Keksa kulol va shogird qudrat Hikmat
Download 212.34 Kb.
|
1 2
Bog'liqKEKSA KULOL VA SHOGIRD
KEKSA KULOL VA SHOGIRD Qudrat Hikmat Bir mo‘ysafid kulolning uyiga o‘g‘lini boshlab kelibdi. unga hunar o‘rgatishni iltimos qilibdi. Kulol rozi bo‘libdi. Shogird kulolnikida soz tuproq qazibdi, suv tashibdi, loy qilibdi, o‘choqqa o‘t qalabdi. Xullas, uning aytganlarini bajo keltirib yuribdi. Oradan bir necha qish-u yoz o‘tibdi. Shogird: “Kulolchilikni miridan sirigacha bilib oldim, endi yugurdak bo‘lib yuraman- mi?” – debdi-da, ustozidan javob so‘rabdi. Kulol bo‘lsa: – O‘g‘lim, hunar injiq narsa, sabr-toqat qilib, yana biror yil menga qarashib, o‘rganib turganing ma’qul edi, – debdi. Shogirdning sabri chidamay, ustozini holi-joniga qo‘y may, fotihasini olibdi. Katta bozorda do‘kon ochgan kunlari xaridorlar uning piyola, choynak, ko‘zachalarini talashib olib ketishibdi. ustozi bo‘lsa: “Mayli, oxiri xayrli bo‘lsin!” – deb o‘z yumushini davom ettiraveribdi. Oradan biroz vaqt o‘tar-o‘tmas shogirdning ishi yurishmay qolibdi, uning mollarini xarid qilmay qo‘yishibdi. U yasagan lagan, tovoqlarning sirlari xiralashib, ko‘chib ketay otgan emish. Oxiri shogird dastmo ya sidan ajrab, ko‘p aziyat chekibdi. Nih oy at, kulol nikiga pu shay mon bo‘lib qaytib kelibdi. Kulol uning joniga tag‘in ora kiribdi. Kunlar o‘tibdi. Shogirdiga kulol: – Bolam, alaxsimay, razm solib tur! – debdi-da, qurigan idishlarini bir-bir puflab, so‘ngra sir beribdi. Shunda lagan-u tovoq- larning chiroyi yanada ochilib, yarqir ab ketibdi. Shogird endi uning hunarini batafsil egallab olishga astoydil bel bog‘labdi. 1. Hikoya qahramonlari kimlar? 2. Nima uchun shogirdning ishi yurish- madi? 3. Hikoyadan qanday saboq oldingiz? 2-sinf
Test va topshiriqlar: Savollarga javobni kerakli o‘rinlarda belgilang yoki yozing . 1. Mo‘ysafid o‘g‘lini kumga shogirdlikka beribdi? A) kulolga B) duradgorga C) temirchiga 2. Shogird ustozinikidan nima sababdan tezroq ketmoqchi bo‘libdi? A) o‘zini yetuk kulol hisoblagani uchun B) o‘zini yetuk temirchi hisoblagani uchun C) o‘zini yetuk duradgor hisoblagani uchun 3. Nima sababdan shogirdning mollari dastlab yaxshi sotilib, keyin sustlashib qolibdi? A) bozorda bu kabi mollar ko‘p bo‘lgani uchun B) undan ham yaxshi ustalar kelganligi uchun C) mollar puxta ishlanmaganligi uchun 4. Matnda aytib o‘tilgan shogird yasagan buyumlarning nomini yozing. ______________________________________________________________ 5. Shogird nima sababdan yana kulolning yoniga qaytib kelibdi? Fikringizni asoslang. ______________________________________________________________ 6. Matndan ustozning shogirdi kasbini to‘laligicha o‘zlashtirmaganligini anglatuvchi gapni aniqlang va yozing. _ _____________________________________________________________ 7. Matnda qo‘llangan “dastmoyasi” so‘zining ma’nosi qaysi javobda to‘g‘ri berilgan? A) mehnati, ishi B) kasb-hunari, qobiliyati C) bor-yo‘g‘i, puli 8. Kulolning o‘z shogirdiga hunarni puxta o‘zlashtirish kerakligi haqida aytgan gapini aniqlang. A) – Kulolchilikni miridan sirigacha bilib oldim. B) – Mayli, oxiri xayrli bo‘lsin! C) – Bolam, alaxsimay, razm solib tur! 9. Matn yakunida aytilishicha, shogird nimaga astoydil bel bog‘labdi? A) hunar injiq narsaligini anglashga B) sabr-toqat qilishga C) kulolchilik hunarini batafsil egallab olishga 10. Shogird kulolnikida bajargan ishlarining ketma-ketligini matnda berilganidek yozing. ______________________________________________________________ 11. Matndan shogird haqida uning qilgan ishlaridan bilib oldingiz. Uni ta’riflang. ______________________________________________________________ 12. Nima deb o‘ylaysiz, shogird ustozining yoniga qaytib kelib, to‘g‘ri qildimi? Fikringizni asoslang. ______________________________________________________________ 13. Matnning mazmunini quyida berilgan qaysi so‘zlar vositasida kengroq tasvirlash mumkin? A) do‘kon, lagan, tovoq, piyola B) kulol, shogird, hunar, sabr C) choynak, sir, dastmoya, mo‘ysafid 14. Ushbu berilgan matndan qanday xulosa chiqarish mumkin? A) hunarni sabr bilan astoydil o‘rganish lozim B) har doim kattalarning gapiga quloq tutish lozim C) pushaymon bo‘lmaslikka o‘rganish lozim SOQOV QABILA (ertak) Erkin Madolimov Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, baland tog‘lar bilan o‘ralgan kenglikda katta qabila yashar ekan. Qabila aholisi so‘zlay olmas, o‘z fikr-istaklarini imo-ishora, ko‘z qarashlari va qo‘l barmoqlarini qimirlatish orqali bildirishar, shu yo‘sinda bir-birlarini tushunishar ekan. Ular orasida tog‘ yaqinida yashovchi tabib ham bo‘lib, turli xastaliklar va zaharlanishlarni dorivor giyohlar bilan davolab, qabila aholisiga katta naf yetkazar ekan. U kunlarning birida baland tog‘ yonbag‘rida avval hech uchramagan giyohlarga duch kelibdi. Ulardan malham tayyorlab, odatiga ko‘ra bu malhamni o‘zida sinab ko‘ribdi. Bu malham ta’sirida tabibning quloqlari ochilib, dilidagi tuyg‘ular tiliga ko‘chib gapira boshlabdi. Tabib avval qo‘rqibdi, keyin shodligidan hayqirib yuboribdi. Bu o‘simlikning mo‘jiza ekanligini anglabdi. So‘ng kampiriga ham shu malhamdan beribdi. Chol-u kampir imo-ishorasiz ravon so‘zlashar bir-birlari bilan uzoq suhbat qurisharkan. “Bizga go‘zal hayot bilan birga ehtiyojlarimiz uchun zarur ashyolarni ato etding. Gapirolmay soqov yashardik, mana mo‘jizalarning yana biri so‘zlashish imkoniyatini ham in’om etding”, deb shukronalar aytisharkan. Qabiladoshlari tez orada bu voqeadan xabar topishibdi. Tabibning eshigi oldidan navbat uzilmabdi. U hammaga mo‘jiza giyohdan tayyorlanagan malhamdan beribdi. Endi odamlar xursandchilik bilan salomlashishar, chiroyli suhbatlar qurishar, bir-biriga tinchlik, omonlik tilasharkan. Nutq tufayli yer yuzida ma’naviyat, adabiyot va san’at yoyilibdi. Kun-u oylar o‘tibdi. Bir kun tabib o‘z o‘g‘lining yaqin o‘rtog‘i bilan janjallashayotgani, ularning uyat so‘zlar aytayotgani ustidan chiqib qolibdi. Tabib ularga “Behayo so‘zlovchi axloqsiz kishilar ikki dunyoda ham katta zarar ko‘rishini, yomon so‘z barakasizlik sababchisi” ekanligini aytib, nasihat qilibdi. Gap asnosida bolalar “Bunday bo‘lmag‘ur so‘zlarni odamlar ko‘p joyda, bir-ikkita shaytonga o‘xshagan kimsalar baqir-chaqir qilganda, eshitgan edik”, deyishibdi. Xullas, ikki o‘rtoq murosaga kelib tabibdan uzoqlashishibdi. Tabib ilk bor og‘riq kirgan chap ko‘ksiga qo‘lini qo‘yibdi. Osmonga tikilib, mo‘jiza giyohini soqovlarga yetkazib to‘g‘ri qildimmi yoki xatoga yo‘l qo‘ydimmi, deb o‘ylanib qolibdi. MATN YUZASIDAN SAVOLLAR 1. Ertakdagi qabila qayerda yashar ekan? A.Baland tog‘larda. B.Olis shaharda. C. Tog‘li hududdagi qishloqda D. Baland tog‘lar bilan o‘ralgan kenglikda 2. Qabila aholisi o‘z fiklarini qanday bayon etishardi? A.So‘zlashuv orqali B. Imo-ishoralar, ko‘z qarashlari bilan C. Gap va so‘zlar orqali D. Faqat ko‘z qarashlari orqali 3. Tabib giyohni qayerda uchratdi? A. Tog‘ cho‘qqisida. B. Tog‘ yonbag‘rida. C. Qishloq chekkasida. D. Adirlikda. 4. Tabib tayyorlagan malham qanday ta’sir ko‘rsatdi? ______________________________________________________________ ______________________________________________________________ 5. Tabibning giyoh orqali davolash jarayoni izohlangan ketma-ketlikni toping. A. Hammaga mo‘jiza giyohdan tayyorlangan malhamdan beribdi. B. Odatiga ko‘ra malhamni o‘zida sinab ko‘rdi. C. Kampiriga ham malhamdan berdi. D. Baland tog‘ yonbag‘ridan topgan giyohlaridan malham tayyorladi. 6. Chol-u kampir kimga shukronalar aytisharkan? A. Qabiladoshlariga B. Yaratganga C. Giyohga D. Tabibga 7.Voqeadan xabar topgan qabiladoshlar nima qilishdi? A. Tabibning oldiga kelishibdi B. Toqqa chiqib o‘sha giyohni izlay boshlashibdi C. O‘zlari malham tayyorlashibdi D. Hech narsa qilishmabdi 8. Qabiladoshlarning so‘zlashish jarayonlarini tasvirlang. ______________________________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________ 9. Bir kuni tabib nimaning ustidan chiqib qoldi? A. Qabiladoshlarining suhbat qurishayotganini B. O‘g‘lining yaqin o‘rtog‘i bilan janjallashayotganini C. O‘g‘lining yaqin o‘rtog‘i bilan suhbatlashayotganini D. O‘glining xursandchiligini 10. Nima uchun tabibning ko‘ksiga og‘riq kirdi? ______________________________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________ 11. Ertak yakunida tabibning xayolidan nimalar o‘tdi? 53 __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ 12. Tabib qabiladoshlarini davolab to‘g‘ri ish qildimi? Siz nima deb o‘ylaysiz? Download 212.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling