Kegl cc pechat indd


Gazlar v, m/s 0°C da


Download 175.39 Kb.
bet92/103
Sana07.01.2023
Hajmi175.39 Kb.
#1081290
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   103
Gazlar

v, m/s 0°C da

Suyuqliklar

v, m/s 20°C da

Qattiq
jismlar

v, m/s

Uglerod (II) oksid

338

Glit serin

1923

Alyuminiy

6260

Azot

333,6

Dengiz suvi

1490

Temir

5850

Argon

319

Simob

1451

Mis

4700

Kislorod

316

Atseton

1192

Kumush

3620

Xlor

206

Etil spirti

1188

Oltin

3240

Amaliy topshiriq
1. Suvni isishidan boshlab, qaynagunga qadar chiqadigan ovoz­larni yaxshilab eshiting. Sababini guruhda muhokama qiling. 2.Imkoniyatingiz bo£lsa, ovozingizni magnitofonga yoki qo£l telefonga yozib, eshitib ko£ring. Ovozingizni tanidingizmi?
160
1. Nima sababdan ko‘zi yaxshi ko‘rmaydigan odamlarning qulog‘i sezgir bo‘ladi?
2. Ovoz qaysi paytda uzoqqa boradi: issiq kundami yoki sovuq kundami? Sababini tushuntirishga harakat qiling.
59-MAVZU |
TOVUSH KATTALIKLARI
Tovushlar yo£g£on va ingichka, baland va past, yoqimli va yoqimsiz bo£ladi. Ular bir-biridan qanday kattaligi bilan farq qiladi? Buning uchun maxsus kattaliklar kiritilgan.
1. Tovushning qattiqligi. 125-rasmdagi kamertonning sharcha tegmagan shoxchasiga sekingina rezina bolg£a bilan uraylik. Shunda kamerton tebranishi tufayli sharcha ma’lum uzoqlikka borib keladi. Bolg£a bilan qattiqroq uraylik. Sharcha oldingidan uzoqroqqa borib
I keladi. Kamertonning tebranishi davrida eng katta chetlashishiga tebranishlar amplitudasi deyiladi. Kamerton qanchalik katta amplituda bilan tebransa, undan chiqadigan tovushning qattiqligi shuncha katta bo£ladi. Tovush energiyaga ega. Agar tovush energiyasi ma’lum kattalikdan kichik bo£lsa, inson unday tovushlarni eshitmaydi. Bu quyi chegara 1 m2 yuzaga to£g£ri kelgan tovush quvvati
0,000001 mkW deb belgilangan. Birlik yuzaga to£g£ri kelgan tovush quvvati 1 W/m2 ga borganda, inson qulog£ida og£riq sezadi va tebranishlarni tovush sifatida qabul qilmaydi. Tovushning qattiqligi 1858-yilda nemis fiziklari V Veter va G. Fexner tomonidan tavsiya qilingan qonun asosida aniqlanadi. Inson sezadigan tovush qattiqligining quyi chegarasi Bell deb belgilangan. Bu birlik telefonni ixtiro qilgan G. Bell sharafiga qo£yilgan. Og£riq sezish bo£sag£asini 130 dB deb qabul qilingan (1 detsibel= ldB = 0,l B). Shunga ko£ra sekin suhbatniki 40 dB, shovqinniki 80 dB, samolyotniki 110—120 dB ga teng. Tovushning balandligini mexanik va elektr qurilmalar yordamida kuchaytirish mumkin. Masalan, karnaydan chiqayotgan ovozni bir tomonga yo£naltirib, tarqalish yuzasi kichiklashtiriladi. «Rupor» (127-rasm) ham shunday tovushni yo£naltirib beradi.
Qadimda tovushni kuchaytirib beruvchi apparatlar bo£lmaganida, «qulog£i og£ir» odamlar ruporni qulog£iga qo£yib eshitganlar.
161
2. Tovushning balandligi. Bu kattalik tovush chastotasi bilan belgilanadi. Ma’lumki, inson gapirganda yoki ashula aytganda bir xil chastotali tebranishlar chiqarmasdan, ko£p xil chastotali tebranishlar hosil qiladi. Erkak kishi gapirganda uning tovushida 100 dan 7000 Hz gacha, ayol tovushida 200 dan 9000 Hz gacha bo‘lgan tebranishlar uchraydi. Nog‘oradan chiqadigan tovushlar 90 dan 14000 Hz gacha bo‘ladi.
3. Tovush tembri. Unga qarab kim gapirayotganini, kim kuylayotganini yoki qanday cholg‘u asbobi chalinayotganini aniqlash mumkin. Tovush ichidagi ko£p chastotali tebranishlardan eng kichik chastotasi v0 ni asosiy ton deyilib, 2v0, 3v0 va h.k. chastotali tebra- nishlarni obertonlar deyiladi. Mana shu obertonlar soni va obertonlar kuchi hamda tovush balandligiga qarab, tovush manbalari turli xil tembrga ega bo£ladi.
Erkaklar chiqaradigan asosiy tonga qarab, ovozi «Bas» (80—350 Hz), «Bariton» (110—400 Hz), «Tenor» (230—520 Hz) kabilarga, ayollarnikini «Soprano» (260—1050 Hz), «Kontralto» (170—780 Hz), «Messo-soprano» (200—900 Hz) va «Koloratur soprano» (260—1400 Hz) larga bo£linadi. Amaliy topshiriq (sinfda bajariladi)
Kamertonni avval rezina tayoqcha bilan, so£ngra bolg£acha dastasi bilan urib, kamertonning tovush chiqarishida qanday farq bo£lishini aniqlang. Uyda qadahlar bilan bajarish mumkin.

Download 175.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling