3. Nima sababdan tutash idishlarga quyilgan turli suyuqliklar balandligi turlicha bo‘ladi?
6-mashq
1. Gidravlik press kichik porsheniga 10 N kuch ta’sir ettirilganda, katta porshendan 180 N kuch olindi. Agar katta porshen yuzasi 90 sm2 bo£lsa, kichik porshen yuzasi nimaga teng? {Javobi: 5 sm2.)
2. 33-rasmdagi shisha naylarning bir tomoniga suv, ikkinchi tomoniga o‘simlik yog£i quyiladi. Suv balandligi 30 sm bo£lsa, yog£ balandligi qancha bo£ladi? {Javobi:& 33,3 sm.)
3*. Eni 50 sm, bo£yi 40 sm va balandligi 50 sm bo£lgan akvarium- dagi suvning idish tubiga bergan bosimini hisoblang. {Javobi: 4900 Pa.)
4. Nima sababdan futbol to£pini og£iz bilan puflab shishirish mumkin emas?
5. Kichik yuzali menzurkadagi suv keng yuzali bankaga quyildi. Suvning idish tubiga bergan bosimi qanday o£zgardi?
2Й1Ш1
ATMOSFERA BOSIMI. TORRICHELLI TAJRIBASI
Siz suyuqlikning idish tubiga bosim berishini bilib oldingiz. Gazlar ham xuddi shunday bosim beradimi? Ular bosim berishi uchun massaga, ya’ni og£irlikka ega bo£lishi kerak. Buni tekshirish uchun quyidagicha tajriba o£tkazamiz.
Yaxshi damlangan koptokni olib, elektron taroziga qo£yib massasini o£lchab olamiz. So£ngra koptokni olib, ichidagi havoni to£liq chiqarib yuboramiz. Taroziga koptokni qo£yamiz. Bunda tarozining ko£rsatishi kamayganligi kuzatiladi (34-rasm).
Demak, havo ham ma’lum massaga ega ekan.
Ma’lumki, Yerni havo qatlami o£rab turadi. U atmosfera deb ataladi. Demak, havo o£z og£irligi bilan Yer yuzasiga bosim berishi kerak. Bu bosim atmosfera bosimi deb ataladi. Atmosfera bosimini aniqlash uchun p=pgh formuladan foydalanib bo£lmaydi. Chunki atmosfera tarkibi turli gazlar aralashmasidan iborat bo£lib, aniq balandlikka ega emas. Havo tarkibida 78% azot, 21% kislorod va boshqa gazlar bor. Yer sirtiga yaqin joyda 0°C temperaturada
hg
Do'stlaringiz bilan baham: |