102
KIRISH SUHBATI
Siz televizorda ko‘p marta berilgan «Maugli»
haqidagi multfilmni
ko‘rgansiz. Unda Maugli o‘z dushmani bo‘lgan yo‘lbarsni yengish
uchun «qizil gul»ni (ya’ni olovni) qo‘lga kiritadi. Shundan so‘ng barcha
hayvonlar uni endi hayvon emas, balki inson deb qabul qiladi.
Inson
esa barcha mavjudotlarning podshohi hisoblanadi. Haqiqatan ham,
odamlar olovdan foydalana boshlaganlaridan so‘ng turmush tarzi keskin
o‘zgargan. Ovqatlarni pishgan
holda yeyish, metallarni eritib ov, ish va
urush
qurollari yasash, isinish va h.k. barchasi olovni hosil qilish va
foydalanishni o‘rganish bilan bog‘liqdir. Unga doir ko‘plab afsonalar ham
to‘qilgan. Masalan, grek afsonalarida alp
Prometey xudolardan olovni
olib, insonlarga bergan va undan foydalanishni o‘rgatganligi haqida gap
boradi. Hattoki kosmosga qilingan birinchi parvoz haqidagi filmni ham
«Olovning tizginlanishi» deb atashgan.
Chunki inson yerda, okeanlarda
harakatlanishi uchun ishlatiladigan mashinalarda issiqlikdan foydalanish
bilan birga, kosmosga ham issiqlik (olovni) ishlata olishi tufayli chiqdi.
Kundalik turmushda ham Siz issiq, sovuq, qaynoq, iliq, qish,
yoz kabi iboralarni ko‘p ishlatasiz. Biz
Siz bilan modda tuzilishini
o‘rganganimizda bug‘, suv va muz bir xil molekulalardan tashkil
topganligini ham bilib oldik. Xo‘sh, unda issiq suv va sovuq suv
molekulalari nimasi bilan farqlanadi?
Temperatura deganda nimani
tushunamiz? Bu kabi savollarga keyingi mavzularda javob olamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: