Kegl cc pechat indd


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/127
Sana17.09.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1680356
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   127
Bog'liq
Fizika,6-sinf darsligi

me’morchilik akustikasi deb ataladi. 
Yaxshi loyihalan 
gan teatr zallarida, sahnada pichirlab aytilgan tovush 
zalning istalgan joyida eshitiladi. Bu binoning shipiga qaralsa, uning 
shakli ichi bo‘sh tuxum po‘chog‘iga o‘xshab qurilgan bo‘ladi. Shunda 
sahnadan chiqqan tovush unga urilib, zalning istalgan joyiga bir xil 
masofani o‘tib boradi. Bunday zallarning tomoshabin o‘tiradigan, 
yuradigan hamma joylariga ular tomonidan chiqadigan shovqinlarni 
yutuvchi materiallar qoplanadi.
Amaliy topshiriq
58-mavzuda keltirilgan «telefon»ni gugurt qutisi va cho‘p-
laridan foydalanib yasang. Ipning qanday uzunligida aloqa 
yetarli bo‘lishini aniqlang. Ovoz sifatining ip tarangligiga 
bog‘liqligiga e’tibor bering.


167
1. 
Ko‘pgina eshiklarni ochganimizda skripka ovoziga o‘xshash 
tovush eshiti la di. Buni qanday tushuntirish mumkin?
2. Ko‘p qavatli uyda yashaganda gilamni qaysi tomondagi devorga 
osish foydali?
3. Ishlab turgan mashina dvigatelining ovozini eshitib, uning mexa-
nizmlarining faoliyati to‘g‘risida ma’lumot olish mumkinmi?
11-mashq.
1. Qoya ro‘parasida turgan bola ovozining aks sadosini 2 s dan 
so‘ng eshitdi. Boladan qoyagacha bo‘lgan masofa qanchaga teng? 
(Javobi: 340 m).
2. 54-mavzudagi jadvaldan foydalanib, teplovoz tovushining temir 
yo‘l rels 
lari bo‘ylab tarqalish tezligi havoda tarqalish tezligidan necha 
marta katta bo‘lishini aniqlang.
3. Yugurish yo‘lkasining finishida turgan hakam qaysi paytda 
sekun domerni ishga tushirishi kerak: start to‘pponchasining ovozini 
eshitgandami yoki og‘zidan chiqqan uchqunni ko‘rgandami?
4. Dengizning ~1,5 km chuqurligiga yuborilgan ultratovush 2 s dan 
so‘ng qabul qilindi. Ultratovushning dengiz suvidagi tarqalish tezligi 
nechaga teng? (Javobi: 1500 m/s.)
5*. Ovoz yozish studiyasida tashqi shovqindan himoyalanish 
maqsadida devorga ikki qavat qilib gilam qoqishdi. Bunda shovqin 
necha marta kamayadi?
6. Aks sadoning necha marta eshitilishi nimalarga bog‘liq?
7. Eshiklar o‘chilganda g‘ijirlash ovozini kamaytirish uchun uning 
oshiq-moshiqlari yog‘lanadi. Bunda nima sababdan shovqin kamayadi?
8. Kamerton shoxchasining uzunligi orttirilsa, undan chiqadigan 
tovushning qanday parametri o‘zgaradi?
9. Avtomobil haydovchilari ba’zan avtomobil balloniga tepib uning 
qanday damlanganligini tekshiradilar. Ballondan chiqqan tovush 
undagi havo bosimiga qanday bog‘liq?
10. Cho‘lda aks sadoni eshitish mumkinmi?


168

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling