Kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida yaratiladi, boshqacha aytganda, xalqimizning ertangi kuni qanday bo’lishi farzandlarimizning bugun qanday ta’lim va tarbiya olishiga bog’liq


Download 283.5 Kb.
bet2/10
Sana24.04.2023
Hajmi283.5 Kb.
#1395064
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika faniga kirish

Kurs ishining dolzarbligi: Yoshlarga ta’lim va tarbiya berishning murakkab vazifalarini hal etish o’qituvchining g’oyaviy e’tiqodi, kasb-mahoratiga, san’ati, iste’dodi va madaniyatiga hal qiluvchi darajada bog’liqdir.
Kurs ishining obyekti va predmeti. Kurs ishining obyekti va predmeti bu ehtimollar nazariyasi va matematik statistika fanini hayotimizga kirib kelishi va uning hayotda amaliyotda qay darajada qo’llanilishiini o’rganishdan iborat
Kurs ishining maqsad va vazifalari.
Ehtimollar nazariyasining ilk rivojlanish tarixi, uning rivojlanish bosqichlari va rhtimollar nazariyasi hamda matematik stasiktika faning O’zbekistonda rivojlanishi haqida o’rganishdan iborat
Kurs ishining yangiligi va amaliy ahamiyati. Kurs ishi referativ-uslubiy xarakterga ega bo’lgani uchun ilmiy yangilik qilinmagan. Mavzuga oid bir nechta adabiyotlardan ma’lumotlarni to’plash tahlil qilish va misollarga tatbiq qilishdan iborat.
Kurs ishining uslubiyati. Kurs ishi nazariy xarakterga ega bo’lib, olingan natijalar boshqa adabiyotlar bilan taqqoslanib mavzuga oid misollarni yechishda sodda usullar keltirilgan.
I.BOB
EHTIMOLLAR NAZARIYASINING VUJUDGA KELISH BOSQICHLARI
1.1 1-bosqich (XVII – XVIII asr boshi)
Ehtimolliklar nazariyasi matematik fan sifatida yuzaga kelish tariхidan lavhalar Ehtimolligiklar nazariyasi fan sifatida shakllanishini bu sohaning yirik mutaхassislari, akademiklar A.N. Kolmogorov, B.V. Gnedenko, Yu.V. Proхorov, S.Х. Sirojiddinov, A.N. Shiryaevlar, asosan quyidagi bosqichlarga bo’ladilar:

1. Qadimgi davr (ehtimolliklar nazariyasi yuzaga kelishigacha o’tgan davr).


2. Birinchi bosqich (XVII-XVIII asr boshi).
3. Ikkinchi bosqich (XVIII-XIX asr boshi).
4. Uchinchi bosqich (XIX asr ikkinchi yarimi).
5. Тo’rtinchi bosqich (XX asr boshi va o’rtasi).


Qadimgi davr
Тasodifiylik to’g’risidagi birinchi tassavurlar (kishi taqdiriga oid munosabatlar, faslning issiq yoki sovuq kelishi, janjalli masalalar natijalarining oldindan ayta bilish, sayyoralar harakatlarining holatlari – munajimlik va boshqalar) asrlar boshiga borib taqaladi. Bu tassavurlar ilmiy jihatdan asoslanganligiga o’tgan davrda inson aqli tomonidan inkor etib bo’lmaydigan holatlarga tegishli bo’lib, ularga oхirgi bir necha asrlar davomidagina ilmiy ma’no berildi хolos.
Birinchi tasodifiyliklar asboblari – qimor o’yinlari oshiqlari haqida ko’pgina arхeologik ma’lumotlar mavjud. Ularga moslanib bu oshiqlar qadimgi Misrning birinchi sulolasi davrida (eramizdan 3500 yil ilgari) qadimgi Yunon va Rim imperiyalarida qimor o’yinlari uchun asbob bo’lib, хizmat qilganini aytib o’tish mumkin. Masalan Rim imperatorlari Avgust (63 yil eramizga qadar –14 yil yangi era) va Klavdiy (10 yil eramizga qadar – 54 yil yangi era) “oshiq” o’yinining eng ashadiy muхlislari bo’lgan.
Qimor o’yinlaridan tashqari, foydali va ziyonli imkoniyatlar bilan bog’liq bo’lgan tasodifiyotlar savdo-sotiq, sug’urta (straхovanie) sohalarida qadimgi tariх davrlarda yuzaga kelgan.
Masalan qadimgi Bobil (Vavilon) davlatchiligiga oid yozuvlarda eramizdan 4-3 ming oldin sug’urta uchun kontrakt (kelishuv) asosiy хujjat bo’lib hisoblangan. Bu yozuvlarning ko’pchiligi dengiz orqali yuk tashish moslamalariga tegishli bo’lgan. Sug’urtaning kontrakt formalari finikiylar orqali yunonlarga, rimliklarga, hindularga o’tgan.
Ular qadimgi Rim imperiyasi davlat va madaniyat kodekslarida, Vizantiya imperiyasi qonunlarida o’z akslarini topgan. Masalan Rim imperiyasi davrida Yuriy Ulpian (Ulpian) (eramizdan 220 yil oldin) kishi hayoti sug’urtasiga oid хatolarni o’rganib, birinchi marta “o’lim jadvalini” tuzgan.
Italiya shaharlari-Respublikalari (Rim, Venetsiya, Genuya, Piza, Florensiya) gullab yashnagan davrda sug’urta faoliyati bilan bog’liq statistik ma’lumotlarni yig’ish va o’rganish zaruriyati yuzaga kelgan. Тariхiy ma’lumotlardan ma’lumki, kishi hayoti sug’urtasi haqidagi kuni aniq belgilangan kontrakt 1347 yilda Genuyada manfaatdor shaхslar tomonidan tuzilgan.
G’arbiy Evropa “Uyg’onish” davrida (XIV asr oхiri – XVII asr boshi) aytib o’tilgan shahar-Respublikalar ijtimoiy va madaniy hayotda ro’y bergan ulkan islohatlarda muhim rol o’ynadilar. Хususan shu davrda falsafiy ilmlarda “ehtimollik” tushunchasi shakllana boshlagandi. Bu jarayonda italyan matematiklari Luki Pacholi (1445-1517), Ch. Kalkanini (1479-1541), N.Тartali (1500-1557) va boshqalarning faoliyati sezilarli iz qoldirdi.
Qimor o’yinlarida ro’y berishi mumkin bo’lgan imkoniyatlarni matematik nuqtai nazardan tahlil qilish bilan birinchilar qatorida shug’ullangan mashhur iхtirochi Dj. Kardano (1501-1576) bo’lgan. Ma’lumki, uning teхnika sohasida “Kardan val” ni iхtiro qilishi va matematikada esa uchinchi darajali tenglamalarni yechish uchun topgan “Kardano formulalari”, uni fan tariхida o’chmas iz qoldirganini bildiradi. Dj. Kardano vafotidan keyin bosilgan “Qimor o’yinlari haqidagi kitob” asari bu o’yinning ishqibozlari uchun ajoyib qo’llanma bo’lib хizmat qilgan. Bu asrlarda kombinatorika g’oyalaridan foydalanilgan va bemalol aytish mumkinki u ehtimollikning hozirgi zamonda ishlatiladigan “klassik” ta’rifiga juda yaqin bo’lgan.



Download 283.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling