Keksa kulol va shogird qudrat Hikmat


Download 212.34 Kb.
bet2/2
Sana27.12.2022
Hajmi212.34 Kb.
#1067760
1   2
Bog'liq
KEKSA KULOL VA SHOGIRD

Cho`pan va olma daraxti
Ch’opon suruvini o‘tlatmoq uchun
yaylovga chiqar ekan, tepalkdagi bir olma
daraxti tagida dam olar, mavsum paytida u
bilan o‘zicha suhbat qurar edi.
- Qani, bolajonim, men qariyaning
olmasini ber, - derdi.
Keyin “tup” etib bir olma tushardi.
O‘zi ham eng chiroyli va pishgani bo‘lardi-
da.

Ch’opon sadaf naqshli pichoqchasini


olib, olmani tilimlarga bo‘lar va tovoqchaga
solib, non va qatiq bilan qo‘shib yeb olardi.
So‘ng dadasidan qolgan kitobni o‘qib o‘tirar
edi.
Cho‘pon 20 yil oldin bu daraxtni shu
yerga o‘zi ekib, suv olib chiqish
mushkulligidan har doim bet-qo‘lini yuvgan
(tahotat)idan qolgan suvni olma tagiga
qo‘yar edi. Olma daraxtining tomirlariga balki shu suvlar quvvat bo‘lganmi,
haytovur, mevaga ancha erta kirdi.
Oradan yillar o‘tib, cho‘ponning belgi bukchayib, madori keta boshladi.
Daraxt esa chinor kabi katta bo‘lib, ko‘klarga ko‘tarilardi. Bu hodisa bir kun ham
kanda bo‘lmay takrorlanardi. Hamqishloqlari bu hodisani kuzatib, bir-birlariga
so‘zlab yurishar va cho‘ponni bir donishmand deb bilardilar.
Bir kuni cho‘pon daraxt tagida dam olib o‘tirib, navbatdagi olmasini yeyishni
ko‘ngli tusab qoldi. Ammo shoxlarda shig‘il olmalar bo‘lishiga qaramay, negadir
bu gal olma tushmadi. Cho‘pon istagini takror – takror aytaverdi…
Kutgani natija bermagach, yig‘lab yubordi. Ko‘z yoshlari yangi tug‘ilgan
qo‘ylarning yungiga o‘xshagan oppoq
soqollarini ho‘l qildi. Daraxt tagidan
uzoqlashib, qo‘ylari orasiga kirib ketdi.

“Bolasi” meva bergan kunidan


boshlab birinchi marta uning istagini
bajarmadi. Cho‘ponning beli har
doimgidan ham egilib qolgandek,
kuchsiz oyoqlari go‘yo vujudini
ko‘tarolmayotgandek tuyuldi.
Qo‘ylarini to‘plab, qishloq tomon kelarkan, nihoytda holsizlanganini sezdi.
Jonivorlarni uy-uyiga haydadi. So‘ng olmasi yoniga qaytdi. Ertasi kuni qishloq ahli
keksa cho‘ponni o‘zi ekkan daraxtni tagida jonsiz holda topdi.
Cho‘pon suruv bilan yaylovga chiqar ekan, yigirma yil oldin o‘zi ekkan
olma daraxti bilan suhbat qurgach, so‘ng unga nima deganini eslang.
a) Qani, bolajonim, men qariyaning olmasini ber
b) Tez-tez unib o‘s
c) Men qariya uchun ko‘proq meva qil
d) Men qariyani quyosh nuridan himoya qil, bolajonim
2. Cho‘ponning pichog‘i qanday edi?
a) Naqshli pichoq.
b) Sadaf sopli pichoq.
c) Sadaf naqshli pichoq.
d) Dadasidan qolga pichoq.
3. Cho‘pon o‘zi bilan nimalar olib chiqar edi?
a) Pichoq, tovoqcha, non, qatiq, kitob va suv.
b) Non, suv, pishloq va qatiq.
c) Pichoq, tovoqcha, non, qatiq va kitob.
d) Doim suv olib chiqar edi.
4. Cho‘ponni yig‘lashga majbur qilgan sabab nima edi?
a) Yillar o‘tib cho‘ponning beli bukchayib, madori ketgani uchun.
b) Daraxt chinor kabi katta bo‘lib, ko‘klarga ko‘tarilgani uchun.
c) Hamqishloqlari uni “donishmand” deb bilishgani uchun.
d) Shoxida shig‘il bo‘lishiga qaramay, negadir olmalar bu gal tushmagani uchun.
5. Shundan keyin u qanday holatga tushgani ifodalang.
6. Nima uchun olma bu gal unga tushmagaini tushutiring.
7. “Manfaatdor” degada nimani tushunasiz?
8. “Cho‘pon va olma daraxti” deb nomlangan ertakni o‘qish siz uchun
qanchalik yoqimli bo‘ldi?
BIR TUP SADA
Mahmud Murodov
1
Qishlog‘imizning o‘rtasidan oqadigan ariq
bo‘yida katta sada bor. Sadaning qalin,
quyuq shoxlari yerga tangaday oftob
tushirmaydi. Tagi g‘ir-g‘ir shabada.
Qishloqning bir tomoni poyonsiz qir.
Sap-sariq, bo‘liq boshoqlarini egib, chay-
qalib turgan bug‘doylar xuddi oltin de-
ngizga o‘xshab chayqaladi.
2
G‘allakorlarning ko‘pchiligi tushda shu
sada ostida yig‘ilishadi. Samovarda shaqill ab
qaynagan xushbo‘y ko‘k choydan ichib,
hordiq chiqarishadi. Ana shund a keksa-
larning: “Norbobo ko‘p yaxs hi ish qilgan-
da! Ho zir maza qilib o‘tirishimiz o‘sha odam
tufayli”, – deganl ar ini ko‘p eshitganman.
Bir kuni dadamdan:
– Dada, Norbobo kim o‘zi? – deb so‘ra-
d im. Dadam boshimni silab javob berdi:
– Norbobo qishlog‘imizning mehnatkash,
keksa otaxoni edi. Rahmatli o‘sha sadani
yoshligida allaqayerdan keltirib o‘tqazgan
ekan. Norboboni tilga olishlarin ing boisi
shu.
Shu payt ko‘zimga kichkinagina sada
o‘tqazayotgan Norboboning bolalik payti
ko‘ringandek bo‘ldi.
4
Qaysi bir kuni buzoqni podaga hayday-
man desam, u bug‘doyzorga urib keta verdi.
Tayoq topolmay, shoshganimdan dadam
ekib qo‘ygan o‘rik ko‘chatini su g‘ur ib olib-
man. Shuni eslab qizarib ketdim. Keyin
dadamga bu voqeani aytib, uzr so‘radim.
“Endi sen ikki tup ko‘chat o‘tqazishing
kerak. Biri sug‘urib olganing o‘rniga,
ikkinchisi esa o‘z hissang”, – dedi dadam.
1. Hikoyaning asosiy qahramoni kim? u
qanday inson bo‘lgan ekan?
2. Daraxt ekishning xosiyati nimada ekan?
3. Siz ham ko‘chat o‘tqazganmisiz?

Masalan, Mahmud Murodovning “Bir tup sada” [2, 109-b] mavzusidagi


matnni PIRLS talablari asosida o‘rganishga harakat qilamiz:
Matn o‘quvchilarga o‘qituvchi tomonidan chiroyli qilib bir marta o‘qib
beriladi. So‘ngra o‘quvchilarning o‘zlariga o‘qish buyuriladi. Shundan so‘ng
o‘quvchilarga o‘qituvchi quyidagicha tuzilgan savollar bilan murojaat qiladi. Bu
testlar va savollar har bir bolaga alohida qog‘ozlarda tarqatiladi. O‘quvchilar
kitobni yopgan holda, undan foydalanmasdan savollarga javob topishga harakat
qilishadi.
MATN YUZASIDAN SAVOLLAR
1. Qishloqning o‘rtasidan oqib o‘tgan ariq bo‘yida qaysi daraxt o‘sardi?
A. Tol
B. Terak
C. Chinor
D. Sada
2. Sap-sariq, bo‘liq boshoqlarini egib chayqalib turgan bug‘doylar
nimaga o‘xshaydi?
A. Sariq tangalarga
67
B. Oltin dengizga
C. Ko‘m-ko‘k osmonga
D. Hovuzga
3. Nima uchun g‘allakorlar Norbobodan minnatdor bo‘lishadi? Bitta
dalil yozing.
______________________________________________________________
4. Norboboning sadani keltirib ekkanligini bola kimdan bilib oldi?
A. Bobosidan
B. O‘rtoqlaridan
C. Onasidan
D. Dadasidan
5. Hikoyadagi voqealar ketma-ketligini raqamlar bilan ifodalang.
1 raqami qo‘yilgan.
__1__ Sadaning qalin, quyuq shoxlari yerga tangaday oftob tushirmaydi.
_____ Tayoq topolmay, shoshganimdan dadam ekib qo‘ygan o‘rik ko‘chatini
sug‘urib olibman.
_____ Samovarda shaqillab qaynagan xushbo‘y ko‘k choydan ichib, hordiq
chiqarishadi.
_____ Buzoq bug‘doyzorga yugurib ketaverdi.
6. Nima uchun dadasi o‘g‘liga ikkita ko‘chat ekishing kerak dedi?
Javobingizni yozing.
______________________________________________________________
TULKI VA XO‘ROZ
(Eron xalq ertagi)
Qadim zamon da bir xo‘roz bo‘lgan ekan.
u bir kuni tulkiga duch kelib, chinorning
ustiga chiqib olibdi.
Tulki chinorning tagiga kelib debdi:
– Ey xo‘roz, nega chinorga chiqib ol ding?
Hali xabaring yo‘qmi?! Podsho: “Bundan
bu yon hamma jonivorlar do‘st bo‘lsin”, – deb
farmon berdi. Kel, birga sayr qilamiz.
– Ko‘pchilik bo‘lsa yaxshi bo‘ladi. Biroz
to‘xta, itlar yugurib kelyapti. Yetib kelish-
sa, birga sayr qilamiz, – debdi xo‘roz.
Tulki buni eshitib, qocha boshlabdi.
– Nega qochyapsan? – so‘rabdi xo‘roz.
– Chunki itlar shohning farmonini eshit-
magan bo‘lishlari mumkin. Tag‘in meni
burdalab tashlashmasin, – deb tulki orqa-
siga qaramay qochib ketibdi.
1. Xo‘roz tulkidan qanday qutulib qoldi?
2. Tulki nima uchun qochib ketdi?
3. Xo‘roz qaysi hayvonlar bilan do‘st
bo‘lishi mumkin?

Quyida 2-sinf o‘qish darsligidagi “Tulki va xo‘roz” ertagi [2] asosida


o‘quvchilarni PIRLS tadqiqotiga tayyorlashni ko‘rib o‘tamiz:
Qadim zamonda bir xo‘roz bo‘lgan ekan. U bir kuni tulkiga duch kelib,
chinorning ustiga chiqib olibdi.
Tulki chinorning tagiga kelib debdi:
-Ey xo‘roz, nega chinorga chiqib olding? Hali xabaring yo‘qmi?! Podsho:
“Bundan buyon hamma jonivorlar do‘st bo‘lsin”, -deb farmon berdi. Kel, birga
sayr qilamiz.
68
-Ko‘pchilik bo‘lsa yaxshi bo‘ladi. Biroz to‘xta, itlar yugurib kelayapti. Yetib
kelishsa, birga sayr qilamiz,-debdi xo‘roz .
Tulki buni eshitib, qocha boshlabdi.
-Nega qochyapsan?-so‘rabdi xo‘roz.
-Chunki itlar shohning farmonini eshitmagan bo‘lishlari mumkin. Tag‘in
meni burdalab tashlashmasin, -deb tulki orqasiga qaramay qochib ketibdi.
MATN YUZASIDAN SAVOLLAR
1. Xo‘roz kimga duch keldi?
A. Itga
B. Otga
C. Sigirga
D. Tulkiga
2. Tulki nima uchun xo‘rozni birga sayr qilishga taklif qildi?
______________________________________________________________
3. Tulkining podsho farmoni haqidagi yolg‘oni qanday fosh bo‘lib qolganini
yozing.
______________________________________________________________
4. Nima uchun tulki qochib ketdi?
A. U juda shoshayotgan edi.
B. Itlardan qo‘rqqani uchun.
C. Xo‘rozdan qo‘rqib qochib ketdi.
D. Tulki sayr qilishni xohlamadi.
5. Ertakdagi voqealar ketma-ketligini raqamlar bilan ifodalang.
1 raqami qo‘yilgan.
__1__ Xo‘roz bir kuni tulkiga duch kelibdi.
_____ Tulki orqasiga qaramay qochib ketibdi.
_____ Tulki xo‘rozga birga sayr qilishni taklif qilibdi.
_____ Xo‘roz chinorning ustiga chiqib olibdi.
6. Tulkining ayyorligini ko‘rsatadigan 2 ta misol keltiring.
______________________________________________________________

Quyida PIRLS tadqiqoti uchun adabiy kitobxonlik malakasini egallash


bo‘yicha uslubiy tavsiyalar berish maqsadida 2-sinf o‘qish kitobidan Shorasul
Zunnunning “Nima eksang, shuni o‘rasan” hikoyasi uchun topshiriqlar tayyorlash
va bu topshiriqlarning maqsad va vazifalari, ular ustida ishlash texnologiyasini
ko‘rib chiqamiz. Shuningdek, topshiriqlarning namunaviy javoblari ham
keltirilmoqda.
NIMA EKSANG,
SHUNI O‘RASAN
Shorasul Zunnun
Bir yigit ko‘zlari xiral ashgan qari otasini
hurmat qilmasdi.
Bir kuni chol bec hor a qo‘li titrab, osh
suzib berilgan kosani tushirib sindird i.
Buni ko‘rgan keli ni nordon so‘zlar aytib,
ko‘nglini vayron qildi.
Shundan keyin yigit otasini hovlining bir
chekkasidagi zax uyga ko‘chirdi. Kelin esa
eri bergan yog‘och kosada qayn otasiga
ovqat bera boshladi. Bu kabi muoma-
ladan otaning ko‘ngli ozor topib, o‘ksinib
yig‘lardi. Besh yoshli nevarasi bilangina
tasalli topar edi. Bola uning yoniga kelib
o‘tirar, ma’sumona so‘zlari bilan kuldirib,
qayg‘u-alamlarini yengillatardi.
Bola bir kuni qo‘liga pichoq olib,
yog‘ochni yo‘nib o‘tirardi. Shu paytda da-
dasi kelib qoldi. O‘g‘lini ko‘rib: “O‘g‘lim,
nima qily apsan?” – deb so‘radi. O‘g‘li yu-
gurib kelib, dadasini quchoqlab oldi:
– Dadajon, siz buvamga yog‘och kosa
keltirib bergan edingiz-ku, oyim o‘sha kosada buvamga ovqat beradilar. Men
ham yog‘och kosa yasayapman, katta
bo‘lganimda oyim bilan sizga shu kosada
ovqat beraman.
O‘g‘lining bu so‘zi yigitga qattiq ta’sir
qildi. u ko‘z yoshi qilib, otasining huzur iga
kirdi, tiz cho‘kib uzr so‘radi. Darrov uni
issiq xonaga ko‘chirdi. Kelin ham qayn-
otasini hurmat qila boshladi.
ularning bu ishlaridan ota xursand bo‘ldi.
1. Ota nima uchun o‘g‘lidan xafa bo‘ldi?
2. O‘g‘il xatosini tushundimi? Bunga nima
sabab bo‘ldi?

“Nima eksang, shuni o‘rasan” Shorasul Zunnun.


Bir yigit ko‘zlari xiralashgan qari otasini hurmat qilmasdi. Bir kuni chol
bechora qo‘li titrab, osh suzib berilgan kosani tushirib sindirdi. Buni ko‘rgan kelini
nordon so‘zlar aytib, ko‘nglini vayron qildi. Shundan keyin yigit otasini hovlining
bir chekkasidagi zax uyga ko‘chirdi. Kelin esa eri bergan yog‘och kosada
qaynotasiga ovqat bera boshladi. Bu kabi
muomaladan otaning ko‘ngli ozor topib,
o‘ksinib yig‘lardi. Besh yoshli nevarasi
bilangina tasalli topar edi. Bola uning yoniga
kelib o‘tirar, ma’sumona so‘zlari bilan
kuldirib, qayg‘u-alamlarini yengillatardi. Bola
bir kuni qo‘liga pichoq olib, yog‘ochni yo‘nib
o‘tirardi. Shu paytda dadasi kelib qoldi.
O‘g‘lini ko‘rib: «O‘g‘lim, nima qilyapsan?» –
deb so‘radi. O‘g‘li yugurib kelib, dadasini
quchoqlab oldi:
– Dadajon, siz buvamga yog‘och kosa keltirib bergan edingiz-ku, oyim o‘sha
kosada buvamga ovqat beradilar. Men ham yog‘och kosa yasayapman, katta
bo‘lganimda oyim bilan sizga shu kosada ovqat beraman.
O‘g‘lining bu so‘zi yigitga qattiq ta’sir qildi. U ko‘z yoshi qilib, otasining
huzuriga kirdi, tiz cho‘kib uzr so‘radi. Darrov uni issiq xonaga ko‘chirdi. Kelin
ham qaynotasini hurmat qila boshladi. Ularning bu ishlaridan ota xursand bo‘ldi
Topshiriqlar:
1-topshiriq: “Nima eksang, shuni o‘rasan” jumlasini izohlang.
Javob: Bu jumla o‘zbek xalq maqolidir. Bu maqolda nima eksang, ya’ni gul
eksang, gul o‘rasan, tikan eksang tikan o‘rasan demoqchi. Yoki yaxshilik qilsang,
yaxshilik ko‘rasan, yomonlik qilsang, yomonlik ko‘rasan, desa ham bo‘ladi.
Maqsad: Ushbu topshiriq o‘quvchilarda o‘zbek xalq maqollarining mazmuni
bilan kengroq tanishib borishlariga, lug‘at boyliklarini oshirishga xizmat qiladi.
2-topshiriq: Rivoyat necha qismdan iborat? Har bir qismning qisqacha
mazmunini yozing.
Javob: Rivoyat 4 qismdan iborat.
1. Yigit va uning xotini keksayib, ko‘zlari xiralashib qolgan otasini hurmat
qilmasdan, kosani sindirib qo‘ygani uchun uni zax uyga ko‘chirib, yog‘och kosada
ovqat bera boshladi.
2. Keksa ota besh yoshli nevarasi bilangina tasalli topar edi. Bola ham
bobosini juda yaxshi ko‘rar edi.
3. Bir kuni bolakay yog‘och kosa yasab o‘tirganida dadasi kelib qoladi va
bola dadasiga: “Men ham yog‘och kosa yasayapman, katta bo‘lganimda oyim bilan
sizga shu kosada ovqat beraman”, - dedi.
4. O‘g‘lining bu ishi dadasini ko‘zlarini ochdi va otasining oldiga kirib, uzr
so‘radi. Otaxonni issiq uyga olib o‘tishdi. Otaxon juda xursand bo‘ldi.
Maqsad: Rivoyatni qismga bo‘lish orqali o‘quvchilar har bir gapni to‘g‘ri
analiz qilishga o‘rganishadi, bayon yozish kompetensiyasi shakllanib boradi.
3-topshiriq: Matndagi bolakayga ta’rif bering.
Javob: Boboning nabirasi juda aqlli bola. Endigina besh yoshga kirishiga
qaramasdan kelajakni ko‘ra oladi. Ko‘rgan-kechirganlarini to‘g‘ri tahlil qiladi,
mustaqil qaror chiqara oladi.
Maqsad: Asar qahramonlariga ta’rif berish orqali insonlarni o‘rganib,
insonlardagi salbiy va ijobiy xislatlarni taqqoslash va farqlashga o‘ganishadi.
4-topshiriq: Bolaning dadasi, otasini hurmat qilmasdan to‘g‘ri ish
qildimi? Fikringizga 3 ta isbot keltiring.
Javob:
Yo‘q, chunki ota-ona eng buyuk va mo‘tabar zotlardir.
Ota-onamiz bizni kichikligimizdan oq yuvib, oq tarab, katta qilishadi.
Biz ham yillar o‘tib, keksayganimizda bizga ham xuddi shunday muomala
qilishilari mumkin.
Maqsad: Isbot, asos talab qilinadigan topshiriqlar o‘quvchilarni aniq va
asosli gapirishga o‘rgatish bilan birga kelajakda maqsadli yashashga o‘rgatadi.
5-topshiriq. Matnga yana qanday sarlovha qo‘yish mumkin? Asoslang.
1-variant: “Bemehr o‘g‘il”
Asos: Chunki, bu matnda otaxonning o‘g‘li bemehr va bag‘ritosh inson.
2-variant: “Mehribon nabira”
Asos: Chunki, bu matnda otaxonning nabirasi, mehribon va qalbi toza bola
ekan. 3-variant: “Qaytar dunyo”
Asos: O‘g‘ilning otasiga qilgan munosabati, o‘z o‘g‘lidan qaytdi.
78
Maqsad: Ushbu topshiriq o‘quvchilarda axborot bilan ishlash
kompetensiyasini shakllanishiga yordam beradi. O‘quvchi o‘qiganlari yuzasidan,
chuqur mulohaza yuritadi.
6-topshiriq: Test.
Kosani kim tushirib sindirdi?
A) O‘g‘il B) Chol D) Kelin
Cholga qanday kosada ovqat berishdi?
A) Yog‘och kosada B) Sopol kosada D) Chinni kosada
Cholni ko‘nglini kim ko‘tardi?
A) O‘g‘li B) Kelini D) Nabirasi
7-topshiriq: Alisher Navoiyning quyidagi satrlarini mazmunini izohlang.
Boshni fido ayla, ato qoshiga,
Jismni qil sadqa ano boshig‘a.......
Javob: Otalarimiz bizni yedirish, kiydirish uchun kunu-tun mehnat qiladi,
uyimizning ustuni va boshidir. Shuning uchun ham otalar uchun boshimizni,
borlig‘imizni ham baxshida etsak arziydi. Onalarimiz esa, biz uchun o‘z jismu-
jonini xatarga qo‘yib, bizni dunyoga keltiradilar, shuning uchun ham bor jismimiz,
tanu-jonimizni baxshida qilsak arziydi.
8-topshiriq. Alisher Navoiyning ota-onalar haqidagi yana qanday misralarini
bilasiz?
Javob: Onalarning oyog‘i ostidadur,
Ravzai jannat jinon bog‘i.
Ravza bog‘in visolin istar ersang,
Bo‘l, onalar oyog‘in tuprog‘i.
Maqsad: Topshiriq buyuk ajdodlarimiz ijodi bilan tanishtirib, Alisher Navoiy
ijodiga qiziqishlariga xizmat qiladi.
9-topshiriq: Farzandning ota-onalari oldidagi 5 ta burchini yozing.
Javob:
1. Ota-ona keksayganda ehtiyot qilish, boqish, holidan xabar olish.
2. Ota-ona bemor bo‘lib qolsa davolatish.
3. Ota-onadan norozi bo‘lmaslik.
4. Bir ish boshlashdan oldin ota-onaning ruxsatini, duosini olish.
5. Ota-onaning biror orzu-niyatlari bo‘lsa, uni bajarish.
Maqsad: Topshiriq o‘quvchilarga har bir insonning ota-ona, oila, mahalla,
Vatan oldidagi burchini doimo his qilishi lozimlgini o‘rgatadi.
10-topshiriq: Ota-onaning farzandi oldidagi 5 ta eng muhim vazifasini
yozing.
Javob:
1. Farzandiga yaxshi, chiroyli ism qo‘yish.
2. Farzandini ilmli qilish.
3. Farzandini yaxshi xulqli qilib tarbiyalash.
4. Farzandi voyaga yetguncha ehtiyot qilish, boqish, holidan xabar olish.
5. Farzandini uyli, oilali qilish.
79
11-topshiriq: Yog‘ochdan yasalgan kosa, piyola, qoshiqlarni
ko‘rganmisiz? Bular haqida nimalar bilasiz?
Javob: Ming yillar ilgari ota-bobolarimiz yog‘ochdan idishlar yasashgan.
Bundan 20-25 yillar avval ham keksa kishilar bunday idishlarni ishlatishgan,
ammo hozir bozorlarda kamdan-kam uchraydi. Yog‘och idishlarning afzalliklari
shundaki, chidamli, yengil, issiq emas, hidi yo‘q, ovqatning asl ta’mini saqlab
turadi.
Yog‘och o‘ymakorligida ota-bobolarimiz qadimda har xil yog‘ochlardan turli
maqsadda foydalanib kelganlar. Yog‘och o‘ymakorlikda shumtol, eman, arg‘uvon,
terak, chinor va boshqa daraxt yog‘ochlaridan keng foydalaniladi. Mamlakatimizda
yog‘och o‘ymakorligi ustalari o‘z ishlari uchun eng yaxshi yong‘oq, qarag‘ay,
chinor, tut, archa, terak, o‘rik kabi mahalliy daraxtlarning eng a’lo navlarini
ishlatadilar.
Maqsad: O‘quvchilar tariximizni, milliy qadriyatlarimizni o‘rganishda,
hurmat qilishida bu kabi topshiriqlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bu
kabi topshiriqlar o‘quvchilarda milliy va umummadaniy kompetensiyani
shakllantirishga xizmat qiladi
Download 212.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling