Tutash idishlarga choynak, vodoprovod tizimini misol sifatida keltirish mumkin (32-rasm). Quyidagi tajribani o£tkazaylik.
't
32-rasm.
U U U
33-rasm.
62
Ikkita shisha nay olib, ularni rezina shlang yordamida ulaylik (33- rasm). Rezina shlang o‘rtasini qisqich bilan mahkam siqib, bir tomoniga suv quyaylik. So‘ngra qisqichni olib qo‘ysak, suv bir tomondan ikkinchi tomonga oqib, ikkala tomonda bir xil sathda qolganligini ko£ramiz. Naylardan birini o£z holida qoldirib, ikkinchi tomonini pastga yoki yuqoriga siljitsak, suyuqliklar sathi bir xilligicha qoladi.
Bundan tutash idishlar qonuni kelib chiqadi: Har qanday shakldagi tutash idishlarning tirsaklaridagi bir jinsli suyuqlik ustunlarining balandliklari bir xil boHadi,
Agar tutash idishlarga turli xil suyuqliklar quyilsa nima bo‘ladi? Masalan, naylardan biriga yog£, ikkinchisiga suv quyilsa, suyuqliklar sathi har xil bo£ladi. Bunda suyuqliklar balandliklari nisbati, suyuqliklar zichliklari nisbati bilan quyidagicha munosabatda bo'ladi:
*L = *
Shunday qilib, zichligi katta bo‘lgan suyuqlik ustunining balandligi, zichligi kichik bo£lgan suyuqlik ustunining balandligidan kichik bo£ladi. Demak, yog£ quyilgan nayda suyuqlik ustuni suv quyilgan tomoniga nisbatan katta bo£ladi.
0‘zingiz bajarib ko‘ring
Salqin ichimlikdan bo£shagan idishni (baklajka) olib, turli balandlikda bigiz yoki ingichka mix yordamida tirqishlar oching. Tirqishlarni gugurt cho£pi bilan berkitib, suv to‘ldiring. Gugurt cho‘plarini navbat bilan olib, suvning otilish uzoqligini aniqlang. Sababini tushuntiring.
@1. Gidrostatik bosim nimalarga bog‘liq?
2. Tutash idishlarga misollar keltiring.
Do'stlaringiz bilan baham: |