Kelajak talim dargohlari
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari Rustam
Download 153.26 Kb. Pdf ko'rish
|
Kelajak talim
- Bu sahifa navigatsiya:
- Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Muzaffar Jalolov
- Oliver Wyman vakili Shon Kori
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari Rustam
Karimjonov sifatli ta’limning muhimligini ta’kidlab, “o‘qituvchilar ta’lim sohasida asosiy vosita” ekanligini alohida qayd etdi. Sifatli ta’lim asosida o‘qituvchilarning bilimi yotadi. Zamonaviy texnologiyalarning tinimsiz rivojlanishi va dunyoning o‘zgaruvchanligini hisobga olgan holda, zamon bilan hamnafas yashash kerak. Buning uchun esa hozirdanoq bugungi o‘zgarishlarni tahlil qilish va kelajakni oldindan ko‘ra bilish lozim. Demak, 2030 yilda sun’iy intellektni rivojlantirish dolzarb masalaga aylanadi, 2050 yilga kelib “Smart House Design”, “Mobil dasturlash” atamalari ko‘pchilikka tushunarli bo‘ladi. Vazir o‘rinbosari, shuningdek, bolalarda mustaqillik, mustaqil ta’limga bo‘lgan ishtiyoqni kuchaytirish orqali ularni kelajakka tayyorlash zarurligini ta’kidladi. “Dunyo o‘zgaryapti, biz ertaga nima bo‘lishini oldindan aniq aytolmaymiz. Pandemiyaning so‘nggi 2 yilida barchamiz bunga guvoh bo‘ldik. Biz bolalarni kelajakka tayyorlashimiz kerak”, – dedi Rustam Karimjonov. O‘zbekistonda oliy o‘quv yurtlari soni jadal o‘sib bormoqda, ular orasida xalqaro va xususiy universitetlarning salmog‘i katta. Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Muzaffar Jalolov O‘zbekiston 2030 yilga kelib Markaziy Osiyoning ta’lim markaziga aylanishini ta’kidladi. Shuningdek, u ta’lim tizimini raqamlashtirish bugungi kunda qanchalik muhim ahamiyatga ega ekani haqida ham qo‘shimcha qildi. Pandemiya shuni ko‘rsatdiki, hamma mamlakatlar ham onlayn formatga majburiy o‘tishga tayyor emas. Biroq, hozirda masofaviy ta’lim mashhurlikka erishmoqda. Yoshlarda yangi narsalarni o‘rganishga ishtiyoq bor va bunda ularga IT-texnologiyalar yordam beradi. Oliver Wyman vakili Shon Kori yaqin yillar ichida ko‘pgina soha vakillari, masalan, haydovchilar o‘rnini sun’iy intellektli mashinalar egallashi mumkin degan fikrni ilgari surdi. Bundan tashqari, kelajak uchun rejalar tuzayotganda, internet va u bilan bog‘liq bo‘lgan barcha narsalar tobora rivojlanib borishini hisobga olish lozim. Virtual haqiqat tobora reallikka aylanib boryapti – bu davra suhbatida qayta- qayta ta’kidlandi. Download 153.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling