanishinikiga mehmon bo£lib boribdi. Tanishi unga turli xil musiqa asboblarini uzoq vaqt davomida chalib ko£rsatibdi-da, so£rabdi: «Mulla Nasriddin, shu musiqa asboblaridan qaysi birining ovozi sizga yoqadi» — desa, Nasriddin qorni ochib ketganligidan: «Menimcha eng yaxshi ovoz, kapgirning qozonga urilishidan chiqqan ovoz», — degan ekan». Shunga ko£ra, odamlarga turli tovushlar turlicha ta’sir ko£rsatadi. Umuman olganda, ko£pchilikka musiqiy tovushlar yoqadi. Musiqa asboblarida tovushlar quyidagicha hosil qilinadi: havo ustuni tebranishi (karnay, surnay, klarnet, fleyta, saksofon va h.k.), tor tebranishi (rubob, tor, dutor, tanbur, skripka, violonchel, g£ijjak va h.k.), tarang tortilgan teri yoki membrana tebranishi (doira, baraban, nog£ora va h.k.) va elektron asboblardagi tebranishlar tufayli.
Ular chiqaradigan tovushlarning chastotasi, balandligi, tembri turlicha bo£ladi. Masalan, skripka chiqaradigan tovush chastotasi 260—15000 Hz, klarnetniki 150—8000 Hz, nog£oraniki 90—14000 Hz atrofida bo£ladi. Musiqiy tovushlarning parrandalarga, uy hayvonlariga ta’siri borligi ham o£rganilgan. Har qanday yoqimli kuy yoki ashulani
165
ham juda baland ovozda qo£yilsa, u shovqinga aylanadi. Shovqin inson asabiga va salomatligiga ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli shovqindan asrash uchun tovush yutuvchi vositalardan foydalaniladi. Narsa va vositalarning tovushni yutish xossasini belgilash uchun tovush yutish koeffitsiyenti (a) deb ataluvchi kattalik kiritiladi. a — yutilgan tovush energiyasining tushgan tovush energiyasiga nisbati bilan o‘lchanadi.
6-jadvalda a kattalikning turli materiallar uchun qiymati keltirilgan (tovush chastotasi 500 Hz).

Download 175.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling