Kegl cc pechat indd
Download 1.85 Mb. Pdf ko'rish
|
Fizika,6-sinf darsligi
YAKUNIY SUHBAT
Bunda Siz VII bobda o‘rganilgan mavzularning qisqacha xulosalari bilan tanishasiz. Tovush Muhitda tarqalayotgan tebranishlar. Chastotasi 16 Hz dan 20000 Hz oraliqda. Chastotasi 16 Hz dan past tovushlarni infratovush, chastotasi 20000 Hz dan baland tovushlarni ultratovush deyiladi. 1 Hz = 1/s. Kamerton Aniq bir chastotali tovush chiqaradigan asbob. 1711-yil- da ingliz musiqachisi J. Shorom ixtiro qilgan. U simon ko‘rinishga ega. Rezonator Tebranishlarni kuchaytirib beruvchi quticha. Musiqa asboblarida uning yuzasi yupqa teri, yog‘och bilan qoplanadi. 170 Mikrofon Tovush tebranishlarini elektr tebranishlariga aylan tirib beruvchi asbob. Ikki so‘zdan: mikros – kichik va phone – tovush so‘zlaridan olingan. Tovushning tarqalish tezligi Tovush tarqalishi uchun muhit zarur. Gazlarda tarqalish tezligi 0°C da 200–350 m/s, suyuqliklarda 1100–2000 m/s, qattiq jismlarda 3000–6500 m/s oralig‘ida bo‘ladi. Tovush qattiqligi Tovushning birlik yuzaga to‘g‘ri kelgan energiyasi bilan belgila nadigan kattalik. Chastotasiga ham bog‘liq. Birligi detsibel (dB). Tovush baland ligining yuqori og‘riq sezish bo‘sag‘asi 130 dB ga teng. Tovush balandligi Tovush chastotasi bilan belgilanadi. Erkak kishilar gapirganda uning tovushida 100 dan 7000 Hz gacha, ayollarnikida 200 dan 9000 Hz gacha tebranishlar bo‘ladi. Tovush tembri Tovushdagi obertonlar soni va obertonlar kuchi hamda tovush balandligi bilan belgilanadigan kattalik. Tovush tarkibidagi eng kichik chastota 0 ni asosiy ton deyiladi. 2 0 , 3 0 va h.k. chastotali tebranishlarni obertonlar deyiladi. Aks sado Tovushning tarqalishida uchragan to‘siqdan qaytib kelishiga aytiladi. To‘siqlar joylashishi tovush manbaidan uzoqligiga qarab, aks sado ko‘p marta takrorla nishi mumkin. Exolot Dengiz va okeanlar chuqurligini tovush aks sadosidan foydalanib o‘lchay digan asbob. Tovush yutish koeffitsiyenti Materiallarga yutilgan tovush energiyasining tushgan tovush ener giyasiga nisbati. Me’morchilik akustikasi Binolarning akustik kattaliklarini o‘lchash, ularda tovush tarqalish xususiyatlarini o‘rganish va tegishli tavsiyalar ishlab chiqish bilan shug‘ul lanadigan fan sohasi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling