Keksa kulol va shogird qudrat Hikmat
Download 212.34 Kb.
|
1 2
Bog'liqKEKSA KULOL VA SHOGIRD
Cho`pan va olma daraxti
Ch’opon suruvini o‘tlatmoq uchun yaylovga chiqar ekan, tepalkdagi bir olma daraxti tagida dam olar, mavsum paytida u bilan o‘zicha suhbat qurar edi. - Qani, bolajonim, men qariyaning olmasini ber, - derdi. Keyin “tup” etib bir olma tushardi. O‘zi ham eng chiroyli va pishgani bo‘lardi- da. Ch’opon sadaf naqshli pichoqchasini olib, olmani tilimlarga bo‘lar va tovoqchaga solib, non va qatiq bilan qo‘shib yeb olardi. So‘ng dadasidan qolgan kitobni o‘qib o‘tirar edi. Cho‘pon 20 yil oldin bu daraxtni shu yerga o‘zi ekib, suv olib chiqish mushkulligidan har doim bet-qo‘lini yuvgan (tahotat)idan qolgan suvni olma tagiga qo‘yar edi. Olma daraxtining tomirlariga balki shu suvlar quvvat bo‘lganmi, haytovur, mevaga ancha erta kirdi. Oradan yillar o‘tib, cho‘ponning belgi bukchayib, madori keta boshladi. Daraxt esa chinor kabi katta bo‘lib, ko‘klarga ko‘tarilardi. Bu hodisa bir kun ham kanda bo‘lmay takrorlanardi. Hamqishloqlari bu hodisani kuzatib, bir-birlariga so‘zlab yurishar va cho‘ponni bir donishmand deb bilardilar. Bir kuni cho‘pon daraxt tagida dam olib o‘tirib, navbatdagi olmasini yeyishni ko‘ngli tusab qoldi. Ammo shoxlarda shig‘il olmalar bo‘lishiga qaramay, negadir bu gal olma tushmadi. Cho‘pon istagini takror – takror aytaverdi… Kutgani natija bermagach, yig‘lab yubordi. Ko‘z yoshlari yangi tug‘ilgan qo‘ylarning yungiga o‘xshagan oppoq soqollarini ho‘l qildi. Daraxt tagidan uzoqlashib, qo‘ylari orasiga kirib ketdi. “Bolasi” meva bergan kunidan boshlab birinchi marta uning istagini bajarmadi. Cho‘ponning beli har doimgidan ham egilib qolgandek, kuchsiz oyoqlari go‘yo vujudini ko‘tarolmayotgandek tuyuldi. Qo‘ylarini to‘plab, qishloq tomon kelarkan, nihoytda holsizlanganini sezdi. Jonivorlarni uy-uyiga haydadi. So‘ng olmasi yoniga qaytdi. Ertasi kuni qishloq ahli keksa cho‘ponni o‘zi ekkan daraxtni tagida jonsiz holda topdi. Cho‘pon suruv bilan yaylovga chiqar ekan, yigirma yil oldin o‘zi ekkan olma daraxti bilan suhbat qurgach, so‘ng unga nima deganini eslang. a) Qani, bolajonim, men qariyaning olmasini ber b) Tez-tez unib o‘s c) Men qariya uchun ko‘proq meva qil d) Men qariyani quyosh nuridan himoya qil, bolajonim 2. Cho‘ponning pichog‘i qanday edi? a) Naqshli pichoq. b) Sadaf sopli pichoq. c) Sadaf naqshli pichoq. d) Dadasidan qolga pichoq. 3. Cho‘pon o‘zi bilan nimalar olib chiqar edi? a) Pichoq, tovoqcha, non, qatiq, kitob va suv. b) Non, suv, pishloq va qatiq. c) Pichoq, tovoqcha, non, qatiq va kitob. d) Doim suv olib chiqar edi. 4. Cho‘ponni yig‘lashga majbur qilgan sabab nima edi? a) Yillar o‘tib cho‘ponning beli bukchayib, madori ketgani uchun. b) Daraxt chinor kabi katta bo‘lib, ko‘klarga ko‘tarilgani uchun. c) Hamqishloqlari uni “donishmand” deb bilishgani uchun. d) Shoxida shig‘il bo‘lishiga qaramay, negadir olmalar bu gal tushmagani uchun. 5. Shundan keyin u qanday holatga tushgani ifodalang. 6. Nima uchun olma bu gal unga tushmagaini tushutiring. 7. “Manfaatdor” degada nimani tushunasiz? 8. “Cho‘pon va olma daraxti” deb nomlangan ertakni o‘qish siz uchun qanchalik yoqimli bo‘ldi? BIR TUP SADA Mahmud Murodov 1 Qishlog‘imizning o‘rtasidan oqadigan ariq bo‘yida katta sada bor. Sadaning qalin, quyuq shoxlari yerga tangaday oftob tushirmaydi. Tagi g‘ir-g‘ir shabada. Qishloqning bir tomoni poyonsiz qir. Sap-sariq, bo‘liq boshoqlarini egib, chay- qalib turgan bug‘doylar xuddi oltin de- ngizga o‘xshab chayqaladi. 2 G‘allakorlarning ko‘pchiligi tushda shu sada ostida yig‘ilishadi. Samovarda shaqill ab qaynagan xushbo‘y ko‘k choydan ichib, hordiq chiqarishadi. Ana shund a keksa- larning: “Norbobo ko‘p yaxs hi ish qilgan- da! Ho zir maza qilib o‘tirishimiz o‘sha odam tufayli”, – deganl ar ini ko‘p eshitganman. Bir kuni dadamdan: – Dada, Norbobo kim o‘zi? – deb so‘ra- d im. Dadam boshimni silab javob berdi: – Norbobo qishlog‘imizning mehnatkash, keksa otaxoni edi. Rahmatli o‘sha sadani yoshligida allaqayerdan keltirib o‘tqazgan ekan. Norboboni tilga olishlarin ing boisi shu. Shu payt ko‘zimga kichkinagina sada o‘tqazayotgan Norboboning bolalik payti ko‘ringandek bo‘ldi. 4 Qaysi bir kuni buzoqni podaga hayday- man desam, u bug‘doyzorga urib keta verdi. Tayoq topolmay, shoshganimdan dadam ekib qo‘ygan o‘rik ko‘chatini su g‘ur ib olib- man. Shuni eslab qizarib ketdim. Keyin dadamga bu voqeani aytib, uzr so‘radim. “Endi sen ikki tup ko‘chat o‘tqazishing kerak. Biri sug‘urib olganing o‘rniga, ikkinchisi esa o‘z hissang”, – dedi dadam. 1. Hikoyaning asosiy qahramoni kim? u qanday inson bo‘lgan ekan? 2. Daraxt ekishning xosiyati nimada ekan? 3. Siz ham ko‘chat o‘tqazganmisiz? Masalan, Mahmud Murodovning “Bir tup sada” [2, 109-b] mavzusidagi matnni PIRLS talablari asosida o‘rganishga harakat qilamiz: Matn o‘quvchilarga o‘qituvchi tomonidan chiroyli qilib bir marta o‘qib beriladi. So‘ngra o‘quvchilarning o‘zlariga o‘qish buyuriladi. Shundan so‘ng o‘quvchilarga o‘qituvchi quyidagicha tuzilgan savollar bilan murojaat qiladi. Bu testlar va savollar har bir bolaga alohida qog‘ozlarda tarqatiladi. O‘quvchilar kitobni yopgan holda, undan foydalanmasdan savollarga javob topishga harakat qilishadi. MATN YUZASIDAN SAVOLLAR 1. Qishloqning o‘rtasidan oqib o‘tgan ariq bo‘yida qaysi daraxt o‘sardi? A. Tol B. Terak C. Chinor D. Sada 2. Sap-sariq, bo‘liq boshoqlarini egib chayqalib turgan bug‘doylar nimaga o‘xshaydi? A. Sariq tangalarga 67 B. Oltin dengizga C. Ko‘m-ko‘k osmonga D. Hovuzga 3. Nima uchun g‘allakorlar Norbobodan minnatdor bo‘lishadi? Bitta dalil yozing. ______________________________________________________________ 4. Norboboning sadani keltirib ekkanligini bola kimdan bilib oldi? A. Bobosidan B. O‘rtoqlaridan C. Onasidan D. Dadasidan 5. Hikoyadagi voqealar ketma-ketligini raqamlar bilan ifodalang. 1 raqami qo‘yilgan. __1__ Sadaning qalin, quyuq shoxlari yerga tangaday oftob tushirmaydi. _____ Tayoq topolmay, shoshganimdan dadam ekib qo‘ygan o‘rik ko‘chatini sug‘urib olibman. _____ Samovarda shaqillab qaynagan xushbo‘y ko‘k choydan ichib, hordiq chiqarishadi. _____ Buzoq bug‘doyzorga yugurib ketaverdi. 6. Nima uchun dadasi o‘g‘liga ikkita ko‘chat ekishing kerak dedi? Javobingizni yozing. ______________________________________________________________ TULKI VA XO‘ROZ (Eron xalq ertagi) Qadim zamon da bir xo‘roz bo‘lgan ekan. u bir kuni tulkiga duch kelib, chinorning ustiga chiqib olibdi. Tulki chinorning tagiga kelib debdi: – Ey xo‘roz, nega chinorga chiqib ol ding? Hali xabaring yo‘qmi?! Podsho: “Bundan bu yon hamma jonivorlar do‘st bo‘lsin”, – deb farmon berdi. Kel, birga sayr qilamiz. – Ko‘pchilik bo‘lsa yaxshi bo‘ladi. Biroz to‘xta, itlar yugurib kelyapti. Yetib kelish- sa, birga sayr qilamiz, – debdi xo‘roz. Tulki buni eshitib, qocha boshlabdi. – Nega qochyapsan? – so‘rabdi xo‘roz. – Chunki itlar shohning farmonini eshit- magan bo‘lishlari mumkin. Tag‘in meni burdalab tashlashmasin, – deb tulki orqa- siga qaramay qochib ketibdi. 1. Xo‘roz tulkidan qanday qutulib qoldi? 2. Tulki nima uchun qochib ketdi? 3. Xo‘roz qaysi hayvonlar bilan do‘st bo‘lishi mumkin? Quyida 2-sinf o‘qish darsligidagi “Tulki va xo‘roz” ertagi [2] asosida o‘quvchilarni PIRLS tadqiqotiga tayyorlashni ko‘rib o‘tamiz: Qadim zamonda bir xo‘roz bo‘lgan ekan. U bir kuni tulkiga duch kelib, chinorning ustiga chiqib olibdi. Tulki chinorning tagiga kelib debdi: -Ey xo‘roz, nega chinorga chiqib olding? Hali xabaring yo‘qmi?! Podsho: “Bundan buyon hamma jonivorlar do‘st bo‘lsin”, -deb farmon berdi. Kel, birga sayr qilamiz. 68 -Ko‘pchilik bo‘lsa yaxshi bo‘ladi. Biroz to‘xta, itlar yugurib kelayapti. Yetib kelishsa, birga sayr qilamiz,-debdi xo‘roz . Tulki buni eshitib, qocha boshlabdi. -Nega qochyapsan?-so‘rabdi xo‘roz. -Chunki itlar shohning farmonini eshitmagan bo‘lishlari mumkin. Tag‘in meni burdalab tashlashmasin, -deb tulki orqasiga qaramay qochib ketibdi. MATN YUZASIDAN SAVOLLAR 1. Xo‘roz kimga duch keldi? A. Itga B. Otga C. Sigirga D. Tulkiga 2. Tulki nima uchun xo‘rozni birga sayr qilishga taklif qildi? ______________________________________________________________ 3. Tulkining podsho farmoni haqidagi yolg‘oni qanday fosh bo‘lib qolganini yozing. ______________________________________________________________ 4. Nima uchun tulki qochib ketdi? A. U juda shoshayotgan edi. B. Itlardan qo‘rqqani uchun. C. Xo‘rozdan qo‘rqib qochib ketdi. D. Tulki sayr qilishni xohlamadi. 5. Ertakdagi voqealar ketma-ketligini raqamlar bilan ifodalang. 1 raqami qo‘yilgan. __1__ Xo‘roz bir kuni tulkiga duch kelibdi. _____ Tulki orqasiga qaramay qochib ketibdi. _____ Tulki xo‘rozga birga sayr qilishni taklif qilibdi. _____ Xo‘roz chinorning ustiga chiqib olibdi. 6. Tulkining ayyorligini ko‘rsatadigan 2 ta misol keltiring. ______________________________________________________________ Quyida PIRLS tadqiqoti uchun adabiy kitobxonlik malakasini egallash bo‘yicha uslubiy tavsiyalar berish maqsadida 2-sinf o‘qish kitobidan Shorasul Zunnunning “Nima eksang, shuni o‘rasan” hikoyasi uchun topshiriqlar tayyorlash va bu topshiriqlarning maqsad va vazifalari, ular ustida ishlash texnologiyasini ko‘rib chiqamiz. Shuningdek, topshiriqlarning namunaviy javoblari ham keltirilmoqda. NIMA EKSANG, SHUNI O‘RASAN Shorasul Zunnun Bir yigit ko‘zlari xiral ashgan qari otasini hurmat qilmasdi. Bir kuni chol bec hor a qo‘li titrab, osh suzib berilgan kosani tushirib sindird i. Buni ko‘rgan keli ni nordon so‘zlar aytib, ko‘nglini vayron qildi. Shundan keyin yigit otasini hovlining bir chekkasidagi zax uyga ko‘chirdi. Kelin esa eri bergan yog‘och kosada qayn otasiga ovqat bera boshladi. Bu kabi muoma- ladan otaning ko‘ngli ozor topib, o‘ksinib yig‘lardi. Besh yoshli nevarasi bilangina tasalli topar edi. Bola uning yoniga kelib o‘tirar, ma’sumona so‘zlari bilan kuldirib, qayg‘u-alamlarini yengillatardi. Bola bir kuni qo‘liga pichoq olib, yog‘ochni yo‘nib o‘tirardi. Shu paytda da- dasi kelib qoldi. O‘g‘lini ko‘rib: “O‘g‘lim, nima qily apsan?” – deb so‘radi. O‘g‘li yu- gurib kelib, dadasini quchoqlab oldi: – Dadajon, siz buvamga yog‘och kosa keltirib bergan edingiz-ku, oyim o‘sha kosada buvamga ovqat beradilar. Men ham yog‘och kosa yasayapman, katta bo‘lganimda oyim bilan sizga shu kosada ovqat beraman. O‘g‘lining bu so‘zi yigitga qattiq ta’sir qildi. u ko‘z yoshi qilib, otasining huzur iga kirdi, tiz cho‘kib uzr so‘radi. Darrov uni issiq xonaga ko‘chirdi. Kelin ham qayn- otasini hurmat qila boshladi. ularning bu ishlaridan ota xursand bo‘ldi. 1. Ota nima uchun o‘g‘lidan xafa bo‘ldi? 2. O‘g‘il xatosini tushundimi? Bunga nima sabab bo‘ldi? “Nima eksang, shuni o‘rasan” Shorasul Zunnun. Bir yigit ko‘zlari xiralashgan qari otasini hurmat qilmasdi. Bir kuni chol bechora qo‘li titrab, osh suzib berilgan kosani tushirib sindirdi. Buni ko‘rgan kelini nordon so‘zlar aytib, ko‘nglini vayron qildi. Shundan keyin yigit otasini hovlining bir chekkasidagi zax uyga ko‘chirdi. Kelin esa eri bergan yog‘och kosada qaynotasiga ovqat bera boshladi. Bu kabi muomaladan otaning ko‘ngli ozor topib, o‘ksinib yig‘lardi. Besh yoshli nevarasi bilangina tasalli topar edi. Bola uning yoniga kelib o‘tirar, ma’sumona so‘zlari bilan kuldirib, qayg‘u-alamlarini yengillatardi. Bola bir kuni qo‘liga pichoq olib, yog‘ochni yo‘nib o‘tirardi. Shu paytda dadasi kelib qoldi. O‘g‘lini ko‘rib: «O‘g‘lim, nima qilyapsan?» – deb so‘radi. O‘g‘li yugurib kelib, dadasini quchoqlab oldi: – Dadajon, siz buvamga yog‘och kosa keltirib bergan edingiz-ku, oyim o‘sha kosada buvamga ovqat beradilar. Men ham yog‘och kosa yasayapman, katta bo‘lganimda oyim bilan sizga shu kosada ovqat beraman. O‘g‘lining bu so‘zi yigitga qattiq ta’sir qildi. U ko‘z yoshi qilib, otasining huzuriga kirdi, tiz cho‘kib uzr so‘radi. Darrov uni issiq xonaga ko‘chirdi. Kelin ham qaynotasini hurmat qila boshladi. Ularning bu ishlaridan ota xursand bo‘ldi Topshiriqlar: 1-topshiriq: “Nima eksang, shuni o‘rasan” jumlasini izohlang. Javob: Bu jumla o‘zbek xalq maqolidir. Bu maqolda nima eksang, ya’ni gul eksang, gul o‘rasan, tikan eksang tikan o‘rasan demoqchi. Yoki yaxshilik qilsang, yaxshilik ko‘rasan, yomonlik qilsang, yomonlik ko‘rasan, desa ham bo‘ladi. Maqsad: Ushbu topshiriq o‘quvchilarda o‘zbek xalq maqollarining mazmuni bilan kengroq tanishib borishlariga, lug‘at boyliklarini oshirishga xizmat qiladi. 2-topshiriq: Rivoyat necha qismdan iborat? Har bir qismning qisqacha mazmunini yozing. Javob: Rivoyat 4 qismdan iborat. 1. Yigit va uning xotini keksayib, ko‘zlari xiralashib qolgan otasini hurmat qilmasdan, kosani sindirib qo‘ygani uchun uni zax uyga ko‘chirib, yog‘och kosada ovqat bera boshladi. 2. Keksa ota besh yoshli nevarasi bilangina tasalli topar edi. Bola ham bobosini juda yaxshi ko‘rar edi. 3. Bir kuni bolakay yog‘och kosa yasab o‘tirganida dadasi kelib qoladi va bola dadasiga: “Men ham yog‘och kosa yasayapman, katta bo‘lganimda oyim bilan sizga shu kosada ovqat beraman”, - dedi. 4. O‘g‘lining bu ishi dadasini ko‘zlarini ochdi va otasining oldiga kirib, uzr so‘radi. Otaxonni issiq uyga olib o‘tishdi. Otaxon juda xursand bo‘ldi. Maqsad: Rivoyatni qismga bo‘lish orqali o‘quvchilar har bir gapni to‘g‘ri analiz qilishga o‘rganishadi, bayon yozish kompetensiyasi shakllanib boradi. 3-topshiriq: Matndagi bolakayga ta’rif bering. Javob: Boboning nabirasi juda aqlli bola. Endigina besh yoshga kirishiga qaramasdan kelajakni ko‘ra oladi. Ko‘rgan-kechirganlarini to‘g‘ri tahlil qiladi, mustaqil qaror chiqara oladi. Maqsad: Asar qahramonlariga ta’rif berish orqali insonlarni o‘rganib, insonlardagi salbiy va ijobiy xislatlarni taqqoslash va farqlashga o‘ganishadi. 4-topshiriq: Bolaning dadasi, otasini hurmat qilmasdan to‘g‘ri ish qildimi? Fikringizga 3 ta isbot keltiring. Javob: Yo‘q, chunki ota-ona eng buyuk va mo‘tabar zotlardir. Ota-onamiz bizni kichikligimizdan oq yuvib, oq tarab, katta qilishadi. Biz ham yillar o‘tib, keksayganimizda bizga ham xuddi shunday muomala qilishilari mumkin. Maqsad: Isbot, asos talab qilinadigan topshiriqlar o‘quvchilarni aniq va asosli gapirishga o‘rgatish bilan birga kelajakda maqsadli yashashga o‘rgatadi. 5-topshiriq. Matnga yana qanday sarlovha qo‘yish mumkin? Asoslang. 1-variant: “Bemehr o‘g‘il” Asos: Chunki, bu matnda otaxonning o‘g‘li bemehr va bag‘ritosh inson. 2-variant: “Mehribon nabira” Asos: Chunki, bu matnda otaxonning nabirasi, mehribon va qalbi toza bola ekan. 3-variant: “Qaytar dunyo” Asos: O‘g‘ilning otasiga qilgan munosabati, o‘z o‘g‘lidan qaytdi. 78 Maqsad: Ushbu topshiriq o‘quvchilarda axborot bilan ishlash kompetensiyasini shakllanishiga yordam beradi. O‘quvchi o‘qiganlari yuzasidan, chuqur mulohaza yuritadi. 6-topshiriq: Test. Kosani kim tushirib sindirdi? A) O‘g‘il B) Chol D) Kelin Cholga qanday kosada ovqat berishdi? A) Yog‘och kosada B) Sopol kosada D) Chinni kosada Cholni ko‘nglini kim ko‘tardi? A) O‘g‘li B) Kelini D) Nabirasi 7-topshiriq: Alisher Navoiyning quyidagi satrlarini mazmunini izohlang. Boshni fido ayla, ato qoshiga, Jismni qil sadqa ano boshig‘a....... Javob: Otalarimiz bizni yedirish, kiydirish uchun kunu-tun mehnat qiladi, uyimizning ustuni va boshidir. Shuning uchun ham otalar uchun boshimizni, borlig‘imizni ham baxshida etsak arziydi. Onalarimiz esa, biz uchun o‘z jismu- jonini xatarga qo‘yib, bizni dunyoga keltiradilar, shuning uchun ham bor jismimiz, tanu-jonimizni baxshida qilsak arziydi. 8-topshiriq. Alisher Navoiyning ota-onalar haqidagi yana qanday misralarini bilasiz? Javob: Onalarning oyog‘i ostidadur, Ravzai jannat jinon bog‘i. Ravza bog‘in visolin istar ersang, Bo‘l, onalar oyog‘in tuprog‘i. Maqsad: Topshiriq buyuk ajdodlarimiz ijodi bilan tanishtirib, Alisher Navoiy ijodiga qiziqishlariga xizmat qiladi. 9-topshiriq: Farzandning ota-onalari oldidagi 5 ta burchini yozing. Javob: 1. Ota-ona keksayganda ehtiyot qilish, boqish, holidan xabar olish. 2. Ota-ona bemor bo‘lib qolsa davolatish. 3. Ota-onadan norozi bo‘lmaslik. 4. Bir ish boshlashdan oldin ota-onaning ruxsatini, duosini olish. 5. Ota-onaning biror orzu-niyatlari bo‘lsa, uni bajarish. Maqsad: Topshiriq o‘quvchilarga har bir insonning ota-ona, oila, mahalla, Vatan oldidagi burchini doimo his qilishi lozimlgini o‘rgatadi. 10-topshiriq: Ota-onaning farzandi oldidagi 5 ta eng muhim vazifasini yozing. Javob: 1. Farzandiga yaxshi, chiroyli ism qo‘yish. 2. Farzandini ilmli qilish. 3. Farzandini yaxshi xulqli qilib tarbiyalash. 4. Farzandi voyaga yetguncha ehtiyot qilish, boqish, holidan xabar olish. 5. Farzandini uyli, oilali qilish. 79 11-topshiriq: Yog‘ochdan yasalgan kosa, piyola, qoshiqlarni ko‘rganmisiz? Bular haqida nimalar bilasiz? Javob: Ming yillar ilgari ota-bobolarimiz yog‘ochdan idishlar yasashgan. Bundan 20-25 yillar avval ham keksa kishilar bunday idishlarni ishlatishgan, ammo hozir bozorlarda kamdan-kam uchraydi. Yog‘och idishlarning afzalliklari shundaki, chidamli, yengil, issiq emas, hidi yo‘q, ovqatning asl ta’mini saqlab turadi. Yog‘och o‘ymakorligida ota-bobolarimiz qadimda har xil yog‘ochlardan turli maqsadda foydalanib kelganlar. Yog‘och o‘ymakorlikda shumtol, eman, arg‘uvon, terak, chinor va boshqa daraxt yog‘ochlaridan keng foydalaniladi. Mamlakatimizda yog‘och o‘ymakorligi ustalari o‘z ishlari uchun eng yaxshi yong‘oq, qarag‘ay, chinor, tut, archa, terak, o‘rik kabi mahalliy daraxtlarning eng a’lo navlarini ishlatadilar. Maqsad: O‘quvchilar tariximizni, milliy qadriyatlarimizni o‘rganishda, hurmat qilishida bu kabi topshiriqlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bu kabi topshiriqlar o‘quvchilarda milliy va umummadaniy kompetensiyani shakllantirishga xizmat qiladi Download 212.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling