Kegl cc pechat indd


Gazlarda tovushning tarqalishi. Stadionlarda o


Download 175.39 Kb.
bet91/103
Sana07.01.2023
Hajmi175.39 Kb.
#1081290
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   103
1. Gazlarda tovushning tarqalishi. Stadionlarda o£tkazilgan katta tadbirlarda turli uzoqlikda joylashgan radiokarnaylardan chiqqan bir xil ovozlarning bir vaqtda emas, balki oldinma-ketin eshitilganligiga e’tibor bergan bo£lsangiz kerak. Osmonga otilgan mushaklarning oldin charaqlagani, keyin uning portlagan ovozini ham eshitgansiz. Momaqaldiroq vaqtida, chaqmoq chaqqanidan ancha keyin uning guldiragan ovozi keladi. Demak, tovushning havoda tarqalish tezligi yorug£likning tarqalish tezligidan ancha kichik ekan. Tovushning havoda tarqalish tezligini birinchi marta 1636-yilda fransuz olimi M. Mersen o£lchagan. Tovushning 20°C dagi tezligi 343 m/s yoki 1235 km/soat ga teng. Bu kattalik miltiq o£qining tezligidan taxminan ikki barobar kam. Tovushning tezligi havo temperaturasi ko£tarilishi bilan ortadi. Tovush tezligi 10°C da 337,3 m/s, 0°C da 331,5 m/s, 30°C da 348,9 m/s va 50°C da 360,3 m/s ga teng. Turli gazlar, suyuqliklar va qattiq jismlar uchun 0°C dagi tovush tezligi 5-jadvalda keltirilgan.
2. Suyuqliklarda tovushning tarqalishi. Suyuqlikda zarralar gazlarga nisbatan zichroq joylashganligi tufayli ularda tovushning tarqalish tezligi kattaroq bo£ladi. Tovushning suvdagi tezligini birinchi marta 1826-yilda J. Kolladon va Ya. Shturm Shveysariyadagi Jeneva ko£lida o£lchashgan. 8°C И suvda o£lchangan tezlik 1440 m/s ni tashkil etgan. Anhorlarda cho£milganda suv tagida ikkita toshni urib ko£rib, uning
159
ovozini eshitgan o£quvchilar bo£lsa kerak. Tashqarida turib suv ichida hosil qilingan ovozlarni nega eshitmaymiz? Shunga qarab baliqlar ovoz chiqarmaydi, degan xulosaga ham borganmiz. Rus tilidagi «Baliqdek soqov» degan ibora shundan qolgan. Aslida baliqlar ham, boshqa suv hayvonlari — kitlar, delfinlar ham ovoz chiqarib, bir-biri bilan muloqotda bo£ladi. Faqat suvda hosil qilingan ovozning 99,9% suv sathidan orqaga qaytib ketadi. Xuddi shunday, havoda hosil qilingan ovoz ham suv ichiga o£tmaydi.
3. Qattiq jismlarda tovush tarqalishi. Buni o£rganish uchun o£yinchoq telefon yasaymiz. Yog£ochdan yasalgan ikkita gugurt qutisini olib, uning donalarini chiqarib qo£yamiz. Har birida bittadan cho£pni qoldirib, belidan bitta ipning ikkita uchini gugurtga teshib kiritib cho£plarga bog£laymiz. Qutilarni yopib ipni tarang qilib tortamiz. Telefon tayyor! 0£rtog£ingizga birini berib, qulog£iga tutishini so£rang. O'zingizdagi qutini tortib, ipni taranglashtirib qutiga gapirsangiz, o£rtog£ingiz bemalol eshitadi. Bunda tovush ip orqali uzatiladi. Poyezd yo£li relslariga quloq tutgan odam, poyezdni ko£rmasa-da, uning kelayotganini eshitadi. Ba’zi filmlarda «hindu»larning yerga yotib otliqlar yoki hayvonlar to£dasi yaqinlashayotganini bilib olganligini ko£rgan bo£lsangiz kerak. Qattiq jismlarda tovushning tarqalish tezligi eng katta ekanligi 5-jadvaldan ko£rinib turibdi.
5-jadval


Download 175.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling