Kelgusi davr xarajatlarini qoplash rezerv fondini tashkil qilish va foydalanish hisobi


Download 3.26 Mb.
Sana27.09.2023
Hajmi3.26 Mb.
#1688497
Bog'liq
KELGUSI DAVR XARAJATLARINI QOPLASH REZERV FONDINI TASHKIL QILISH VA FOYDALANISH HISOBI

21 c 157-guruh talabasi: Nizomiddinova Marhabo Ma'rufjonova

KELGUSI DAVR XARAJATLARINI QOPLASH REZERV FONDINI TASHKIL QILISH VA FOYDALANISH HISOBI

Reja:

Korxonalarda turli xil mulkchilik shakllari

  • Korxonalarda turli xil mulkchilik shakllari va xoʼjalik vaziyatlari vujudga kelayotgan zamonaviy sharoitlarda xoʼjalik yurituvchi subʼekt faoliyatini boshqarish jarayonida ichki va tashqi foydalanuvchilar tomonidan qoʼllaniladigan buxgalteriya axborotining oʼrni, zarurati va ahamiyati ortib bormoqda. Oʼz vaqtida, asoslangan va toʼliq axborot olish uchun koʼp sonli schyotlardan foydalanish zarur, chunki turli foydalanuvchilar buxgalterdan turlicha maʼlumotlarni talab qiladi. Schyotlarda jamlanadigan maʼlumot ham ichki foydalanuvchilar, ham tashqi foydalanuvchilarning turli xil talablariga javob berishi lozim, chunki ular olingan maʼlumotning tahlili asosida kompaniyaning kelajakdagi moliyaviy faoliyati bilan bogʼliq boʼlgan boshqaruv qarorlarini qabul qiladilar. Buxgalter ushbu maʼlumotni olish uchun, buxgalteriya hisobi yuritilishining umumiy uslubiyatini buzmagan holda, koʼp sonli schyotlardan foydalanishi zarur.

Oʼzbekiston Respublikasining "Buxgalteriya hisobi toʼgʼrisida"gi Qonuni 5-moddasiga muvofiq buxgalteriya hisobi va hisobotini tartibga solish, buxgalteriya hisobi standartlarini ishlab chiqish va tasdiqlash Oʼzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga yuklatilgan. Shu bois buxgalteriya hisobi uslubiyati va yagona Hisobvaraqlar rejasini ishlab chiqish Oʼzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan taʼminlanadi.

  • Oʼzbekiston Respublikasining "Buxgalteriya hisobi toʼgʼrisida"gi Qonuni 5-moddasiga muvofiq buxgalteriya hisobi va hisobotini tartibga solish, buxgalteriya hisobi standartlarini ishlab chiqish va tasdiqlash Oʼzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga yuklatilgan. Shu bois buxgalteriya hisobi uslubiyati va yagona Hisobvaraqlar rejasini ishlab chiqish Oʼzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan taʼminlanadi.

Hisobvaraqlar rejasi

  • Hisobvaraqlar rejasi mulkchilik shakli va faoliyat sohasidan qatʼi nazar barcha xoʼjalik yurituvchi subʼektlar uchun yagona va majburiy hisoblanadi, byudjet tashkilotlari, sugʼurta kompaniyalari va banklar bundan mustasno.
  • Buxgalteriya hisobining hisobvaraqlar rejasi respublikada buxgalteriya hisobini meʼyoriy tartibga solish tizimining ikkinchi darajali hujjatlari tarkibiga kiradi va u xalq xoʼjaligi turli tarmoqlarining barcha tashkiliy-huquqiy shakllaridagi korxonalar tomonidan qoʼllanishi lozim boʼlgan schyotlarning tartibga solingan roʼyxatidan iborat.
  • Hisobvaraqlar rejasida buxgalteriya hisobiga korxonalar iqtisodiy resurslarining holati va harakati toʼgʼrisida buxgalteriya maʼlumoti hamda ularga qoʼyiladigan talablarni qayd etish va saqlash usuli sifatida taʼrif berilgan.

Buxgalteriya hisobining barcha schyotlari quyidagi guruhlarga ajratilgan:

  • Buxgalteriya hisobining barcha schyotlari quyidagi guruhlarga ajratilgan:
  • Doimiy schyotlar - hisobot davri oxiriga salьdoga ega boʼlib, buxgalteriya balansida aks ettiriladigan aktivlar, majburiyatlar va kapitalga oid schyotlar. Doimiy schyotlar aktiv, passiv, kontraktiv va kontrpassiv schyotlarga ajratiladi.
  • Аktiv schyotlar (А) - aktivlarni aks ettirishga moʼljallangan boʼlib, unda iqtisodiy zaxiralarning qoldigʼi va koʼpayishi schyotning debeti, kamayishi esa - krediti boʼyicha aks ettiriladi.

Kontrpassiv schyotlar (KP) - u bilan bogʼliq boʼlgan passiv schyotning qoldigʼidan chegiriladigan qoldiq moliyaviy hisobotda majburiyat yoki kapitalning sof qiymatini aks ettiruvchi schyotdir.

  • Kontrpassiv schyotlar (KP) - u bilan bogʼliq boʼlgan passiv schyotning qoldigʼidan chegiriladigan qoldiq moliyaviy hisobotda majburiyat yoki kapitalning sof qiymatini aks ettiruvchi schyotdir.
  • Tranzit schyotlar (T) - hisobot davrida foydalaniladigan, biroq yopiladigan Moliyaviy natijalar toʼgʼrisidagi hisobotda aks ettiriladigan hisobot davri oxiriga qoldiqqa ega boʼlmaydigan, daromadlar va xarajatlarni hisobga oluvchi vaqtinchalik schyotlardir.
  • Balansdan tashqari schyotlar (BT) - bu korxonaga tegishli boʼlmagan, biroq vaqtinchalik uning tasarrufida boʼlgan aktivlarning, shartli huquq va majburiyatlarning mavjudligi va harakati toʼgʼrisidagi maʼlumotni umumlashtirishga moʼljallangan schyotlardir. Ushbu schyotlar boshqa schyotlar bilan bogʼlanmaydi va korxonaning moliyaviy hisobotida aks ettirilmaydi.

E’tiboringiz uchun rahmat


Download 3.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling